Научная статья на тему 'CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BOʻLGAN OʻQITISH MATERIALLARI'

CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BOʻLGAN OʻQITISH MATERIALLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim texnologiyasi / konseptual asoslar / axborot texnologiyalari / innovatsion texnologiyalar / Chizmachili / o’qitish materiallari / dars jarayoni / o’qitishning nazariy va amaliy jihatlari / Educational technology / conceptual foundations / information technologies / innovative technologies / Chizmachili / teaching materials / teaching process / theoretical and practical aspects of teaching

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ikromov Davron Ikrom O’g’li

Maqolada tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, o‘quvchilarda ijodiy ko‘nikmalar hosil qilishdagi o‘rni va ahamiyati mualif tomonidan keng va atroflicha yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING MATERIALS NEEDED FOR EACH DRAWING LESSON

In the article, the effectiveness of using modern educational technologies in the process of teaching fine arts and drawing, the role and importance of creating creative skills in students is widely and comprehensively covered by the author.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BOʻLGAN OʻQITISH MATERIALLARI»

CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO'LGAN O'QITISH

MATERIALLARI Ikromov Davron Ikrom o'g'li

Samarqand davlat veterinariyasi meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10652806

Annotatsiya: Maqolada tasviriy san'at va chizmachilik fanlarini o'qitish jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, o'quvchilarda ijodiy ko'nikmalar hosil qilishdagi o'rni va ahamiyati mualif tomonidan keng va atroflicha yoritib berilgan.

Kalit so'zlari: Ta'lim texnologiyasi, konseptual asoslar, axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, Chizmachili, o'qitish materiallari, dars jarayoni, o'qitishning nazariy va amaliy jihatlari

TEACHING MATERIALS NEEDED FOR EACH DRAWING LESSON

Abstract: In the article, the effectiveness of using modern educational technologies in the process of teaching fine arts and drawing, the role and importance of creating creative skills in students is widely and comprehensively covered by the author.

Keywords: Educational technology, conceptual foundations, information technologies, innovative technologies, Chizmachili, teaching materials, teaching process, theoretical and practical aspects of teaching

УЧЕБНЫЕ МАТЕРИАЛЫ, НЕОБХОДИМЫЕ ДЛЯ КАЖДОГО УРОКА

РИСОВАНИЯ

Аннотация: В статье автором широко и всесторонне освещается эффективность использования современных образовательных технологий в процессе обучения изобразительному искусству и рисованию, роль и значение формирования творческих навыков у учащихся.

Ключевые слова: Образовательная технология, концептуальные основы, информационные технологии, инновационные технологии, Чизмачили, учебные материалы, учебный процесс, теоретические и практические аспекты обучения.

KIRISH

Hozirgi davrda ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari oldida o'quv-tarbiya jarayonining keng ko'lamda demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini kuchaytirish, pedagog xodimlar va o'quvchilar tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochish, o'quvchi yoshlar ta'lim-tarbiyasida jiddiy ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishdek o'z echimini kutayotgan dolzarb masalalar tiribdi. "Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang" degan xalq hikmati turmushimizda tez-tez tilga olinadi.

Binobarin, pedagogika fanida ana shu "yangi uy" qurish jarayonida o'qituvchilar yangi g'oyalami amalga tadbiq qilishda oldin sinalgan, tajribadan o'tgan omillarga suyanib ish olib boradi. Bu esa ta'limda samarali, ilg'or pedagogik g'oyalami yaratish, ta'lim jarayonida o'qitishning turli shakl va zamonaviy uslublarini amalga oshirishda muhim o'rin tutadi.

ASOSIY QISM

Endilikda ta'lim jarayonida asosan, o'qituvchining ijodiy mehnatiga asoslanib qolmasdan, o'quvchilarning faol ijodiy ish jarayonini tashkil etishga alohida e'tibor berish talab qilinadi.

Bugungi kunda ta'lim jarayonida o'quvchilarni bir maromda uzluksiz bilim olishga undaydigan, ular olgan bilimlarni jahon talablari darajasiga etkazish imkonini beradigan ta'lim uslublarini keng qo'llash va amalga oshirish taqozo etiladi.

Ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. Ilmiy texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida zamonaviy axborot vositalarining ko'payishi va ta'lim tizimlariga kirib borishi, ulardan amalda foydalanish dars samaradorligini oshirishi shubhasizdir.

Chizmachilikni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Hozirgi vaqtda eng tashvishli masalalardan biri talabga javob bermaydigan darajada o'qiydigan o'quvchilarning ko'pchilikni tashkil qilishi. Sababini aniqlash muhim masala hisoblanadi.

Bolalarning o'tish yoshi eng qiyin davr hisoblanadi. O'qituvchilar o'z o'quvchilarining shu davrdagi o'ziga hos o'zgarishlarini hisobga olmasliklari natijasining mahsulidir

Bolalarning bu o'tish yoshi davri shvetsiyalik psixolok Jan Piaj (1876-1980) ning fikricha, o'spirinlarda ob'yektga, borliq dunyoga nisbatan abstrakt fikrlash jarayonining yetilishi bilan xarakterlanadi. Fikr yuritish harakatining murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, hissiyotiga ta"sir ko'rsatadi. Amerikalik psixolog Stenli Holl (1884-1923) ta"biri bilan aytganda bolaning ichki va tashqi nizolarining kuchaygan davri bo'lib, "individual hissi" paydo bo'ladi. Amerika psixologi Erik Erikson (1902-1982) bolaning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish yo'lida ishbilarmonlik va juda ta"sirchanlik paydo bo'ladi. Bu yoshda mehnatga bo'lgan munosabatiga asos solinadi.

"Tasviriy san'at va chizmachilik" fanidan yaratilgan innovatsion pedagogik loyihalar qo'llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Chunki, axborot texnologiyalari rivojlangan bugungi kunda yoshlarni ushbu texnologiyalardan foydalanishni bilishi zamon talabiga aylanib bormoqda.

O'quvchilarga bilim berishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ahamiyati to'g'risida, so'z borganda aytish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Umumiy o'rta ta'lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun, barcha sharoitlarni yaratish lozim" degan so'zlarini ta'kidlash o'rinlidir. Bu masala Davlat dasturida ham asosiy yo'nalishlardan biri sifatida e'tirof etilgan. Har bir loyihada keltirilgan ta'lim texnologiyalari o'zida o'quv mashg'ulotini o'tkazish shart-sharoiti to'g'risida axborot materiallarini, pedogogik maqsad, vazifa va ko'zlangan natijalarni, o'quv mashg'ulotining rejasi, o'qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirishi shart. Loyihaning konseptual asoslari qismida dastlab "Tasviriy san'at va chizmachilik" fani mazmuniga qo'yiladigan malakaviy talablar, mazkur o'quv fanining tarkibiy tuzilishi, o'qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so'ngra loyihalashtirilgan o'qitish texnologiyalari taqdim qilinsa yaxshi bo'lar edi. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko'rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga o'qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va ulardan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, respublikamizdagi umumta'lim maktablarida ham innovatsioan va zamonaviy pedagogik g'oyalarni dars jarayonida qo'llash va ularni yaratish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda: shunday ekan o'qituvchi bilim olishning yagona manbayi bo'lib qolishi kerak emas, balki o'quvchilar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi,

maslahatchisi, o'quv jarayonining menejeri bo'lishi lozim. Yangi pedagogig loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqish asosida aynan shu g'oyalar yotadi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz uchum muhim masala bo'lib turgan PISA xalqaro baholash dasturida ham o'quvchilarning kriativ yondashuviga alohida etibor qaratilgan. Biz ham chizmachil darslarida o'quvchilarni erkin ijod qilishiga ularni tasavvurida bor g'oyalarni amalga oshirishda ko'maklashishimiz lozim.

Ma'lumki, tasviriy san'at va chizmachilik fanlarining boshqa fanlardan farqi unda darsning sifat va samaradorligi ko'proq o'qituvchiga emas, balki o'quvchining ijodiy yondoshuviga ham bog'liqdir. Ushbu fan o'qituvchilari o'quvchilardagi ana shunday ijodiy yondoshuvni shakllantirish uchun asosiy rolni o'ynashi kerak. Dars jarayonlarida turli ilg'or pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanib, dars o'tishlari lozim deb hisoblayman. Dars jarayonlarida ko'proq doskadan emas balki, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

Yuqoridagi loyihalar dars jarayonida qo'llanilganda o'qituvchi birinchidan vaqtdan yutadi, ikkinchidan darsning samaradorligi yanada ortadi. Chunki, mavzuni mohiyatini ochib beruvchi innovatsion loyihada ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalar o'quvchilar ko'z o'ngida misollar tariqasida o'z yechimini topadi. Uchinchidan esa o'quvchilarda fanga nisbatan qiziqish yanada ortadi. O'quvchilarning o'zida ham ana shunday loyihalar ustida ishlash turli grafik ishlarini yaratishga bo'lgan intilishi kuchayadi.

Chizmachilik darslari uchun eng keng tarqalib, ommalashgan dars turi- aralash yoki kombinatsiyalashgan darsdir. Bunda o'qituvchining mavzuni bayon qilishi bilan bir qatorda o'quvchilar tomonidan amaliyishlami bajarilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Ushbu amaliy ishlar o'quvchilarga o'quv adabiyotlaridan foydalanib olingan bilimlarni mustahkamlashga hamda uy vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlami o'zlashtirishlariga ko'maklashadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsiontexnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonidaqo'llashga qiziqish ortib bormoqda. Bunda, asosan hozirgacha o'quvchilartayyor bilimlami egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalarulami egallayotgan bilimlami o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga va imkoni boricha xulosalami ham o'zlar keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda bosbqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bunday ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. XULOSA

Chizmachilik fanining o'ziga xos xususiyatiga ko'ra uni o'zlashtirish uchun o'quvchilarda fazoviy tasavvurining shakllanib, rivojlanishi zarurligitalab qilinadi. O'quvchilar oldin chizish kerak bo'lgan buym yoki predmetni oldin o'zlari tasavvur qia olishsa o'zandagina ular o'ylagan maqsadlariga erishishadi. Shu sababli ta'lim muassasalarida chizmachilikdan o'qitish vositalarining yetarlicha bo'lishi, fan o'qituvchisining ulardan o'rinli foydalana olishi hamda talab darajasida maxsus jihozlangan kabinetning bo'lishi ta'lim samaradorligini ta'minlashga ko'maklashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga murojaatnomasi.

2. Rahmonov I. T. Chizmalarni chizish va o'qish. T.,1992

3. Vo'Idoshev J.F., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. Qo'llanma. — T.: "O'qituvchi", 2004.

4. Abduqodirov A, Xaitov A, Rashidov R. Axborot texpologiyalari.-T.: «O'qituvchi», 2002

y.

5. Рузиев.Э.И. Графическая подготовка в системе непрерывного образования Республики Узбекистан. — Ташкент: Фан, 2003.

6. E.I.Ro'ziyev. Texnik grafika va dizayn asoslari - T. 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.