Научная статья на тему 'CHIZMACHILIK DARSLARIGA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY QILISH'

CHIZMACHILIK DARSLARIGA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
375
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ajraladigan birikma / ajralmaydigan birikma / birikma / fikr / chizmachilik / ma’lumot / metod / tushuncha / uslub / vosita / o‘quvchi. / separable connection / inseparable connection / connection / idea / drawing / information / method / concept / technique / tool / pupil

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamatov, Dilshod Xasanovich

Ma’lumki, oʻquvchilarning grafik ta’lim asoslari bilan tanishtirish va uning egallash jarayoni maktab chizmachilik kursi mazmuni orqali amalga oshiriladi. Maktab chizmachilik kursi mazmuni: oʻquvchilarning texnikaviy tafakkurini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ijodiy va bilish faoliyatini faollashtirish, umumiy hamda politexnik bilimlarni chuqur egallash, tabiat va texnikani koʻrgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-belgili modellash vositasida ularning tuzilishi hamda fazoviy munosabatlarni chuqurroq bilish, shu bilan birga koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab oʻrganish kabi bir qator jarayonlarni oʻzida aks ettiradi. Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik darslariga o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy qilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, unda chizmachilik darslarida ma’lumotlarni tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish metod va vositalarini qo‘llash bo‘yicha aniq misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTEMPORARY TEACHING FOR DRAWING LESSONS IMPLEMENTATION OF STYLES

It is known that students are introduced to the basics of graphic education and the process of its acquisition is carried out through the content of the school drawing course. The content of the school drawing course: development of students' technical thinking, spatial imagination, activation of creative and cognitive activities, in-depth acquisition of general and polytechnical knowledge, visual perception of nature and technology, deeper knowledge of their structure and spatial relations by means of symbolic modeling of objects, at the same time it reflects a number of processes, such as the careful study of processes and phenomena that cannot be seen with the naked eye. This article discusses in detail the possibilities of introducing modern teaching methods in drawing lessons in secondary schools. It also provides specific examples of the use of methods and tools for structuring information in drawing classes, establishing links and relationships between the concepts being studied.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK DARSLARIGA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY QILISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

CHIZMACHILIK DARSLARIGA O'QITISHNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY QILISH

Mamatov Dilshod Xasanovich

Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta'lim metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi,

e-mail: dmamatov1967@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ma'lumki, o'quvchilarning grafik ta'lim asoslari bilan tanishtirish va uning egallash jarayoni maktab chizmachilik kursi mazmuni orqali amalga oshiriladi. Maktab chizmachilik kursi mazmuni: o'quvchilarning texnikaviy tafakkurini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ijodiy va bilish faoliyatini faollashtirish, umumiy hamda politexnik bilimlarni chuqur egallash, tabiat va texnikani ko'rgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-belgili modellash vositasida ularning tuzilishi hamda fazoviy munosabatlarni chuqurroq bilish, shu bilan birga ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab o'rganish kabi bir qator jarayonlarni o'zida aks ettiradi.

Maqolada umumiy o'rta ta'lim muassasalarida chizmachilik darslariga o'qitishning zamonaviy uslublarini joriy qilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, unda chizmachilik darslarida ma'lumotlarni tarkibiy bo'lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchalar o'rtasidagi aloqa va o'zaro bog'liqlikni o 'rnatish metod va vositalarini qo 'llash bo 'yicha aniq misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ajraladigan birikma, ajralmaydigan birikma, birikma, fikr, chizmachilik, ma'lumot, metod, tushuncha, uslub, vosita, o'quvchi.

ABSTRACT

It is known that students are introduced to the basics of graphic education and the process of its acquisition is carried out through the content of the school drawing course. The content of the school drawing course: development of students' technical thinking, spatial imagination, activation of creative and cognitive activities, in-depth acquisition of general and polytechnical knowledge, visual perception of nature and technology, deeper knowledge of their structure and spatial relations by means of symbolic modeling of objects, at the same time it reflects a number ofprocesses, such as the careful study of processes and phenomena that cannot be seen with the naked eye.

This article discusses in detail the possibilities of introducing modern teaching methods in drawing lessons in secondary schools. It also provides specific examples

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

of the use of methods and tools for structuring information in drawing classes, establishing links and relationships between the concepts being studied.

Keywords: separable connection, inseparable connection, connection, idea, drawing, information, method, concept, technique, tool, pupil.

Известно, что учащиеся знакомятся с основами графического образования и процесс его освоения осуществляется через содержание школьного курса рисования. Содержание школьного курса рисования: развитие технического мышления учащихся, пространственное воображение, активизация творческой и познавательной деятельности, углубленное овладение общетехническими и политехническими знаниями, наглядное восприятие природы и техники, более глубокое знание их строения и пространственных отношений посредством символического моделирования предметов одновременно отражает ряд процессов, таких как тщательное изучение процессов и явлений, которые невозможно увидеть невооруженным глазом.

В данной статье подробно рассматриваются возможности внедрения современных методов обучения на уроках черчения в общеобразовательных средних школах. Здесь также приведены конкретные примеры использования методов и инструментов для структурирования информации на занятиях черчения, установления связей и взаимосвязей между изучаемыми понятиями.

Ключевые слова: разделяемое соединение, неразделимое соединение, соединение, идея, черчение, информация, метод, понятие, методика, инструмент, ученик.

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga mos ravishda yoshlar ta'lim-tarbiyasi sifatini oshirish, o'quv jarayoniga ta'limning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish vazifasini qo'ymoqda. Mazkur vazifani amalga oshirish shaxsga yo'naltirilgan ta'lim strategiyasi talablariga ko'ra, innovatsion shakllar va usullar asosida ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O'qitishning zamonaviy shakllari va usullari asosida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish pedagogik jarayonga, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga muayyan o'zgarishlar kiritishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, uning samarasi ta'lim mazmunining boyitilishi va sifatining yaxshilanishi, o'quvchilar bilim, ko'nikma va

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

malakalari darajasining oshganligi, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida o'zaro faol hamkorlikning qaror topganligi bilan belgilanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish" dolzarb vazifa etib belgilandi. Ayniqsa, hozirgi kunda o'quvchilarda ta'lim olishga sog'lom, kuchli va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish, ta'lim jarayonini individuallashtirish, innovatsion usullar yordamida ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, ta'lim berishga kompetentlik hamda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallash bo'yicha pedagoglarning metodik ta'minotini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

L.Golish, D.Fayzullayevaning "Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish" nomli o'quv-uslubiy qo'llanmasida iqtisodiyot ta'limida ta'limni texnologiyalashtirishning asosiy kategoriyalari(turkumlari) va tushunchalari, ta'limda texnologik yondashuvning mohiyati bayon qilingan, shuningdek, ma'ruza va seminarlarni tashkillashtirishning texnologik yondashuvi yoritib berilgan. Bundan tashqari unda ma'ruza, seminarlar va amaliy mashg'ulotlarning hammualliflikdagi ta'lim texnologiyalari bayon etilgan. Ular chizmachilik fanining alohida mavzulari uchun ta'lim texnologiyasini loyihalashtirishda va rejalashtirishda namuna sifatida xizmat qiladi.

N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To'rayevning "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" nomli o'quv-uslubiy qo'llanma sida innovatsion, modulli, hamkorlik, interfaol, muammoli, masofaviy, kompyuterli, loyiha, rivojlantiruvchi, tabaqalashtirilgan, individual, dasturiy va mustaqil ta'lim texnologiyalarining mohiyati, nazariy asoslari va turlari haqida so'z y uritilgan. Shuningdek, o'yin texnologiyalarining ta'lim jarayonida o'quvchi, talabalarning o'quv faoliyatini faollashtirish, o'qitish samaradorligini oshirishdagi o'rni va roli ochib berilgan.

O'.Tolipov, M.Usmonboyevaning "Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari" nomli o'quv qo'llanmasida pedagogik texnologiya nazariyasining shakllanish va taraqqiyoti tarixi, uning mohiyati, texnologik yondashuv tamoyillari, o'quv jarayonini loyihalash, xususiy fanlarni o'qitish jarayoniga ta'lim texnologiyasini tatbiq etish, shuningdek, ta'lim texnologiyasi samaradorligini aniqlash va baholash kabi masalalar yoritilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

I.Rahmonov, D.Yuldosheva, M.Abdurahmonova tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun yaratilgan "Chizmachilik" darsligida biriktirish detallari, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, ularning turlari haqidagi ma'lumotlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, unda ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarni chizmalarda tasvirlash usullari bayon qilingan.

NATIJALAR

Chizmachilik darslarida m a'lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo'lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchalar o'rtasidagi aloqa va o'zaro bog'liqlikni o'rnatish metod va vositalaridan foydalanish masalariga bevosita to'xtalib o'tamiz.

Masalan, "Toifalash jadvali" metodini oladigan bo'lsak, toifa - xususiyat va munosabatlarning muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomatdir. "Toifalash jadvali"da mavzuga oid asosiy tushunchalar jadval shaklida namoyon bo'ladi. Bu jadval ajratilgan alomatlar asosida olingan ma'lumotlarni birlashtirishni ta'minlaydi, tizimli fikrlash, ma'lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Jumladan, 9-sinf chizmachilik kursida o'tiladigan "Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar" mavzusiga oid quyidagi "Toifalash jadvali"ni tavsiya etish mumkin:

Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar

Ajraladigan birikmalar Ajralmaydigan birikmalar

• boltli; • parchin mixli;

• shpilkali; • payvand chokli;

• vintli; • kavsharlangan;

• shtiftli; • tikish;

• shponkali; • yelimlash.

• shplintli;

• shlitsali.

"Konseptual jadval" esa o'rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashni ta'minlaydi.

Biriktirish usullari Tavsiflar, toifalar, xususiyatlari va boshqalar

Turlari Xususiyatlari

Ajraladigan birikma Boltli Shpilkali Birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilmaydi

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Vintli Shtiftli Shponkali Shplintli Shlitsali

Ajralmaydigan birikma Parchin mixli Payvand chokli Kavsharlangan Tikish Yelimlash Birikmalarni ajratishda birikma detallari sindiriladi

MUHOKAMA

Yuqorida ko'rib chiqilgan metodlar o'quvchilarni yangi mavzuni puxta o'zlashtirishga, mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritishga undaydi. Mashg'ulot jarayonida shu kabi metodlardan foydalanish orqali o'quvchilarning nazariy bilimlarni o'zlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, topshiriqlarni bajara olish qobiliyati va ta'limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini ta'minlashga, ularning mustaqil fikrlarini bayon qilishga, jamoada ishlashni o'rganishlariga keng imkoniyatlar yaratgan bo'lamiz.

XULOSA

Shunday qilib, "Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar" mavzusi misolida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida chizmachilik darslariga o'qitishning zamonaviy uslublarini joriy qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqdik.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'qitishning zamonaviy uslublarini qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, baxs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Eng muhimi bunday uslublardan foydalanishda o'quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari va dunyoqarash darajalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o'qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik va sezgirlik kabi xislatlarga ega bo'lishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

135

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

3. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

4. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

5. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

6. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

7. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

8. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

9. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

10. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

11. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni. - Toshkent, 2019-yil 29-aprel, PF-5712-son.

13. Adilov P., Murodov Sh. Chizma geometriya. - T.: "O'qituvchi", 1988. - 412 b.

14. Asqarova O'., M.Xayitboyev, M.Nishonov Pedogogika. - T.: "Talqin", 2008. -185 b.

15. Ashirboyev E., Ro'ziyev I., Tashimov N. Mutaxassilik fanlarini o'qitish metodikasi. - T.: "Nodirabegim", 2020. - 210 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

16. Azizxojayev N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. - T.: TDPU, 2003. - 215 b.

17. Golish L.V., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish: O'quv-uslubiy qo'llanma. Innovatsion ta'lim texnologiyalari seriyasi. - T.: "Iqtisodiyot", 2011. - 206 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.