Toshpulatov F. U. -Termiz davlat pedagogika instituti, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi katta o'qituvchisi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada chizmachilik, amaliy san'at va muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda uzviylik didaktik tamoyil bo'lib, u ta'lim mazmunini ifodalovchi o'quv rejalari, dastur, darsliklarda o'quv materiallarining bir-biri bilan mantiqiy bog'liq bo'lishini, avval o'zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini o'zlashtirishga tayyorlashni, bo'lajak mutaxassislarda ta'limning har bir bosqichida ma'lum darajada bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirilishi xaqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Chizmachilik, amaliy san'at, uzviylik, tutashma, naqsh, islima naqish, muhandislik, Girix, aylana va to'g'ri chiziq, mе'mоriy yodgоrliklar.
НА УРОКАХ РИСОВАНИЯ С ПОМОЩЬЮ ЭЛЕМЕНТОВ ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА РИСУЮТ УЗОРЫ УЗОРОВ, В СОСТАВ КОТОРЫХ ВХОДЯТ СОЕДИНИТЕЛЬНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ.
Тошпулатов Ф.У. -Термезский государственный педагогический институт, старший преподаватель кафедры изобразительного искусства и инженерной графики.
Аннотация. В данной статье показано, что преемственность в преподавании дисциплин рисования, прикладного искусства и инженерной графики-дидактический принцип, заключающийся в том, что учебные планы, программа, учебники, выражающие содержание обучения, логически соотносятся друг с другом, подготавливают к усвоению последующие, опираясь на ранее усвоенные знания, формируют у будущих
специалистов определенный уровень знаний, умений и навыков на каждом этапе обучения. речь идет.
Ключевые слова: рисунок, прикладное искусство, непрерывность, соединение, узор, исламский узор, инженерное дело, обхват, круг и прямая линия, памятники архитектуры.
IN DRAWING LESSONS, USING ELEMENTS OF APPLIED ART, PATTERNS OF PATTERNS ARE DRAWN, WHICH INCLUDE CONNECTING ELEMENTS Toshpulatov F.U. - Termez State Pedagogical Institute, Senior Lecturer of the Department of Fine Arts art and engineering graphics.
Abstract. This article shows that continuity in the teaching of the disciplines of drawing, applied art and engineering graphics is a didactic principle, which consists in the fact that curricula, programs, textbooks expressing the content of training logically correlate with each other, prepare for the assimilation of the following, based on previously acquired knowledge, form future specialists a certain level of knowledge, skills and abilities at each stage of training. it's coming.
Keywords: drawing, applied art, continuity, connection, pattern, Islamic pattern, engineering, girth, circle and straight line, architectural monuments.
Chizma bu maxsus chizma asboblari yordamida ma'lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo'lib, u bizga buyum haqida, ya'ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o'lchamlari bo'yicha to'la ma'lumot beradigan hujjatdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o'rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro'zg'or buyumlari va ko'plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo'lmaydi. Shu jumladan amaliy san'at elimintlaridan gerix va islima naqish turlari ham bunga misol bula oladi.
Naqshlardan ayrim dekorativ ishlarda, arxitektura elementlarini bezashda, ganchkorlik, kandakorlik, kashtachilik, zardo'zlik, zargarlik, gilam to'qish va kigiz bosish, kulolchilik, inkuristatsiya va xalq amaliy san'atining boshqa turlarida foydalaniladi. Naqsh arabcha "tasvir", "gul", ya'ni bezak degan ma'noni anglatadi. Naqshlarning turlari juda ko'p bo'lib, ularning o'z nomi va mazmuni bo'ladi. Ular mazmuniga ko'ra o'simliksimon, gulliy, ramziy, geometrik va boshqa turlarga bo'linadi. Naqshlanadigan buyumning shakliga hamda qanday maqsadda qo'llanishiga qarab naqshlar tanlanadi va o'ziga xos nomlanadi.
O'zbek xalq ustalari naqshning quyidagi uch turidan foydalanadilar:
1) Islima (egri chiziqli o'simliksimon elementlardan iborat naqsh).
2) Girix - asosan geometrik yasashlardan iborat.
3) Murakkab naqsh - girix shakllari va o'simlik elementlarini qo'shib ishlatilishi natijasidan hosil bo'ladi.
Islima (islimiy) - ya'ni o'simliksimon naqshlar tabiatan barg, gul, novda va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklidir.
Masalan, ustalar gulni stillashtirib olishda uning go'zalligini qaysi holatda (ustidan, yonidan yoki tagidan) ko'rinishida tasvirlashni izlab topadilar. Buning uchun ular tabiatdagi gul, barg, novda, g'uncha, kabutar, tovus va boshqalarning tuzilishini, o'sish qonun-qoidalarini, ko'rinishini sinchiklab o'rganishadi.
Shundan so'nggina ulardan turli naqsh kompozitsiyalari ishlash uchun har xil elementlarni tutashma elimintlaridan foydalanib stillashtirib oladilar. Bunda ularning obrazi chizmalari tutashma elimintlari stillashtirilgandan keyin ham saqlanishi shart, ya'ni yaratilgan naqsh orqali narsaning aslini ko'z oldimizga keltira olishimiz lozim.
Girix - geometrik naqsh o'simliksimon naqshlardan farq qilgan holda, tabiatdagi barg, gul va boshqa narsalarning umumiy shakli olinib, geometric shakliga keltirilganligidir.
Tutashmalar - Ko'pincha detallar va boshqa buyumlarda, ularni tashkil qiluvchi sirtlar o'zaro silliq, ravon tutashgan bo'ladi. Lekin detal va buyumlarning chizmalarini bajarganda ularning konturlari chiziladi. Shu sababdan sirtlar orasidagi birlashmalarni chiziqlar orasidagi tutashmalar sifatida ko'ramiz (1-shakl). Tutashma deb bir chiziqning ikkinchi bir chiziqqa bevosita yoki yoy vositasida silliq, ravon o'tishiga aytiladi.
Kompozitsiyada simmetriya, assimmetriya, dinamiklik va boshqalar.
Umuman Oddiy naqsh namunalarini butun Yaqin va Sharq xalqlari, shu jumladan islom mamlakatlariga tegishli bo'lmagan xalqlarda ham qadimdan qo'llanib kelingan. Orta Osiyo girihlari Misr, Keniya va Damashq geometrik naqshlariga ham o'xshab ketadi. Lekin boshqa Osiyo davlatlariga xos bo'lgan va bu na'munalarni takrorlamaydigan kompozitsiya yaratishni o'ziga xos usullari, naqshning maxsus shakllari va material xususiyatlarini hisobga olib bezak tanlash Ozbekiston hududidagi geometrik naqshlarda keskin farq qiladi. Islimi naqsh hammasi oddiy va bir vaqtning ozida murakkab. Aynan yechim oddiyligi chiroyli yasashlarni bajarish kalitini beradi. Sxema qanchalik sodda va mantiqli bo'lsa, u shunchalik samarali va boy bo'ladi. Islimi naqsh yasashning murakkabligi shundan iboratki, bunda kompozitsiya va uning butun estetik qiymati tutashmalarni ketma-ket bajarish bilan yaratilmasdan, badiiy saviyasiga juda ko'p bog'liq.
Hozirgacha saqlanib kelingan me'moriy yodgorliklar va yangidan bunyod qilinayotgan milliy uslubdagi turli inshoot va yodgorliklarda girihlar bilan bir qatorda islimi naqshlar ham keng qo'llaniladi hamda ular o'zlarining nafisligi bilan girihlardan qolishmaydilar. Islimi naqshlar to'g'risida batafsil to'xtalib o'tirmasdan ularga ayrim misollar keltiramiz (2-shakl).
a) b)
1-rasm. Islimi naqsh (a) namunasi va tutashmalardan foydalanib islimi naqsh elementini (b) hosil qilish
Tutashmalar qo'llanilib tayyorlangan buyumlar foydalanish uchun qulayligi, tuzilishining mukammalligi, ergonomik talablarga mos kelishi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Tutashmalarning xalq amaliy san'ati misolida qollanilishiga 2-shaklda namuna keltirilgan.
2-shakl. Milliy uy-ro'zg'or buyumlari konturini tutashmalardan
foydalanib bajarish
Chizmani taxt qilishda talabaga quyidagi tartibda ishlash tavsiya qilinadi:
1. Avval barcha yasashlar tanlangan masshtab bo'yicha F3 formatli qog'oz listida T va 2T markali qalamda ingichka chiziqlarda bajariladi.
2. chiziq turlarini hisobga olgan holda, yumshoq M yoki 2M markali qalamda ustidan yurgizib, tayyorlanadi. Agar chizma tushlanadigan bolsa,
yumshoq qalam bilan yurgizib chiqmasdan, to'g'ridan-to'g'ri tush bilan ishlash ham mumkin.
3. Tayyorlangan ishni baholashda tutashmalarni aniq bajarilgani, chizmani qog'oz listida optimal joylashtirilishi, chiziq turlariga rioya qilinishi, chizma yozuvlarining standart shriftlarda to'g'ri yozilishi, strelka va olchamlarni standartlar bo'yicha qo'yilishi va qog'oz listini toza saqlanishi kabilar e'tiborga olinadi.
Adabiyotlar
1.Toshpulatov F. U., Norqochqorov R. E. O., Maxmudova X. N. Q. Xalq amaliy san'atining chizmachilik fani bilan bog'liqligi //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 2.
2.J.YYodgorov, T.R. Sobirov, N.J.Yodgorov Geometrik va Proyeksion chizmachilik Toshkent "Yangi asr avlodi" 2008-yil.
3.Tashimov, N. E., & Toshpulatov, F. U. (2018). Activating Students in Building Intersection Line by Quadratic Transformations Method. www. auris-verlag. de.
4. Tos.hpulatov F. Use of geometric patterns and their types from eliminations of drawing and applied art in architectural facilities //Oh3hko-TexHonoranecKoro 06pa30BaHHe. - 2022. - T. 1. - №. 1.
5. Toshpo'Latov F. U. et al. Bolalarni o 'yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o 'yinlar //Science and Education. - 2021. - T. 2. - №. 4. - C. 487-491.
6. Uralovich, Toshpulatov Fakhriddin. "Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies." International Engineering Journal For Research & Development 6 (2021): 3-3.
7. Toshpulatov F. Use of geometric patterns and their types from eliminations of drawing and applied art in architectural facilities //Oh3hko-TexHonoranecKoro o6pa3oBaHHe. - 2022. - T. 1. - №. 1.
8. Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - T. 6. - C. 3-3.