Научная статья на тему 'CHIZMA GЕOMЕTRIYA FANINI MASOFALI O‘QITISHNING NAZARIY VA DIDAKTIK TA’MINOTI'

CHIZMA GЕOMЕTRIYA FANINI MASOFALI O‘QITISHNING NAZARIY VA DIDAKTIK TA’MINOTI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chizma geometriya / masofali ta’lim / didaktik ta’minot / kompyuter / AutoCAD dasturi / animatsiya / nuqta / to‘g‘ri chiziq / kesma / umumiy vaziyat / xususiy vaziyat. / descriptive geometry / distance learning / didactic software / computer / AutoCAD software / animation / point / straight line / segment / general position / particular position.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tashimov Nurlan Erpolatovich

Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida chizma geometriya fanini o‘qitish jarayonida masofali o‘qitishning nazariy va didaktik ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birgalikda masofaviy ta’lim tushunchasi, ta’riflar, masovaviy ta’limning turlari, masofaviy oʻqitish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND DIDACTIC SUPPORT OF DISTANCE LEARNING OF DRAWING GEOMETRY

This article highlights the theoretical and didactic significance of distance learning in the process of teaching descriptive geometry in higher educational institutions. At the same time, the concept of distance learning, definitions, types of distance learning, and recommendations for distance learning are given.

Текст научной работы на тему «CHIZMA GЕOMЕTRIYA FANINI MASOFALI O‘QITISHNING NAZARIY VA DIDAKTIK TA’MINOTI»

UDK. 37.013

CHIZMA GEOMETRIYA FANINI MASOFALI O'QITISHNING NAZARIY VA

DIDAKTIK TA'MINOTI

Tashimov Nurlan Erpolatovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, nurlan tashimov1979@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida chizma geometriya fanini o'qitish jarayonida masofali o'qitishning nazariy va didaktik ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birgalikda masofaviy ta'lim tushunchasi, ta'riflar, masovaviy ta'limning turlari, masofaviy o'qitish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Аннотация. В данной статье освещается теоретическое и дидактическое значение дистанционного обучения в процессе преподавания начертательной геометрии в высших учебных заведениях. Вместе с тем даны понятие дистанционного обучения, определения, виды дистанционного обучения, рекомендации по дистанционному обучению.

Annotation. This article highlights the theoretical and didactic significance of distance learning in the process of teaching descriptive geometry in higher educational institutions. At the same time, the concept of distance learning, definitions, types of distance learning, and recommendations for distance learning are given.

Kalit so'zlar: chizma geometriya, masofali ta'lim, didaktik ta'minot, kompyuter, AutoCAD dasturi, animatsiya, nuqta, to'g'ri chiziq, kesma, umumiy vaziyat, xususiy vaziyat.

Ключевые слова: начертательная геометрия, дистанционное обучение, дидактическое обеспечение, компьютер, программное обеспечение AutoCAD, анимация, прамая точка, отрезок, общее положение, частное положение.

Keycvwords: descriptive geometry, distance learning, didactic software, computer, AutoCAD software, animation, point, straight line, segment, general position, particular position.

Axborot va Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o'zgarmay kelgan holatlarni o'zgrtirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo'ldi.

Endilikda esa ta'lim tizimida ta'lim olishning an'anaviy shakllari o'rniga masofaviy ta'lim elementlari kirib keldi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga omil bo'ldi.

Respublika oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoni uzluksizligini ta'minlash hamda talabalarning bilim olish faoliyatini masofadan turib metodik qo'llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-apreldan masofaviy ta'lim platformalari ishga tushirildi. Bunday platformalar, avvalombor, talabalarga mutlaqo yangi formatdagi, ya'ni virtual muhitda o'quv jarayonini tashkil etish imkoniyatini berdi. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-sonli Qonunining 16-moddasida masofaviy ta'limga quyidagicha to'xtalib o'tilgan;

Masofaviy ta'lim o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda, masofadan turib olishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son

Farmonining 46-maqsadida Oliy ta'lim sohasi bo'yicha bir qancha ustuvor vazifalar ko'rsatib o'tilgan.

Unda oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirishga e'tibor qaratilgan. Mazkur farmonga ko'ra, Oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ta'lim shakllari, shu jumladan, masofaviy ta'lim shakli bo'yicha ham qabul kvotani shakllantirish, kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022-yilda oshirish, 2022 yilda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, oliy ma'lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta'lim shaklida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish. Oliy ta'lim tizimida masofaviy ta'lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, oliy ma'lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish vazifasi qo'yilgan.

Masofaviy ta'limda talaba va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.

Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagi bo'lganlar uchun o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan o'tadi, o'qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o'quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo'ladi.

Ma'lum sabablarga ko'ra, ta'lim muassasalarining kunduzgi bo'limlarida tahsil olish imkoniyati bo'lmagan, masalan, sog'ligi taqoza etmaydigan, mutaxassisligini o'zgartirish niyati bo'lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo'lgan kishilar uchun masofaviy o'qitish qulay o'qitish shakli hisoblanadi.

Masofaviy o'qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya'ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog'liq. Masalan, an'anaviy bosma usuliga asoslangan o'qitish vositalari (o'quv qo'llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma'lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'lishga, elektron pochta to'g'ri va teskari aloqa o'rnatishga, ya'ni xabarlarni jo'natish va qabul qilishga mo'ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma'ruzalar talabalarga ma'ruzalarni tinglash va ko'rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o'zaro teskari aloqa orqali o'qitish imkonini beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, ta'lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta'riflarni keltirib o'tamiz.

Masofaviy o'qitish - axborot-kommunikatsiya texnologiya (kompyuterlar, telekomunikatsiya, multimediya) vositalari va ilmiy asoslangan o'qitish usullarini qo'llab, ta'lim (kunduzgi, sirtqi, eksternat) olish shaklidir [7].

Masofali ta'lim (distant education) - axborot texnologiyasidan foydalangan holda, masofadan turib, o'quv axborotlarining almashuvini ta'minlaydigan, o'quv jarayonini olib boorish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko'nikmalarini egallash jarayonidir [6].

Masofali o'qitish - o'quv jarayoniga tegishli bo'lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o'qitish vositalari va hakozo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan hamda interfaollikni ko'zda tutgan o'qituvchi va o'quvchilarning masofadan turib o'zaro aloqa qilishidir [7].

Masofaviy o'qitish tizimi - masofaviy o'qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o'qitish tizimi. Barcha ta'lim tizimlari singari masofaviy o'qitish tizimi o'zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.

Nima uchun masofaviy ta'lim kerak bo'lib qoldi? - degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o'tish mumkin:

- Ta'lim olishda yangi imkoniyatlar (ta'lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog'liqmasligi va boshqalar).

- Ta'lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.

- Ta'lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.

- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo'lishi va rivojlanishi.

- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.

Yuqorida sanab o'tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o'qitishga ehtiyoj borligini ko'rsatadi.

Masofaviy o'qitishning ta'lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud bo'lib, ular quyidagi qo'llanish shartlari bilan farqlanadi:

- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi);

- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi;

- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;

- ta'lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo'llanish darajasi;

- ta'limda qo'llaniladigan an'analari;

- masofaviy o'qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim jarayonida (xususan, masofaviy ta'lim jarayonini) qo'llash asosan ikki xil ko'rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo'lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta'minotlar bilan ta'minlanganligidir.

1. Texnik jihozlar bilan ta'minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo'rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, video konferensiya jihozlari va hokazo.

2. Dasturiy ta'minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta'minotlardan tortib shu soha uchun mo'ljallangan dasturlar to'plami kiradi. So'nggi yillarda G'arbda ta'lim tizimini boshqarishda qo'llanilib kelinayotgan Internet yoki Interanet tarmog'i orqali elektron shakldagi ta'lim turini Elearning (elektron ta'lim) atamasi bilan kirib keldi (1-rasm).

1-rasm. Masofaviy ta'lim modellari

Elektron ta'limi - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'limning turli ko'rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir.

Elearning o' z ichiga elektron o' quv kontenetlarni bilim oluvchiga yyetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish mumkin.

YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqiqot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o'qitish modellaridan ayrimlarini keltiramiz:

Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko'ra faqat masofali o'qitishda va «masofali» talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O'qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta'limning kunduzgi shakli zarur bo'lmaydi. Barcha o'qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o'qitishda xududiy markazlar bo'lib, ularda talabalar o'qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.

Bunday OTMlarda o'qituvchilarga ham talabalarga ham o'quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi.

Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli. Bunday tizimda OTM kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o'qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o'qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo'ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan OTM kunduzgi talabalar soni masofali ta'lim olayotgan talabalar sonidan katta bo'lgan ana'naviy OTMlardir. Shuning uchun bir universitetning o'zida ikki shaklning birgaligida ko'proq o'zlarida katta o'quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan kunduzgi ta'lim olayotgan talabalar yutadilar.

Bunday OTMlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba'zan u qisman kunduzgi talabalarni o'qitish hisobidan amalga oshiriladi.

Aralash model. Ushbu model universitet talabalarini masofali o'qitishning turli shakllarini, aniqrog'i shakllarning integratsiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda ta'lim olayotgan talabalar masofali o'qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o'qituvchisi o'qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o' qiydilar.

Hozircha o'qitishning masofali shaklini respublikamizda mavjud o'qitishning kunduzgi va sirtqi shakllari bilan o'zaro bir-birlarini to'latadigan o'qitish shakllari deb qarash mumkin [5].

Masofaviy ta'limni tashkil etuvchi didaktik ta'minotlar elektron vositalar yordamida amalga oshiriladi. Elektron darslik va o'quv qo'llanmalar, o'quv dasturlari, videodarslar va boshqalar, ta'lim platformalari va boshqalardan foydalaniladi. Masofaviy ta'limni tashkil etishdagi asosiy vazifalardan biri uning o'quv-uslubiy bazasini yaratishdan iboratdir.

Xorijiy tajribalar tahliliga ko'ra, masofaviy ta'limning asosiy ishtirokchilariga odatda talabalar, professor-o'qituvchilar, tyuter, moderator, edvayzer, yordamchi xodimlar va ma'murlar kiradi, ularning har biri alohida muhim ahamiyatga ega. Talabalarning o'quv ehtiyojlarini qondirish har bir samarali masofaviy ta'lim dasturining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Sirtqi ta'lim tizimini takomillashtirish yo'llaridan biri unga masofaviy ta'lim tizimini integratsiya qilishdir. O'quv jarayoni samaradorligini oshirishning dolzarb va istiqbolli vositasi: bir tomondan, boshqariladigan tizimni ta'minlash, o'quv jaroyonini monitoring qilish va talabaning mustaqil ishini rag'batlantiradigan shart-sharoitlarni yaratish; boshqa tomondan, o'qituvchining dars yukini kamaytirish va uning sa'y-harakatlarini darsning o'quv-uslubiy ta'minotini rivojlantirishga yo'naltirish.

60111200-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi sirtqi bo'lim o'quv rejasida "Chizma geometriya" fani mavjud, bu fan o'quv kontentini qamrab oladigan elektron o'quv-metodik majmualar uchun har-bir mavzuga ta'lim resurslari bilan ta'minlash kerak.

Talabalarga chizma geometriya fanini masofaviy o'qitishda AutoCAD dasturidan

foydalanib metrik va pozitsion masalalarni yechish ta'lim jarayonida yuqori samara berishi mumkin. Grafik masalalarni talabalarga eng qulay yo'l bilan tushuntirish uchun uning chizilish tartibini bosqichma-bosqich bajarib ko'rsatish hamda masalaning echilish ketma-ketligi animatsiyasini yaratish zarur. Tayyorlangan animatsiyani platformaga joylashtirib qo'yilsa, talabalar istalgan vaqtda undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2-rasm

Dastlab AB kesmani harakatlantirib, V tekislikka parallel AiBi(A'iB'i,Ai"Bi") vaziyatga keltiramiz (3-rasm).

3-rasm

So'ngra ixtiyoriy B2" nuqta tanlab olamiz va bu nuqtadan b2"lOx to'g'ri chiziq o'tkazamiz va unga A2"B2"=Ai"Bi" kesmani o'lchab qo'yamiz. Kesmaning gorizontal proyeksiyasi bi'chiziq bo'yicha harakatlanib, A2"=B2"= b2" bo'lib proyeksiyalanadi (4-rasm).

29 AutoCAD 2007 - [C:\UMre\LENOVO\Do»'nlMds',Telegram Desktop\telris parallel kochirisH usuli.dwg] -OX

dawn ripacra Bin CnunHue HScpuar Cepeuc MepyeHiie Pasuepbi №ueHHTb Okhc Cnpaera _ S

KnaeoHetxrt* AjsoCM) H '0: tfQ^'SDO_- |> # | || aHooK»_- | [feaao -nog«» rWiy

4-rasm

Kontent-Internet vositani to'ldiruvchi ixtiyoriy axborotlar-matnlar, multimediya, grafiklardir. Gipermatnlarni belgilash vositalari orqali sahifalar tarzida amalga oshiriladi [4:51].

O'quv kontenti o'z ichiga multimedia elementlarini-audio va video-lavhalarni, statik va animatsiyali grafik tasvirlarni, gipermurojaatlar va boshqa obektlarni olishi mumkin. O'qitishning natijaviyligi kontent tuzilishining to'g'riligi va tizimli tashkil etilishiga bog'liq [4].

Tekis-parallel ko'chirish usulida umumiy vaziyatdagi AB (A'B',A"B") kesma H tekislikka perpendikulyar vaziyatga keltirilsin (2-rasm). Bu masalani AutoCAD dasturidan foydalanib bajarishni ko'rib chiqaylik.

Chizmani har bir chizig'ini bo'laklarga bo'lish yoki har birini yuqoridagi kabi alohida joylashtirib chiqib alohida animatsiya berish orqali PowerPoint dasturida animatsiya yaratiladi.

Yuqoridagi grafik masalaning bajarilish ketma-ketligini FastSton Captur dasturida ekranni yozib olish orqali video qo'llanma tayyorlashimiz ham mumkin.

Muhandislik grafikasidan pedagogik kadrlarni tayyorlashda masofaviy ta'lim quydagi masalalarni hal etilishida xizmat qiladi.

- Respublikamiz miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha talabalar, ta'lim olishni xohlovchilarga birdek ta'lim olish imkoniyatini yaratib berish.

- Yetakchi universitetlar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta'lim muassasalarining ilmiy va ta'lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta'lim berishning sifat darajasini oshirish.

- Asosiy ta'lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo'shimcha ta'lim olish imkoniyatini yaratib berish.

- Ta'lim oluvchilarni ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish va ta'lim muhitini kengaytirish.

- Uzluksiz ta'lim imkoniyatlarini yaratish.

- Ta'lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta'lim darajasini ta'minlash.

Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta'lim elementlarini

ta'lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi.

ADABIYOTLAR

1. Sh.K.Murodov "Chizma geometriya". -T,: "Iqtisod-moliya". 2006-y. 75-76-betlar.

2. Erpolatovich, T. N., & Qizi, J. S. P. (2023). INDIVIDUALIZATION OF S TUDENT S 'EDUCATIONAL ACTIVITIES IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(03), 34-40.

3. Turdimovich, A. S. (2023). WAYS TO DEVELOP STUDENTS'DESIGN ABILITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(04), 6-10.

4. А.Абдукодиров, А.Пардаев. Масофали укитиш назарияси ва амалиёти. Монография.-Т.: «Фан», 2009. 145б.

5. О.Д. Рахимов, ^.О.Мустафаев, Н.И. Зоиров. Масофавий таълимнинг дидактик таъминоти. Укув кулланма. ^арши-2012й., 45 бет.

6. Abduqodirov A.A. Masofali o'qitishga oid atamalar izohli lug'ati.-T.: O'zR Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi, 2005. 24b.

7. Абдукодиров А.А. Масофали укитишга доир 100 саволга 100 жавоб. - Т.:УзР Президентининг «Истеъдод» жамгармаси, 2005. 36-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.