Научная статья на тему 'CHIG‘ATOY ULUSIDA ILK BOSHQARUV SHAKLI'

CHIG‘ATOY ULUSIDA ILK BOSHQARUV SHAKLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
16179
605
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Movaraunnahr / Chingizxon / Chig‘atoy ulusi / Mahmud Yalavoch / Baroq / Duvaxon / Muborakshoh / Jamol al-Qarshiy / Qoshoniy / Haraviy / Sayfuddin Boharziy / Botu / Munke / Qaydu / legitimlik. / Transoxiana / Genghis Khan / The Ulus of Chagatai / Mahmud Yalavach / Barak / Duva Khan / Mubarak Shah / Jamal al-Qarshi / Kashani / Haravi / Sayf ad-Din Baharzi / Botu / Munke / Qaydu / legitimacy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bekmuradov, Sandjar Tursunmamatovich

Chig‘atoy ulusi yoxud Chig‘atoy xonligi – Mo‘g‘ul imperiyasidan so‘ng Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon va uning vorislari hukmronlik qilgan yerlarni o‘z ichiga olgan mo‘g‘ul ulusi. XIII asr oxirlarida xonlik o‘zining eng yuqori cho‘qqisida Orol dengizining janubida Amudaryodan to hozirgi Mo‘g‘uliston va Xitoy chegarasidagi Oltoy tog‘larigacha cho‘zilgan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullari o‘zlarining boshqaruv tarzida asosan ko‘chmanchi bo‘lib qolishgan va XV asr oxirigacha shahar markazlarida o‘rnashishmagan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullar Movarounnahr va Tarim havzasidagi shahar aholisi ustidan hukmronlik qilganlar. Ma’lumki, ulusning dastlabki xoni Chig‘atoyxon bo‘ldi. Ammo savol tug‘iladiki, Chig‘atoy va uning navbatdagi xonlari ulus boshqaruvida to‘liq mustaqil bo‘lgan-mi? Aytaylik, Chingizxon o‘z imperiyasini farzandlariga bo‘lib berganida shunchaki markaziy boshqaruvga ya’ni, Xoqonga bo‘ysinish uchun nomiga bo‘lgan. Biroq avval boshidan Botu va keyinchalik Tulu xonadonlarining harakati aksincha markaz bilan hisoblashsada ko‘plab hollarda mustaqil edi. Ayonki, ko‘chmanchilik bilan shug‘ullanuvchi mo‘g‘ullarning o‘troq aholini boshqarish tajribasi yo‘qligi bois Chig‘atoyxon o‘ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Mahmud Yalavochga va uning avlodiga topshiradi. O‘zi esa umrining oxirigacha ukasi O‘qtoy Xoqon saroyida bosh maslahatchi hamda Yasoq qoidalarining tartibiga javobgar tarzida faoliyat ko‘rsatadi. Chig‘atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Markazga ya’ni, Qoraqurumga jo‘natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo‘shin xarajatlari yo‘lida sarf qilishgan. Bunda omma nafaqat mo‘g‘ul bosqoqlari, dorug‘alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Bu holatni biz manbalar orqali ko‘proq Chig‘atoy ulusida kuzatamiz. Qolgan uluslarda vaziyat o‘zgacha edi. Shu bois Chig‘atoydan so‘ng bir necha xonlar Markazdan butunlay mustaqil bo‘lishga, Movaraunnahr boshqaruvini qo‘lga kiritishga qattiq harakat qildilar. Bu holat Duvaxonga qadar davom etdi. Faqat Duvaxon davriga kelib Chig‘atoy ulusi to‘liq mustaqillikni qo‘lga kiritdilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FIRST FORM OF GOVERNANCE IN CHIGATAY ULUS

The Ulus of Chagatai, or Chagatai Khanate, is a Mongol Ulus that includes lands ruled by Genghis Khan's second son, Chagatai Khan, and his successors after the Mongol Empire. At the end of the XIII century, the khanate reached its highest peak in the south of the Aral Sea, from the Amu Darya to the Altai Mountains on the border of present-day Mongolia and China. The Mongols of the Ulus of Chagatai remained largely nomadic in their administration and did not settle in the city centers until the end of the XV century. The Mongols of the Ulus of Chagatai ruled over the urban population of Transoxiana and the Tarim Basin. It is known that the first khan of the Ulus was Chagatai Khan. But the question arises whether Chagatai and his successors were completely independent in governing the state. May be Genghis Khan divided his empire among his children, in order to obey the central government, that is, Khaqan. By the way from the beginning, the movement of the Botu dynasties, and then the Tulu dynasties, was in many cases independent. Apparently, the nomadic Mongols did not have experience in managing the sedentary population, so Chagatai Khan initially entrusted the management of his people to Mahmud Yalavach from Khorezm and his descendants. Until the end of his life, he worked in the palace of his brother Ögedei Khaqan as the chief adviser and responsible for the order of the Yasa rules. Most of the income of the Chagatai people went to the Center, that is, to the Karakorum. The rest was spent by local governors for the needs of the nation and the army. At the same time, the people were oppressed not only by the Mongol nobility, but also by the local aristocracy. We observe this situation more in the Chagatai nation through sources. The situation was different in the rest of the nations. Therefore, after Chagatai, several khans tried hard to become completely independent from the Center, to gain control of Transoxiana. This situation continued until Duva Khan. Only by the time of Duva Khan did the Chagatai nation gain full independence.

Текст научной работы на тему «CHIG‘ATOY ULUSIDA ILK BOSHQARUV SHAKLI»

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences ^ ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

CHIG'ATOY ULUSIDA ILK BOSHQARUV SHAKLI

Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Chig'atoy ulusi yoxud Chig'atoy xonligi - Mo'g'ul imperiyasidan so'ng Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyxon va uning vorislari hukmronlik qilgan yerlarni o 'z ichiga olgan mo 'g 'ul ulusi. XIII asr oxirlarida xonlik o 'zining eng yuqori cho'qqisida Orol dengizining janubida Amudaryodan to hozirgi Mo'g'uliston va Xitoy chegarasidagi Oltoy tog 'larigacha cho 'zilgan.

Chig'atoy ulusidagi mo'g'ullari o'zlarining boshqaruv tarzida asosan ko 'chmanchi bo 'lib qolishgan va XV asr oxirigacha shahar markazlarida o'rnashishmagan. Chig'atoy ulusidagi mo'g'ullar Movarounnahr va Tarim havzasidagi shahar aholisi ustidan hukmronlik qilganlar.

Ma 'lumki, ulusning dastlabki xoni Chig 'atoyxon bo 'ldi. Ammo savol tug 'iladiki, Chig'atoy va uning navbatdagi xonlari ulus boshqaruvida to'liq mustaqil bo'lgan-mi? Aytaylik, Chingizxon o'z imperiyasini farzandlariga bo'lib berganida shunchaki markaziy boshqaruvgaya'ni, Xoqonga bo 'ysinish uchun nomiga bo 'lgan. Biroq avval boshidan Botu va keyinchalik Tulu xonadonlarining harakati aksincha markaz bilan hisoblashsada ko 'plab hollarda mustaqil edi. Ayonki, ko 'chmanchilik bilan shug'ullanuvchi mo'g'ullarning o'troq aholini boshqarish tajribasi yo'qligi bois Chig'atoyxon o'ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Mahmud Yalavochga va uning avlodiga topshiradi. O 'zi esa umrining oxirigacha ukasi O 'qtoy Xoqon saroyida bosh maslahatchi hamda Yasoq qoidalarining tartibiga javobgar tarzida faoliyat ko'rsatadi. Chig'atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Markazgaya'ni, Qoraqurumga jo'natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo'shin xarajatlari yo'lida sarf qilishgan. Bunda omma nafaqat mo'g'ul bosqoqlari, dorug'alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan.

Bu holatni biz manbalar orqali ko 'proq Chig 'atoy ulusida kuzatamiz. Qolgan uluslarda vaziyat o'zgacha edi. Shu bois Chig'atoydan so'ng bir necha xonlar Markazdan butunlay mustaqil bo'lishga, Movaraunnahr boshqaruvini qo'lga kiritishga qattiq harakat qildilar. Bu holat Duvaxonga qadar davom etdi. Faqat Duvaxon davriga kelib Chig'atoy ulusi to 'liq mustaqillikni qo 'lga kiritdilar.

249

Scientific Journal Impact Factor

Kalit so'z: Movaraunnahr, Chingizxon, Chig'atoy ulusi, Mahmud Yalavoch, Baroq, Duvaxon, Muborakshoh, Jamol al-Qarshiy, Qoshoniy, Haraviy, Sayfuddin Boharziy, Botu, Munke, Qaydu, legitimlik.

Улус Чагатай или Чагатайское ханство - это монгольский улус, которым управлял второй сын Чингизхана, Чагатайхан и его преемники после Монгольской империи. В конце XIII века ханство достигло своей высшей точки на юге Аральского моря, от Амударьи до Горного Алтая на границе современной Монголии и Китая.

Монголы Чагатайского улуса оставались в основном кочевниками в своем управлении и не селились в городских центрах до конца XV века. Монголы Чагатайского улуса правили городским населением Мавераннахра и Таримским бассейном.

Известно, что первым ханом улуса был Чагатайхан. Но возникает вопрос, были ли Чагатай и его преемники полностью независимыми в управлении государством. Неужели, когда Чингисхан разделил свою империю между своими детьми, ради того, чтобы подчиняться центральному правительству, то есть Хакану. Однако с самого начала движение династий Боту, а затем и династий Тулу было во многих случаях независимым, хотя с центром рассчитывалось обратное. Судя по всему, кочевые монголы не имели опыта управления оседлым населением, поэтому Чагатайхан изначально доверил управление своим народом Махмуду Ялавачу из Хорезма и его потомкам. До конца жизни он работал во дворце своего брата Угидей Хакана главным советником и ответственным за порядок правил Яса. Большая часть доходов чагатайского народа направлялась в Центр, то есть в Каракурум. Остальное было потрачено местными губернаторами на нужды нации и армии. При этом народ угнетались не только монгольской знатью, но и местной аристократией.

Более подробно мы наблюдаем эту ситуацию в чагатайском улусе через арабские и персидские источники. Поэтому после Чигатая несколько ханов упорно трудились, чтобы стать полностью независимыми от Центра, чтобы получить контроль над Мавераннахром. Ситуация продолжалась до Дувахана. Только ко времени Дувахана Чагатайский улус обрел полную независимость.

Ключевые слова: Мавераннахр, Чингизхан, Чагатайский улус, Махмуд Ялавач, Барак, Дувахан, Мубаракшах, Джамаль аль-Карши, Кашани, Харави, Сайфуддин Бохарзи, Боту, Мунке, Кайду, легитимность.

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ABSTRACT

The Ulus of Chagatai, or Chagatai Khanate, is a Mongol Ulus that includes lands ruled by Genghis Khan's second son, Chagatai Khan, and his successors after the Mongol Empire. At the end of the XIII century, the khanate reached its highest peak in the south of the Aral Sea, from the Amu Darya to the Altai Mountains on the border of present-day Mongolia and China.

The Mongols of the Ulus of Chagatai remained largely nomadic in their administration and did not settle in the city centers until the end of the XV century. The Mongols of the Ulus of Chagatai ruled over the urban population of Transoxiana and the Tarim Basin.

It is known that the first khan of the Ulus was Chagatai Khan. But the question arises whether Chagatai and his successors were completely independent in governing the state. May be Genghis Khan divided his empire among his children, in order to obey the central government, that is, Khaqan. By the way from the beginning, the movement of the Botu dynasties, and then the Tulu dynasties, was in many cases independent. Apparently, the nomadic Mongols did not have experience in managing the sedentary population, so Chagatai Khan initially entrusted the management of his people to Mahmud Yalavach from Khorezm and his descendants. Until the end of his life, he worked in the palace of his brother Ogedei Khaqan as the chief adviser and responsible for the order of the Yasa rules. Most of the income of the Chagatai people went to the Center, that is, to the Karakorum. The rest was spent by local governors for the needs of the nation and the army. At the same time, the people were oppressed not only by the Mongol nobility, but also by the local aristocracy.

We observe this situation more in the Chagatai nation through sources. The situation was different in the rest of the nations. Therefore, after Chagatai, several khans tried hard to become completely independent from the Center, to gain control of Transoxiana. This situation continued until Duva Khan. Only by the time of Duva Khan did the Chagatai nation gain full independence.

Keywords: Transoxiana, Genghis Khan, The Ulus of Chagatai, Mahmud Yalavach, Barak, Duva Khan, Mubarak Shah, Jamal al-Qarshi, Kashani, Haravi, Sayf ad-Din Baharzi, Botu, Munke, Qaydu, legitimacy.

KIRISH

XIII asrdagi mo'g'ul istilosi shu davr kishilari hamda ulaming yaqin avlodlari shuuriga shu qadar ta'sir o'tkazdiki, mo'g'ul xalqini va uning tarixini o'rganish deyarli istilo bilan bir paytning o'zida boshlanib ketdi. Kutilmagan fojiaga yo'liqqan Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari xalqlari - arab, fors, rus, arman, gruzin, lotin, polyak, xitoy, vengr, nemis kabi tillarda mo'g'ul yurishlari, ularning jang olib borish

Scientific Journal Impact Factor

usullari, mo'g'ul qo'shini tuzilishi, odamlarni shafqatsiz va ommaviy tarzda qirish, vayron etilgan shahar-qishloq, buzib tashlangan kanallar, bog'-rog'lar haqida chuqur afsus bilan yozilgan xabarlar ko'p. Istilodan so'ng o'rnatilgan mo'g'ullar boshqaruv tizimi haqidagi ma'lumotlar ham o'ta muhim. Mo'g'ullar dunyoqarashi, turmush tarzi xususida mufassal xotiralar hamda hikoyalar ham diqqatga sazovor.

Mazkur manbalarning o'ziga xosligi shundaki, zabt etilgan mamlakatlarning bu mavzuda yozgan barcha mualliflari hamda ularning yaqin avlodlari o'zlari guvoh bo'lib yoki ota-bobolaridan eshitganlari haqida yozar ekanlar, mo'g'ul istilosini xalqlar qismatiga tushgan buyuk bir musibat sifatida turlicha baho berganlar. Holbuki, mualliflarning ba'zilari sharoit taqazosi bilan mo'g'ullar xizmatida turgan holda ular tarixining guvohi sifatida ijod qilganlar. Ibn al-Asir1 (1160-1234), Abu-l-Fazl ibn Muhammad Jamol ad-din Al-Qarshiy (1234-1301), Juvayniy2 (1226-1283), Fazlulloh Rashid ad-din3 (1247-1318), kabi tarixchi olimlar shular jumlasidandir.

Chingizning musulmon mamlakatlariga tomon hujumi Jamol al-Qarshiyning4 ma'lumotiga ko'ra, tarixning 6165/1219-1220 yillaridan o'rin olgan. Buning sababi sifatida olim To'g'rulxon nomi bilan atalgan Olmaliq 6 xoni Buzarxon7 va Kuchlukxon as-Sagiziy8 o'rtasidagi dushmanlikdir deb aytadi9.

Mo'g'ullar qatl va zo'ravonlik yo'li bilan muharram 617/mart-aprel 1220 yilda Movarounnahrni, 9 muharram 618/5fevral - mart 1221 yilda Marvni10, safar

1 Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-та'рих (Полный свод истории) / перевод с арабского, примечания и комментарии П.Г.Булгакова, дополнения к переводу, примечаниям и комментариям, введение и указатели Ш.С.Камолиддина. Под редакцией д.и.н.,проф. М.М.Исхакова. - Т.: Узбекистан, 2006. - 790 с.

2 Джувейни. Чингисхан. История завоевателя мира. - Москва: Магистр пресс, 2004. - 690 с.; Алоуддин Атомалик Жувайний. Тарихи жах,онгушо (Жах,он фотих,и тарихи)/ Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул мух,аррирлар Х,.Болтабоев, М.Махмудов. - Тошкент: "MUMTOZ SO'Z", 2015. - 504 б.

3 Рашид ад-дин. Сборник летописей / перевод с персидского О.И.Смирновой, примечания Б.И.Панкратова и О.И.Смирновой. Под редакцией проф. А.А.Семёнова. Т. I-III. М., Л.: Наука, 1956-1963.; Фазлаллах Рашид ад-дин. Джами' ат-таварих / Критический текст А.А.Ромаскевича, А.А.Хетагурова, А.А.Али-Заде. Т. I., Ч. 1. - М.: Наука, 1965.

4 c'j^^ ^tí^l .^¿jáJl JU^ Махдум Восилий номидаги маънавий мерос фонди, (qo'lyozma) №2. - 1285 [1868-69].

- 53аЬ.

5 А.Саидов бу ерда 614 йил деб таржима килиб кетган. Аммо бу вактда мугулларнинг Урта Осиёга хужуми хали амалга оширилмаган эди. - Джамал ал-Карши. Мулхакат ас-Сурах. Перевод с арабского и примичания А.Саидова. Душанбе.: Ирфон. 2006. - С. 41.

6 Олмалик - хозирги Fулжа ва Хитойнинг шимоли-гарбидаги Или дарёси киргогида жойлашган Еттисувдаги шахар. Бу шахар Олтин Ордадан Урта Осиёга, Монголияга ва Хитойга олиб борадиган карвон йулидаги мухим савдо маркази. - Ибрагимов Н. Ибн Баттута и его путешествия по средней Азии. - М.: Наука, 1988. - С. 112.

7 Бузар Тугрулхон - собик от угриси ва карокчи, кейинчалик Fулжа вохасида мустакил давлат барпо этган. Fулжа улкаси хукмдори ва уз хонига суикасд килган кошгарлик исёнчиларнинг рахнамоси. - Аlaaddin Ata Melik Cuveyni. Tarih-i cihan gü§a. Reviren: Dog.Dr. Mürsel Oztürk. Ankara, 1988. - S. 133.

8 Кучлук - найман кавми йулбошчиси. Мугулларга карши галаён кутарган.

9 Жамол Ал-Каршийнинг бу маълумоти Жувайнийда хам худди шундай акс этган. Каранг: Жувайний. Тарихи жахонгушо / масъул мухаррирлар Х,.Болтабоев, М.Махмудов. - Б. 121-126.

10 Марв 25 феврал 1221 йилда кулга олинди. - Бартольд В.В. Монгольское завоевания. Т. II., Ч. I. - М.: Наука, 1963. - С. 141.; Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение. Т. I. - М.: Наука, 1963. -

Scientific Journal Impact Factor

618/mart-aprel 1221 yilda Xorazm, 16 safar oyi 61811 /10 aprel 1221 yilda G'irot (Hirot)ni so'ngra 8 jumadi as- soniy 618/ 31 iyul - avgust 1221 yilda G'aznani egalladilar. Chingizxon 10 ramazon oyining 624/24 avgust 1227 yilda12 Xurosondan qaytgach vafot etdi.13

Zabt etilgan yerlar hali Chingizxon hayotligidayoq to'rt ulusga bo'lingan va uning to'rttala o'g'liga taqsimlab berilgan edi. Qizig'i shundaki, har bir shahzodaga berilgan ulus uning yoshi kattaligiga mos ravishda Mo'g'ulistondan uzoqlashardi. To'ng'ich o'g'il Jo'jiga, aniqrog'i uning farzandi Botuga Irtish daryosidan g'arbdagi yerlar topshirildi. Boisi, Jo'ji otasidan oldinroq, 622/1225 yilda14 vafot etdi. Xorazmning shimoli va Sirdaryoning quyi oqimlari ham Jo'ji ulusiga kirdi. Botu otasi qazosidan so'ng ya'ni, akasi 630/1232-1233 yilda taxtga o'tirganidan so'ng vafot etdi15.

O'ktoyga Oltoy va Tarbag'atoy tegdi, kenja To'li esa otasining asl yurtini ya'ni, Mo'g'uliston, Janubiy Sibirni oldi16.

O'qtoy Hoqon (Ugedey)17 ibn Chingizxon 18 shavvol oyi 626I9 sentyabr 1229 yilda payshanba tongida Kaluranda18 taxtga o'tirdi19. U ochiq qo'l, saxiy edi. Uning

С. 514.; Жувайнийнинг маълумотига кура Марв 1 мухаррам 618 хижрий йилда забт этилган. - Alaaddin Ata Melik Cuveyni. Tarih-i cihan gü§a. Reviren: Dog.Dr. Mürsel Oztürk. Ankara, 1988. - S. 196-198.

11 19 сафар ойи 618 йил. - Жамол ал-Карший. Ал-Мулхакот би-с-Сурох. В-514 (430а). В. 45а.

12 Чингизхон 1227 йил август ойида 72 ёшида в.э. - Бартольд В.В. Статьи из "Энциклопедия ислама". Чингиз-хан. Т. V. - М.: Наука, 1968. - С. 615-629.; Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 526.; Жувайнийнинг маълумотига кура - 4 рамазон (18 август). - Ала ад-дина Джувейни. Тарих-и джахангуша//http://www.tataroved.ru.; Рашид ад-дининг айтишича Чингизхон анча илгари вафот этган. Чунки 14 рамазон 624 хижрий йилда (28 август 1227 йилда) унинг жасади Монголияга келтирилган. - Рашид ад-дин. Сборник летописей / от персидского О.И.Смирновой, примечание Б.И.Панкратова и О.И.Смирновой. Под редакцией проф. А.А.Семёнова. Т. II. - М., - Л.: Наука, 1956.; Т.И.Султоновда - 1227 йил. - Султонов Т.И. Поднятые на белой кошме. Потомки Чингиз-хана. - С. 16.; Тарихи Гузиде-и Нусратномада айтилишича - Чингизхон Муран-Келуранда касал булди ва улгач Кенагасга олиб бордилар хамда шу ерда дафн этдилар. - Таварих-и гузида-Нусрат-наме / Иследование, критический текст, аннотированное оглавление и таблица сводных оглавлений кандидата филол. наук А.М.Акрамова. - Т.: Фан, 1967. - С. 96.

1338a-.£lj^b ^tíaUl .^ЛjáJl JL^

14 Туши (Жужи) 1226 йил бахорда вафот этган.- Юань-Ши. Пер. Бичурина Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в средний Азии в древние времина. Т. I. - М.,- Л.: Изд-во АНСССР, 1950.; Баъзи замонавий манбаларда келтирилишича - Туши (Жужи) ибн Чингизхон отасидан 6 ой аввал, яъни феврал 1227 йилда в.э.; Рашид ад-динга кура - баъзи манбаларда Жужи вафот этган вактда у 20 ёшда булган, баъзиларида эса 30 дан 40 ёшгача; Агар Уктойни 1206 йилда биринчи угилли булганлигини хисобга оладиган булсак 1225 йилда Жужи 40 ёшдан кичик булмаган. - Рашид ад-дин. Сборник летописей/ от персидского О.И.Смирновой, примечание Б.И.Панкратова и О.И.Смирновой. Под редакцией проф. А.А.Семёнова. Т. II.- М., - Л.: Наука, 1956.

15 Тулуй-хон Хитой вилоятларини забт этаётган бир пайтда Тунь-Гуань Кахалка номли ерда Олтин-хонга дуч келди. Тулуй-хон Уктой-хон армияси билан кушилиш максадида унинг хузурига йул олади, аммо тусатдан йулда вафот этади. - Таварих-и гузида-Нусрат-наме. - С. 98.

16 Жувайний. Тарихи жахрнгушо / масъул мухаррирлар Х,.Болтабоев, М.Махмудов. - Б. 31-32.

17 Т.И.Султоновнинг маълумотига кура - Уктойхон навбатдаги зиёфатдан сунг маст холда 1241 йилнинг 10 декабридан 11 декабрига утар кечаси вафот этган. - Султонов Т.И. Поднятые на белой кошме. Потомки Чингиз-хана. - С. 42.

18 Калуран Кэруленнинг урта аср манбаларидаги варианти булиб, хозирда Мугулистоннинг Хентай тог тизмаларидан окиб, Улан-Батор оркали Хитой Халк Республикаси худудларигача окиб утувчи дарё. Мугул

253

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

hukmronligi kunidanoq uzviy notinchlik yo'qoldi. Mamlakatlar qayta tiklandi va himoyalandi, asirlar ozod etildi, faqirlar esa boyidi. Uning davrida hamma tinch-totuv yashadi20. Davlat poytaxti etib Afrosiyobning poytaxti bo'lgan Qora-qurum21 bo'ldi.

Chig'atoyga kelsak, uning hukmronligi Olmaliqdagi jome' masjidiga ega Il-Alargu (al-Alargu) shahrida o'tgan. Uning farzandlari: Mituqon, Yisu, Baydar, Sarbonlar bo'lgan22. Mituqon 617/1220-1221 yilda Bomiyon qal'sida23 otasidan oldin vafot etgan. Chingizxon qal'ani olgandan so'ng uning aholisini, bolalar va ozod ayollardan tashqari barchasini, qatl etishga buyruq berdi24.

Chig'atoy, o'z og'a-inilari ichida o'zgacha hurmatga ega bo'lib, boshqaruv san'ati va Yasa qonunlari nozikliklarini bilishi bilan alohida ajralib turgan. Chingizxon o'z yerlarini taqsimlab berayotganda, Chig'atoyga Mavoraunnahr davlatlari, uyg'ur yerlari, Qashg'ar, Badaxshon va Balx viloyatlarini ajratgan va otaliq etib Qorajar No'yonni tayinlagan25. Chingizxon o'limidan so'ng, Chig'atoy o'z poytaxti etib Beshbaliq (Bish-Bolog' - Xondamir26) shahrini sayladi; u katta og'asi bo'lmish O'qtoy Xoqonga hurmati cheksiz edi. Bundan tashqari u Qorajar No'yon (Amir Korajor) maslahati va roziligisiz hech narsa qilmas edi. Aksariyat fors va arab manbalarida Chig'atoy nomiga simpatiya bildirilgan. Rashid ad-dinga ko'ra, Chingizxon ham shunda farzandalariga shunday ta'rif bergan: "Amirlar bilingki,

тилида Хэрлэн гол, хитойчада Келулун хе деб хам аталади. Дарёнинг узунлиги 1254 км булиб, 1090 км.и Мугулистондан утади. Х,авзаси 116400 км2. Далайнор кулини тулдирувчи асосий дарёлардан хисобланади.

19 В.В.Бартольднинг маълумотига кура - 1229 йил сигир йилида. - Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение.Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 531.; Мугул-Хитой солномалари буйича Курултой сичдон йилида, яъни 1228 йилда булиб утган. - Султонов Т.И. Поднятые на белой кошме. Потомки Чингиз-хана. - С. 87.

20 Деярли барча тарихий манбалар, хаттоки мугул хонларидан мустадил булган душман хонликлар хам Удтойхоннинг довюраклигини хамда сиёсатда бошда хонларга нисбатан анчайин кучли булганлигини узида акс эттиради.

21 Корадурум (Коракорум) - Мугулистоннинг Охон вилоятида жойлашган шахар. Унга Удтойхон (1229-1241 йй.) XIII асрда узининг хокимияти маркази сифатида асос солади ва Урдубалид деб ном беради. - Бартольд В.В. Каракорум. Соч. Т. III. - М.: 1965. - С. 443-444.; Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди / Введение, перевод с персидского А.Урунбаева, Р.П.Джалиловой, Л.М.Епифановой. - Т.: Фан, 1996. - С. 611.

22 Чигатой ибн Чингизхоннинг Билдишин номли угли хам булган. Лекин 13 ёшида вафот этган. - Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 551.; Тарихи Гузиде-и Нусратномада бу маълумот дуйидагича урин олган - Чигатойнинг 6 угли булган : Митуген, Мужи Яя, Белькиши, Саробан, Есумунке, Пайдар. - Таварих-и гузида-Нусрат-наме. - С. 107.

23 Бомиён ёки Бимиён - Кобул, Хульм ва Балх уртасидаги тогли худуддаги жойлашган шахар. X асрда Бомиён шахри вилоятнинг мухим шахарларидан хисобланган. Унинг таркибига Кобул ва Fазна хам кирган ва махаллий хукмдорлар дул остида булган. У Чингизхон томонидан хароб этилган ва XVIII асрга дадар тикланмаган. -Ибрагимов Н. Ибн Баттута и его путешествия по средней Азии. - М.: Наука, 1988. - С. 114.

24 Бомиёндаги водеа хадида В.В.Бартольдда хам келтирилади. Унга кура, кейинчалик "Мобалид", яъни "Хунук/ёмон шахар" деган ном берилган. - Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 511.; Ибн ал-Асир, Жузжоний, Насавийлар асарида - Бомиён хадида хеч нарса айтилмаган.; Равертининг айтишича - Бомиён = Валиян. - Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 568.

25 История Монголов (От древнейших времен до Тамерлана). / Отв. ред. А.К.Муминов. Перевод с персидского, предисловие, примечания, подготовка факсимиле к изданию Василий Григоръев; сост. указателей У.А.Утепбергеновой. - Санктпетербург: Карл Край, 1834. - С. 109. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар)

26 Уша жойда.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

kimda Yaso, bilig va qonunlar haqida to 'liq bilmoqchi bo 'Isa, Chig'atoyga ergashsin, kim molu-davlatni sevsa O'qtoyga ergashsin va kimda raiyat bilan bo'lishni, ilmni, qurol bilan ishlash san 'atini o 'rganishni istasa Tuluga ergashsin"27.

Chig'atoyning qarorgohi Ili daryosi vodiysida edi 28 . Rashididdinning ma'lumotiga ko'ra, Chingizxon vafotidan so'ng Chig'atoyga 4000 ta askar tekkan. Ularning boshliqlari o'z navbatida barlos (Qorajar No 'yon), jaloyir (Muka No 'yon), qavchin va orlot qabilalaridan bo'lgan29. Ibn Arabshohning yozishicha qavchinlar Amudaryo shimoli, Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg'oniston shimolida joylashganlar30. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham o'z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko'rgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolada arab, fors va boshqa turdagi manbalarga asoslanib tadqiqot olib boriladi. Jumladan, arab manbalaridan Jamol al-Qarshiyning "Al-Mulhaqot bi-s-Suroh", al-Umariyning "Masalik al-absar fiy mamalik al-amsar", Maqriziyning "Kitob-al-mavaiz va-l-i'tibar fi zikr al-xitat va al-asar", Ibn Battutaning "Sayoxatnoma" asarlari hamda fors manbalaridan Rashid ad-Dinning "Jome' at-tavorix" solnomasi va "Shuab-i panjgona" va "Nasabnoma-i muluk" asarlari, Yaqub al-Haraviyning "Tarixnoma-i Hirot", Abdulloh Vassofning "Tarixi Vassof', Abu al-Qosim al-Qashoniyning "Tarixi O'ljaytu", Mirxondning "Ravzat us-safo", Hafizi Abruning "Majmu at-tavorix", Mirzo Ulug'bekning "Ulusi arba'-yi Chingiziy" va "Mu'iz al-ansab" asarlari hamda turkiy (chig'atoy) tildagi "Tavarix-i guzida-i nusratnoma" asarlari. Shuningdek, mavzuga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotlardan foydalaniladi, tahlil etiladi.

Maqolada Chig'atoy ulusida dastlabki boshqaruv qanday bo'lgani xusisidagi savollarga holislik, yetarli tahlilga qaratilgan tarixiy faktlar va voqealarni baholash hamda tanqidiy taxlil qilish, qiyoslash, biografik, xronologik, retrospektiv metodlar asosida xulosalar chiqariladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu yerda savol tug'iladiki, Chig'atoy va uning vorislari boshqaruv masalalarida erkin bo'lganmi yoki markaz aniqrog'i Hoqon nima desa shu-mi? Bunga javobni quyida taxlillarga yondoshgan holda topishimiz mumkin.

Birinchidan, Mo'g'uliston va unga qo'shni yerlarda yashovchi boshqa ayrim ko'chmanchi xalqlardan farqli o'laroq mo'g'ullar davlatchilik an'analariga ega emas edilar. Ushbu haqida xususan A.S.Sagdullaev, B.Eshov, N.I.Toshev kabi bir qator

27 Рашид ад-дин. Сборник летописей/ от персидского О.И.Смирновой, примечание Б.И.Панкратова и

О.И.Смирновой. Под редакцией проф. А.А.Семёнова. Т. II. - М., - Л.: Наука, 1956. - С. 90.

29 Рашид ад-дин. Т. II. 1956. - С. 90.

30 Там же.

Scientific Journal Impact Factor

mahalliy olimlar ham o'z tadqiqotlarida ta'kidlagan31. Mo'g'ul imperiyasining uluslar va qanotlarga bo'linishi, o'nlik sistemasi, oliy hokimiyat konsepsiyasi, taxt almashish tartibi va boshqa ko'plab davlatchilik institutlari mo'g'ullardan burun o'tgan ko'chmanchi davlatlar, asosan Turk xoqonligiga taqaladi. Bu bilim va an'analar Chingizxon mo'g'ullarigacha bir necha yo'llar bilan yetib kelgan (yozma manbalar, folklor va hk.)32. Xususan Yasoq qoidalari ham shular jumlasidandir.

Ikkinchidan, mo'g'ullar ko'chmanchilik bilan hayot kechiruvchi xalq bo'lgani tufayli davlat boshqaruvida epsiz edi. Shu boisdan, xonlar dastavval ulus qo'l ostidagi hududlarni noiblar yordamida boshqargan. Buni Movaraunnahrni boshqarish ishlari mahalliy hukmdorlar va ayniqsa mahalliy boy zodagonlarga berilishida ham kuzatamiz.

Misol uchun, birinchi bo'lib Chig'atoy ulusi hududini boshqarish xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga keyinchalik ham uning avlodiga topshirildi. Ular xonning noibi sifatida faoliyat olib borishdi. Noib ko'rinishida ular Ho'janddagi qarorgohidan turib ulus miqyosida soliqlarni to'plash hamda Hoqon huzuriga yetkazish va aholini itoatda ushlab turish kabi ma'suliyat yuklatilgan edi. Bunda noib Chig'atoy ulusi xonlari oldida hisobot berishlari shart emas edi. Huddi shunday Buxoroda ham mahalliy zodagonlar va din ulamolari, sadrlar mamlakatdagi boshqaruvni qo'lga olgan edilar.

Manbalarda Chig'atoyning xususan Mahmud Yalavachdan qutulish hoxishi bo'lgani haqida ishoralar bor va u bu maqsadiga 1238 yilgi Mahmud Tarobiy qo'zg'oloni orqali erishgan desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Chunki Yalavach qo'zg'alonga homiylikda yoki bila turib keskin chora ko'rmaganlikda ayblanib O'qtoy Hoqonning ijozatisiz noiblikdan ozod etiladi. Yalavach Qora-qurumga ketishga majbur bo'ladi. Hoqon esa iltifot ila kutib oladi va uni Pekinga gubernator etib tayinlaydi. Yalavach u yerda umrining oxiriga qadar (1254 yil) faoliyat yurgazadi. Movaraunnahrning yangi noibi etib esa uning farzandi Ma'sudbekni tayinlaydi. Ma'sudbek ham bosqoqlar va darug'achilar boshliq qo'shinga hamda mahalliy amirlarga tayanib otasining ishlari va siyosatini 1289 yilga qadar davom ettiradi.

Uchinchidan, Chig'atoy ulusining siyosiy boshqaruviga Jo'ji ulusi vakillari shuningdek, Tulu xonadoni vakillari muntazam aralashib turar edi. Noiblarning

31 Сагдуллаев А., Мавлонов У. Узбекистан давлат бошдаруви тарихи (Кадимги даврлардан XIX асрнинг урталарига дадар). Удув дулланма. - Тошкент: "Akademia", 2006. - Б. 90.; Эшов Б. Узбекистонда давлат ва ма^аллий бошдарув тарихи. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. - Б. 253.; Тошев Н.И. Алоуддин Жувайнийнинг "Тарихи жахонгушо" асари Марказий Осиёнинг ХН-ХШ асрлар тарихига оид мухим манба: тарих фан. номз... дисс. - Тошкент, 2004. - Б. 112.

32 Бу мавзу рус олими В. Трепавлов томонидан к,изик,арли ва ишонарли к,илиб ёритилган (Трепавлов В. В. Государственный строй Монгольской империи XIII в.: Проблема исторической преемственности. - М., 1993).

256

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Scientific Journal Impact Factor

markazga tashib ketayotgan katta miqdordagi soliqlardan ma'lum foizigagina qanoat qilishga majbur bo'lgan chig'atoyliklarga bu xol yoqmas edi.

Umuman olganda, Mo'g'ullar imperiyasida umumsiyosiy vaziyat o'ta murakkab ahvolda bo'lib, unda hali-hanuz bosqinchilik urushlari olib borilayotgan edi. Xususan, Botu 1236-1241 yillarda Sharqiy Yevropaga yurishlarni amalga oshirib bo'lg'usi Oltin O'rdaga zamin yaratayotgani alohida ahamiyat kasb etardi. Ayniqsa, 1248 yilda Hoqon Guyukxonning vafoti va undan so'ng katta sarxadga ega sulolani boshqarishga tajribali, taxtga loyiq davogar yo'qligi O'qtoy xonadonini g'ulg'ulaga solib qo'ydi.

Yana bir tarafdan, Botu va Guyukxon o'rtasida azaldan xusumat va o'chmas adovat xissi mavjud edi33. Bu dushmanlik xissi Guyukxonning avlodlariga ham meros bo'lib o'tgan edi. Mankuxon 648 yilning safar oyida/ may-iyun 1250 yilda Guyukxon, uning o'g'illari va Chingizxon avlodidan bo'lganlarni qirqdan ortiq amiri ham 2000 yaqin harbiy qo'mondonlari ustidan g'alaba qozonib ularni qatl ettirdi va taxtni qo'lga oldi. Shundan so'ng uning hokimiyati mustahkamlandi va u o'z davlati taxti ustida o'zini erkin xis etdi34.

Fursatni boy bermay o'z mavqeyidan foydalangan Botuxon Tulu xonadoni vakillari bilan til biriktirib Munkexonni (Manguxon) taxtga Hoqon etib ko'tarish masalasini ilgari surdi. Chingiziylar ichida katta og'a sifatida Botu qurultoyni yig'ish bo'ynida edi. Ammo u o'zining sog'lig'ini vaj etib qurultoyni Jo'ji sulolasi poytaxti Saroy Berkaga35 chaqirtirdi. O'qtoy va Chig'atoy xonadoni vakillari bunda fitna borligini sezib Hoqon saylashni doimgidek, Chingizxonning ona yurtasi Onon va Kerulen daryolari xududida amalga oshirilishi lozim deb, e'tiroz bildirdilar. Biroq ularsiz ham Botu va Tulu xonadoni ishtirokida Munkexonni Hoqon etib ko'tardilar. Qurultoy natijasi tan olinmasligidan xayiqib Botu nomigagina inisi Berka hamda Buqa Timur boshchiligida Kerulen daryosida yana bir qurultoy yig'di. Bunda ham O'qtoy va Chig'atoy xonadonlari ishtirok etishni istamadilar. O'rtada bir yarim yill ik tortishuvlardan so'ng va nihoyat Qora-qurumda qurultoy chaqirilib taxtga Munkexon (1251-1259) Hoqon etib "saylandi".

Shundan keyin O'qtoy va Chig'atoy xonadonlari kuch bilan taxtni egallash choralarini ko'rib, turli rejalar tuza boshladilar. Jamol al-Qarshiyda keltirilishicha, dastlab Guyukning nasli Munkexonga qarshi harakatlar qilib uning o'limini rejalashtirgan. Toj kiyish marosimida ularning ham qatnashishiga ruxsat bergach, ular o'zlarini go'yo uning barcha ayyorliklarini, ularga qarshi qilingan jamiyki

33 Бapтольд В.В. Yma aсap. - С. 560.; Бapтольд В.В.Стaтьи из "Энциклопедия ислaмa" / Чaгaтaй-xaн . Т. II., Ч. I. M.: Hayra, 1963. - С. 540.

34 Бapтольд В.В. Ушa aсap. - С. 560-561.

35 Сарой - Боту давлатининг Волга дарёси буйида жойлашган пойтахти.

Scientific Journal Impact Factor

yomonliklarini unutganday tutishgan36. Shu yerda, Rashid ad-dinga ko'ra, tasodifan Munkexonning lochinbozi ularning fitnaomuz rejalaridan darak topgan37. Mankuxon ularning bu rejalari va o'ylari, ayyorliklari haqida eshitib ular bilan aldov, makr-hiylada bellashib, qotillikda ularni orqada qoldirgan. U tezda ular oldiga shiddatli botirlarni hamda bir to'da o'g'rilarni yuborgan. Tun kechasida ular to'satdan uxlayotganlar ustiga hujum uyushtirganlar. Ularni o'ldirib, qismlarga bo'lib, qush va yirtqichlarga yemish sifatida tashlaganlar38.

Guyukning vorislaridan xalos bo'lgach u chig'atoylarga yuzlandi. Bu vaqtga kelib ota taxtini Yisu-Manku ibn Chig'atoy egallab, qo'shinning boshida esa akasining o'g'li Bo'ri turar edi. Yisu-Manku va Bo'ri o'sha vaqtda yetarli darajada qudratli davlat, hudud, hokimiyat, qurol-yarog', son-sanoqsiz hamda shijoatli qo'shinga ega edi. Munke Chig'atoylar haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lgan -yetakchi vazirlardan biri bilan gaplashib, Chig'atoyxon taxtiga Munkexon qarorgoxidagi Chig'atoyning nevarasi Qora-Xulagu ibn Mituqon ibn Chig'atoyni qo'yish maslahatini oladi. Qora-Xulagu Munkexonning ona tarafidan qarindoshi bo'lgan zavjasi O'rkina xotun (Urqina) Surug'toniy vositasida Munkexon oldiga borib, amakisi Yisu-Mankuning Qora-Xulaguning bobosi Chig'atoy unga vasiyat qilib qoldirgan hokimiyatni tortib olgani va endi Munkexon bobosi Chig'atoy taxtini qaytarib olib berishini so'radi. Munkexon Qora-Xulaguga akasi Bo'rini uning o'zi bu chigallikni ochib berishi uchun oldiga chaqirtirib olishga ruxsat berdi. Qora-Xulugu yuborgan chopar katta akasi Bo'ri ibn Mituqon oldiga yetib borib, uning inisi unga taxtni olib berishini yetkazgach, Bo'ri o'z amakisiga bo'lgan muloqotini tezda o'zgartirdi. Hokimiyat ilinjida uni go'rga itarayotganlarini tushunmas edi. So'ng ular Munkexon qarorgohi tomon bordilar. Ulardan birinchi bo'lib Bo'rini39 qo'lga oldilar, zanjirband etdilar va shu zahotiyoq uni xo'kiz terisiga o'rab aravaga ortilgan holda jallodga topshirdilar. Ularning hayoti shu tarzda yakun topdi40.

So'ng Qora-Xulagu (Hudagu) bobosi Chig'atoyning taxtiga Munkexonning topshirig'i bilan Qora-qurumda o'tirdi. U 640/1242-1243 yilda Munkexon davlati poytaxtidan o'z davlati poytaxtiga qaytayotib vafot etdi41. Hokimiyat uning xotini

37 Рашид ад-дин. Т. II. 1956. - С. 133-135.

38 Таварих-и гузида-Нусрат-наме. - С. 109.

39 Бури 1251 йилда улдирилган. - Бартольд В.В. История Туркестана. Соч. Т. II. Ч. 1. - М.: Наука, 1963. - С. 74.

40 40а-40ь-.с1_^Ь .^^^ЗЛ ^^

41 Уша жойда.; Рашид ад-дин. Сборник летописей/ от персидского Ю.П.Верховский. Примечание Ю.П.Верховский и Б.И.Панкратов. Редакция проф. И.П.Петрушевский. Т. II. - М., - Л.: Наука, 1960. - С. 97.

258

Scientific Journal Impact Factor

O'rkina xotun42 va u paytlar juda yosh bo'lgan o'g'li Muborakshoh qo'liga o'tdi. Xotunning hukmronligi - 9 yil va bir necha oyga qadar davom etdi43.

Shundan so'ng Munkexon hududi yanada o'sdi: uzunligi Sharqdan boshlab toki uzoq g'arbdagi Aqasagacha, kengligi ar-Rum, al-Faranj atroflaridan al-Hind, Az-Zinj taraflargacha44. Munke taxtga kelib o'zi uchun Botu xonadonini yaqin tutib hamkorlik eta boshlaydi. Bu hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri Botuning ilgaridan o'z xududiga qo'shib olishni niyat qilib yurgan Chig'atoy ulusini batamom yo'q qilish edi. Munkexon imperiya sarxadlarini Sirdaryogacha bo'lgan yerlarni, Botu esa butun Movaraunnahrni qo'shib oldi. Yerlik xalqlar uchun bu yangi bosqinchiliklar va yangi soliqlar degani ma'noni anglatardi.

Imperiyani boshqarishda Munkexon bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, Movaraunnahrda ham. Jamol al-Qarshiyga ko'ra, u o'z urug'iga qilich ko'targan va o'z xonadoniga o'tkir qilich sanchganlardan birinchisi edi45. U O'qtoy, Guyukxon singari Chig'atoy ulusi hududlarini yana Ma'sudbekka topshirdi. Soliq yig'imida biroq ehtiyotkorlik bilan yondashdi. Zero, 1238 yildagi buxorolik Mahmud Tarobiy singari qo'zg'olonlarni oldini olish maqsadida darug'achi, bosqoq, choparlar, lochinbozlar va shu kabi mavqe'larga ega kishilar uchun payza hamda yorliq olish imtiyozlari ancha qisqardi. Mahalliy xalqning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda soliqlar joriy etildi. Biroq hamma hududlarda ham soliqlar bir xilda emasdi. Masalan, Xurosonda yiliga boy kishidan 7 dinor, kambag'aldan 1 dinor aksincha, Movaraunnahrda esa boy kishidan 10 dinor va kambag'aldan 1 dinor talab etilgan. Qopchur esa har yuz jon boshidan bir jon olingan. Yuz jon boshidan kam bo'lganlardan qopchur olinmagan. Ushbu holat 60-yillarga qadar davom etdi. So'ng yana Chig'atoy xonadoni vakillari taxtni qaytib olishga intila boshladilar.

Xitoy mamlakatining Manzi shahri safarida ya'ni, 658/1259 yilning boshida46 Munkexon to'satdan vafot etdi. Taxtga sulolaning ichki naslidan bo'lgan Qubilay (Xubilay) ibn Tuli Hoqon sifatida o'tirdi47. Ammo bir vaqtning o'zida Arig'-Bo'ka

42 ХШ-ХГУ асрга тегишли купгина тарихий манбаларда Чингизхон ва чингизийларнинг рафик,алари - Хотун ("малика", "хоним") атамаси билан аталган. - Султонов Т.И. Поднятые на белой кошме. Потомки Чингиз-хана.

- С. 16.

43 40а-.£|_^ь ^ыл ^¡л ли^

44 Ли^

45 40а-.^1_^Ь ^15^1*31 ^511 Ли^

46 Рашид ад-дин маълумотига кура - Мункахон хижрий 655 йилда ( тахминан 1257 йилнинг 19 январ билан 17 феврал орасида, илон йилида ) вафот этган. - Рашид ад-дин. Т. II. 1956. - С. 135.; Хитой манбаларида - 1259 йилда вафот этган. - Юань-Ши. Пер. Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в средний Азии в древние времина. Т. I. - М.,-Л.: Изд-во АНСССР, 1950. Бартольд В.В. буйича - Мунке-хон 1259 йилда вафот этган. - Бартольд В.В.Статьи из "Энциклопедия ислама" / Чагатай-хан . Т. II., Ч. I. - М.: Наука, 1963.

- С. 541.; Тарихи Гузиде-и Нусратномада айтилишича - Хитой худудида булаётган уруш вактида кушин ичида улат таркалади. Мункахон ундан асраниш учун хаддан куп микдорда май ичади, окибатда улади. - Таварих-и гузида-Нусрат-наме. - С. 110.

47 40ь-41а ^Ь^ЗЬ .,^531 ЛЬ^

Scientific Journal Impact Factor

ham akasi Munkexonning taxtini Qora-Qurumda shavvol oyi 658/ sentyabr-oktyabr 1260 yilda bir qator amiru vazirlarning qarshiliklariga qaramay egalladi48. Munkexon uni o'zining o'rinbosari sifatida Manziga qarshi yurush qilayotgan bir paytda qoldirgan edi. Arig'-Bo'ka taxtni vaqtincha egallab turdi, lekin unga xoinlik qilgani yo'q. Shu o'rtada o'zaro oliy taxt kurashi boshlandi.

Rashid ad-dinga ko'ra, Munkedan so'ng Qubilay o'z yoniga Abishka ibn Bo'ri ibn Mitukan ibn Chig'atoyni chaqirtirib O'rkina xotunni o'ldirib Chig'atoy taxtini egallashni amir etadi. Akasi bilan g'animlik qilayotgan Arig'-Bo'ka esa uni qo'lga olib Munkening o'g'li Asutoy qo'li bilan qatl ettiradi. O'z qarorgohida ushlab turgan Olg'uni qo'liga yorliq tutib Chig'atoy taxtini egallashni amir etadi. Unga vazifa etib sarxadlarni Qubilay qo'shinidan saqlash va Movaraunnahrda Arig'-Bo'ka qo'shini uchun zarur bo'lgan ozuqa g'ami va ayniqsa soliqlarni to'plash hamda unga yuborish yuklatiladi49.

Olg'u (Olg'o'y ibn Baydar ibn Chig'atoy - Jamol al-Qarshiy)50 659/1260-126151 yilda taxtga o'tirgach dastlab Oltin O'rda mansabdorlarin birin-ketin yo'qotib Chig'atoy ulusini qayta tikladi; 15 minglik qo'shini bilan Buxoro, Samarqandga o'rnashib olgan jo'jichilarni, qachonlardir chig'atoychilarga qarshi chiqqan mahalliy zodagonlarni yo'q qildi. Berkaxon bilan til biriktirilganlikda ayblanganlar ichida buxorolik shayx Sayf ad-din Boharziyning ham farzandi bor edi. Ularni ham ayamadi.

O'rkina xotun norozilik bildirib Arig'-Bo'ka oldiga uzoq muddatga ketib qoldi. Rashid ad-din va Jamol al-Qarshiylarning ma'lumotiga ko'ra, Olg'uxon shunda ham Movaraunnahr boshqaruvini qo'lga olishga shoshilmadi aksincha, Ma'sudbekka Movaraunnahrni butunlay nazoratsiz qo'liga topshirish evaziga soliqlardan to'planadigan daromad haqida qiziqdi. Olg'uxon va O'rkina xotun qaytib kelgach uning bilan o'zaro nikohlaridan so'ng xotunga bo'lgan hurmatidan foydalanib Ma'sudbekdan Chig'atoy ulusi g'aznasiga katta miqdorda tushum tushdi. Bu orqali Olg'uxon katta qo'shin to'plashga muyassar bo'ldi52. Buning sababi esa 661/1262-

48 Бу даврга келиб (1260 й.) биз бир вак,тнинг узида икки улут хоннинг мутуллар империяси хок,они этиб тайинланганлигини манбаларда куришимиз мумкин. Хубилай ибн Тули - Хитойда ва Арит-Бука ибн Тули -Мутулистонда. - Бартольд В.В. Чагатай-хан. Т. II., Ч. I. 1963. - С. 541.; Бартольд В.В. Туркестан. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 573.

49 Рашид ад-дин. Т. II. 1960. - С. 97.

50 Алгуй (Олтой, Олтуй) - тахминан 1264 ёки 1265 йилда вафот этган. - Бартольд В.В. Монголы до распадения

Чагатайского государство. Т. II., Ч. I. - М.: Наука, 1963. - С. 68.; Бартольд В.В. Чагатай-хан. Т. II., Ч. I. 1963. - С. 543.; Хондамир уз асарида уни Бойдор утли Болитуй деб ёзади. - Каранг: История Монголов (От древнейших времен до Тамерлана). / Отв. ред. А.К.Муминов. Перевод с персидского, предисловие, примечания, подготовка факсимиле к изданию Василий Григоръев; сост. указателей У.А.Утепбергеновой. - Санктпетербург: Карл Край, 1834. - С. 112 с. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар).

52 Рашид ад-дин. Т. II. - М., - Л.: Наука, 1960. - С. 97.; 41а-.сЬ^ ^

260

Scientific Journal Impact Factor

1263 yilda Movaraunnahrdan to'plangan qo'shin uchun ozuqa, qurol-aslahala, jangovar otlar hamda pullarni yuborishdan bosh tortib Arig'-Bo'ka yuborgan elchilarni qatl ettirdi53.

Shundan so'ng ikki o'rtada katta janglar bo'ldi. Dastlab ikki marotaba Olg'uning qo'li baland kelsada oxirida Olg'u yengiladi. Arig'-Bo'ka Buxoro va Samarqandga kirib talon-taroj etib katta miqdorda qo'shin uchun ozuqa, qurol-aslahala, jangovar otlar hamda moddiy boylikni qo'lga kiritadi. Bir yil o'tib oliy taxtni ko'zlab akasiga qarshi turish uchun Movaraunnahrdan chiqib ketadi54.

Olg'u 662/126355 yilda vafot etgach taxtga jumada as-soniy 66456Imart-aprel 1265 yilda Qora-Hulaguning O'rkina xotundan 57 bo'lgan o'g'li, musulmon Muborakshoh58 o'tirdi. Uning davrida ulus tarkibida ixtilof paydo bo'ldi. Chig'atoy va uning doirasidagi mo'g'ullar Yasoqqa ko'ra er kishining joyi yer bilan shug'ullanishda emas balki, saxroda degan qoidaga amal etib Movaraunnahrdan tashqarida istiqomat etar va ayniqsa barcha dinlarni hurmat etish keark bo'lsada, mahalliy islom diniga o'tishga qarshi edilar. Biroq Chig'atoylardan Olg'udan so'ng yosh Muborakxon va Baroqxonlar islomni qabul qildilar. Bu tendensiya bir paytning o'zida Jo'ji xonadonida ham Berkaxon ibn Jo'ji misolida (1266 y.) davom etganini aytib o'tish joiz albatta.

Fikrimizcha, Chig'atoy xonlari amalga oshirgan ushbu qadam ulusda boshqaruvni qo'lga olishdagi ilk qadam deb hisoblangan desak mubolag'a bo'lmas. Boisi, taxtga o'tirish marosimi har doimdek Ili daryosida emas, Movaraunnahrda, aniqrog'i Angren daryosi vodiysida amalga oshdi. Bu esa xonning mahalliy xalq yonida bo'lmasa-da, unga yaqinroq joyda bo'lish maqsadini bildirar edi. Umuman olganda bu ilk bora Chingizxon yaratib ketgan qadriyatlarning tanazzulga yuz tuta boshlaganidan dalolat berardi.

53 Рашид ад-дин. Т. II. - М., - Л.: Наука, 1960. - С. 97.

54 Уша жойда.

55 Уша асар. - С. 98.

56 Мирзо УлуFбекнинг маълумотгиа кура, Муборакшох ибн Кора Х,алокухон вояга етгач, Амир Эжил (Ижил) ибн Амир Крражар (Корачор) Нуён барлос ёрдамида туркларнинг уди йилига мувофик санайи 662/1263 йилда ОлFухонни уртадан кутариб, истиклол билан хонлик тахтига ултирди. - Каранг: Мирзо УлуFбек. Турт улус тарихи (Британия музейи (Англия) цулёзмаси. инв. № ADD 26190: Тарих-и арбаъ улус). - Тошкент: Чулпон, 1993. - Б. 187.

57 Уркина хотун (Туракина хотун ) - Меркит кавмидан булиб, шохона хаётни севадиган, касоскор хамда хунук аёл булган. - Султонов Т.И. Поднятые на белой кошме. Потомки Чингиз-хана. - С. 43.; Шунингдек каранг: Муъизз ал-ансаб (Прославлящее генеалогии). Том III. / Отв. ред. А.К.Муминов. Перевод с арабского-персидского, предисловие, примечания, подготовка факсимиле к изданию Ш.Х.Вохидова; сост. указателей У.А.Утепбергеновой. - Алматы: "Дайк-Пресс", 2006.; Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. - Б. 186.; История Монголов. - С. 112. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар).

58 Муборакшох - муFуллар ичида биринчилардан булиб Ислом динини кабул килган. - Бартольд В.В. Монголы до распадения Чагатайского государство. Т. II., Ч. I. - М.: Наука, 1963. - С. 69.; Босворт К.Э. Мусульманские династии / Справочник по хронологии и генеалогии. Пер. с англ. и примеч. П.А.Грязневича. - М.: 1971. - С. 198.; Шунингдек каранг: JW

Scientific Journal Impact Factor

Zulxijja oyi 664/sentyabr 1265 yilda Xo'jand atrofida Muborakshoh asr olindi va taxt Baroq ibn Yisu-Bo'qa ibn Mitukan ibn Chig'atoy qo'liga o'tdi59. Buning uchun u amir-bitikchi bilan Muborakshohga qarshi fitna etgan edi va Baroq uni lochinbozlari boshlig'i etib tayinlaydi60. Xonlik davrida u bir necha bor Xurosonga yurish qilgan, ammo Xulaguning (Gulog'u) o'g'li Abak-Xon (Abaqaxon) tomonidan mamlakatdan xaydalgan. Buxoroga kelgach, u ham islomni qabul qiladi va tarixda Sulton G'iyosiddin deb yodga olinadi61.

1271 yilda va nihoyat imperiya taxti O'qtoy xonadoniga qayta nasib etib Qaydu unda Hoqon bo'ldi. Bundan boshlab imperiya sarxadidagi barcha yerlarda uning siyosati amalga osha boshladi. Jamol al-Qarshiy uning haqida shunday ta'rif beradi: "... ayni damda Qaydu eng ziyrak va uddaburon hamda zamonamizning mohir siyosatdoni bo 'lib kelmoqda. Kelishuvni hal etishda qo 'li uzun, izzat-hurmat qilishda vayaxshiyomonni ajratishdayuqori darajali zot edi..."62.

Baroqxon xonlik taxtida o'rnashib olgach, uning bilan Qayduxon ibn G'ozi o'g'il ibn O'ktoy Hoqon o'rtalarida muxoliflik tushdi. Ko'p tortishuv va bahslardan keyin ikkalasi o'rtasida sulx tuzish yo'llarini qidirdilar. Baroqxon Qaydu madadi bilan Xuroson va Iroq mulkini oldi63.

Al-Qarshiyning ta'kidlashicha, Baroq 670 64/1271 yilning boshida 6 yillik hukmronligidan so'ng Mirzo Ulug'bek ta'rifiga ko'ra65, falajlikdan vafot etgan. Qayduning topshirig'i bilan 671/1272-1273 yilda Niqboy ibn Sarbon ibn Chig'atoy Baroqdan so'ng taxtni egalladi. Biroq siyosiy nizolar sabab, Qayduning amri bilan 679/1280 yilda Bo'qa-Temur ibn Qadag'oy ibn Bo'ri66 ibn Mitukan ibn Chig'atoy Niqboyni o'ldirib, o'rniga taxtga o'tirdi. Bo'qa-Temur uzoq hukmronlik qilib 680/1281-1282 yilda vafot etdi67.

681/1282-1283 yilda Qayduning amri bilan Duva ibn Baroq hokimiyatni qo'lga oldi. Muqaddam otasi Baroqni ham taxtga ko'tarilishiga ko'maklashgan edi. Qaydu bilan Baroq o'rtasida hamkorlik hamda do'stlik aloqalari mavjud edi.

Niqboy va Bo'qa-Temurlar uzoq muddat hukmronlik qilgan bo'lsa-da, Qayduning soyasida hech qanday Chig'atoy nasli uchun ahamiyatli siyosatga yoki

59 Барок хижрий 663 йил бошида/октябр 1264 йилда Узгандда Олтуй ва Уркина-Хотуннинг барча бойликларини кулга киритиб тахтга утирди. - Бартольд В.В. Туркестан. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 580.

60 Рашид ад-дин. Т. II. - М., - Л.: Наука, 1960. - С. 99.

61 История Монголов. - С. 112. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар).

62 41ь-42а-.£|_^Ь с.^Ш

63 Мирзо Улутбек. Турт улус тарихи. - Б. 188.

64 Хондамир ва Мирхо Улутбекнинг зикрича Барок,хон 668 йилнинг охирида вафот этади. - Каранг: Мирзо Улутбек. Турт улус тарихи. - Б. 187-191.; История Монголов. - С. 112. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар).

65 Турт улус тарихида Барок,нинг улими сабабчиси мифатида Кайдуга ишора этилаган. - Каранг: Мирзо Улутбек. Турт улус тарихи. - Б. 191.

66 Абишка номли уми хам булган. - Бартольд В.В. Туркестан. Т. I. - М.: Наука, 1963. - С. 573.

Scientific Journal Impact Factor

boshqaruv sohasiga oid amallar bo'lmadi. Manbalarda ham navbatdagi xon sifatida zikr etilgan xolos. Duvaxonga kelsak otasi Baroq boshlab bergan siyosatini davomchisi sifatida kerak bo'lsa, ulusni mustaqillikka olib borgan xon deb aytsak to'g'ri bo'ladi. Zero, uning haqidagi ma'lumotlar keyingi boblarimizdan alohida o'rin olgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, dastlab Chingizxon o'zi yaratgan ko'plab imperiyani boshqarishdagi tartib-qoidalari farzandalari davrida qattiq rioya etildi. Biroq ularning vafotidan ko'p ham o'tmay imperiyada bosh-bashdoqlik sezildi. Bunda aynan Botu bilan Tulu va O'qtoy bilan Chig'atoy xonadonlari o'zaro hamkorlikda bir-birlariga qarshi chiqa boshladilar. Bu esa tomonlarning ko'proq yutuqlarga ega bo'lishi ilinjida kerak bo'lsa avlodlar qadriyatidan ham voz kechish holatiga va uluslarning ichki hayotiga bilvosita aloqador bo'lgan boshqaruvini amalga oshirish tomon zamin tayyorladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. .434 .1967/1346 .^У лл^ЫС ^la AJ /^l^j ¿JJ .^JJ! лр

2. ^Ij^lb ^ШЛ JU^. Mahdum Vosiliy nomidagi ma'naviy meros fondi, №2. - 1285 [1868-69]. - 53 varaq.

3. Alaaddin Ata Melik Cuveyni. Tarih-i cihan gu§a. Qeviren: Do?.Dr. Mursel Ozturk. Ankara, 1988.

4. Джамал ал-Карши. Мулхакат ас-Сурах / Перевод с арабского и примичания А.Саидова. - Душанбе: Ирфон, 2006.

5. Джувейни. Чингисхан. История завоевателя мира. - Москва: Магистр пресс, 2004. - 690 с.

6. Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-та'рих (Полный свод истории) / перевод с арабского, примечания и комментарии П.Г.Булгакова, дополнения к переводу, примечаниям и комментариям, введение и указатели Ш.С.Камолиддина. Под редакцией д.и.н.,проф. М.М.Исхакова. - Т.: Узбекистан, 2006. - 790 с.

7. История Монголов (От древнейших времен до Тамерлана). / Отв. ред. А.К.Муминов. Перевод с персидского, предисловие, примечания, подготовка факсимиле к изданию Василий Григоръев; сост. указателей У.А.Утепбергеновой. - Санктпетербург: Карл Край, 1834. - 172 с. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар).

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

8. Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди / Введение, перевод с персидского А.Урунбаева, Р.П.Джалиловой, Л.М.Епифановой. - Т.: Фан, 1996.

9. Муъизз ал-ансаб (Прославлящее генеалогии). Том III. / Отв. ред. А.К.Муминов. Перевод с арабского-персидского, предисловие, примечания, подготовка факсимиле к изданию Ш.Х.Вохидова; сост. указателей У.А.Утепбергеновой. - Алматы: "Дайк-Пресс", 2006.

10. Рашид ад-дин. Сборник летописей / перевод с персидского

0.И.Смирновой, примечания Б.И.Панкратова и О.И.Смирновой. Под редакцией проф. А.А.Семёнова. Т. I-III. М., Л.: Наука, 1956-1963.

11. Таварих-и гузида-Нусрат-наме / Иследование, критический текст, аннотированное оглавление и таблица сводных оглавлений кандидата филол. наук А.М.Акрамова. - Т.: Фан, 1967.

12. Фазлаллах Рашид ад-дин. Джами' ат-таварих / Критический текст А.А.Ромаскевича, А.А.Хетагурова, А.А.Али-Заде. Т. I., Ч. 1. - М.: Наука, 1965.

13. Юань-Ши. Пер. Бичурина Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в средний Азии в древние времина. Т. I. - М.,- Л.: Изд-во АНСССР, 1950.

14. Alouddin Atomalik Juvayniy. Tarixi jahongusho (Jahon fotihi tarixi)/ Alouddin Atomalik Juvayniy; mas'ul muharrirlar H.Boltaboyev, M.Mahmudov. - Toshkent: "MUMTOZ SO'Z", 2015. - 504 b.

15. Ibn Batuta. Sayohatnoma. Tuhfat an-nuzzor fi g'aroib al-amsor va ajoib al-asfor. - Toshkent: "ShARQ", 2012.

16. Mirzo Ulug'bek. To'rt ulus tarixi (Britaniya muzeyi (Angliya) qo'lyozmasi. inv. № ADD 26190: Tarix-i arba' ulus). - Toshkent: Cho'lpon, 1993.

17. Бартольд В.В. История Туркестана. Соч. Т. II. Ч. 1. - М.: Наука, 1963. -С. 74.

18. Бартольд В.В. Каракорум. Соч. Т. III. - М.: 1965. - С. 443-444.

19. Бартольд В.В. Монгольское завоевания. Т. II., Ч. I. - М.: Наука, 1963.

20. Бартольд В.В. Статьи из "Энциклопедия ислама". Чингиз-хан. Т. V. -М.: Наука, 1968.

21. Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинение. Т. I. - М.: Наука, 1963.

22. Бартольд В.В.Статьи из "Энциклопедия ислама" / Чагатай-хан . Т. II., Ч.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. - М.: Наука, 1963.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

23. Бартольд В.В. Монголы до распадения Чагатайского государство. Т. II., Ч. I. - М.: Наука, 1963. - С. 69.

24. Босворт К.Э. Мусульманские династии / Справочник по хронологии и генеалогии. Пер. с англ. и примеч. П.А.Грязневича. - М.: 1971.

25. Ибрагимов Н. Ибн Баттута и его путешествия по средней Азии. -Москва: Наука, 1988.

26. Петров П.Н. Хронология правления ханов в Чагатайском государстве в 1271-1368 гг. (по материалам нумизматических памятников) // Тюркологический сборник 2007-2008. История и культура тюркских народов России и сопредельных стран. - Москва, 2009. - С. 294-319.

27. Султанов Т.И. Поднятые на белой кошме. Потомки Чингиз-хана. -Алматы: Дайк-Пресс, 2001. - 276 с.

28. Султанов Т.И. Чингиз-хан и Чингизиды. Судьба и власть. - Москва: ACT, 2006.

29. Трепавлов В. В. Государственный строй Монгольской империи XIII в.: Проблема исторической преемственности. - Москва, 1993.

30. Toshev N.I. Alouddin Juvayniyning "Tarixi jahongo'sho" asari Markaziy Osiyoning XII-XIII asrlar tarixiga oid muhim manba: tarix fan. nomz... diss. -Toshkent, 2004.

31. Eshov B. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. - B. 253.

32. Sagdullaev A., Mavlonov U. O'zbekiston davlat boshqaruvi tarixi (Qadimgi davrlardan XIX asrning o'rtalariga qadar). O'quv qo'llanma. -Toshkent: "Akademia", 2006. - B. 90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.