AcademicResearch^nEdUCäiiBBäiSiiiBiiMMBBN
CHET TILLARINI O'RGATISH VA UNDAGI SAMARALI METODLARDAN
FOYDALANISHNING O'RNI
Munawarxon Sharobiddinovna Maraimova
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german tillar kafedrasi
fransuz tili o'qituvchisi E-mail: [email protected]
G'anisher Nurali o'g'li Ma'murov
Termiz davlat Unversiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: fransuz tili yo'nalishi 403-guruh 4-kurs talabasi
Chet tili o'qitish metodlari qiyosiy, aralash va to'g'ri metod turlaridir. Metodning grammatika-tarjima turi nuqtayi nazaridan olib qaralganda, chet tili umumta'limiy maqsadda o'rganilgan. Turli grammatik mashqlar til o'rganuvchininng mantiqiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida o'rgatilgan. Yuqoridagi metod orqali chet tilini o'qitish to'g'risida sistemali grammatik nazariya bosh ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: grammatik shakl, muloqot vositasi, metod, xorijiy til, matn, tarjima.
Methods of teaching a foreign language are comparative, mixed and direct methods. From the point of view of the grammatical-translation type of method, a foreign language is studied for general educational purposes. Various grammatical exercises are taught in order to develop the logical potential of the language learner. A systematic grammatical theory of teaching a foreign language through the above method is of primary importance.
Keywords: grammatical form, means of communication, method, foreign language, text, translation.
Kishilik jamiyatidagi muhim narsalardan biri til o'rganishdir.aytganda, til o'rganish jarayoni insonning tafakkur rivojlanishi va muloqot qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Har bir tilning o'rganilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu jarayon insonning aqliy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga bevosita ta'sir qiladi. Ona tili insonning mantiqiy fikrlashi, dunyoqarashi va o'zini ifoda etish ko'nikmalarini shakllantiradi. Bu til orqali inson nafaqat o'z xalqining madaniyati va tarixini anglaydi, balki boshqa tillarni
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
o'zlashtirish uchun asos yaratadi. Ona tilining leksik va grammatik
November, 2024
Academic£sssarchin£ducational^cieâces-^SSïï:il8i-i385-^siume,5Lissue,iL222i
xususiyatlarini chuqur bilish boshqa tillarni o'rganishni osonlashtiradi.
Ikkinchi til, odatda, yaqin mintaqadagi xalqlarning tili bo'lib, qo'shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xorijiy til esa global miqyosda kommunikatsiya vositasi sifatida ahamiyat kasb etadi. Xususan, ingliz tili xalqaro biznes, ilm-fan va texnologiyalar tiliga aylangan. Bu tillarni o'rganish shaxsning global dunyo bilan integratsiyalashuvi uchun imkoniyat yaratadi. Tilni o'rgatishda tabiiy va sun'iy muhitning ta'siri katta. Ona tilini o'rganish tabiiy muhitda, oilada va jamoatchilik orasida shakllansa, xorijiy tillar odatda sun'iy muhitda, ya'ni darslar va maxsus mashg'ulotlarda o'zlashtiriladi. Bunda fonetika, leksika va grammatikaga xos xususiyatlarni solishtirish va farqlarni anglash muhim rol o'ynaydi.
METODOLOGIYA
Har uchala tilni mukammal o'zlashtirish uchun tizimli yondashuv zarur. Ona tilida asosiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ikkinchi til orqali mintaqaviy muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, xorijiy til orqali esa global kommunikatsiya imkoniyatlarini kengaytirish insonning ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlaydi. Shu sababli, til o'rganish nafaqat shaxsiy taraqqiyot, balki jamiyatning umumiy rivojlanishi uchun ham muhimdir
Asosan, chet tilini o'qitish metodlari to'rt nom bilan ma'lum va shu bilan birga mashhurhamdir. Ular: to'g'ri, aralash va qiyosiy hamda tarjima metodlaridir. Masalan, tarjima metodi: ular asosan ikki xil turda bo'lib, grammatika-tarjima va matn-tarjima metodlaridir.
Grammatika-tarjima metodi nazariyasidan, chet tillari umumta'limiy maqsadda o'zlashtirilgan. Turlicha Grammatik mashqlar til o'rganuvchining aqliy va mantiqiy tafakkurini shakllantirish maqsadida bajarilgan. Grammatik-tarjima metodi orqali chet tilini o'rgatish mazmunida sistemali Grammatik nazariya bosh ahamiyatga egadir.
Metodning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Til o'rgatish yozma nutqqa asoslangan.
2. O'rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo'lgan.
3. Grammatik qoida yod olingan va qoidalar asosida gap tuzish tavsiya etilgan.
4. Grammatik shakl va so'zlarning ma'nosi so zma-so'z tarjima vositasida ochib berilgan.
5. So'zma-so'z tarjima va yodlash yo'li bilan til materiali o'zlashtirilgan. 6. So'zlarni kontekstdan tashqarida, yakka-yakka yodlash bilan chegaralangan.
Matn-tarjima metodining asosiy funksiyasi ham umumiy ta'lim berishga
yo'naltirilgan, biroq maqsad grammatika-tarjima usulidagidek
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish emas, balki til o'rganuvchining umuman aqliy salohiyati rivojiga yo'naltirilgan.
November, 2024
Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385 Volume 5 | Issue 11 | 2024
Matn-tarjima metodi funksiyalari:
1. Yozma nutq asosida chet tili o'qitilgan.
2. Bog'lanma va ko'pincha asl nusxadagi matn olingan.
3. Matnni o'rganishda analiz uchun ko'p kuch va vaqt sarflangan.
4. So'z va grammatik shakl ma'nosini yoritish usuli-tarjima.
5. Til materiali tarjima va yod olish orqali o'rganilgan. Tarjimasiz metod. Bu metod ikki turga bo'linadi: tabiiy va to'g'ri metodlar.
Masalan, tabiiy metodning asosiy vazifasidan biri, ona tilini egallash sharoitiga chet tilini o'rganish mos bo'lishi joiz. Metodning yana bir maqsadi chet tilida so'zlashishni o'rgatish va shu bilan birga kundalik hayotiy mavzular haqida gapira olishni o'rganish orqali o'qish hamda yozishni o'zlashtira olishga imkoniyat yaratiladi. Shu yo'sinda metod namoyondalarining ijodiy faoliyatlarini yaqqol misol qilib keltira olamiz.
M.Berlis metodi. U 1878-yilda AQSHda chet tili o'qitish kurslarini tashkil qilgan va darslilar yaratgan chet tillari o'qitish metodikasi tarixida atoqli metodist olim. M.Berlis sistemasining asosiy metodik qarashlarini u yozgan darsliklarning muqaddima qismidan o'qib olish mumkin:
1. Til materialini idrok etish immanent tarzda, tarjimasiz bo'lishi kerak. So'z bilan narsa fikran bevosita bog'lanishi, ona tili so'zlari bilan aloqa o'rnatilmasligi hamda grammatik tushunchalarni kontekstda, ong ishtirokisiz ona tili bilan qiyoslamasdan idrok etish.
2. Muallimga taqlid qilish orqali til materialini mustahkamlash.
3. Chet tili o'rganishda ona tili ishtirok etmasligi.
4. Til hodisalarini ko'rgazmalar yordamda ma'nosini yoritish.
5. Yangi materialni avvalo og'zaki taqdim etish.
6. O'quvchilarni nutq faoliyatiga undovchi muallim va o'quvchi juft nutqi (suhbati) boshqalaridan ma'qul ish uslubidir.
F. Guen metodi. Fransuz metodisti bo'lgan F.Guen tabiiy metod vakillaridan biri bo'lib, u chet tilini o'z ona tilini o'rgangandek amaliyotda o'rganish tarafdori bo'lgan. U leksikaning mavzular (uydagi hayot, maktab, jamiyat, tabiat) bo'yicha tasnifini metodikada ilk bor kashf qilgan.
Quyidagi qonun qoidalar asosida chet tilini o'rganishni tatbiq etgan:
1. Odam o'z ehtiyojidan kelib chiqib til o'rganishi.
2. O'rgatish birligi qilib so'z emas, gap tanlanishi.
3. Til o'rgatishda og'zaki nutq birlamchi hisoblanishi.
NATIJALAR
F.Guen o'z tadqiqotlaridan kelib chiqib chet tili lug'at boyligini asosiy uch turga ajratadi: obektiv, subektiv hamda ifodali
November, 2024
317
AcademicResearch^nEdUCäiiSääiSiiiäiieeSSN
tushunchalarni bildiruvchi so'zlar. Obektiv guruhga dunyoga cid va tabiatga tegishli tushunchalar-hayot, jamiyat kabi so'zlar misol bo'la oladi. Subektiv guruhga esa inson ruhiga taaluqli tushunchalarni ifodalovchi so'zlar: tushunmoq, xohlamoq, kulmoq kabilar misol bo'lishi mumkin va uchinchi toifaga esa obektiv va subektiv so'zlarni birlashtiruvchi tushunchalar: chiroy, do'stlik va h.k. Aralash metodlar. Chet tillarini o'qitish tobora avj olib borar ekan, ommaviy maktablarda tajribasiz (tabiiy va to'g'ri) metodlardan kutilgan samara bo'maganligi tufayli avvalgi qo'llangan metodlardan omuxta ya'ni gibrid qilib dars o'tish (til o'rgatish) vujudga keldi.
Xulosa o'rnida shuni aytib joizki metodlarning xilma-xilligi va ularning maqsadga muvofiq qo'llanilishi chet tili o'rganish jarayonini samaraliroq qilishga yordam beradi. Turli usullar yordamida talabalar yoki til o'rganuvchilar o'z ehtiyoj va qobiliyatlariga mos yondashuvni tanlash imkoniga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, psixologik va ijtimoiy omillarni hisobga olish, hamda ilg'or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish o'quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Chet tili o'rganish nafaqat yangi bilim va ko'nikmalarni egallash jarayoni, balki shaxsning har tomonlama rivojlanishiga olib keluvchi muhim bosqichdir. To'g'ri yondashuvlar va o'quv metodlaridan foydalanish esa bu jarayonning muvaffaqiyatli bo'lishiga asos bo'ladi.
REFERENCES
1. Axmedova S. R. Ta'lim jarayonlarini integratsiyalash samaradorligi Fan va ta'lim. 2021.-2-jild. -N:. 9. S. 369-373.
2. Axmedova S.R. va Masofaviy ta'lim va uning chet tilidagi o'qitish o'rni Fan va ta'lim. -2021.-2-jild.-N: 10.S. 608-612.
3. Ingliz tilini o'qitish metodikasi: Pedagogika institutlari va pedagogika universitetlari uchun darslik. Chet tillari fakultetlari. L.: Ta'lim, 1975.-312 р.
4. 6. Axmedova S. R. va boshqalar Ta'limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo'llari jarayonlari. Fan va ta'lim. 2021.-2-jild. -N: 10.-S. 492-496.
5. Fakhriddinovna, K. B. (2023). The current state of teaching english to technical students, methodological approaches: the current state of teaching english to technical students, methodological approaches.
6. Karshieva, B. F. (2022). Methodology and pedagogical practice-test result of organization of pedagogical training. Экономика и социум, (12-1 (103)), 135-138.
XULOSA
November, 2024