Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O’RGANISHDA VAQTNING AHAMIYATI VA VAQTNI TO’G’RI TAQSIMLASH. BO’SH VAQTDAN UNUMLI FOYDALANISH'

CHET TILLARINI O’RGANISHDA VAQTNING AHAMIYATI VA VAQTNI TO’G’RI TAQSIMLASH. BO’SH VAQTDAN UNUMLI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vaqt qadri / vaqtdan to‟g‟ri foydalanish / iqtibos / Gyote / Asqad Muxtor / vaqtni to‟g‟ri taqsimlash / vaqtni boshqarish (Time management) vaqtni tejash / bir vaqtning o‟zida ikki tilni o‟rganish / bo‟sh vaqt.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Charos Anvarjon Qizi Fayzullayeva, Kuvonov Zarifjon

Ushbu maqolada aslida vaqt tushunchasi nima?, Nima uchun vaqt puldan muhimroq? ekanligi , chet tillarini o‟rganishda qanday qilib vaqtdan unumli foydalanishimiz mumkinligi va vaqtni to‟g‟ri taqsimlash haqidagi fikrlar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O’RGANISHDA VAQTNING AHAMIYATI VA VAQTNI TO’G’RI TAQSIMLASH. BO’SH VAQTDAN UNUMLI FOYDALANISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

CHET TILLARINI O'RGANISHDA VAQTNING AHAMIYATI VA VAQTNI TO'G'RI TAQSIMLASH. BO'SH VAQTDAN UNUMLI

FOYDALANISH

Charos Anvarjon qizi Fayzullayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Kuvonov Zarifjon

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada aslida vaqt tushunchasi nima?, Nima uchun vaqt puldan muhimroq? ekanligi , chet tillarini o'rganishda qanday qilib vaqtdan unumli foydalanishimiz mumkinligi va vaqtni to'g'ri taqsimlash haqidagi fikrlar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar : Vaqt qadri, vaqtdan to'g'ri foydalanish , iqtibos, Gyote, Asqad Muxtor, vaqtni to'g'ri taqsimlash, vaqtni boshqarish (Time management) vaqtni tejash , bir vaqtning o'zida ikki tilni o'rganish, bo'sh vaqt.

THE IMPORTANCE OF TIME AND PROPER DISTRIBUTION OF TIME IN

LEARNING FOREIG LANGUAGES

ABSTRACT

In this article ,what is the concept of time?, Why is time more important than money? that is , how we can use our time effectively in learning foreign languages, and the ideas about the correct distribution of time are described.

Keywords: The value of time, correct use of time , quote , Goethe, Askad Mukhtar, correct distribution of time , time management, saving time, learning two languages at the same time, free time.

Oltindan qadr-qimmati ustun bo'lgan bir tushuncha mavjud, u ham bo'lsa vaqt . Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada? degan savollarga shunday javob bersa bo'ladi : Vaqt-bu qayta-qayta tiklanmaydigan va tuganmas ne'matdir va biz o'z - o'zimizni anglash va shaxsiy hayotda maqsadlarimizga erishish uchun undan kerakli darajada foydalana olishimiz kerak.

Vaqt insonning eng qimmatbaho narsasi hisoblanadi, pulni osongina tiklash mumkin, ammo yo'qotilgan vaqtni ortga qaytarolmaymiz. Puldan moddiy ehtiyojlarimiz uchun foydalanamiz, vaqt esa aqliy va ma'naviy ehtiyojlarimiz

523

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

uchun sarflanadi. Vaqtni pulga o'xshatsa bo'ladi. Agar uni behuda sarflab yuborsak, kerak bo'lganida topolmaymiz. Vaqt bu bizning hayotimizda har xil ishlarimizni amalga oshirishimiz uchun berilgan fursatdir. Hozirgi kunda chet tilini bilmasdan turib biror ishni amalga oshirib bo'lmaydi , shuning uchun til o'rganishga talab kuchayib ketyapti. Xalqimizda bir maqol bor : "Til bilgan - el biladi". Chet tillarini mukammal bilish - bu imkoniyatlar eshigining ochiqligidir. Jumladan chet elga borish, u yerda tajribalar to'plash tarjimonlik bilan shug'ullanish mumkin. Chet tilini o'rganishda vaqtning ahamiyati juda katta. Ya'ni bo'sh vaqt topa olish, kunlik rejalarini tuzib olish muhim. Fursatni g'animat bilgan kishi vaqtidan unumli va samarali foydalana oladi. Miqdori ko'p bo'lgan narsaning qadri yo'q deyishadi. Vaqt odamning foydalanishiga qarab eng bebaho yoki eng arzon narsadir. Aqlli , maqsadi aniq inson vaqtdan unumli foydalanib, rejalarini amalga oshiradi. Vaqtni tejash va uni samarali sarmoya qilish uchun kishilar ba'zi bir strategiyalarni bajarishi kerak. Bunga erta uyg'onishni misol qilib aytishimiz mumkin. Erta uyg'onib kunlik mashg'ulotlarni rejalashtirib olsak ,ishda samaradorlikka erishishimiz osonroq

O'tkazyotgan har bir onimiz hayotimizning bir bo'lagi. Bizga berilgan ulug' ne'matning har bir lahzasidan o'zimiz uchun nimadir olib qolishimiz kerak. Odam o'rgana olish darajasiga qarab bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq tilni o'rgana olishi mumkin, masalan ingliz va nemis tillarini. Har qanday tilni o'rganishda sabrli va bu jarayon uzoq vaqt talab etilishini tushunishimiz lozim. Bizni bir qo'rquvimiz ikki tilda chalg'imaymizmi deyishimizda, avval bu tillarni o'zlashtirish uchun hafta kunlariga bo'lib chiqish lozim, shunda biz uchun osonroq bo'ladi. Chet tilini o'rganishga kimdir olti oy yana kimdir bir yil sarflashi mumkin." Time management"- bu vaqtni to'g'ri boshqara olishlikdir. IELTS imtihoni Reading, Listening, Speaking Writing bo'limlaridan iborat buladi va mana shu bo'limdagi vazifalarni bajarish uchun ham vaqtni taqsimlab olish muhim. Masalan Reading bo'limida 40 ta savolga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi, ana shu vaqt ichida matn mazmunini tushunish , matndagi ma'lumotlarni qidirish, sabablarini topish, savollarga javob izlash talab etiladi. Jami 3 ta matn uchun 20 daqiqadan vaqt ajratiladi. Agar har qanday imtihon vaqtida avval oson bo'lgan savollarga yechim topish kerak, keyin qiyinrog'i uchun vaqt ajrata olamiz.

Kundalik hayotimizda "bo'sh vaqt' jumlasidan ko'p foydalanamiz. Aslini olganimizda vaqtning isrofi bu- umrning isrofidir . Vaqtini ko'proq oilaga, do'stlarga, ishga taqsimlab olishimiz eng katta vazifamizdan biridir. Ular bilan

bo'ladi.

524

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Cjrchjq^avlat^edagogika^niVie

o'tkazgan hech bir onimiz qaytib kelmaydi. Har kim bo'sh vaqtini turlicha ishlarga sarflab ancha-muncha ishlarni uddalay oladi ; kimdir til o'rganishga, kimdir sport bilan shug'ullanishga, kimdir she'riyatga oshno bo'lishga, yana kimdir buyuk kashfiyotlar qilishga. Bo'sh vaqtidan foydalana olishlik ham bir mahorat aslida. Hozirgi vaqtda yoshlarimiz ko'proq vaqtini nima uchun sarflashyapti ? XXI asr axborot -texnologiyalari rivojlangan bir paytda internet bizning yaqin ko'makdoshimizga aylangan. Nimanidir o'rganyapmiz kerakli ma'lumotlarni qidirib topamiz . Bu yaxshi , albatta, kitobdan qidirib yurgandan ko'ra, lekin tanganing ikki tomoni bo'lganidek buning ham salbiy tarafi bor. Ko'pchiligimiz televideniye va ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolganmiz, ko'p vaqtimizni behudaga sarflayotganimizni anglab yetmayapmiz. Buyuk nemis shoiri Gyotening bir sitatasi bor ," Ayniqsa, vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi". O'zbek yozuvchisi Asqad Muxtorning bir hikmatli gapi keltirilgan ."Vaqt o'tyapti" deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson o'zini ovutish uchun o'ylab topgan. Aslida biz o'zimiz o'tyapmiz". Vaqt- oqar daryo kabidir, shiddat bilan o'tadi, ammo ortga qaytmaydi. O'tayotgan har daqiqa hayotimizga yangicha mazmun bag'ishlaydi.

REFERENCES

1. Kuvonov, Z. (2022). PHRASEOLOGY IN THE INTERPRETATION OF GERMAN LINGUISTS. Экономика и социум, (6-1 (97)), 157-160.

2. Kuvonov, Z. M. (2023). COLOR COMPONENT PHRASEOLOGY IN GERMAN AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR SEMANTIC ANALYSIS. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(03), 109-144.

3. Kuvonov, Z. (2022). NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O'RGANILISHI. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 381-389.

4. Кувонов, З. (2023). NEMIS TILIGA CHET TILIDAN O „ZLASHAGAN SO „ZLARNING STRUKTURAL-SEMANTIK TADQIQI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально -гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(6), 230238.

5. Kuvonov, Z. (2021). Nemis tili lug'ati tarkibidagi o'zlashmalarning lingvistik va ekstralingvistik mohiyati. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 31-38.

525

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.