CHET TILINI INDIVIDUAL RIVOJLANTIRISHDA KOGNITIV METODOLOGIYA TUSHUNCHASI
Zulfiya Xojabayevna Kabulova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, o'qituvchi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola kognitiv metodologiyaga bag'ishlangan bo'lib, talabalarning tilni o'rganish jarayonida faol ishtirok etishi, til hodisalarini tushunish va e'tibor qaratish, shuningdek, har bir o'quvchiga uning kognitiv xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondoshishni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: Kognitiv, kontekst, idrok, e'tibor, xotira, fikrlash.
ABSTRACT
This article is devoted to the cognitive methodology, the active participation of students in the process of language learning, understanding and attention to language phenomena, as well as individual approach to each student, taking into account his cognitive characteristics and needs. includes
Keywords: Cognitive, context, perception, attention, memory, thinking.
Chet tilining individual rivojlanishidagi kognitiv metodologiya-bu tilni o'rganish va undan foydalanish jarayonida inson ongida sodir bo'ladigan kognitiv jarayonlarni tushunishga asoslangan tilni o'rganishga yondashuv. Ushbu yondashuv chet tilini o'zlashtirishda idrok, e'tibor, xotira, fikrlash va tushunish kabi psixologik jarayonlarning rolini ta'kidlaydi.
Kognitiv metodologiyada talaba o'z til ko'nikmalarini kognitiv qobiliyatlari, shuningdek, ongida mavjud bo'lgan kognitiv tuzilmalar asosida quradi. Ushbu yondashuv nafaqat til qoidalari va iboralarini yodlash, balki til hodisalarini, ularning ichki mantig'ini va ishlashini tushunishni ham maqsad qilib qo'yadi.
Kognitiv metodologiya tilni o'rganishda kognitiv jarayonlarni faollashtirishga qaratilgan turli strategiya va usullardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bunga kontekstli o'rganish usullari, mnemonik strategiyalar, assotsiatsiyalar, o'xshashliklardan foydalanish va til materiallarini chuqurroq va ongli ravishda o'zlashtirishga yordam beradigan boshqa usullar kiradi. Bir nechta taniqli olimlar chet tilini individual rivojlantirishda kognitiv metodologiya sohasida turlicha fikr bildirib keldilsr va ishlashni davom ettirmoqdalar.
Amerikalik pedagog, Jeyms Asher tpr (Total Physical Response) metodologiyasining yaratuvchisi, u tana harakatlaridan foydalanishga va maqsadli tilda
684
https://cspu.uz/
^23-2412024_ International Scientific and Practical Conference
buyruqlarga javob berishga qaratilgan. Ushbu usul tilni o'rganish tabiiy ravishda, ona tili jarayoni kabi sodir bo'lishi kerak degan taxminga asoslanadi.[1]
Darxaqiqat kognitiv metodologiyaning asosiy printsiplariga talabaning tilni o'rganish jarayonida faol ishtirok etishi, til hodisalarini tushunish va ularga e'tibor berishga urg'u berish, shuningdek, har bir o'quvchiga uning kognitiv xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondoshish kiradi.
Devid Kristal amaliy tilshunoslik va chet tillarini o'qitish sohasidagi faoliyati bilan tanilgan ingliz tilshunosi. U tilni o'rganishning turli jihatlarini, shu jumladan kognitiv jarayonlar va o'qitish usullarini o'rganadi va shunday xulosaga keledi: umumjahon grammatika va tug'ma til tuzilmalari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tilni qanday egallashimiz va undan foydalanishimizni tushunishga yordam beradi. Bu talabaning tilga bo'lgan bilimlari, ko'nikmalari, malakalari va qadriyatlari to'plamidir. Ijodiy tafakkur tarzi ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida tabiiy ijtimoiy ta'limiy omillarga bog'liq bo'lib, uning rivojlanishi mazkur omillarni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etishni taqozo qiladi. Mamlakatimizda umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni xorijiy tilnibilishda intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish, kognitiv o'quv jarayoniga ta'limning innovatsion shakllarini olib kirish, usullarini takomillashtirish, uzluksiz ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, o'qitish metodikalarini takomillashtirish sohaning strategik vazifalari sifatida belgilangan. Bu esa, o'z navbatida, innovasion ta'lim muhiti sharoitini ta'minlash va talabalarga chet tilini individual rivojlantirishda kognitiv ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirishni, nostandart va kreativ tafakkur tarzini shakllantirishning pedagogik fiziologik psixologik xususiyatlari hamda shaxsiy xususiyatlari hisobga olish lozim.
REFERENCES
1. Benson P., Voller P. Autonomy and independence in language learning. -London: Longman. - 1997. - 270 p.
2. Bekarevich, T. I. "Yondashuv" tushunchasi boshlang'ich va o'rta maktablardachettillarini o'qitishning nazariy tadqiqotlar metodikasida. 2012 Betlar. 314-315.-Elektron matn. - URL: https://moluch.ru/conf/ped/archive/21/1507/3.
3. Мариэнн Тэлбот и Рональд Гэтс "Cognitive English Grammar" (Когнитивная грамматика английского языка) 2004, 189, 218-219 c.
4. Ш. Фоатс. "Cognitive Processes in Second Language Acquisition" (Когнитивные процессы в приобретении второго языка) 2003. - 719 с.
4. Румянцева. Огепени развитости мышления 2004, 189, 218-219 c.
685
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference