Научная статья на тему 'CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN ZARA RETKAZIShDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLARNI (DELIKT) KOLLIZION TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI'

CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN ZARA RETKAZIShDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLARNI (DELIKT) KOLLIZION TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar / delikt / kvazidelikt / lex loci delicti / lex fori / obligationes ex delicto va obligationes ex contractu.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Ibragimova Shaxnoza Utkurovna

Barqaror rivojlanish yoʼlida mamlakatimizda amalga oshirilgan koʼplab islohotlar qatorida sud-huquq islohotlari alohida oʼringa ega. Oʼz navbatida huquqiy davlat va kuchli fuqaro jamiyatini qurish maqsadi bilan chambarchas bogʼliq. Chete lelementi bilan murakkablashgan xalqaro xususiy munosabatlarning tartibga solinishi, turli davlatlar xalqaro xususiy huquq normalarining o’zaro muvofiq tarzda qo’llanilishi xalqaro xususiy huquq nazariy qoidalarining batafsil ishlab chiqilishi bilan bevosita bogʼliq. Bu borada hozirda delikt munosabatlarining kollizion masalalari xalqaro xususiy huquqda munozarali masalalardan biri ekanligini qayd etish lozim. Shu bois, mazkur maqola orqali chetele elementi bilan murakkablashgan zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (delikt) bilan bogʼliq bo’lgan masalalar haqida talab va magistr darajasi uchun tushunchalarni boyitish va ko’nikma hosil qilishga yordam beradi degan umiddamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN ZARA RETKAZIShDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLARNI (DELIKT) KOLLIZION TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI»

Central Asian Journal cji

Education and Innovation

- -/ V

CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN ZARAR ETKAZISHDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLARNI (DELIKT) KOLLIZION TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI

Ibragimova Shaxnoza Utkurovna

Fuqarolik ishlari bo'yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11440160

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-May 2024 yil Ma'qullandi: 04-May 2024 yil Nashr qilindi: 04- May 2024 yil

KEYWORDS

zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, delikt, kvazi delikt, lex loci delicti, lex fori, obligationes ex delicto va obligationes ex contractu.

Barqaror rivojlanish yo'lida mamlakatimizda amalga oshirilgan ko'plab islohotlar qatorida sud-huquq islohotlari alohida o'ringa ega. O'z navbatida huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadi bilan chambarchas bog'liq. Chet el elementi bilan murakkablashgan xalqaro xususiy munosabatlarning tartibga solinishi, turli davlatlar xalqaro xususiy huquq normalarining o'zaro muvofiq tarzda qo'llanilishi xalqaro xususiy huquq nazariy qoidalarining batafsil ishlab chiqilishi bilan bevosita bog'liq. Bu borada hozirda delikt munosabatlarining kollizion masalalari xalqaro xususiy huquqda munozarali masalalardan biri ekanligini qayd etish lozim. Shu bois mazkur maqola orqali chet el eelementi bilan murakkablashgan zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (delikt) bilan bog'liq bo'lgan masalalar haqida talaba va magistrda yetarli tushunchalari boyitish va ko'nikma

xosil qilishga yordamlashadi degan umidamiz.

Xalqaro xususiy huquq doktrinasida bir qator nazariyalar ishlab chiqilganligi va ularning mazkur munosabatlarni tartibga solishdagi o'ziga xos xususiyatlarini yuqorida tahlil etdik. Mazkur sohaga doir nazariy qarashlarda asosiy e'tibor zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni kollizion tartibga solishda xilma-hil omillarni hisobga olish muammosi yoritib berilgan. Bunday nazariy qarashlarning paydo bo'lishida birinchi navbatda iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning murakkablashishi hamda ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samaraliroq mexanizmlariga bo'lgan extiyojning vujudga kelganligi bilan bog'liq. Buning ijobiy natijasini rivojlangan mamlakatlardagi mavjud qonunlarda joriy etilganini kuzatishimiz mumkin.

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni huquqiy tartibga solish nuqtai-nazaridan o'tgan asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va bugungi kunda o'zining qonun ijodkorligida ijobiy xususiyatlarini namoyon etgan doktorinalarni milliy qonunchiligimizga so'zsiz ravishda joriy etish ehtiyoji mavjud. Olib borilayotgan tadqiqot natijasiga ko'ra shunday xulosaga keldikki, delikt munosabatlarini huquqiy tabiatidan kelib chiqqan holda uni

kollizion tartibga solishda bir qator ziddiyat va qiyinchiliklar kelib chiqishini kuzatish mumkin. Jumladan, shartnomaviy munosabatlarni kollizion tartibga solishda bunday ziddiyatlar nisbatan kamroq yuzaga keladi. Buning asosiy sababi ko'p hollarda shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquq taraflar tomonidan oldindan belgilangan bo'ladi va shartnomalar deliktlar kabi davlatning ba'zi ichki huquqiy manfaatlari bilan bog'liq bulmaydi. Shunday ekan, deliktlarning egiluvchan kollizion normalar orqali tartibga solinishini qonunchilikda yo'lga qo'yish bunday ziddiyatlarning oldini olishda ijobiy rol o'ynashi mumkin. Mazkur masalaning ikkinchi tomoni ham mavjud bo'lib, kollizion tartibga solish jarayoniga nisbatan tadbiq etish usuliga doir muammolar bilan bog'liq. O'z navbatida mazkur doktrinalarda nizoga aloqasi bo'lgan barcha omillarni inobatga olish ko'pgina tartibga solish usullariga oid muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bular qatoriga ushbu muammoni oldindan ko'ra bilish imkoniyatining kamayishi, sud karorlarini aniqligi va qabul qilingan karorlarning tizimlashuvining pasayishi hamda mazkur tamoyillarni interpretatsiya qilish muammolarini keltirib o'tish mumkin.

Mazkur tamoyillarni qo'llashning asosiy muammolaridan biri bo'lib qo'llaniladigan huquqni oldindan ko'ra bilish imkoniyatining pasayishi bo'lib koladi. Ushbu holatni Amerika qo'shma shtatlarining kollizion huquq bo'yicha ikkinchi qonunlar to'plamining qabul qilinishi natijasida kelib chiqqan muammolar bilan bog'lash mumkin. Shu o'rinda delikt munosabatlarini kollizion tartibga solishda qo'llaniladigan huquqni oldindan ko'ra bilishning ahamiyatini tahlil etish lozim.

Tadqiqotchi Itnemaning (Ytnema) fikricha, "tegishli individlar manfaatlariga taaluqli bo'lgan nuqtai-nazaridan qaraydigan bo'lsak, huquqni qo'llashdagi takrorlanish mazkur individlarning o'z harakatlariga nisbatan qo'llaniladigan qonunni oldindan ko'ra bilish va huquqlarini ta'minlash, ular tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarining huquqiy oqibatlarini oldindan baholay olish imkonini berishdan iborat". Maks Veber (Max Weber) ham yuqoridagi tadqiqotchining fikrlarini qo'llab-quvatlagan holda "huquqning asosiy maqsadlaridan biri bo'lib individga o'z xarakatlarining ijtimoiy xavf-hatarlarini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini yaratishdir", - deb ta'kidlaydi1. Har qanday shaxs o'zining kundalik hayoti davomida salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi harakatlarni sodir etishdan saqlaydi va bunga harakat qiladi. Shu o'rinda yuqoridagi tadqiqotchilarning fikrlarini qo'llab-quvvatlash mumkin.

Bir davlatga tegishli bo'lgan shaxslar o'rtasida kelib chiqqan delikt majburiyatlarga kelsak, tegishli munosabatlarga nisbatan qaysi huquqni qo'llash muammosi nisbatan oson hal etilishi mumkin. Chunki, harakatlarni sodir etayotgan shaxs faqatgina milliy huquqining mazmunini bilishi kerak bo'ladi. Biroq, nizo ishtirokchilarining tarkibi bir yoki undan ortiq chet el elementiga ega bo'lsa, bunday holda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga solishda qaysi davlatning huquqi qo'llanilishi to'g'risidagi masala ham vujudga keladi. Delikt majburiyatlarini kollizion tartibga solishda taraflar oldida ularning harakatlari nafaqat milliy huquqning talablariga, balki chet el huquqining talablariga ham to'g'ri kelishini inobatga olish extiyoji vujudga keladi. Xalqaro xususiy huquqda delikt majburiyatlarni kollizion tartibga solishda chet el huquqi qo'llanilishni nazarda tutadi.

Bu borada "zararli oqibatlarning kelib chiqishini "oldindan ko'ra bilish" qoidasi, - deb

1 Max Weber. Die formalem Qualitatem des Modernen Rechts. Rechtssoziologie. Sect.8. Hamburg, Germany, 2016. -P.231.

ta'kidlaydi L.B.Zabelova, agar zarar yetkazuvchi sodir etgan haratkatlar o'sha davlat huquqida javobgarlikni nazarda tutmagan bo'lsa yoki zarar yetkazilgan mamlakatning huquqida javobgarlik darajasini kamaytirish nazarda tutilgan va zarar yetkazuvchi zararning bu davlatda oldindan ko'ra bilishi mumkin bo'lmagan taqdirda, zarar yetkazuvchini himoya qilishga qaratilgandir"2.

Ba'zi olimlarning fikricha deliktlarni kollizion tartibga solishda oldindan ko'ra bilishlik muhim omil hisoblanmaydi. Jumladan, Morrisning takidlashicha, "delikt - bu konsensual majburiyat emas, balki delikt javobgarilik har doim tasodifan vujudga keladi. Xaydovchi yo'ldan o'tuvchi rn,axsni urib yuborganligi uchun qanday tartibda kompensatsiya to'lashini oldindan bilishi shart emas"3. Tadqiqotchi olim Morris o'zining qarashlarini quyidagicha asoslaydi: ya'ni, kompensatsiyaning mikdori qancha bo'lishidan qat'iy nazar haydovchi uchun uning harkatlari noqonuniy ekanligini o'zini bilish yetarli bo'ladi va jazo miqdorining qancha bo'lishidan qat'iy nazar, u bunday harakatlarni qilmaslikga harakat qiladi. Ushbu tadqiqotchining nazariy qarashlari barcha yurisdiksiyalar uchun tegishli bo'lmasligi mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1194-moddasi 1-qismidagi normada "zarar yetkazganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo'yicha huquq va majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos bo'lgan harakat yoki boshqa holatyuz bergan mamlakatning huquqi bo'yicha belgilanishi" nazarda tutilgan bo'lib, o'z navbatida sudlar tomonidan mazkur munosabatga nisbatan chet el huquqi normalarini qo'llanmasligidan dalolat beradi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, shaxs O'zbekiston Respublikasi xududida harakatlar sodir etayotgan vaqtda u qonunga zid ekanligini biladi va milliy qonunchilikda nazarda tutilgan delikt majburiyatlari bo'yicha javobgarlikka tortiladi. Milliy qonunchiligimizdagi ushbu holat tadqiqotchi Morrisni fikrlarini to'g'ri ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoida anglo-sakson huquq tizimi amalda bo'lgan Angliya qonunchiligida ham nazarda tutilganligini ta'kidlash lozim.

Tahlil etilgan yuqoridagi qoida hozirgi vaqtda ko'pgina davlatlar qonunchiligida nazarda tutilmagan. Mavjud huquq tizimlarda milliy qonunchilikda nazarda tutilmagan deliktlar bo'yicha ham, chet el elementi bilan murakkablashgan delikt majburiyatlar bo'yicha ham javobgarlik belgilanishi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlar yurisdiksiyalarida delikt majburiyatlarini huquqiy tartibga soluvchi huquqni tanlashni oldindan ko'ra bilish imkonini ta'minlashning ehtiyoji yuqori hisoblanadi.

Huquqni oldindan ko'ra bilishni ta'minlash g'oyasi har doim ham tadqiqotchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmagan va ular tomonidan turli tanqidlarga uchragan. Xususan, ingliz olimi Smit (Smith) quyidagi fikrni bildirib o'tadi, ya'ni "o'ylaymanki, Rimga kelgan mehmon mazkur davlatning qonunlarida belgilangan o'zini tutish qoidalarini oldindan o'rganmaydi... har qanday oddiy inson chet davlatda bo'lgan paytda kutilmagan holatlarga tushib qolish ehtimoli mavjudligini tushunishi mumkin"4. Biroq, ushbu tadqiqotchining qarashlariga to'liq qo'shilib bo'lmaydi. Xorijiy mamlakatlarga sayohat maqsadlarida safar uyushtirgan shaxs o'sha davlat qonunchiligini yoki delikt majburiyatlarini tartibga soluvchi qoidalarni o'rganmasligi mumkin. Lekin, tadbirkorlik munosabatlarini amalga oshirayotgan,

2 Забелова Л.Б. Международное частное право. Учебный курс (учебно-методический комплекс). - М.: Норма, 1999. -159 с.

3 James C. Morris. The Proper Law of the Tort. 64 Harvard Law Review 881, 1951. -P.895.

4 J.Smith. Torts and the Conflict of Laws. 20 Modern Law Review 447. 1957. -P.462-463.

tovarlar importi va eksporti bilan shug'ullanayotgan shaxslarning huquqlarini, ular faoliyatini amalga oshirayotgan davlat qonunchiligi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan kafolatlar bilan qiziqishlari va o'rganishlari tabii holdir. Albatta, bu tovarlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlarning delikt sifatida tasniflashning oldini olish uchun amalga oshiriladi. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga soluvchi kollizion normalarning oldindan ko'ra bilish imkoniyatining yaratishi mazkur sohani tartibga solish usullarini shakllantirishda muhim omil hioblanadi. Yuqoridagi paragraflarda ko'rib chiqilgan kollizion tartibga solish omillarining ko'pligi nazariyasi Amerika qo'shma shtatlari ikkinchi qonunlar to'plamining rasmiy doktorinasiga aylangan va "lex loci delicti" tamoyili o'rnini to'liq egallagan.

Egiluvchan kollizion normalar ba'zi hollarda xalqaro sudlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni qabul qilishda yetarlicha muommolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan. Bunga Neumeier vs. Kuehner sud jarayoni yuzasidan qabul qilingan qarorni misol qilib keltirish mumkin. Xususan, masalani adolatli, aqilli va amaliy jihatdan hal etishda eng uzviy bog'liqlik tamoyili va manfaatlar himoyasiga ega bo'lgan yurisdiksiya huquqiga havola etgan holda eski qoidalardan voz kechildi. Amalda chet el huquqida nazarda tutilgan qoidalarni qaysi bir omili nisbatan boshqalardan muhimligini aniqlash murakkablik kasb etadi. Shuning uchun tegishli munosabatlarni tartibga solishda maxsus, tor doirada aynan shu masalaga qaratilgan kollizion qoidalarni ishlab chiqish vaqti keldi5.

Zamonaviy xalqaro xususiy huquqda oldindan ko'ra bilish kollizion muammolar murakkab bo'lganligi uchun ba'zi davlatlar amerika olimlarning ilgari surgan g'oyalarini joriy etishni rad etib kelishmoqda. Misol tariqasida Avtraliya Oliy sudi tomonidan ko'rilgan John Pfeiffer Pty Limited vs. Rogerson sud jarayoni natijasida kelingan xulosani keltirib o'tish mumkin. Mazkur xulosaga ko'ra "har qanday egiluvchan qoida yoki eng yaxshi qulaylik tug'dirish to'g'risidagi huquqni tanlash asoslarini tahlil qilish vaqt va dikkatni talab etadi. Mazkur egiluvchan qoidalar har qanday davlat yurisdiksiyasida "real yoki ahamiyatli bog'liqlik" va "eng uzviy bog'liqlik"ga ega kabi normalarning mavjudligi, nizoni ko'rib chiqayotgan sudlarga, nizolashayotgan taraflariga hamda alohida taraf sifatida e'tirof etiladigan sug'urta kompaniyalariga masalani hal etishda yetarlicha yunalish bermaydi. Ushbu qoidalarning qo'shma shatatlarda joriy etilishi tegishli masalalarni hal etishda yuqori darajada aniqsizlikka olib keldi. O'z navbatida faqat nizolashayotgan taraflarning, sug'urta kompaniyalarning va jamiyatning zimmasiga tushudigan harajatlarni oshiradi"6. Tegishli munosabatlardagi muammolarni yechimini hal etuvchi egiluvchan kollizion qoidalarning tanqidga uchrashining yana bir sababi bo'lib, uning tahlil etish va qo'llash tartibni aniqlash o'ta murakkab bo'lib hisoblanadi. Ingliz olimi Rozenbergning fikricha, "tomonlarning manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan tahlil xuddi uch tomonlama shaxmat o'yinlariga o'hshaydi va u bilan shug'ullanish o'zining tafakkur qobiliyatini sinab ko'rmoqchi bo'lgan huquqshunos olimlar uchun yahshiroqdir. Lekin, sudlar tomonidan kelib chiqqan muammoli nizolarni hal etishda bunday chuqur tahlillarni amalga oshirishda ularning vaqtlari ham, imkoniyatlari ham cheklangan"7. Bu borada Leflarning ta'kidlashicha, "bunday standartlar

5 Michael I.Krauss. Product Liability and Game Theory: One More Trip to the Choice-of-Law Well. Byu L. Rev. 759, 775-76. 2002. Neumeier vs. Kuehner, 286 N.E.2d. -P.454.

6 John Pfeiffer. Pty Limited v Rogerson. (2000) 203 CLR 503.

7 Maurice Rosenberg. Two Views On Kell vs. Henderson, An Opinion For The New York Court of Appeals. COLUM, 1967-P.459-464.

to'plami ostida qonunlar va qarorlarni ko'rib chiqish sifatli jarayon hisoblanib, albatta fikrlarda farqlar mavjud bo'ladi"8.

Omillar ko'pligi yondashuvining yana bir jiddiy kamchiligi sudlar tomonidan o'z huquqini qo'llashga bo'lgan moyillikning kuchayishi vujudga keldi. Yuqorida tahlil etilganidek, yangi huquqni tanlash konsepsiyasi sudlar tomonidan turli davlatlar nizoning natijasiga nisbatan bo'lgan manfaatlarini taxlil etishni talab etadi. Alan Rid esa mazkur masalaga oydinlik kiritishda huquqshunos olim Karrining qarashlarini tahlil etar ekan, quyidagilarni ya'ni: "Karri moddiy normalarning negizida yotgan maqsadlardan kelib chiqqan holda mazkur normalarning chegarasini aniqlash zarurligini ta'kidlaydi. Bizning fikrimizcha, qonun ijodkorligida kollizion qoidalar va bog'lovchilarni ishlab chiqishda yuqoridagi masalalarga oydinlik kiritish murakkablik kasb etadi. Real holatlardan kelib chiqqan holda ko'pgina qonunlarni qabul qilish vaqtida nazarda tutilgan asl maqsadlarini ochib bermaydi va ko'pgina qonunlarni ishlab chiqilishiga doir holatlar oshkor etilmaydi" 9 deb ta'kidlaydi. Kollizion normalarni ishlab chiqishda omillar ko'pligi nazariyasi har bir davlatning qonunchilik siyosatini tahlil etishni talab etadi.

Mazkur masala yuzasidan bugungi kunda MDH mamlakatlar qonunchiligi o'rtasida kollizion muammolar deyarli mavjud emas. Buning asosiy sababi ushbu davlatlarning huquq tizimidagi birxillik yoki ko'p jihatdan davlatlar tomonidan qonunchilik unifikatsiyasini amalga oshirilganligida ko'rishimiz mumkin. Boshqa xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan huquqiy masalalarni amalga oshirishda MDH mamlakatlaridan farqli o'laroq, huquqni tashlash va qo'llash jarayonida keskin murakkablik kelib chiqishi mumkin. Milliy qonun chiqaruvchi mazkur muammolarni oldini olish maqsadida alohida normalarni kiritish orqali nizoli masalaga oydinlik kiritdi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasi, 4-qismida "agar ushbu moddaga muvofiq ko'rilgan chora-tadbirlarga qaramay, chet el huquqi normalarining mazmuni oqilona muddatlarda aniqlanmasa, O'zbekiston Respublikasining huquqi qo'llanilanilishi"ni nazarda tutadi. Omillar ko'pligi nazariyasi asosida munosabatlarni tartibga solinishida sudlarning chet el huquqini tahlil qilmaslikka intilishlari va buning natijasida sud joylashgan davlat qonunchiligini qo'llash tendensiyasiga moyil bo'lib qolishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu o'z navbatida lex loci delicti ni qo'llashdan ko'ra salbiyroq oqibatlarni keltirib chiqishi mumkin.

Ushbu masala yuzasidan Rozenberg, "har bir davlat qonun normalari orqali o'z manfaatlarini himoya qilish maqsadining mavjudligini aniq va ravshan tushunib olish mumkin. Lekin, bu haqiqatga zid holat bo'lib, yetkazilgan zararni baholashda va unga nisbatan qo'llaniladigan huquqni aniqlashga doir eng oddiy qoidalar negizida ham ko'pgina ziddiyatlar yotadi. Muammoni hal etishga qaratilgan qarorlar qabul qilish uchun barcha omillarni birlashtirishga intilish va yagona yunalishni aniqlab olish o'ylaymanki, bularning barchasi sof ertakdir"10 degan fikrni bildirib o'tadi.

Yuqoridagi fikrlarga barcha tadqiqotchilar ham qo'shilmaydi va ular bunday holatlar oddiy hamda kutilgan xodisa sifatida e'tirof etishadi. Robert Sedlerning fikricha "yaratilgan yangi kollizion normalar delikt huquqi yoki shartnoma huquqi kabi boshqa huquq

8 Leflar. Choice-Influencing Considerations in Conflicts Law, 41 N.Y.U.L. REV, 1966. -P.267.

9 Alan Reed. The Anglo-American Revolution in Tort Choice of Law Principles: Paradigm Shift or Pandora's Box. Arizona Journal of International and Comparative Law Vol. 18, No. 3 2001. -P.899.

10 Maurice Rosenberg, Two Views On Kell v. Henderson, An Opinion For The New York Court of Appeals, 67 COLUM. L. REV, 2007. -P.459.

sohalaridagi normalarga o'xshash bo'lib, bunda ular sudlar tomonidan ko'rib chiqilgan aniq ishlar natijasida shakillanadi va an'anaga aylanib boradi. Vaqt o'tishi bilan ma'lum davlat ichida sudlar tomonidan ko'rib chiqilgan ishlar soni oshib borishi natijasida bir necha kazus normalaridan iborat bo'lgan kollizion huquq sohasining rivojlanishi va o'sishiga yordam beradi"11. Robert Sedlerning bildirgan fikrlarida zamonaviy xalqaro xususiy huquqda nazarda tutilgan kollizion tamoyillar, kollizion normalar boshlang'ich asosga va tasnifga ega bo'lib, boshqa huquq sohalari kabi deliktlarni kollizion tartibga solish ham alohida holatbo'yicha bir necha kollizion normalardan iborat bo'ladi. Omillar ko'pligi nazariyasini ilshlab chiqilgan paytda delikt munosabatlarni kollizion tartibga soluvchi yagona lex loci delicti tamoyili mavjud edi. Biz yuqorida tadqiqotchi Robert Sedler tomonidan ilgari surilgan fikrlarga qo'shilamiz. Chunki, omillar ko'pligi nazariyasining rivojlanish tarixi aynan uning asosida delekt munosabatlarni kollizion tartibga solish bo'yicha sud pretsedenti amal qilmaydigan huquq tizimlarida keng qo'llaniladigan normalar vujudga kelishiga guvohlik beradi.

Mazkur holatni milliy qonunchilik doirasida tahlil qiladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1192-moddasi 2-qismiga ko'ra "chet elda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo'yicha huquq va burchlar, agar fuqarolar yeki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan bo'lsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi". Hozirgi kunda zamonaviy xalqaro xususiy huquqda tegishli munosabat ishtirokchilarining umumiy fuqarolik tamoyili aynan omillar ko'pligi nazariyasi qo'llanlishi natijasida vujudga kelgan12. Omillar ko'pligi doktorinasining qo'llanilishi natijasida deliktlarni kollizion tartibga solishning zamonaviy ehtiyojlari batafsil tahlili amalga oshiriladi va uning natijasida mazkur sohadagi amaliyotni umumlashtiruvchi normalar vujudga keladi. Tadqiqotchi olim Robert Sedlerning ilgari surgan g'oyalari fikrimizcha, ba'zi kamchiliklardan holi emas. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida delikt munosabatlari taraflarning umumiy fuqaroligi yoki tovarlar, ishlar va xizmatlar ko'rsatish sohasidagi yetkazilgan zarar kabi alohida holatlardan kelib chiqadigan kolliziyalar bo'yicha bosh delikt kabi umumiy kollizion normaga nisbatan bo'lgan ehtiyoj har doim ham mavjud bo'ladi. Shuning uchun ham zamonaviy xalqaro xususiy huquqdagi kollizion normalar umumiy kollizion tamoyillar o'rnini to'liq bosa olmaydi. Rivojlangan davlatlarning xalqaro xususiy huquqida ushbu yangi yondashuvning kamchiliklarga qaramasdan uning qo'llanilishi tabora kengayib bormoqda.

Bir necha xorijiy davlatlarning xalqaro xususiy huquqqa doir qonunchiligi qiyosiy tahlil qilindi. Anglo-sakson huquq tizimi amalda bo'lgan Buyuk Britaniya xalqaro xususiy huquq doir qonunchiligi ham omillar ko'pligi tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Xususan, ushbu mamlakatning 1995 yilda qabul qilingan "Xalqaro xususiy huquq to'g'risida (Private International Law Act, UK.)"gi qonuni 11-moddasi 1-qismida belgilanishicha "umumiy qoida shundan iboratki, qo'llaniladigan huquq - bu delikt munosabatlarini qamrab olgan voqiyalar ro'y burgan mamlakatning huquqi qo'llaniladi". Mazkur qonunning 12-moddasida "agar shunday holat vujudga kelsa, unda quyidagilar: (a) umumiy qoidaga ko'ra deliktni davlat bilan bog'lab turgan omillarning ahamiyati; (b) deliktni boshqa davlat bilan bog'lab turgan

11 Robert A.Sedler. Choice of Law in Conflicts Torts Cases: A Third Restatement or Rules of Choice of Law // Indiana Law Journal Vol. 75:615. 2016. -P.616.

12 Birinchi bor omillar ko'pligi tamoyili asosida 1963 yilda Amerikaning New York shtati sudida ko'rib chikilgan Babcock vs. Jackson sud jarayoni olib borilgan. Georgia W.Babcock. Appellant, vs. Mabel B. Jackson, as Executrix of William H. Jackson, Deceased, Respondent. 191 N.E.2d 279 (N.Y. 1963).

omillarning ahamiyati - bunda moddiy huquq nuqtai-nazaridan nizo yuzasidan kelib chiqadigan masalani yoki har qanday boshqa masalani hal etish uchun qaysi davlat huquqi unga nisbatan imtiyoz beradigan bo'lsa o'sha davlatning huquqi qo'llaniladi". Ushbu qonun bilan tanishish jarayonida Buyuk Britaniya xalqaro xususiy huquqidagi kollizion qoidalari orqali AQSh xalqaro xususiy huquqidan farqli o'laroq lex loci delicti tamoyilini to'liq rad etilmaydi. Faqatgina omillar ko'pligi tamoyili asosiy qoidaga nisbatan istisno qiluvchi qoida sifatida amal qiladi va uning zamirida omillar ko'pligini qiyoslash o'sha-o'sha yondashuv asosida yotadi.

Yaponiyada xalqaro xususiy huquqga doir masalalar mazkur davlatning "Kollizion tartibga solishning umumiy qoidalari to'g'risida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunning 8-moddasi, 1-qismida belgilanishicha "yuqorida belgilangan modda bo'yicha huquqni tanlash mavjud bo'lmasa (erk muhtoriyati tamoyili asosida), yuridik harakat yoki harakatsizlik vujudga kelishi va amal qilishi, harakat yoki harakatsizlik sodir etilayotgan paytda u uzviy bog'liq bo'lgan joyning huquqi bilan tartibga solinadi"13.

Germaniya Fuqarolik Tuzugi kirish qonunining 40-moddasi 1-qismiga ko'ra "deliktlar bo'yicha da'volar javobgar shaxs xududida harakat qilayotgan davlatning huquqi bo'yicha hal etiladi". Mazkur qonunning 41-moddasida esa "agar 38-40-moddalarda nazarda tutilgan davlatdan ko'ra farqli davlatga nisbatan ahamiyat jihatidan bog'liqlik mavjud bo'lsa, bunday holda mazkur davlatning huquqi qo'llaniladi". Germaniyada ham anglo-sakson huquq tizimi amalda bo'lgan mamlakatlar xalqaro xususiy huquqida nazarda tutilgan an'anviy bo'lgan umumiy qoidalarning belgilarini kuzatishimiz mumkin. Hozirgi vaqt kelib zamonaviy xalqaro xususiy huquqda omillar ko'pligi doktorinasi nafaqat umumiy huquq tizimi amalda bo'lgan mamlakatlarda, balki kontenental huquq tizimi amalda bo'lgan mamlakatlar xalqaro xususiy huquqidagi kollizion normalarda ham o'z aksini topib bormoqda.

Zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlarni huquqiy tartibga soluvchi xalqaro huquqiy xujjatlarda ham yuqorida tahlil etilgan qoidalar va tamoyillarni kuzatish alohida qiziqish uyg'otadi. Xalqaro Rim konvensiyasining 4-moddasi, 1-qismida "agar mazkur hujjatda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa, deliktdan kelib chiqadigan noshartnomaviy munosabatlarga nisbatan qo'llaniladigan huquq zarar kelib chiqishiga sabab harakat va voqealar qaysi davlatda vujudga kelgan bo'lishiga yoki deliktning bilvosita oqibatlari qaysi davlatda vujudga kelgan bo'lishidan qit'iy nazar zarar yuzaga kelgan davlatning huquqi qo'llaniladi". Konvensiyaning 4-moddasi, 3-qismida esa "agar nizoning ma'lum bo'lgan holatlaridan delikt munosabatlar 1 va 2-kismlarda nazarda tutilganidan ko'ra boshqa davlat bilan ko'prok bog'liq bo'lsa, bunday holda o'sha davlatning huquqi qo'llaniladi". O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1158-moddasi 1-qismiga ko'ra "chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va e'tirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi". Mazkur moddaning 3-qismida esa "agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qo'llanilishi lozim bo'lgan huquqni aniqlashning imkoni bo'lmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bog'langan huquq qo'llanilishi" belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan egiluvchan kollizion normalarning

13 Act on the General Rules of Application of Laws. Law No.

10 of 1898.

(as amended 21 June 2021).

qo'llanilishi umumiy tasnifga ega bo'lib, boshqa ba'zi qonunchilik tizimlaridan farqli o'larok aynan delikt munosabatlarini tartibga solishga qaratilmagan. Xulosa qilib aytiladigan bo'sa delikt munosabatlarni kollizion turtibga solish bo'yicha egiluvchan kollizion normalarni qo'llash muammolariga qaramasdan ularning qo'llanilishi boshqa davlatlarda ham kengayib bormoqda. Zamonaviy xalqaro xususiy huquqda "lex loci delicti" tamoyili umumiy tamoyil sifati qo'llanilmoqda va o'zining ahamiyatini yo'qotmagan.

References:

1. Max Weber. Die formalem Qualitatem des Modernen Rechts. Rechtssoziologie. Sect.8. Hamburg, Germany, 2016. -Р.231.

2. Забелова Л.Б. Международное частное право. Учебный курс (учебно-методический комплекс). - М.: Норма, 1999. -159 с.

3. James C. Morris. The Proper Law of the Tort. 64 Harvard Law Review 881,1951. -P.895.

4. J.Smith. Torts and the Conflict of Laws. 20 Modern Law Review 447.1957. -P.462-463.

5. Michael I.Krauss. Product Liability and Game Theory: One More Trip to the Choice-of-Law Well. Byu L. Rev. 759, 775-76. 2002. Neumeier vs. Kuehner, 286 N.E.2d. -Р.454.

6. John Pfeiffer. Pty Limited v Rogerson. (2000) 203 CLR 503.

7. Maurice Rosenberg. Two Views On Kell vs. Henderson, An Opinion For The New York Court of Appeals. COLUM, 1967-Р.459-464. Leflar. Choice-Influencing Considerations in Conflicts Law, 41 N.Y.U.L. REV, 1966. -Р.267.

8. Alan Reed. The Anglo-American Revolution in Tort Choice of Law Principles: Paradigm Shift or Pandora's Box. Arizona Journal of International and Comparative Law Vol. 18, No. 3 2001. -Р.899.

9. Maurice Rosenberg, Two Views On Kell v. Henderson, An Opinion For The New York Court of Appeals, 67 COLUM. L. REV, 2007. -Р.459.

10. Robert A.Sedler. Choice of Law in Conflicts Torts Cases: A Third Restatement or Rules of Choice of Law // Indiana Law Journal Vol. 75:615. 2016. -Р.616.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.