Научная статья на тему 'CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH'

CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

173
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH»

CHAQIRIQQACHA HARBIY TA'LIM YO'NALISHI TALABALARINING

TA'LIM JARAYONINI LOYIHALASH

T. T. Nazarov

Buxoro Davlat universiteti Harbiy ta'lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli o'qituvchisi

Hozirgi kunda davlatimiz milliy kadrlarni tayyorlashda ulkan e'tibor bermoqda. Ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatiga keng jalb etish, ularning o'z ijodiy va intelektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun sharoit yaratib berilmoqda. Loyiha ta'limining ilmiy asoslari bundan 300 yil avval asoslana boshlangan. Nemis pedagogi M.Knollning tadqiqotlarida ko'rsatilishicha, "loyiha" tushunchasi XVI asrda italiyalik me'morlar tomonidan arxitektura sohasining ilmiy asoslarini tizimlashtirgan holda uni fan sifatida e'tirof etilgan vaqtda shakllangan. "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishi talabalarining o'quv faoliyatini loyihalash ko'p jihatdan o'quv-biluv jarayonini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, bu mexanizmlarning joriy etilishini dunyo va respublikamizda olib borilayotgan tadqiqotlarni tahlil qilish asosida o'rganish bilan bog'liq.

Kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishib chiqayotgan kadrlardan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlar bilan birga Vatanga sadoqatlilik, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish uchun chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga o'qitiladigan o'quv kurslarining mazmunida keltirilgan o'quv materiali alohida ahamiyat kasb etadi.

"Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishi talabalarida milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo'lgan ishonchni kuchaytirish, tariximiz va madaniyatimiz, Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish umumpedagogik, didaktik hamda psixologik xususiyatlarga ega bo'lib, bu xususiyatlarni turli ta'lim shakllari: auditoriya, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar, turli tarbiyaviy tadbirlar orqali amalga oshirish dolzarb bo'lib hisoblanadi. Buning uchun "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishida faoliyat yuritayotgan pedagog o'quv mashg'ulotini optimal ravishda loyihalashi,uni to'g'ri tashkil eta olishi talab etiladi.

Ilmiy-pedagogik, falsafiy, sotsiologik adabiyotlar, ishlanmalar tahlilidan ayon bo'lishicha, o'quv mashg'ulotlarini loyihalash bo'yicha yondashuvlar, tushunchalar, qarashlar, ta'limotlarni to'plash, tasnif qilish va uni o'qituvchi faoliyatiga joriy etish, tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyatining mavjudligi ayon bo'ldi.

"Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishi talabalarining o'quv faoliyatini loyihalash bosqichlari quyidagicha tashkil etilsa, samarali natijalarni beradi:

-birinchidan, taqsimot yo'nalishi-o'quv mashg'uloti vazifalarni oqilona belgilash;

-ikkinchidan, maqsad va vazifalarni belgilash - o'quv mashg'ulotidan ko'zlangan istiqboliy rejalarini aniqlash;

-uchinchidan, teskari aloqani o'rnatish - o'quv mashg'uloti maqsadlariga erishish shakllari va yo'llarini tahlil qilish;

-to'rtinchidan, yaratuvchanlik yo'nalishi - mashg'ulotning idrok qilish muhitida o'quv maqsadlarining amalga oshirilishini ta'minlash;

-beshinchidan, pedagogik tajribani o'rganish va umumlashtirish; -oltinchidan, -motivatsiya va rag'batlantirish yo'nalishi -talabalarning hamda o'qituvchilarning ta'lim olish va ta'lim berish faoliyatini rag'batlantirish, tashqi stimullarni adekvat qabul qilish;

-yettinchidan, nazorat yo'nalishi-ta'limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o'tkazishni nazarda tutadi, ma'naviy-ma'rifiy jarayon holati to'g'risidagi axborotga ega bo'lishni bildiradi.

Loyiha ta'limi o'qituvchining pedagogik faoliyati ta'lim jarayonini loyihalashtirish hamda talabalarni o'quv loyihalarini bajarishga yo'naltirishdan iboratligini anglatishga xizmat qiladi.

Ta'lim jarayonini loyihalashtirish o'qituvchi tomonidan talabaning muammoni izlash, uni hal etish bo'yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirishdan to ommaviy baholashgacha bo'lgan mustaqil harakat qilishini ta'minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o'quv faoliyatidir.

"Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishida faoliyat yuritayotgan pedagog o'quv mashg'ulotini optimal ravishda loyihalashni samarali amalga oshirish hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida oliy ta'lim muassasalarida 5111500 -"Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" fakultetida o'quv yilida o'qitiladigan fanlar, fan dasturlari, o'quv rejalari tahlil etildi. OTMlarda o'qitiladigan "Taktik tayyorgarlik", "Harbiy tayyorgarlik", "Harbiy qonunchilik asoslari", "Ofitser rahbarlarning harbiy etikasi", kabi o'quv fanlari o'qitiladi. 1-bosqich talabalari uchun jami o'quv reja asosida "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi"da tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun mutaxassislikka xos fanlar 516-soatni, 2 kursda 516 soatni tashkil qiladi.

Oliy ta'lim tizimida "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishida tahsil olayot-gan talabalarning o'quv faoliyatlarini loyihalash mazmunida amaliy harakatlar natijalarini refleksiv baholash; shakl, vositalarni tanlash va qo'llash yo'nalishlarini belgilash muhim bo'lib hisoblanadi.

"Chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik", "Harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash", "Harbiy qonunchilik asoslari" kabi o'quv fanlari va ijtimoiy -gumanitar fanlar: "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari", "O'zbekiston tarixi", "Axloqshunoslik", "Nafosatshunoslik" kabi o'quv kurslarining mohiyat-mazmuni talaba -yoshlarning siyosiy saviyasining o'sishiga, dunyoqarashini shakllantirishga, o'tmishda bo'lgan va hozirgi kunda bo'layotgan xalqaro siyosiy voqyealarni to'g'ri baholashga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti muammolariga ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi. Ushbu o'quv fanlarini o'qitishda talabalarning ta'lim va bilimlarga bo'lgan ishtiyoqini kuchaytirish, mustaqil dunyoqarash, ish yuritishga o'rgatish, milliy iftixor va umuminsoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi tajribaviy darslar asosida tasdiqlandi.

Shunday qilib, "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishi talabalarining o'quv faoliyatini loyihalash orqali ularda kelgusi kasbiy faoliyati tarkibida kasbiy kompetensiyalar asosida ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalarni anglash, Vatan himoyasi uchun sha'y turish, milliy g'oyaga sadoqat kabi fazilatlar rivojlantiriladi hamda ularning ijtimoiy kompetensiyalarida namoyon bo'ladi. Bularning barchasi didaktik mazmunda, "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim" yo'nalishi talabalarini loyiha texnologiyasi asosida o'quv jarayoniga tayyorlash zarurligini ko'rsatadi. Mazkur kompetensiyalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarning bir komponenti sanaladi. Ularni rivojlantirish talabalarga kelgusida kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asos bo'ladi.

REFERENCES:

1. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug'at // Mualliflar: M.Abdullayeva, F.Abdullaeva, G.Abdurazzoqova va boshq.; R.Ro'ziyev va Q.Xonazarov umumiy tahririda. To'ldirilgan uchinchi nashri // - T.; «Sharq», 2006. - 528 b.

2. Nazarov Q. O'zbek falsafasi.-T.; G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.-464b..

3. Новиков Д.А. Развитие патриотических чувств у студентов неязыковых вузов//Ж.: «Языкознание и литературоведение».-М.;2019, №5,-С.29-34.

4. Аллаярова, Солиха Нарзуллоевна, (2020) «ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ (на примере Узбекистана)», Научный вестник Наманганского государственного университета: Вып. 2: Вып.7, статья 61.

5. Nishonova S. Sharq uyg'onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi: Dis. ...ped. fan. dokt. // - T.; 1998. - 288 b.

6. Yusupova M.A. Loyiha texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish.-T:Universitet, 2020.-B.17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.