Научная статья на тему 'CHANG CHOLG‘USINING BUGUNGACHA BO‘LGAN TAKOMILLASHUV BOSQICHLARI'

CHANG CHOLG‘USINING BUGUNGACHA BO‘LGAN TAKOMILLASHUV BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
nuzha / monoxord / kanon / gusli / kantelli / kanelli / kokles / kato / kiyagin / santur / magna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilshod Raxmatxonovich Akmalov

Chang cholg‘usi asrlar davomida takomillashib, avloddan-avlodga, ya’ni bizgacha yetib kelgan. Asrlar davomida takomillashuv bosqichlardan o‘tdi. Bugungi kunda cholg‘ularimizni yanada takomillashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilish arafasida turibdi. Bu ishlar mumtoz musiqamiz, maqomlarimizni yanada rivojlanishi va kelajak avlodning o‘rganishi qulay bo‘lishi uchun nihoyatda muhimdir. Chang cholg‘usining ham takomillashtirilishi bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biri sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHANG CHOLG‘USINING BUGUNGACHA BO‘LGAN TAKOMILLASHUV BOSQICHLARI»

CHANG CHOLG'USINING BUGUNGACHA BO'LGAN TAKOMILLASHUV

BOSQICHLARI

Dilshod Raxmatxonovich Akmalov Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Chang cholg'usi asrlar davomida takomillashib, avloddan-avlodga, ya'ni bizgacha yetib kelgan. Asrlar davomida takomillashuv bosqichlardan o'tdi. Bugungi kunda cholg'ularimizni yanada takomillashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilish arafasida turibdi. Bu ishlar mumtoz musiqamiz, maqomlarimizni yanada rivojlanishi va kelajak avlodning o'rganishi qulay bo'lishi uchun nihoyatda muhimdir. Chang cholg'usining ham takomillashtirilishi bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biri sanaladi.

Kalit so'zlar: nuzha, monoxord, kanon, gusli, kantelli, kanelli, kokles, kato, kiyagin, santur, magna

STAGES OF DEVELOPMENT OF THE DUST INSTRUMENT TO THE DAY

Dilshod Rakhmathonovich Akmalov Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: The dust instrument has been improved over the centuries and has been passed down from generation to generation, that is, to us. Over the centuries, the development went through stages. Today, a number of works on further improvement of our instruments are about to be implemented. These works are extremely important for the further development of our classical music, status, and learning of the future generation. The improvement of the wind instrument is considered one of the most urgent topics today.

Keywords: nuzha, monochord, canon, gusli, kantelli, canelli, kokles, kato, kiyagin, santur, magna

Markaziy va O'rta Osiyo xalqlari musiqiy cholg'ularga boy bo'lib, ko'pchilik cholg'ular turli xalqlar ijodiyotida o'ziga xos ko'rinishlarda hamda shakllarda tarkib topgan. Ana shunday cholg'ularga nay, tanbur, chang, qonun, ud, dutor va urma cholg'ularni misol qilish mumkin. Shularning orasida chang o'zining jozibadorligi, o'ziga xos tabiati va ijrochilik an'analari bilan bir qator Sharq xalqlari musiqa madaniyatida alohida o'rin tutib kelgan.

Chang cholg'usi juda qadimiy tarixga ega. O'tmish allomalarining manba'larida zikr etilishicha chang cholg'usi ko'hna qadimiy cholg'ulardan bo'lmish «nuzha»ning

o'rniga iste'molga kirib kelgan va o'zining qulay imkoniyatlari bilan xalqlar orasida keng ommalashgan. O'tmish davomida chang takomillashib mukammal cholg'ular qatoridan joy olgan.

Chang - o'zi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, tovushqator asosi bir torli tarkibda tuzilgan «Monoxord» asbobiga berilgan nomdan kelib chiqqan. Demak, qadimiy «Monoxord» cholg'u asbobi arab xalqi ijodiy-amaliyotida «Chang» nomi bilan ommalashgan. Bu jarayonning ilk davri X-XI asrlarga to'g'ri keladi. Arab musiqashunos olimlarining bayon etishlaricha, taxminan XIV asrlarda yaratilgan chang cholg'usi Ussuriya poytaxtida topilgan. Bu cholg'uning chizma nusxasi fil suyagidan qilingan qutiga chizilgandir. Unga binoan qadimgi chang turli shakllarda bo'lganligini olimlar o'z risolalarida yozadilar. Jumladan: Shu davrlarda chang cholg'usining uzunchoq shakli, yoysimon nusxalari, to'rtburchak namunalari amaliyotda bo'lgan. Cholg'uning amaliy hamda ovoz tarannumining jihatlarini inson tabiatiga mutanosibligi sabab bo'lsa kerak, Sharq dunyosining turli mamlakatlarida bu cholg'u o'ziga xos tarzda shakllanib ommalashgan.

Bu cholg'ular shaklan, ya'ni tuzilish tarkibi, uslubiy jihatlari, ovoz va ijrochilik an'analari bir-birlariga juda o'xshashdir. Masalan: arab, turk va ozarbayjon xalqlarida chang, uyg'urlarda - qalun, armanlarda - kanon, slavyanlarda - gusli, karallarda -kantelli, estonlarda - kanelli, latishlarda - kokles, yaponlarda - kato, koreyslarda -kiyagin kabi nomlangan cholg'ular turli jihatlari bilan bir-birlariga o'xshashdirlar. Ya'ni bu cholg'ular chang va changsimon cholg'ular toifasiga kiradilar. Ular qadimiy Nusxa, chang, Santur, Magna kabi cholg'ulardan tarqalgan desak to'g'riroq bo'ladi.

Uzoq yillar davomida arfa (chang)cholg'usining vatani Misr hisoblangan va u qadimgi yodgorliklarda o'z aksini topgan (eramizdan avv.3000-2500 yy.). Arfa (Chang) cholg'usining besh xili, ya'ni uchta burchakli va ikkita yoysimon ko'rinishlari mavjud ekanligi mutaxassislar tomonidan isbotlab berilgan. 1940-yili Surxondaryo viloyati, Termiz shahri yaqinidagi Ayritom qo'rg'onida arxeologik qazishmalar chog'ida chang cholg'usining qadimgi shakli bo'lgan arfa chalayotgan ayol frizi topilgan. Bu cholg'u uchburchak ko'rinishda bo'lib, o'n uchta tori bo'lgan. Tarixchi olim K.Trever qayd etganidek, «Ayritom qo'rg'onida topilgan frizlarning barchasi mahalliy hunarmandlar tomonidan yasalgan va ular eramizdan avvalgi XVIII asrga borib taqaladi». Shu ma'noda chang cholg'u ijrochiligi musiqa san'atimizdajuda qadimgi tarixga egadir.

Chang cholg'usi haqida O'rta asr allomalarining musiqiy risolalarida ma'lumotlar berilgan. Jumladan, musiqashunoslik fanining asoschisi Abu Nasr Muhammad al-Farobiyning yozishicha bu cholg'u Samarqandlik Xulays ibn Axvas tomonidan So'g'dda ixtiro etilgan bo'lib, so'ngra Bag'dodda va boshqa mamlakatlarda tarqalgan ekan. Umuman «chang» arab, fors va turkiy adabiyotlarda xilma-xil bo'lib, egri, chang, chog'ona, shudurg'u, yaturg'on atamalari ostida berilgan. «Chang» nomini XIII asrda

uchratamiz. Qutbiddin Sheroziy (XIII asr) «Durrat-ut toj» (Musiqa haqida dur asar) risolasida qonun, nusxa, navxi kabi qadimgi cholg'ular asarida Chang cholg'usini ham tilga olib, «tovushi ochiq torlardan sadolanuvchi cholg'ular» tarkibiga kiritadi.

XIV asrning oxiri XV asrning boshlarida Ozarbayjonning Marog' shahrida tug'ilgan bo'lsa-da, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida-Samarqandda o'tgan va Hirotda vafot etgan Abduqodir G'oyibiy (Marog'iy)ning «Jama al-alxanfi-ilm al-musiqiy» («Musiqa ilmida ohanglar to'plami») risolasida qonun cholg'usini ta'riflab -cholg'u trapetsiya shaklida yasalib sado taraladigan quti, jami yetmish ikkita uchtalik mis simlar tortilib tarang sozlangan, tovushqatori 24 boshqichdan iborat bo'lganligi haqida bayon etadi. XVII asrda yashab ijod qilgan Darvesh Ali Changiyning risolasida nafaqat musiqa nazariyasi, balki turli davr ijrochilari va saroy qoshida keng tarqalgan musiqa cholg'ularidan bo'lgan tanbur, chang, nay va qonun haqida ham to'xtalib o'tadi.

Darvesh Ali Changiy changning qadimiy o'tmishi haqida ma'lumot beradi. Uning aytishicha changda 26 ta tor va 7 ta lad bo'lgan. Bu changning 7 ladida 7 maqomni ijro etishgan:

1-laddan «Rost» maqomi boshlangan.

2-laddan «Navo» maqomi boshlangan.

3-laddan «Xijoz» maqomi boshlangan.

4-laddan «Zangura» maqomi boshlangan.

5-laddan «Xusayni» maqomi boshlangan.

6-laddan «Kuchek» maqomi boshlangan.

7-laddan «Iroq» maqomi boshlangan.

Lekin usta changchilar ushbu changda 12 maqomni chalishga muvaffaq bo'lganlar. Darvesh Ali ibn Mirzo Ali ibn Xo'ja Maxmud Marvariz shu cholg'uning mohir ijrochisi bo'lgan. U yoshligidan changga mehr qo'ydi va keyinchalik shuhrat qozondi. Shu davrning yana bir mohir changchisi Mavlono Zaynuliddin Rumiy edi.

Chang cholg'usi asrlar davomida takomillashib, avloddan-avlodga, ya'ni bizgacha yetib kelgan. Musiqiy hayot taqozosi bilan o'zbek xalq cholg'ularini zamonga xos takomillashtirish zaruriyati tug'ildi. 1940-yillarda xalq cholg'ularini yasash va takomillashtirish bo'yicha maxsus ustaxonalar ochildi. Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro'zmat Isaboyev (1885-1964) boshchilik qildi. U ijrochilar tomonidan keng qo'llanilgan yarim xromatik changning bir necha nusxasini yasab, tayyorladi. Toshkentdagi ustaxonada mashhur cholg'ular ustasi Usta Usmon Zufarov (1899-1981) ham chang cholg'usining yangi nusxalarini yaratdi.

Xorazmda esa mashhur xalq sozandasi, bastakor Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida sabot bilan ishladi. Izlanishlar natijasida Matyusuf Xarratov sozandalar Faxriddin Sodiqov, o'z o'g'li Fozil Xarratov va Ahmad Odilovlar bilan

hamkorlikda changning yuqori pardalarini qo'shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytiradi. Ushbu o'zgarishlarni sozandalar ma'qullashadi. Cholg'uga kiritilgan yana bir yangilik, cholg'u bir oktava ko'tarib sozlashga moslashtirildi. Bu esa changning birmuncha ixchamlashuviga sabab bo'ldi. Chang cholg'usining yangi nusxalarini yaratish San'atshunostlik instituti tasarrufidagi musiqa ustaxonasining ustalari: U.Zufarov, Z.Zokirov, S.E.Didenkolarning zimmalariga yuklanadi. Shunday qilib u ijrochilik amaliyotiga tadbiq etiladi. Cholg'uga kiritilgan yana bir yangilik, cholg'u bir oktava ko'tarib sozlashga moslashtirildi. Natijada chang sozi ta'lim tizimiga kiritildi. Shoakbar Shoakramov, Abdusamat Ilyosov, Ashraf Ashrapov, Mahammadjon Rasulov va Ahmad Odilovlar o'quv dargohida ta'lim olgan birinchi ijrochilardan bo'lishdi va bu ijro uslubi tizimi yo'lga qo'yildi, ko'zlangan maqsad o'z tasdig'ini topdi. O'ziga xos yaratilgan chang cholg'usi tez orada ijrochilik amaliyotida qo'llanila boshladi va keng ommalashdi. Musiqa cholg'ularini yasovchi ustalar chang soziga qalb qo'ri, ko'z nuri va erishgan tajribalarini sarflab, naqshinkor bezakli changlar yasay boshladilar. Changning tovush sifati, sadolanishi va jarangdorligi, tarannum jozibasi ko'p sonli tinglovchilar e'tiborini o'ziga jalb etdi.

Shunday qilib, chang cholg'u ijrochiligining tarixi va rivojlanib borish jarayonlari o'ziga xos xususiyatlari bilan diqqatni tortadi. Bu masala nazariy va amaliy jihatdan bo'lajak mutaxassislar tomonidan o'rganilib borishni taqozo etiladi.

Ijrochilik qobilyatlarini shakillantirish uchun, avvalo, talaba musiqa haqidagi barcha bilimlarni tushunib, idrok eta olishi, u haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi, musiqaning ifodaviy vositalarini, badiiy bezaklari haqidagi, notalarni ijro etish malakalarini puxta egallagan bo'lishi lozim. Shu bilan birga talabalarning ruhiy olami, uning kayfiyati ham muhim ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Darvesh Ali Changiy. Risolai musiqiy. O'zR FA ShI-1, inventar № 468

2. Hamidov H. "Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o'rta asrlar san'ati tarixidan" Toshkent.: "Yozuvchi" 1995 y.

3. Lutfullayev A."Xalq cholg'ularida o'qitish uslubiyoti" Toshkent.:2005 y.

4. Petrosyans A.I. "Instrumentovedeniye" Toshkent.: 1980 y.

5. Rajabov I. "Maqomlar masalasiga doir" Toshkent.: "O'zadabiynashr", 1963 y.

6. Semenov A. "Sredneaziatskiy traktat po muzike Dervisha Ali (XVIIveka)"Toshkent.: 1946 y

7. Tashmatova A. "Musiqiy cholg'ular muzeyi katalogi" Toshkent.: "Fan" nashriyoti, 2006 y.

8. Xoltojiyev A. "An'anaviy qonun cholg'usi ijrochiligi" Toshkent.:Mashprint exkluziv MCHJ. 2005 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.