CHANG CHOLG'USI KELIB CHIQISH TARIXI
G'ayratjon Yo'ldashev Shohida Tohirjonova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada chang cholg'usi tarixi hamda hozirgi kunga qadar rekanstruksiya qilingan holati, ijro jamoalaridagi o'rni haqida batafsil ma'lumot berib o'tilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, chang, san'at, ijro, xonandalar, madaniyat
HISTORY OF THE ORIGIN OF THE DUST INSTRUMENT
Ghairatjon Yoldashev Shahida Tahirjonova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article provides detailed information about the history of the dust instrument, its reconstruction up to now, and its role in performance teams.
Keywords: music, dust, art, performance, singers, culture
Musiqiy cholg'ular dunyosi taraqqiyotning boshqa sohalari kabi oddiydan murakkablik sari tobora takomillashib va rivojlanib borgan. O'zbek xalqining musiqa madaniyati ko'p asrlik tarixga ega, ko'pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og'zaki an'anadagi ustozona musiqa san'ati bu haqda guvohlik qiladi. Bir narsani ta'kidlab o'tishim joizki, asl hujjat va manbalarda musiqiy sozlarning tarixi juda qisqa, ayrim lavhalardagina yoritilgan. Buning ustiga musiqani yozib oluvchi vositalar bo'lmaganligi sababli, biz o'tmish musiqa cholg'ularining sadolanish xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Qadimgi manbalarga ko'ra XV-XVII asrlardan boshlab "Chang" so'zi hayotimizga kirib kela boshlagan. Kirib kelgunga qadar esa "Chang" iborasi o'zbek va tojik musiqa madaniyatida butunlay boshqa asbob, ya'ni zamonaviy yevropacha tirnab chalinadigan arfa sozi tushunilgan. Alisher Navoiyning ona tomondan bobosi Abu Said Changiy ham mohir ijrochi bo'lgan ekan. Ba'zi ma'lumotlarda keltirilishicha, Navoiy davrida Hirotlik sozanda va xonandalar Marg'ilonga kelishib, bu yerda ko'p narsalar o'rganib ketishgan ekan. Yana Alisher Navoiyning "Xamsa"asarining "Sabbai Sayyor" dostonida keltirilib o'tilgan "Chang" iborasi ham ham arfaga o'xshash cholg'u asbobi aniqrog'i qo'l arfasini nazarda tutilgan bo'lib, uning mohir ijrochilari sifatida esa Dilorom va boshqa ayollar obrazlari tasvirlangan. Bundan ko'rinib turibdiki, o'sha
davrlarga xos bo'lgan arfasimon chang asbobi deyarli faqat xotin-qizlarga mansub cholg'ulardan biri hisoblangan va ermizdan oldingi asrlardayoq foydalanilgan. Biroq
XVII-asrlardan keyin qo'l arfasi ijrochilikdan sekin-asta chiqib keta boshladi va uning o'rnini boshqa soz - maxsus bambukdan ishlangan tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetsiya shaklidagi chang cholg'u asbobi egalladi.
Asrlar davomida arfa shaklida bo'lgan chang cholg'usi XIX- asrga kelib qutisimon shaklda namoyon bo'ldi. O'rta asrning so'nggi yillarida changda yuksak darajada ijrochilik mahoratini namoyish etgan so'ngi sozandalardan biri Darvishali Changiydir.
Darevishali Changiy (to'liq ismi: Darvish Aliyi Changiy al-Xoqoniy ibn Mirzo Ali Changiy ibn Abdulali Qonuniy ibn Xo'ja Abdullo Muhammad Marvarid). U
XVIII-asrlarda yashab ijod qilgan musiqashunos, bastakor, hofiz, shoir hamda chang cholg'usining mohir sozandasi hisoblangan. Darvishali Changiy sozlarni bir-biriga taqqoslab chang cholg'u asbobini "Sozlarning kelinchagi" deb ataydi. U yoshligidan musiqaga qiziqqanligi sababli o'z davrining ko'plab musiqashunoslaridan ta'lim olgan. O'z she'rlarini Changiy taxallusi bilan yozgan. Darvishali Changiy chang asbobining qadimgi tarixi haqida ma'lumot bergan. Uning aytishicha changda 26 ta tor va 7 ta lad bo'lgan. Changning 7 ladida 7 maqomni ijro etishgan. Ammo mohir changchilar ushbu changda 12 maqomni chalishni uddasidan chiqishgan. Yana Darvishali Changiy qadimda changni kelib chiqishi haqida quyidagicha yozadi: chang juda qadimiy soz bo'lib, Mesopotamiyadan tortib, to Xitoygacha bo'lgan juda katta hududda ishlatilgan. O'sha davrlarda Buxoroda Shayboniylardan bo'lgan Abdullaxonning zamondoshi Xo'jai Kalon (Buyuk Xo'ja) og'ir dardga chalinib qoladi. Tabib Sulton Muhammad uni davolab, unga kasalni yengishda chang mashqlarini tinglashni tavsiya qiladi. Xo'jai Kalon Darvish Alini huzuriga chaqirtiradi. Darvish Ali uning huzurida uch oy davomida chang chaladi va Xo'ja butunlay tuzalib ketadi. Qadimda buyuk Nushiravon zamonida (531-579) mashxur changchi Piri changchi yashagan. O'sha vaqtlarda Eron arablar qo'liga o'tadi, undan so'ng xalifa Umar Eron musiqasini ta'qib ostiga oladi. Piri changchi o'zini hech kimga keragi yo'qligidan hafa bo'ladi va Madinaga Yasrab qabrini ziyorat qilish uchun boradi. U oldiga changni qo'yib, nola qila boshlaydi: "Men hamisha sen uchun chaldim, endi esa meni ta'qib ostiga olishganligi bois sening oldingga oxirgi bor chalish uchun keldim. Sendan bir narsa so'rayman, ipak torlarimgagina haq berishsa", yig'lab va oh urib o'zining so'nggi mashqini ijro etadi va changning oldiga boshini qo'yib uhlab qoladi. Shu payt xalifa Umarga g'oyibdan bir ovoz keladi: "Bizning bir do'stimiz bor, u Yasrabning qabri yonida. Ul kimsaga xazinangdan 700 dinor olib borib ber, yana zoriqsa yana kelsin" Umar 700 dinorni olib Yasrabning qabri yoniga boradi. U yerda Piri changchidan boshqa hech kimsa yo'q edi. U hayron bo'lib tursa, Changiy uyg'onib qoladi. Umar unga 700 dinorni beradi va aytadi: Alloh seni do'st deb bilibdi, men ham sening
do'stingman. Boshingga mushkil ish tushsa yonimga kelgin. "Sening soz chertishing egamni rom etdi" - deydi. Bu haqda taniqli fors shoiri Jaloliddin Rumiy ham she'rlar yozgan. Asrlar davomida ijod qilgan ko'plab sozandalar o'zlarining betakror ijodlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojiga o'z xissalarini qo'shib keldilar. Uzoq o'tmishda talaygina changchi ijrochilarning mavjudligi - chang cholg'usi keng qo'llanilganidan va turli tarixiy davrlarga moslashib kelganidan dalolatdir. Torli-urma cholg'ular guruhining yagona namoyondasi bo'lgan chang cholg'usi ilmiy-nazariy tasnifga ko'ra tovush manbai bo'yicha torli cholg'u, tovushni xosil qilish uslubi bo'yicha urma cholg'usi hisoblanadi. Chang - o'zbek xalq cholg'ulari orasida jarangdorligi va tembrining boyligi bilan ajralib turadi. O'tgan asrda chang sozi nomukammal hisoblangan. Negaki o'tgan asrlardagi chang sozi kuchsiz bir-xil diametrdagi metall simlarni tortishga mo'ljallangan va tovushqatori diatonik temperatsiyalanmagan. Avvalgi changlar tut daraxtidan yasalib, hozir ko'rinishiga nisbatan ancha katta bo'lgan va ingichka mis torlar taqilgan. Cholg'u torlarini taqish uchun mo'ljallangan quloqlar uzun uchli mixga o'xshash sariq misdan bo'lgan. Chang torlari bolg'achaga o'xshash kalitda kerakli balandlikda sozlab olinib, kalitning dasta qismidagi bolg'acha tomoni bilan urib qo'yilgan. Hozirgi changlarda torlarning tortilish kuchi oshganligi sababli cholg'u quloqlari po'latdan yasaladi. Bulardan tashqari u changning oyoqlari ham bo'lmagan va shu bois uni yerda o'tirgan holda ijro etishgan. Shu kabi ya'ni rekonstruksiya qilinmagan maqom changini usta Ayxayev. Z. 1935-yilda hamda Zuffarov. U 1946-yillarda yashaganlar. Kishilik jamiyati rivojlanishi natijasida odamlarning didi, saviyasi taraqqiy etadi. Musiqiy sozlar ham jonli jarayon bo'lganligi sababli, ular talab darajasida takomillashib boradi. Oldingi asrning 30-yillarida keskin sur'atda ro'y berayotgan madaniy o'zgarishlar natijasida mavjud cholg'ularning sifat darajasi zamon talablariga javob bermay qoladi. Xalq sozgar ustalari bilan birga, bir qator sozandalar ham musiqiy sozlarning takomillashuviga o'z hissalarini qo'shganlar. Eski namunadagi chang cholg'usini zamon talabiga moslashtirish ishlarini changchi va sozgar usta Usta Ro'zmat Isaboyev, mashxur doirachi va changchi Usta Olim Komilov, mohir sozanda Matyusuf Xarratovlar boshlab berishadi. Ular milliy chang cholg'usining tovush jarangdorligini yaxshilash, tovush ko'lamini kengaytirish va tovushlarni to'laqonli bo'lishi uchun tinimsiz izlanishlar qiladilar. Bugungi kunda muzeylarda chang cholg'usining ba'zi bir eski namunalari saqlanib kelinmoqda.
O'sha davrda milliy sozlarni yasaydigan bir qator musiqiy ustaxonalar faoliyat ko'rsatgan, ammo 1941-1944-yillarda urush munosabati bilan ba'zilari o'z ishini to'xtatgan. Hali urush davom etishiga qaramay 1944-yili musiqa cholg'ularini yasash sexi va o'quv hunarmandlar kombinati ochiladi. Chang cholg'usi ancha murakkab bo'lganligi sababli, uni takomillashtirish ishlari boshqa cholg'ularga nisbatan murakkabroq kechadi. Shunday bo'lsada, an'anaviy chang namunasi asosida yarim
xromatik tovushqatorli, so'ng turli ko'lam tovushqatorlardan iborat to'liq xromatik chang cholg'ulari yaratiladi. Keyingi bosqichda kerakli yog'ochlarni tanlash, torlar sifatini yaxshilash, tovush jarangdorligini oshirish borasida izlanishlar olib boriladi. Chang cholg'usining takomillashuvi natijasida:
■ xromatik tovushqator tizimi o'rnatildi;
■ cholg'uning tovush ko'lami kengaytirilib, bir oktava ko'tarib sozlashga moslashtirildi;
■ sifatli sim torlar taqildi;
■ jarangdor tovush sadolantiruvchi yogoch tanlandi;
■ vaqt taqazosi sozandalardan musiqiy sozni kursida o'tirib chalishni talab etgandan so'ng, maxsus uchta uzun oyoqlar joriy etildi;
■ ijro vaqtida chang sadolarini vaqti-vaqti bilan so'ndirib turish uchun tepki ixtiro qilindi.
Rekonstruksiya qilingan chang cholg'usining tovush ko'lami kengaytirilib, tovush qatori kichik oktava "sol" dan uchinchi oktava "sol" diezgacha bo'ldi. Hozirgi qo'llaniladigan chang cholg'usi Yevropa va barcha Sharq davlatlari xalqlari orasida keng tarqalgan. Jumladan, chang va changsimon cholg'ulardan Sharqda O'zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Eron, Afg'oniston, Xitoy, Hindiston, Korea va Yaponiya davlatlarida ham keng foydalaniladi. Yevropa davlatlarida uni "Simbal" deb atashadi. U tut, yong'oq va boshqa yog'ochlardan yasalib, changning quloqlari 76 ta va u chang korpusining o'ng tomoniga o'rnatilinadi, sozlari xromatik yarimtonlikdan iborat. Chang cholg'usiga kiritilgan o'zgarishlar ijroda ancha imkoniyat va qulayliklar yaratdi. Chang sozi hozirgi kunda ham yetakchi cholg'u hisoblanib, orkestr va ansambllarda keng foydalaniladi. ljrochilik jamoalarida ushbu cholg'u fundament, ya'ni poydevor vazifasini o'taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Islomov.D Maxsus cholg'u.2015
2. Odilov.A "Chang" O'quv qo'llanma 2002.
3. Shermatov.K "Maxsus cholg'u" O'quv qo'llanma 2019.
4. Abdurauf Fitrat "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" O'quv qo'llanma 1993.
5. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).
6. Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133-135.
7. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.
8. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.
9. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.
10. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.
11. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.
12. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
13. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.
14. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
15. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
16. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
17. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
18. Shavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "COMPOSER ANTONIN DVORZHAK ORIGINAL STYLE OF MUSICAL WORKS." INTERNATIONAL
JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 116-121.
19. SHavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "GENESIS OF CRISIS EVENTS IN DOMESTIC ARTISTIC AND CREATIVE (MUSICAL) PEDAGOGY." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 143-145.