Научная статья на тему 'BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR'

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
2101
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yevropa / Buyuk Ipak Yo’li / Portugaliya / Ispaniya / Xristofor Kolumb / Bagam / Gaiti / Kastiliya / Dominika / Gvadelupa / Kichik Antil / Yamayka.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xudoyorov L., Haydarova N.

Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida insoniyat yangi yerlarni kashf qilish bilan birgalikda eski yerlar bilan quruqlik yo’li ya’ni savdo karvonlari orqali savdo qilingan davlatlarga dengiz yo’li orqali borish mumkinligi ham isbotlandi. Bu jarayonda mohir dengiz suzuvchilari o'z nomlarini tarixning zarvaraqlarida munosib holda qoldirdilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR»

Xudoyorov L. Shahrisabz davlatpedagogika instituti Geografiya fani o'qituvchisi Haydarova N. Shahrisabz davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslariyo'nalishi

3-kurs talabasi

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

Annatatsiya. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida insoniyat yangi yerlarni kashf qilish bilan birgalikda eski yerlar bilan quruqlikyo'li ya'ni savdo karvonlari orqali savdo qilingan davlatlarga dengiz yo'li orqali borish mumkinligi ham isbotlandi. Bu jarayonda mohir dengiz suzuvchilari o'z nomlarini tarixning zarvaraqlarida munosib holda qoldirdilar.

Kalit so'zlar: Yevropa, Buyuk Ipak Yo 'li, Portugaliya, Ispaniya, Xristofor Kolumb, Bagam, Gaiti, Kastiliya, Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Yamayka.

Khudoyorov L. geography teacher Shahrisabz State Pedagogical Institute

Haydarova N.

3rd year student

The direction of the basics of geography and economic knowledge

Shahrisabz State Pedagogical Institute

GREAT GEOGRAPHICAL DISCOVERIES

Annotation. As a result of the great geographical discoveries, along with the discovery of new lands by mankind, it was also proved that it is possible to go to the countries that were traded with the old lands by land, i.e., by trade caravans, by sea. In the process, skilled sea swimmers left their names in the annals of history.

Keywords: Europe, Great Silk Road, Portugal, Spain, Christopher Columbus, Bahamas, Haiti, Castile, Dominica, Guadeloupe, Lesser Antilles, Jamaica.

Buyuk geografik kashfiyotlar - XV-XVII asrlar o'rtalarida yevropaliklar tomonidan yangi yerlarni topish va o'zlashtirishlar amalga oshirilgan kashfiyotlar hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri boshlanishining bir qancha sabablari bor. Birinchidan, XV-XVII asrlarda Yevropada aholi sonining o'sib borishi natijasida tovarga bo'lgan ehtiyojlar oshib bordi. Bu esa o'z navbatida xomashyoga bo'lgan talabning ortishiga olib keldi. Yevropada xomashyo yetarli

bo'lmagach, sayyoh olimlar ekspeditsiyalar uyushtirib, yangi yerlarni o'zlashtirishni boshlagan. Ikkinchidan, Osiyoni Yevropa bilan bog'laydigan Buyuk Ipak Yo'li o'ta xavfli bo'lib qoldi. Shu sababli, yevropaliklar oldida yangi yerlarni ochish zarurati paydo bo'ldi. Uchinchidan, oltin, kumush, ziravorlar, fil suyagini topish maqsadida yangi yerlarni qidirish ishlari amalga oshirildi. Buyuk geografik kashfiyotlar tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniyalik dengiz sayyohlari bo'lishgan. Sababi, ularga yangi yerlarni o'zlashtirish topshirig'i berilgan. Ekspeditsiya uchun zarur bo'lgan barcha xarajatlar qirollik tomonidan ta'minlangan.

Tarixda Amerika Qit'asini 1492-yilning kuzida Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd etilgan. X.Kolumb Amerikaga 4 marta sayohat uyushtirgan, ammo bu yerlarni Hindiston deb atagan. Bunga sabab taxminlarga ko'ra, astronom va geograf Paolo Taskanelli sayyoh olimga Hindistonga g'arbga suzish orqali ancha yaqin yo'l borligi haqida aytgan. P.Taskanelli maslahatlari yordamida hisob-kitoblarni bajarib, uning fikricha Hindistondan Yaponiyagacha 5 ming kilometr masofada yo'l bo'lgan Kanar orollari orqali suzish eng qulay deb o'ylagan.

X.Kolumbning birinchi ekspeditsiyaga uchta kema tayyorlagan va flagman (kema) uzunligi - 17,3 m.;hajmi - 101,2 tonna; ekipajida 40 kishi bo'lgan. Flot tarkibida hammasi bo'lib, 100 kishi kirgan. Ekspeditsiya natijasida, tarixda birinchi marta yevropaliklar Bagam va Gaitiga orollariga qadam qo'yishdi. Bu sayohat bilan Ispaniyaning Yangi Dunyoga ekspeditsiyasi boshlangan. X.Kolumb bu yerlarni Xitoy, Yaponiya yoki Hindiston qirg'oqlari deb o'ylagan. Yevropaliklar bu yerlarni "Vest-Indiya" deb atashgan. 1492-yil 13-oktabrda X.Kolumb qirg'oqqa tushdi, unga Kastiliya bayrog'ini o'rnatib orol Kastiliya mulkiga aylangani to'g'risida akt tuzdi.

Ikkinchi ekspeditsiyada X.Kolumb "Admiral" unvoni va 1500 kishilik ekipaj bilan 17 ta kemada safarga chiqdi. Ekspeditsiya natijasida, Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Yamayka va Kubaning janubiy qirg'oqlari bo'ylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf etdi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi.

Uchinchi ekspeditsiyada 6 ta kema bilan safar uyushtirdi. Trinidad orolini kashf etdi. Janubiy tomondan Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya yarim oroligacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab berdi. 1500-yil Kastiliyaga qaytib keldi.

To'rtinchi ekspeditsiyada 4 ta kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika oroliga yetib keldi. Ekspeditsiya izlanishlari natijasida Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qaytib keldi. X.Kolumb birinchi bo'lib, Atlantika okeanining shimoliy qismida joylashgan subtropik va tropik iqlim mintaqalarini kesib o'tgan va Karib dengizida suzgan birinchi yevropalik sanaladi.

Dengiz navigatsiyasi, kartografiya va geografiyani chuqur bilgan Vasko da Gama ham geografik kashfiyotlarga o'z hissasini qo'shgan. Vasko da Gama ekspeditsiyani Lissabondan g'arb tomonga yo'l olgan, ammo keyin sharqqa

burilgan. Dengiz sayyohlari Atlantika okeanida yoysimon yo'nalishda suzib, Afrikaning janubida bo'lgan burunni "Yaxshi Umid' burni deb atadilar. Vasko da Gama 1497-yilning dekabrida hozirgi Janubiy Afrika Respublikasining sharqiy qirg'oqlarini kashf qildi. 1498-yilning 20-may sanasida esa Hindistonning janubi-g'arbdagi yirik savdo markazi hisoblangan Kalikut shahriga yetib keldi va Hindistongaboradigan birinchi dengiz yo'lini ochdi.

Amerigo Vespuchchi Ispaniya va Portugaliya dengiz flotida xizmat qilgan. 1499 va 1501-1502-yillarda Janubiy Amerikaning sharqiga uyushtirilgan ekspeditsiyada qatnashgan. Amerigo Vespuchchi bu yerlar Hindiston emas, dunyoning yangi Qit'asi degan fikrni ilgari surgan va Yangi dunyo deb atagan.

Valdzemuller 1507-yilda X.Kolumb kashf etgan materikni Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Bu nom hammaga manzur bo'lgan. Keyinchalik esa Gerard Merkatorning (1512) xaritalarida ilk marotaba Amerika degan so'z ishlatildi. Shu tarzda Yangi dunyoga nom berildi.

Tarixda birinchi bo'lib, dunyo bo'ylab sayohatni Fernan Magellan boshchiligidagi ekspeditsiya amalga oshirdi. Bu sayohat Yerning shar ya'ni dumaloq shaklda ekanligini isbotladi. F.Magellan astronomiya va navigatsiya bo'yicha yaxshi bilimga ega edi. 1519-yil sentabr oyida 5 ta kema bilan yo'lga chiqadi. 1520-yilda La-Plataning dengizga quyilish joyigacha yetib bordi. Fevral oyida janubga suzishda davom etdi. F.Magellan ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan bo'g'iz keyinchalik Magellan bo'g'izi deb ataldi. Kemalar Olovli Yer oroli bilan Magellan bo'g'izi orqali o'tib, noma'lum okeanga o'tishdi. Okeanning tinch tabiati uchun F.Magellan tomonidan "Tinch okean" deb nom berildi. To'xtovsiz 17 ming km masofani o'tib, Mariana, Filippin orollariga yetib borishdi.F.Magellan Fillipinlik mahalliy xalq bilan to'qnashuvda vafot etdi. Hamrohlari Tinch okeani orqali suzib, Afrikaning janubi orqali faqat 1 ta "Viktoriya" kemasida 1522-yilda Ispaniyaga qaytib kelishdi va dunyo bo'ylab suzishni yakunladilar. Ekspeditsiya orqali yerning sharsimonligi hamda yer yuzasining ko'p qismi suv bilan qoplanganligi aniqlandi.

Golland geografi B.Varenius 1650-yilda Antarktidani o'rab turgan qismini Janubiy okean deb mustaqil okeansifatida ajratgan. Okeanning chegarasi Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya materiklarining va Tasmaniya hamda Yangi Zelandiya orollarining janubiy chekkalari orqali o'tkazilgan shartli chiziq va janubiy qutbiy doira 35-60° j.k. lar orqali o'tkazilgan. Janubiy okeanni alohida okean qilib ajratishda iqlimning sovuqligi, gidrologik sharoitlar asos qilib olingan. Biroq keyingi tadqiqotlar natijasida Janubiy okeanning iqlimiy va gidrologik sharoitlari Atlantika, Tinch va Hind okeanlariga o'xshashligi aniqlangan. Shu sababli Janubiy okean termini ishlatilmagan.

Uilyam Yanszon boshchiligidagi Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi ekspeditsiyasi Karpentariya ko'rfaziga keldi. U.Yanszon va ekspeditsiya a'zolari Yangi Gvineya qirg'oqlarini o'rganishdi. Gollandiyaliklar Yava orolidan Yangi Gvineyaning janubiy qirg'og'igasuzib o'tib, bir qancha vaqt o'tgach Keyp-York yarimoroli qirg'og'iga yetib borishdi. Hamda 1606-yilda gollandiyalik

U.Yanszon Avstraliyani kashf etgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan so'ng ispaniyalik A.Torres Keyp-York yarimoroli shimolidagi bo'g'izdan suzib o'tdi. Keyinchalik bu bo'g'iz uning nomiga qo'yilgan. 1640-yil gollandiyaliklar materikning g'arbini, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf etgan.

Jeyms Kuk mashhur ingliz dengiz-sayyohi va kartografi. Sayyoh yer shari bo'ylab 3 ta aylanma sayohatga boshchilik qilgan va ko'plab geografik ma'lumotlar to'plagan. Nyufaundlend oroli va Kanadaning sharqiy qirg'oqlarini, Avstraliyani, Tinch, Hind va Atlantika okeanlarini o'rgangan. Hamda J.Kuk tomonidan tuzilgan xaritalar aniqligi bilan alohida ajralib turadi. 1768-1771 yillarda "IN-devof kemasida Tinch okeaniga amalga oshirilgan birinchi ekspeditsiya Janubiy materikni topish va Avstraliya qirg'oqlarini o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. 1769-yilning oktabrida baland tog' bilan qoplangan noma'lum yerga yetib keldilar. Bu Yangi Zelandiya bo'lib, sayyoh uch oy davomida uning barcha qirg'oqlarini tekshirdi. Keyinchalik ikki orolni ajratib turuvchi bo'g'izga Kuk nomi berilgan. Sayyoh boshchiligidagi ekspeditsiya Okeaniya va Janubiy Atlantika orollarini xaritalarga aniqlik kiritish, uning geologiyasi, hayvonot olamini o'rganish bo'yicha kattta hajmdagi tadqiqotlarni amalga oshirgan. 1774-yil 3-sentabrda ekspeditsiya tomonidan Yangi Koledoniya oroli kashf etilgan. 1778-yil 18-yanvarda J.Kuk Gavayi orollarini kashf qildi.

Buyuk geografik kashfiyotlarning natijalari. Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari ma'lumotlar bilan boyidi. Vasko da Gama Hindistonga bolib boradigan dengiz yo'lini ochdi, F.Magellan dunyoning ko'p qismini suv qoplab yotishini aniqlab geografiya fanining rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Mikluxo Maklay esa Yangi Zelandiyaliklar va Yangi Giveniyalik Papuaslar bilan 12 yil yashab bu xalqlar haqida ko'plab ma'lumotlar to'pladi. U nafaqat geografiyaga, balki etnografiyaga ham ma'lumotlar to'plagan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida yangi dengiz savdo yo'llari ochildi. Dengiz savdo yo'llarining ochilishi o'z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirdi. Endi savdogarlar dengiz yo'li orqali uzoq mamlakatlarga tovarlar olib bora olishadi. Buyuk geografik kashfiyotlar insonlar uchun yuqorida aytib o'tilgan shunday imkoniyatlarni berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirzaliyev T. Kartografiya. T.: 2002

2. Shubayev L.P. Umumiy Yer bilimi. T.: O'qituvchi. - 1975

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.