Научная статья на тему 'BUYUK AJDODLAR ILMIY MEROSINI O’RGANISH ASOSIDA MILLIY IFTIXOR TUYG’USINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI'

BUYUK AJDODLAR ILMIY MEROSINI O’RGANISH ASOSIDA MILLIY IFTIXOR TUYG’USINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

14721
249
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ajdodlar ilmiy merosi / milliy qadriyat / milliy iftixor / milliy qadriyatlarimizda takabburlik / madaniy merosiga / milliy meros / scientific heritage of ancestors / national value / national pride / arrogance in our national values / cultural heritage / national heritage

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Bilamizki o’tmishsiz kelajakni barpo etish mumkin bo’lmasligi, bu esa ajdodlar qoldirgan ilmiy merosini o’rganish birga milliy iftixorni yoshlar ongida aks etishidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF NATIONAL PRIDE ON THE BASIS OF THE STUDY OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF GREAT ANCESTORS

We know that it is impossible to restore the future without the past, which together with the study of the scientific heritage left by the ancestors is a reflection of national pride in the minds of the youth.

Текст научной работы на тему «BUYUK AJDODLAR ILMIY MEROSINI O’RGANISH ASOSIDA MILLIY IFTIXOR TUYG’USINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1034-1038

BUYUK AJDODLAR ILMIY MEROSINI O'RGANISH ASOSIDA MILLIY IFTIXOR TUYG'USINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

a.raxmonov@cspi.uz

ANNOTATSIYA

Bilamizki o'tmishsiz kelajakni barpo etish mumkin bo'lmasligi, bu esa ajdodlar qoldirgan ilmiy merosini o'rganish birga milliy iftixorni yoshlar ongida aks etishidir.

Kalit so'zlar: ajdodlar ilmiy merosi, milliy qadriyat, milliy iftixor, milliy qadriyatlarimizda takabburlik, madaniy merosiga ,milliy meros.

FORMATION OF NATIONAL PRIDE ON THE BASIS OF THE STUDY OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF GREAT ANCESTORS

ABSTRACT

We know that it is impossible to restore the future without the past, which together with the study of the scientific heritage left by the ancestors is a reflection of national pride in the minds of the youth.

Keywords: scientific heritage of ancestors, national value, national pride, arrogance in our national values, cultural heritage, national heritage.

KIRISH

Mamlakatimiz raxbari 2022-2026 yillarda milliy rivojlanish yo'lida ortirilgan tajribalarga asoslanib "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi dasturi"da muhim vazifalarni ta'kidlab o'tdilar. Mazkur taraqqiyot strategiyasida sifatli ta'lim-tarbiya masalasiga va milliy qadriyatlarga nisbatan yoshlarni hurmat e'tiborini oshirish kerakligi ta'kidlanadi. Azal-azaldan ma'lum o'zbek xalqi tarixiga, madaniy merosiga hurmat-bu; uning yaratuvchilariga, rivojlantiruvchilariga va davomchilariga izzat-ikrom, mehr-oqibatli hisblanib kelgan. O'tmishdoshlarimizga biz qanday munosabatda bo'lsak, farzandlarimizdan bizga shunday javob qaytishligini talabalarimizga tushuntirish masalaning muhim jihatlaridan biri sifatida qaraymiz. O'tmishimizni qanchalik yaxshi bilsak va e'zozlasak, hozirgi davrni, mustaqillikning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1034-1038

istiqbolini shunchalik chuqur anglaymiz. Asosaiysi mustaqillik tufayli xalqimizning madaniy-ma'naviy taraqqiyotiga keng yo'l ochildi. Hozirda milliy meros mohiyatini anglashgina emas, shu bilan birga uni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Juda ko'plab ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy asarlar, qadimiy qo'lyozmalar ketma-ket qayta nashr qilinmoqda. Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash ishlari boshlangan. Buyuk allomalar tomonidan yaratilgan va har xil sabablar bilan respublikadan tashqariga tashib ketilgan, milliy boylik, o'zbek xalqining milliy iftixori bo'lgan san'at asarlarini, qimmatli qo'lyozmalarni izlab topish, o'z ona-vataniga qaytarish chora-tadbirlari ko'rilmoqda: "Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash, o'zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo'lgan san'at asarlarini izlab topish, ularni O'zbekistonga qaytarish ma'naviyat dasturimizning muhim bo'lagini tashkil qiladi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko'z qorachig'iday asrashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak".

Odob-axloq, ta'lim-tarbiya sohasidagi qadriyatlarimiz bizlar uchun bebaho milliy meros, ma'naviy boylikdir. Ana shu milliy qadriyatlarni tiklash, ulardan foydalanish, yosh avlodga yetkazish mustaqillikni mustahkamlashda, unga qarshilik qiladigan har qanday kuchga zarba berishda, farzandlarimizda milliy iftixor tuyg'usini shakllantirishda dasturi amal bo'ladi, degan fikrdamiz. Bilimlarni puxta egallashga intilish, ustozlarni hurmat qilish, odamgarchilik, mardlik, kamtarlik, haqiqatparvarlik, halollik kabi insoniy fazilatlarni ulug'lash borasida ham boshqalar ibrat olishi mumkin bo'lgan qadriyatlarimiz juda ko'p.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Milliy qadriyatlarimizda bilim, ayniqsa, bilimdonlik ulug'lanadi. Bilim eng katta boylik ekanligi, dunyoda undan qadrliroq narsa yo'qligi to'g'risida qadimgi hind xalqining «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisrovning «Saodatnoma», «Ro'shnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», Alisher Navoiyning «Xamsa», «Mahbub-ul qulub» kabi mashhur asarlarida muhim fikrlar aytilgan.

O'zbek millati madaniyati va tarixida insonni ilm asoslarini bilib olishga chaqirmagan, bilimning xosiyati haqida yozmagan birorta shoir, yozuvchi yoki olim bo'lmasa kerak. Buyuk bobokalonlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1034-1038

qalamlariga mansub asarlarning har biri insoniyat uchun mislsiz boylik, bitmas-tuganmas xazinalar konidir. Bular va o'zbek millatining faxri, iftixori bo'lmish boshqa donishmandlarimizning ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy, tibbiy, axloqiy, huquqshunoslikka oid va boshqa bir qator asarlari hozirgi yoshlarimiz va kelajak avlodning ham istiqbolini ilm-ma'rifat nurlari bilan yoritib turadi. Zehn-zakovatda, aqlu-idrokda, ilm-fanda tengi yo'q, buyuk kashfiyotlari bilan dunyoni lol qoldirgan mutafakkirlar, mashhur kishilari borligi bilan o'zbek xalqi qancha faxrlansa, iftixor qilsa arziydi!

O'zbek xalqiga avlod-ajdodlardan buyuk an'ana, milliy meros bo'lib o'tib kelayotgan ilm-fanga o'chlik, madaniyatga talpinish, odob-axloq qoidalarini chuqur o'zlashtirib hayotga tatbiq etishga intilish, bilimini oshirish, tafakkurini o'stirib borish kabi xislatlar - millatning faxri, iftixoridir.

XI asrning iste'dodli shoiri va donishmandi Ahmad Yugnakiy «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar armug'oni») asarida ilmli va ilmsizning, olim va johilning farqli tomonlarini shunday ochib beradi: «...bilimdon kishilarga o'zingni bog'la. Bilim bilan baxt-saodat yo'llari o'rganiladi, bilim egallab, saodat yo'lini top. Bilimli kishi qimmatli oltindir. Johil, bilimsiz kishilar arzimas qalbaki (aqcha)dir. Bilimli bilan bilimsiz qachon teng bo'ladi? Bilimli ayol er(mard)dir, bilimsiz er ayol(zaif)dir. Suyakka ilik, er kishiga ilm kerak. Erning ko'rki aql, suyakning ko'rki ilikdir. Bilimsiz iliksiz suyakdek bo'sh - quruqdir, iliksiz suyakka esa qo'l uzatmaydilar. Er kishi bilim o'rganib, bilguvchi bo'lib qoladi, bilimsiz tiriklikda ko'rguliklar ichida qoladi. Bilimli er o'lsa ham oti o'chmaydi, bilimsiz kishi hayot chog'ida ham uning oti o'likdir». Bu purhikmat fikrlar hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Ma'rifatning inson qadr-qimmati va izzat-e'tiborini oshirishdagi ahamiyati Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») nomli asarlarida ham o'z ifodasini topgan. YUsuf Xos Hojibning quyidagi fikrlarini o'zlariga hayot dasturi qilib olgan biror inson adashmaydi, alloma va uning asarlari milliy iftixorimiz ekanligini yanayam chuqurroq anglaydi: «Zakovat qorong'u tundagi mash'al kabidir, bilim esa nur tarqatuvchi yorug'likdir. Kimda zakovat bo'lsa, o'sha asil odam bo'ladi, kimda bilim bo'lsa, u martabaga erishadi. Bilim javohir kabi bir yerda to'planib turadi, u zakovatning konidir, bir yerda jamlanib yotadi. Mushk-anbar va bilim bir-biriga o'xshash narsalardir, ularni o'zidan bo'laklardan yashirib saqlab bo'lmaydi. Mushk-anbarni yashirsang, uni hidi oshkora qiladi, bilimni yashirsang, uni tiling oshkora qiladi. Bilim o'z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuganmas boyylikdir, o'g'ri va qalloblar uni hech qachon

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1034-1038

o'g'iriab ola olmaydi» . Inson qanchalik ilmli, hunarli bo'lsa, shunchalik oddiy va kamtar bo'ladi. Kamtar insonning obra'si oshadi, do'stlaгi ko'payadi, hammaga birday yoqadi. Kamtar inson yumshoq, sahovatli, odob-andishali, sharm-hayoli bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go'zalraq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Odobli odam o'z tengdoshlari orasida ham tahsinga loyiq. Hech qanday ehson bermay kattadan-kichik,hammani shod qiladi, hech qanday hadya qilmay, kishilarning g'amini tarqatadi. ... Tavoze' va odob egalariga hamma ta'zim qiladi va hurmat bildiradi" .

Xorazmlik buyuk o'zbek mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning gullab-yashnashiga bog'liq, kishining baxti esa uning bilim va ma'rifatida, deb ta'kidlagan. Alloh insonni baxtli yoki baxtsiz qilib yaratmaydi. Bunga uning o'zi sababchi. CHunki alloh insonga iroda, ixtiyor, tanlash va faoliyat erkinligini berib qo'ygan. Aqlli va bilimlilar o'zlarini o'zlari baxtli qila oladilar .

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko'p asrlar davomida qo'llangan usul va vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar, an'anala^ tarbiya haqidagi g'oya^ - hayotiy tajribalar o'zbek xalq pedagogikasida mujassamdir.

O'tmishda oilada turli mavzudagi ertak, latifa, hikmatlardan keng foydalanilgan. Ota-onalarning tunda uyqu oldidan aytib bergan ertaklaridan bolalar ruhiy oziq olgan, hayotdagi va odamlardagi yaxshi fazilat, yomon xislatlarni bilib olishgan, hurmat va muruvvat, adolat kabi tushunchalar haqida tasavvurga ega bo'lishgan. Natijada butun hayotlari davomida ertaklar ularning doimiy hamrohi, hayot darsligi bo'lib xizmat qilgan va hozir ham shunday bo'lmoqda. Ularning qahramonlari o'sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat, faxr-iftixor namunasidir.

REFERENCES

1. SH.M.Mirziyoyev "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi" 2021yil 30 dekabr.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1034-1038

2.Mirziyoyev SH. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari // Toshkent: O'zbekiston. 2020. - B. 401, 105-106.

3.Karimov I.A. YUksak ma'naviyat yengilmas kuch // Toshkent. O'zbekiston. 2008. 32, 47, 44-45, 105-106, 176.

4.Abu Rayxon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar / Tanlangan asarlar -T., Fan, 1968. T.1. -B.306.

5.Axmad Yassaviy. Xikmatlar // Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1991. - B. 256.

6.A.R.Raxmonov Talabalarda milliy iftixor tuyg'usining shakllantirishda klaster metodidan foydalanish samarali usul sifatida Ares academic research in educational sciences, 2(9), 881-885.

7.A.R.Raxmonov Innavative activities of students in the education system of the Republic of Uzbekistan. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) https: //www.tarj. in

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.