Научная статья на тему 'BUYRAKLAR ANOMALIYASI BO’LGAN BOLALARDA GIDRONEFROZ KLINIKASI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARIGA TAKTIK YONDASHUV'

BUYRAKLAR ANOMALIYASI BO’LGAN BOLALARDA GIDRONEFROZ KLINIKASI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARIGA TAKTIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
983
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Gidronefroz / urodinamika / obstruktiv uropatiya / pielonefrit

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Sapayev O.Q., Matkurbanov B.M., Bobojonov B.Q.

Ushbu maqolada xozirgi kunda bolalar jarrohligi, urologiyasi hamda pediatriyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblandigan bolalarda uchraydigan buyraklar tug’ma nuqsonlari natijasida kelib chiqadigan turli xildagi obstruksiyalarni erta tashxislash va unlarning oqibatida hosil bo’lgan gidronefrotik o’zgarishlarning klinik kechishi, tashxislash usullari hamda qo’llanilgan davo taktikalarining taxliliy natijalari haqida so’z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYRAKLAR ANOMALIYASI BO’LGAN BOLALARDA GIDRONEFROZ KLINIKASI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARIGA TAKTIK YONDASHUV»

BUYRAKLAR ANOMALIYASI BO'LGAN BOLALARDA GIDRONEFROZ KLINIKASI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARIGA TAKTIK YONDASHUV 1Sapayev O.Q., 2Matkurbanov B.M., 3Bobojonov B.Q.

1,2,3Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.8354009

Annotatsiya. Ushbu maqolada xozirgi kunda bolalar jarrohligi, urologiyasi hamda pediatriyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblandigan bolalarda uchraydigan buyraklar tug'ma nuqsonlari natijasida kelib chiqadigan turli xildagi obstruksiyalarni erta tashxislash va unlarning oqibatida hosil bo'lgan gidronefrotik o'zgarishlarning klinik kechishi, tashxislash usullari hamda qo'llanilgan davo taktikalarining taxliliy natijalari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Gidronefroz, urodinamika, obstruktiv uropatiya,pielonefrit.

Abstract. In this article, the early diagnosis of various obstructions caused by congenital kidney defects in children, which is considered one of the urgent problems of children's surgery, urology and pediatrics, and the clinical course of hydronephrotic changes caused by them, methods of diagnosis and the treatment used analytical results of tactics are discussed.

Keywords: hydronephrosis, urodynamics, obstructive uropathy, pyelonephritis.

Аннотация. В статье рассмотрены ранняя диагностика различных обструкций, обусловленных врожденными пороками почек у детей, что считается одной из актуальных проблем детской хирургии, урологии и педиатрии, а также клиническое течение вызванных ими гидронефротических изменений, методы диагностики и лечения. Обсуждаются аналитические результаты применяемой при лечении тактики.

Ключевые слова: Гидронефроз, уродинамика, обструктивная уропатия, пиелонефрит.

Mavzuning dolzarbligi: Statistik ma'lumotlarga qaraganda yuqori siydik chiqaruv yo'llari tug'ma nuqsonlari barcha tug'ma nuqsonlarning 35-40 % tashkil qiladi. Buyraklar va siydik yo'llarining tug'ma anomaliyalari yangi tug'ilgan 1000 ta chaqaloqlarning 3:6 nisbatda uchrashi kuzatilgan. Zamonovaiy bolalar urologiyasining tamoyillaridan biri bu har-xil anomaliyalarni o'z vaqtida aniqlash va kerakli profilaktik va davolash ishlarini amalga oshirishdan iboratdir. O'z navbatida mazkur nuqsonlar azoning anotomik jihatdan qanday o'zgarishga qarab qon tomir,miqdor, joylashuv struktur va buyraklarning o'zaro munosabat nuqsonlira ajratiladi. Buyrak qon tomir nuqsonlar (arteriya yoki venalaridagi o'zgarishlar). Chastotasi bo'yicha buyrak miqdor nuqsonlari 31 % tashkil qilib (aplaziya,ageneziya,ikkilanish,qo'shimcha buyrak) mazkur guruh nuqsonlari ichida buyrak buyrakning ikkilanishi ko'p uchraydi. Joylashuv nuqsonlari uchrashi 1:600,1:1000 (Gomolateral, geterolateral distopiya, buyrak rotatsiyasi) ni tashkil qiladi. Buyraklarning o'zaro munosabat nuqsonlari uchrashi ko'ra 14 % ni tashkil qiladi (simmetrik,asimmetrik). Ushbu nuksonlarni klinik axamiyatga ega bo'lishi shundan iboratki ulardagi anatomik o'zgarishlar ostida ayiruv tizimidagi turli xil uropatiyalar, siydik yo'llari infeksiyalari, gidronefroz transformatsiyasi, siydik tosh kasalliklariga olib kelish ehtimolini oshiradi. Buyrak tug'ma nuqsonlarini erta taxshislash va davo muolajalarini o'z vaqtida olib borish kelgusida kelib chiqishi mumkin bo'lgan yamon asoratlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi: Buyraklar tug'ma nuqsoni bo'lgan bolalarda obstruktiv urodinamik buzilishlar natijasida rivojlangan gidronefrotik o'zgarishlarni erta tashxislash va samarali davo usullarini tanlash.

Material va usullar: 2016 - 2023 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali kilinikasi hamda VBKKTM xirurgiya bo'limiga siydik yo'llari tug'ma rivojlanish nuqsoni bilan davo muolajalari olgan, 127 nafar o'g'il bolalar 83 nafar (65,3%), qiz bolalar 44 nafar (34,7%) bemorlarda taxliliy ishlar olib borildi. Bemorlarda umumiy va bioximik qon tahlili, najas tahlili, siydik cho'kmasini miqdoriy tekshiruv usullari (Nechiporenko, Addis-Qakovskiy sinamalari) buyrakning konsentrasiyalash qobilyatini aniqlash (Zimniskiy-Rozelman, Folgard sinamalari), UTT diuretik sinama bilan, dopleragrafiya, Rentgenologik tekshiruv uslublari (tasviriy, ekskretor va infuzion urografiya, rentgenoteleskopiya) o'tkazildi. Urodinamikani tekshirish usullari (piyelomanometriya, indigokarminli sinamalar), kontrastli MSKT tekshirish usullari ham qo'llanildi.

Tadqiqot natijalari:O'tkazilgan klinik va lobarotor tekshiruv natijalariga asoslangan xolda bemorlarning 17 nafarida o'g'il bolalar 11 nafar (64.7%), qiz bolalar 6 nafar (35.3%) da buyraklar tug'ma nuqsoni natijasida yuzaga kelgan gidronefroz transformatsiyasi aniqlandi. Olib borilgan klinik tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki bemorlarning 5 nafarida (29.4%) bemorlarda obstruktiv buzilishlarga olib kelgan aniqlangan nuqsonlardan 1 nafar bemorda buyraklarning joylashuv nuqsonli ya'ni bel distopiyasi kuzatildi, 1 ta holatda bemorlarda taqasimon buyrak nuqsoni, 2 nafar bemorda L-simon buyrak nuqsoni, 1 nafar bemorda esa buyraklarning ikkilanish nuqsoni bo'lgan bemorlarada gidronefrotik transformatsiya I-II bosqichda ekanligi aniqlandi. Bemorlardagi klinik tekshiruvlar quyidagicha natija bergan: buyrak va jom giperkineziya xolatida, faoliyati saqlangan, ekskretor urografiyada kontrast modda yaxshi o'tadi, kosachalar shakli biroz o'zgargan, bemorda onda-sonda og'riqlar bo'lgan, tana xororati ko'tarilmagan, umumiy va bioximik qon taxlillari normada, siydik yo'llari infeksiyalari kuzatilmagan tekshiruv natijalariga asoslanib bemorlarga gidronefrotik transformatsiyasining bu bosqichlarda bemorlarga konservativ va fiziterapevtik muolajalar qo'llanilgan. 12 nafar (70.6%) bemorda subfebril tana xarorati, bel soxasida og'riqlar, siydik yo'llari infeksiyasi kuzatilgan, ekskretor urografiyada buyrak kosachalri kengaygan jomi cho'zilgan, siydik taxlilida mikro vs makro gemoturiya aniqlanadi tekshiruv natijalariga ko'ra bemorlarga gidronefrotik transformatsiyasining III-IV bosqichi aniqlangan, klinik tekshiruvlarga asoslanib bemorlarning 4 nafarida (33.3%) Taqasimon buyrak nuqsoni natijasida siydik nayi buyrak jomining yuqori qismidan chiqqanligi oqibatida yuzaga kelgan urodinamik obstruksiya sababli gidronefrotik transformatsiya rivojlangani aniqlanib bemorlarning 3 nafarida Albarran bo'yicha yon-yon piyeloureteroanastomoz qo'yish amaliyoti o'tqzilgan. 1 nafar bemorda esa Istmotomiya amaliyoti qo'llanilgan. Bemorlarning 2 nafarida (16.7%) buyraklarning ikkilanganlik nuqsoni natijasida yuzaga kelgan urodinamik obstruksiya oqibatida gidronefrotik transformatsiya rivojlangani aniqlanib bemorlarda Geminefroureterektomiya amaliyotlari o'tkazilgan. 3 nafar (25%) bemorda gidronefrotik transformatsiyaga olib kelgan sabab aberrant qon tomir ekanligi aniqlanib Geminefrektomiya amaliyoti o'tkazilgan. 2 (16,7%) nafar bemorda buyrak joylashuv nuqsoni (Chanoq va bel distopiyasi) natijasida yuzaga kelgan gidronefrotik o'zgarish Andersen-Yan-Kucher bo'yicha PUS rezeksiyasi pieloureteroplastika amaliyoti bilan bartaraf qilingan. 1 (8.3%) nafar bemorda gidronefrotik transformatsiya bir tomonlama buyrak gipoplaziyasi natijasi ekanligi ekanligi aniqlanib Nefrektomiya amaliyoti bajarilgan.

Xulosa: Buyraklar tug'ma nuqsoni sababli yuzaga keladigan siydik yo'llari obstruksiyasi

natijasida rivojlangan gidronefrotik transformatsiyasini erta tashxislash va davo muolajalarini

to'g'ri olib borish kasallik oqibatida kelib chiqishi mumkin bo'lgan yamon asoratlarni oldini

olishda katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Gafurov A.A. "Bolalarda siydik chiqaruv yo'llari tug'ma rivojlanish nuqsonlari" o'quv qo'llanma. Andijon 2020. 49-70 b.

2. Permyakov P.E., Chanpalov I.A., Gerner M.G., Pyatkova S.I., Petrukhina L.V. "ASPECTS OF ULTRASOUND DIAGNOSTICS OF CONGENITAL HYDRONEPHROSIS IN CHILDREN" ГОУ ВПО «Астраханская государственная медицинская академия Росздрава»

3. Sapayev O.Q., Aliyev M.M., Terebaev B.A., " Врожденная суправезикальная обструкция у детей" monografiya IJOD-PRINT 2019. 27-b. 97-b. 207-b.

4. Sapayev O.Q "Tug'ma gidronefroz" monografiya IJOD-PRINT 2019.

5. Аверченко М.В., В.В.Ясюченя А.Д.Ти "ЭХОГРАФИЧЕСКИЕ И ДОППЛЕРОГРАФИЧЕСКИЕ КРИТЕРИИ ТЕЧЕНИЯ ГИДРОНЕФРОЗА У ДЕТЕЙ" 1 СПБ ГБУЗ «Детская городская клиническая больница № 5 им. Н. Ф. Филатова» (г. Санкт-Петербург).

6. Антонова Е.В., Пашинская Н.Б., Бирюкова Н.В, "АНОМАЛИИ РАЗВИТИЯ ПОЧЕК У ДЕТЕЙ" Смоленская государственная медицинская академия Вестник Смоленской медицинской академии, 2003,№5.

7. Врублевский С.Г., Врублевская Е.Н. "ГИДРОНЕФРОЗ У ДЕТЕЙ (ВЗГЛЯД СКВОЗЬ ПРИЗМУ ВРЕМЕНИ )" 1 ГБУЗ «Морозовская детская городская клиническая больница», 119049, г. Москва;

8. Катьк В.А. "Справочник детского хирурга" Минск 2013. 317-b.

9. Копжасаров К.Т. Медицинский университет Астана, Астана, Республика Казахстан " ГИДРОНЕФРОЗ У ДЕТЕЙ " МЕДИЦИНСКИЙ ВЕСТНИК СЕВЕРНОГО КАВКАЗА, № 1, 2009.

10. Кутырло И.Э., Савенкова Н.Д. " CAKUT - СИНДРОМ У ДЕТЕЙ " Кафедра факультетской педиатрии Санкт-Петербургского государственного педиатрического медицинского университета, Россия 2010.

11. Митрофанов КВ. "ВРОЖДЕННЫЕ АНОМАЛИИ ПОЧЕК У ДЕТЕЙ ОМСКОЙ ОБЛАСТИ: КЛИНИКО ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ" Омская государственная медицинская академия, Кафедра детских болезней № 1,г. Омск 2011.

12. Пыков М.И., Гуревич А.И., Шмиткова Е.В., Голоденко Н.В. Допплерографическая оценка уродинамики при обструктивных уропатиях у детей раннего возраста // Ультразвуковая и функциональная диагностика. - 2004. - № 3. - С. 71-76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.