Научная статья на тему 'BUXORODA AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMI VA TARBIYADA JADID MARIFATPARVARLARINING MANBALARI VA ADABIYOTLARINING TAHLILI'

BUXORODA AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMI VA TARBIYADA JADID MARIFATPARVARLARINING MANBALARI VA ADABIYOTLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manba / manbashunoslik / ta’lim / tarbiya / uzluksiz ta’lim / tadqiqot / maqola / dastur / tizim / an’anaviy ta’lim / maktab / madrasa. / источник / источниковедение / образование / воспитание / системное образования / исследование / статья / программа / система / традиционное образование / школа / медресе.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O.Sh. Axmadov

ushbu maqolada Buxoroda XIX asr oxiri-XX asr 30 yillarida ta’lim-tarbiya muammolariga bag‘ishlab yaratilgan manbalar va adabiyotlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE SOURCES AND LITERATURE OF THE JADID MARIFATISTS IN THE TRADITIONAL SYSTEM OF EDUCATION AND UPBRINGING IN BUKHARA

в данной статье научно исследовано на основе источников и литературы по проблемам образования и воспитания в Бухаре в конце XIX и первой четверти XX века.

Текст научной работы на тему «BUXORODA AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMI VA TARBIYADA JADID MARIFATPARVARLARINING MANBALARI VA ADABIYOTLARINING TAHLILI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© O.Sh. Axmadov1H_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada Buxoroda XIX asr oxiri-XX asr 30 yillarida ta'lim-tarbiya muammolariga bag'ishlab yaratilgan manbalar va adabiyotlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

MAQSAD: Buxoroda an'anaviy ta'lim tizimi va tarbiyada jadid marifatparvarlarining manbalari va adabiyotlarining tahlil qish orqali tarixiy tajribadan zamonaviy ta'limda foydalanish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda ishlatilgan usullar, nazariy yondashuvlar, o'rganilgan adabiyotlar va boshqa manbalar haqida ma'lumot beriladi. Tahlil qilingan ma'lumotlarning metodologiyasi va ishlatilgan tahliliy usullar tavsifi kiritiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Buxoroda asrlar davomida boshlang'ich ta'lim maschitlar qoshidagi maktablarda berib kelingan. Bunday maktablar tarixi VIII asr boshlariga borib taqaladi. O'rta Osiyoda islom dinining joriy etilishi, maschit hamda madrasalar qurilishi bilan musulmon maktablari vujudga kelgan. "Maktab" so'zi arabcha "kataba" - yozmoq fe'lidan yasalgan bulib, "yozishga o'rgatiladigan joy"1 deyilsa, ayrim hollarda "maktab" atamasi "mirzalar maktabi" ma'nosini bildirgan. Maktab musulmonlarning masjidlar qoshidagi xat-savod chiqarish va diniy udumlarni o'zlashtirish dargohi bo'lgan. Bunday an'naviy ta'lim tizimi O'rta Osiyo Arab xalifaligi tomonidan istilo kilingandan so'ng zardushtiylarning "dabiriston"lari o'rnida shakllangan.

XULOSA: Buxoro amirligida boshlang'ich ta'lim XIX asr oxiri - XX asr boshlarida zamon talablaridan ortda qolib, islohotlarga muhtoj bo'lib qolgandi. Buxoroning Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abduvohid Munzim singari taraqqiyparvar insonlari maktabxonalar faoliyatini tubdan yangilash orqali inqirozli holatdan chiqish mumkinligi to'g'risidagi ilg'or fikrlarini ilgari surdilar. Amir Sayd Olimxonni bu borada buyruq chiqarishga undashdi. Biroq diniy mutassiblar 1911 yilda bunday buyruq chiqarish ga yo'l bermay, amirga eski tartiblarni saqlab qolish haqidagi buyruqqa imzo chektirdilar.

Kalit so'zlar: manba, manbashunoslik, ta'lim, tarbiya, uzluksiz ta'lim, tadqiqot, maqola, dastur, tizim, an'anaviy ta'lim, maktab, madrasa.

Iqtibos uchun: Axmadov O.Sh. Buxoroda an'anaviy ta'lim tizimi va tarbiyada jadid marifatparvarlarining manbalari va adabiyotlarining tahlili. // Inter education & global study. 2024. №7. B.401-406.

1 Долимов У. Эски мактаб // Тафаккур. - Тошкент, 2010. - № 1. -Б. 66-73.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

АНАЛИЗ ИСТОЧНИКОВ И ЛИТЕРАТУРЫ ДЖАДИДСКИХ МАРИФАТИСТОВ В

ТРАДИЦИОННОЙ СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ В БУХАРЕ

© О.Ш. Ахмадов1 и

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье научно исследовано на основе источников и литературы по проблемам образования и воспитания в Бухаре в конце XIX и первой четверти XX века.

ЦЕЛЬ: использование исторического опыта в современном образовании посредством анализа источников и литературы сторонников джадидизма в традиционной системе образования и воспитания в Бухаре.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: предоставляется информация о методах, теоретических подходах, изучаемой литературе и других источниках, используемых в исследовании. Вводится методология анализируемых данных и описание используемых аналитических методов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: начальное образование в Бухаре на протяжении веков давалось в школах при мачитах. История таких школ восходит к началу VIII века. С введением ислама в Средней Азии, строительством мечетей и медресе возникли мусульманские школы. Слово" школа "образовано от арабского глагола" катаба " - писать, что означает" место, где учат писать", в то время как в некоторых случаях термин" школа "означал" школа мирзалара". Школа была местом выпуска мусульманской грамоты при мечетях и овладения религиозными навыками. Такая традиционная система образования сложилась на месте зороастрийского "дабиристана" после завоевания Средней Азии Арабским халифатом.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: начальное образование в Бухарском эмирате в конце XIX -начале XX века отставало от требований времени и нуждалось в реформах. Прогрессивные люди Бухары, такие как Ахмед Дониш, Абдурауф Фитрат, Садриддин Айни, абдувахид мунзим, выдвинули прогрессивные идеи о том, что можно выйти из кризисной ситуации путем радикального обновления деятельности школ. Амир Сайд Олимхан был вынужден издать приказ по этому поводу. Однако религиозные фанатики не позволили эмиру издать такой приказ в 1911 году, подписав приказ эмиру о сохранении старых порядков.

Ключевые слова: источник, источниковедение, образование, воспитание, системное образования, исследование, статья, программа, система, традиционное образование, школа, медресе.

Для цитирования: Ахмадов О.Ш. Анализ источников и литературы джадидских марифатистов в традиционной системе образования и воспитания в бухаре. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 401-406.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

cc

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ANALYSIS OF THE SOURCES AND LITERATURE OF THE JADID MARIFATISTS

IN THE TRADITIONAL SYSTEM OF EDUCATION AND UPBRINGING IN BUKHARA

© Olimjon Sh. Axmadov1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: In the following article the sources and literature related with the education-upbringing in Bukhara in the end of 19th first quarter of the 20th century is scientifically analyzed.

AIM: to use historical experience in modern education through the analysis of sources and literature of supporters of Jadidism in the traditional system of education and upbringing in Bukhara.

Materials and methods: information is provided on methods, theoretical approaches, the literature under study and other sources used in the study. The methodology of the analyzed data and the description of the analytical methods used are introduced.

DISCUSSION AND RESULTS: Primary education in Bukhara has been given in Machite schools for centuries. The history of such schools dates back to the beginning of the VIII century. With the introduction of Islam in Central Asia, the construction of mosques and madrasas, Muslim schools arose. The word "school" is derived from the Arabic verb "kataba" - to write, which means "a place where one learns to write", while in some cases the term "school" meant "mirzalar's school". The school was a place for issuing Muslim letters at mosques and mastering religious skills. Such a traditional education system developed on the site of the Zoroastrian "Dabiristan" after the conquest of Central Asia by the Arab Caliphate.

CONCLUSION: primary education in the Bukhara Emirate at the end of the XIX -beginning of the XX century lagged behind the requirements of the time and needed reforms. Progressive people of Bukhara, such as Ahmed Donish, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Aini, abduvahid munzim, put forward progressive ideas that it is possible to get out of the crisis situation by radically updating the activities of schools. Amir Sayd Olimkhan was forced to issue an order on this occasion. However, religious fanatics did not allow the emir to issue such an order in 1911, signing an order to the emir to preserve the old order.Key words: Source, source studiers, education-upbringing, chain education, study, article, program, system, nontraditional education, school, madrassa.

For citation: Olimjon Sh. Axmadov. (2024) 'Analysis of the sources and literature of the jadid marifatists in the traditional system of education and upbringing in bukhara', Inter education & global study, (7), pp. 401-406. (In Uzbek).

O'rta Osiyoda ana'naviy ta'lim ikki bosqich: quyi-boshlang'ich maktab, yuqori-madrasa bosqichidan iborat edi. Ushbu tizim maktablar ikkiga bo'linib, davlat tomonidan

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ta'min etiladigan va xususiy shaxslar mablag'i hamda vaqf mulklari hisobidan faoliyat yuritadigan maktablarga bo'lingan.2 Boshlang'ich ta'lim muassasalari manbalarda "maktabxonalar" sifatida qayd etilib, ular deyarli barcha yirik qishloqlarda bo'lgan. Maktablar aksariyat hollarda bir xonadan iborat bo'lganligi uchun ham ularni "maktabxona" - deb atashgan. Musulmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o'g'il va qiz bolalar maktab xonalarning aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida, qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan.

Vakfnomalarda yozilishicha, maktabxonalar xom va pishiq g'ishtdan bino kilingan. Maktabxona binosi odatda bir xonadan iborat bulib, bolalar buyra yoki gilam (tushakcha, sholcha) ustida o'tirishgan. Maktabning xonalari kichik, tor bulib, yoruglik tushmaydigan qorong'i, o'quvchilar o'tiradigan joy esa nam va zah bo'lgan. O'g'il bolalar maktabxonalarida maschid imomi, muazzini yoki madrasani tugatgan shaxs muallimlik qilgan.

Buxoro amirligidagi maktabxonalar faoliyatini Abdurauf Fitrat shunday ta'riflaydi: "Maktab shunday joydirki, bir muallimi bor, uni "maktabdor" deydilar, bolalar u yerda yetti yildan to o'n yilgacha zaruriy xat-savodlarini chiqargunga qadar qoladilar, undan keyin xohishlariga qarab, madrasaga borib, dars o'qiy boshlaydilar3.

Sadriddin Ayniyning yozishicha, Buxorodagi maktabxonaning ko'rinishi kuyidagicha bo'lgan: "Maktab torgina bir xonadan (xujradan) iborat bulib, uning ikki eshigi bor, buning biri bir tabaqali va eshik kupincha yopik turar edi. Ikkinchi eshigi darcha bo' lib uch gaz (1 gaz-62-64 sm) bo'yi va yarim gaz eni bor. Bu darchaning oldida domla (maktabdor)ning o'tiradigan joyi bor. Darchalarga esa parda qilingan (derazasi qog'oz bilan qoplangan) va qog'ozga qor-yomg'irdan saqlash uchun zig'ir moyi surtilgan edi. Shuningdek, maktabning derazasidan darsxonaga hech bir yorug'lik kirmas edi. Hujraning shipi tagidan devorning shipga yakinlashgan joyida ikki tomondan xam bir-biriga ro'parama-ro'para qilib ochilgan ikki tuynukcha bo'lsa xam, bulardan kiradigan yorug'lik pastga tushmasdan, hujraning devorlarida qolar edi. Bu hujraning kengligi o'n olti gaz murabba (kvadrat) edi, uning ichida bir-birining ustidan o'tkazilib to'rtta sinch tortilgan va bu bilan xujra to'qqiz bo'lakka bo'lingan, go'yo maktabxonaning ichida to'kkiz oxur paydo bo'lgan edi. Eshik oldidagi oxurchada bolalarning kavushlari turardi, darcha oldidagi oxurchada bo'lsa domla va kolgan yetti oxurchada esa bolalar o'tirardi"4. Sadriddin Ayniy ushbu eski maktablardan birida ta'lim olar ekan, o'quvchilar muallim taxtachaga yozib bergan saboqlarni sinf xonasini boshlariga ko'tarib, shovqun solib takrorlashlari kerakligini qayd etadi. S.Ayniy o'zi o'qigan maktabda o'quvchilar yoshi xususiyatlariga qarab ajratilmaganligi, 7 yashar bolalar bilan 12-13 yashar bolalar birga o'qitilishi haqida ma'lumot bergan. Muallim o'quvchini savodini chiqarish uchun 6-7 yil o'qitgan. Eski maktabdagi ta'lim jarayoni haqida

2 Алимов И. Узбекистонда вакф мулкларининг тугатилиши (1917-1929 йиллар). - Тошкент. Фан; 2009. - Б.57.

3 Абдурауф Фитрат Х,индистонда бир фаранги ила Бухороли мударриснинг жадид мактаблари хусусида килган мунозараси. Танланган асарлар; 1 жилд. Т.: Маънавият; 2000. - Б. 50.

4 Айний С. Эски мактаб II Асарлар. VIII томлик. - Тошкент. Бадиий адабиёт. 1965. IV жилд. - Б. 139-140.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

keyinchalik Buxoro matbuotida: "Kichik bir hujra ichida 50-55 bola domlaning gapiga qaraganda bolalarni birtadan yoniga chiqarib olib, usuli qadim bilan o'qitar ekan. Bunday usul bilan 55 bolaga 55 marta dars berish mumkinmi? - deb so'ralganida domulla 4-5 nafariga dars beraman-u, qolganiga osmondan farishtalar tushib o'qitadur, javobini bergan"5 - degan ma'lumot keltirilgan. Yoxud, Abdurauf Fitrat bu tipdagi maktablarni "maktabi qadim" ularda dars berish usulini esa "tahsili qadim" - deb ataydi. O'quvchilar muallimdan kaltak va haqoratlar bilan har kuni ikki ta'lim oladilar, saboq o'zlashtirilish i va tushunarli bo'lishiga hech kim parvo qilmaydi, kabi fikrlari 1909 yilda yozilgan "Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadid maktablari xususida qilgan munozarasi" asarida bayon qilinadi. O'quvchilar o'tiradigan xona yarim qorong'u, zax hamda hayvonlar yashaydigan joylarga o'xshaydi"6 - deb yozgandi. Albatta, uning fikrida ancha bo'rttirishlar sezilsada, aslida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida maschitlar qoshidagi maktablarga e'tibor susaygandi.

Shunga qaramay boshlangich maktablar Eski Buxoro shahrida va boshka shaxarlarda, shuningdek, qishloqlarda mavjud bo'lib, Buxoro shahridagi 22 guzarning har birida maktabxonasi bo'lgan. Ma'lumki shariat ahkomlariga ko'ra, ilm o'rganish uchun murojaat qilgan kishiga rad javobi berish kechirilmas gunoh hisoblangan, o'kishga kelgan har bir bolaning qaysi ijtimoiy toifadan bo'lishi va o'kish uchun qancha haq to'lay olishidan qat'iy nazar, o'kituvchilar zimmasiga ularni har qanday e'tirozsiz o'qitish vazifasi yuklatilgan. Chunki, "har bir musulmonning bilim olishi ham qarz, ham farz" ligi haqidagi hadisi-sharif sunnat hisoblangan.

Maktablar idora qilinishi va ta'minoti jihatdan umumiy va xususiyga bo'lingan. Ularning asosiy farqi-maktab binosining kim tomonidan qurilishi va ta'minlanishida edi. Xususiy maktablar alohida shaxslar, ya'ni mansabdor, davlatmand kishilar tomonidan qurilgan bo'lsa, umumiy maktablar jamoatchilik mablag'lari hisobidan qurilgan. Maktablar sahovatli kishilar tomonidan qilingan xayr-ehsonlar va unda tahsil olayotgan o'quvchilarning o'z ota-onalari xisobidan ta'minlangan.

Maktabxonada o'qishga qabul qilish yoshi Buxoroda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrni tashkil etgan Sadriddin Ayniy o'zi yashagan yuz xonadonlik qishlog'ida to'rt yashardan o'n ikki yashargacha bo'lgan bolalar maktabning shogird bo'lganligi haqida ma'lumot beradi7. Abdurauf Fitrat ayrim hollarda kichik bolalar bo'lmasa, maktablarda 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar tahsil olganligi, o'qish jarayoni 7 yildan 10 yilgacha davom qilganini xabar qiladi. Manbalar ma'lumoticha ana'naviy boshlang'ich maktablarda o'quvchi besh yildan kam o'qimagan. Yoz oylari va ramazon oyida o'quvchilar ta'tilga chikishgan. Maktabxonada taxsil oladiganlar o'kishining davomiyligi bir qator omillarga, jumladan domlaning mahorati, o'kuvchining zexni hamda oiladagi muhitga bog'lik bo'lgan. Qiz bolalar uchun o'kish 7 yoshdan boshlanib, 13 yoshgacha, noodatiy

5 Фаришталар укитар экан II Озод Бухоро; 160-сон, 1924 йил. 3 ноябр.

6 Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. б жилдлик. 1- жилд: Т.: Маънавият; 2000. - Б.84.

7 Айний. С. Эски мактаб. Асарлар. VIII томлик. Тошкент. Бадиий адабиёт. 1965. IV том. - Б. 140.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xollarda 10-11 yoshgacha davom etgan. Odatda qiz bolalarga uyda ta'lim berish tajribasi keng tarqalgan. Umuman olganda, ayollarning maktabda o'kishi qiyin kechgan, faqat boy xonadonlarning qizlarigina o'kib, savodini chikara olgan, qishloqlarda o'qigan qiz lar juda kamchilikni tashkil etgan. Usha davr matbuoti - "Oyina" jurnalida qayd etilishicha, «Muddati taxsil ko'p uzoq bo'lganligi uchun ko'p kishilar bolalarini 8-10 yil maktabga ko'ya olmagan" Aslida maktablarda bolalarning o'kish muddati ularning iqtidori va qobiliyatiga qarab belgilangan, qobiliyatli, tirishqoq o'quvchi maktab kursini 4 yilda, qobiliyatsiz o'quvchi uzog'i bilan 10 yilda tamomlagan8.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. - 2020. - T. 10. - №. 12. - S. 1224-1227.

2. Ahmadov O. Buxoro bosmaxona va nashriyotlariga texnika sohasidagi yangiliklarning kirib kelish tarixidan (1920-1924-YILLAR) //SENTR NAUChNblX PUBLIKATSIY (buxdu. uz). - 2020. - T. 1. - №. 1.

3. Ahmadov O. Buxoro amirligida yangi usul maktablari faoliyati. yutuqlari va muammolar //sentr nauchnbix publikatsiy (buxdu. uz). - 2020. - T. 1. - №. 1.

4. Hayitov, Shodmon Akhmadovich. "THE TURKISTANI MEDIA IN THE TURKISH REPUBLIC (1920-1960)." Scientific reports of Bukhara State University 3.3 (2020): 249-254.

5. Hayitov, Jakhongir Shodmonovich. "Spread of new types of corps in Turkistan continent at the end of the 19th-at the beginning of the 20th centurie." European Science Review 1.11-12 (2018): 24-26.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Axmadov Olimjon Shodmonovich, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi p.f.f.d.(PhD), dotsent, [Ахмадов Олимжон Шодмонович, доцент кафедры педагогики дошкольного и начального образования, к.п.н.,], [ Olimjon Sh. Axmadov, Department of Pedagogy of Preschool and Primary Education, PhD.,]; manzil: O'zbekiston, Buxoro shahar Piridastgir ko'chasi 2-uy [адре^ Узбекистан, Бухара г. Пиридастгир ул., д. 2], [address: Uzbekistan, Bukhara Pyridastgir str., 2]

8 Бобожонова Ф. Бухоро амирлигида таълим тизими. XIX аср охири - ХХ аср бошлари. -Т.: АДЖБ, 2014. - Б.11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.