Научная статья на тему 'BUG‘DOY DONINI QABUL QILISH VA SAQLASH DAVRIDA YO‘QOTISHLAR VA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI'

BUG‘DOY DONINI QABUL QILISH VA SAQLASH DAVRIDA YO‘QOTISHLAR VA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
644
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bug‘doy doni / yo‘qotishlar / qabul qilish / wheat grain / losses / acceptance

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xolmurodova Z.D. E.R.Raxmatov

Donni sifatli yetishtirish, yig‘ib olish va uni saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil qilish, don xosilini nobudgarchiksiz bartaraf etish qayta ishlash korxonalarining iqtisodiyotini oshirishga zamin yaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LOSSES AND PREVENTION MEASURES DURING THE RECEIPT AND STORAGE OF WHEAT GRAIN

Proper organization of conditions for high-quality cultivation, harvesting and storage of grain, the elimination of grain losses will create the basis for increasing the economy of processing enterprises.

Текст научной работы на тему «BUG‘DOY DONINI QABUL QILISH VA SAQLASH DAVRIDA YO‘QOTISHLAR VA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI»

BUG'DOY DONINI QABUL QILISH VA SAQLASH DAVRIDA YO'QOTISHLAR VA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI

Xolmurodova Z.D. E.R.Raxmatov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Annotatsiya: Donni sifatli yetishtirish, yig 'ib olish va uni saqlash sharoitini to 'g'ri tashkil qilish, don xosilini nobudgarchiksiz bartaraf etish qayta ishlash korxonalarining iqtisodiyotini oshirishga zamin yaratadi. Kalit so'zlar: bug'doy doni, yo 'qotishlar, qabul qilish

LOSSES AND PREVENTION MEASURES DURING THE RECEIPT AND

STORAGE OF WHEAT GRAIN

Kholmurodova Z.D. E.R.Rakhmatov

Karshi engineering and economics institute

Abstract: Proper organization of conditions for high-quality cultivation, harvesting and storage of grain, the elimination of grain losses will create the basis for increasing the economy of processing enterprises. Key words: wheat grain, losses, acceptance

O'simlikning o'sishi va rivojlanishi sharoitlari, donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan bir navli urug' turlicha rivojlanib, turli hosil berishi ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, to'liqligi yirikligi va boshqa texnologik sifat ko'rsatkichlari har xil bo'ladi. Don sifatiga o'g'itlash ham katta ta'sir ko'rsatadi.

Ekiladigan urug' sifati, o'simlikning unib chiqishi, o'sishi, rivojlanishi, kasallik, zararkunanda va noqulay ob-havo sharoitlariga chidamliligi va hokazolarga ta'sir etadi.

Respublikamiz olimlari R.Oripov, N.Xalilov, T.Xodjaqulov, X.Atabaeva, B.Xoliqov, R.Siddiqov, S.Negmatovalar olib borgan ilmiy ishlarida ham o'zining yaqqol isbotini topgan.

Don massasining sifati va xususiyatlariga donning navi, shuningdek ekiladigan urug' sifati ham qiluvchi ob'ekt hisoblanadi. Don massasining g'ovakligi ayrim hollarda sochiluvchanligi navga bog'liq holda o'zgarib turadi.

Bir o'simlikning turli navga xos bo'lgan donlari saqlash jarayonida turli fiziologik faollikni namoyon etishi, shuningdek turli nafas olish jadalligiga ega bo'lishi mumkin.

Viloyatimizda hududida joylashgan don va dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot institutining ko'pgina olimlari tomonidan tuproq iqlim, garemsel va qurg'oqchilikka chidamli bo'lgan o'ndan oshiq navlar yaratildi. Shu yaratilgan navlar barcha fermer xo'jalik dalalarida ekilinib ulardan mo'l xosil olishga erishilmoqda. Fermer dalalarida ekish uchun normalar gektariga belgilangan ular mln.dona yoki kg hisobida amalga oshiriladi. Urug'lik donlarni nazorat qilish

uchun standartlar asosida navning tozaligi, unuvchanligi, namligi, dorilash, quritish va qoplash jarayonlari amalga oshirilib fermer dalalarining gektari hisobiga taqsimlab, urug' tarqatish shahobchalari orqali yetkazib beriladi. Sara urug' mo'l hosil garovi hisoblanadi.

Ma'lumki har bir don yoki urug' navi qishloq xo'jaligida e'tibor qilinadigan xususiyatlaridan tashqari hosildorlik, vegetatsiya davri, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, turli iste'mol ko'rsatkichlariga ega bo'ladi.

Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga ta'sir qilmasdan qolmaydi. Masalan yig'im-terim oldidan va terim vaqtida yog'ingarchilik ko'p bo'lsa, donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik ko'rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurg'oqchilik bo'lsa don haddan tashqari qurib ketadi, yoki namlik yetishmasligidan donlar to'liq yetilmay qoladi.

Shuningdek don sifati va hosildorligiga begona o'tlar ham katta ta'sir ko'rsatadi. Begona o't bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi o'sib rivojlanmaydi. Ayniqsa g'allaga berilgan mineral o'g'itlarni ko'p qismini begona o'tlar o'zlashtirib olishga erishadi.

Z.Ibragimov va S.Sullievalarning begona o'tlarga qarshi olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida tajribalaridan shunga amin bo'ldikki begona o'tlarni o'z vaqtida bug'doy dalasini o'zida gerbitsidlarni qo'llab yo'qotish yaxshi samara berganligi takidlangan. Begona o't urug'lari hosildorlikni keskin pasaytiradi va donning sifatini buzadi.

Begona o'tlar urug'lari yig'im-terim davrida asosiy o'simlik donlariga qo'shilib ketadi va don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi.

Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Donning sifati va saqlanuvchanligi ko'p jihatdan yig'im-terim jarayonlariga bog'liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa hosil sifati va miqdori shuncha yuqori bo'ladi.

Respublikamizda don ekinlarini yig'ishtirib olish, to'g'ridan-to'g'ri yig'ib olish usulida amalga oshiriladi. To'g'ridan-to'g'ri yig'ib olish usuli terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori mo'l hosil olishga erishish hisoblanadi. Terim muddati qanchalik cho'zilib ketsa, donlar to'kila boshlaydi va nobudgarchilikni keltirib chiqaradi. Donli ekinlari asosan mexanizatsiya yordamida yig'ishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va rusumlari donning sifati va xususiyatlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Donni iloji boricha mexanik shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig'ib olish lozim hozirgi kunda mamalakatimizda donni sifatli yig'ishtirib olish uchun zamonaviy ilg'or texnologiyalar joriy qilingan. Jumladan, Amerikaning "Keys" kompaniyasining zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo'lgan kombaynlaridan mexanizatsiya ishlarida keng ko'lamda foydalanilmoqda.

Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun tuman don qabul qilish punktlarida ochiq xolatda xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog'liq holda bir necha soat va sutkadan bir oygacha va undan ortiq bo'lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizmlar

'pincha uni

Don ishlab chiqarish korxonalariga turli xolat va sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan xolda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas'uliyatli munosabatda bo'lish talab etiladi. Qabul qilingan don to'g'ri analiz qilinishi va sifati bo'yicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish, saqlashda to'g'ri rejimlarni qo'llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim.

Tajribalarimizga asoslanib olib borilgan tajribalarimiz natijalariga asoslangan xolda urug'lik donlarni yig'ishtirib olish, 1-2 xafta oldin boshlanadi ular 3 oy mobaynida quritilib, tozalab, saralab, dorilab, quritilib qadoqlanib yopiq omborlarda yoki nishabli xavo yaxshi aylanadigan, chiqindilardan tozalangan omborlarda paddonlarda 1 tonnadan shaxmat usulida saqlab, so'ng oktabr oyining 2 va 3 o'n kunligida ekish uchun tarqatiladi.

Daladan to qabul qilish korxonalariga olib kelgunga qadar 10-12% yo'qotuvlar sodir bo'ladi. Zararli xasva kemiruvchisini ta'siri 2 % ni va undan ko'proq ko'rsatkichni ham tashkil etadi. Tovar uchun yig'ishtirilgan donlar tinim davrini va yetilish davrini o'tash uchun, ochiq sharoitda iyun, iyul, avgust, sentabr oylarida quyoshli betonli maydonlarda saqlab turiladi. Bu vaqtda 4 oy mobaynida tashqi muxit ta'siridan qushlar, xavodagi chang va iflos gardlar donning ustki qismiga joylashib ulguradi. Olingan natijalarni taxlil qiladigan bo'lsak faqat don bilan oziqlanadigan kalamush yil davomida 22-25 kg, 1 dona qush bir kunda 8-12 g, 1 yilda 4 kg 320 gr donni yeb qo'yadi. Chumchuqlar kaptarlar va boshqa qushlar ombor yoki don uyumlariga ochiq maydondagi va xirmondagi donlarga ko'plab qiron keltiradi. Bundan tashqari ular don uyumlarini o'z axlatlari, patlari bilan ifloslantirib yuboradi.

Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta'sirida ham o'zgaradi. Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik sifatini keskin tushiradi.

Viloyatimizda joylashgan donni qayta ishlash korxonalarining 3 tasida zamonaviy don omborlari mavjud, ammo ko'plari bir qavatli uy shaklidagi yopiq omborlar bo'lsa, ayrimlarida ochiq shaklldagi nishabli ayvonlarda don zaxiralari saqlanib kelinadi. Ochiq nishabli ayvonlarda yilning fasllari o'zgarishi oqibatida ham yo'qotishlar sodir bo'ladi.

Don va don maxsulotlarini saqlash boshqa ko'pgina tovarlar singari mamlakatda murakkab tadbir xisoblanadi. Don maxsulotlarini saqlashni tashkil etish katta miqdorda moddiy-texnik baza xamda malakali mutaxassislarni talab etadi.

Korxona xududidagi omborlariga donni joylashtirishdan oldin iloji boricha eski xosilni batamom tugatish va omborlarni tozaligiga ishonch xosil qilish, sanitariya xolatlari amalga oshirilgan va donning namligiga etiborli bo'lish muxim hisoblanadi. Bu esa don korxonalarining iqtisodiyotini yanada oshirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Xayitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., Shukurov Z.Z. „Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash xamda nazorat qilish". Tashkent 2000y.

2.Nauchno - texnicheskiy i proizvodstvennbiy jurnal "Xleboproduktbi".

3.M. Abdullaev., G. Zakladnoy «Don zaxiralari zararkunandalari va ularga karshi kurash profilaktik choralari» T. «Shark» 2001.

4.X.Bo'riev va boshqalar «Don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash» T. «Mexnat» 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.