Научная статья на тему 'BUDDAVIYLIK DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI, BUDDAVIYLIK VA ISLOM FALSAFASIDA BORLIQ KATEGORIYALARI'

BUDDAVIYLIK DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI, BUDDAVIYLIK VA ISLOM FALSAFASIDA BORLIQ KATEGORIYALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
6587
1545
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
buddaviylik ta’limoti / islom falsafasi / kategoriya / borliq / islom falsafasida borliq masalasi. / Buddhist teachings / Islamic philosophy / category / existence / the issue of existence in Islamic philosophy

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jurayev, Sherali Soibnazar O’G’Li

Buddizmning yoyilishi haqida so‘z borganda qadimgi turkiy xalqlarning Buyuk ipak yo‘lidagi siyosiy mavqeyi, ularning qo‘shni Sharq xalqlari bilan kechgan siyosiy-iqtisodiy, madaniy munosabatlarini unutmaslik kerak. Qadimgi turklar buddizmni hind, tohar, so‘g‘dlar bilan diniy, madaniy aloqalari tufayli qabul qilgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘zlari ham bu dinning taraqqiyoti va Osiyoning boshqa o‘lkalariga yoyilishiga munosib ulushlarini qo‘sha oldilar. Buddizmning yoyilishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq ushbu xalqasimon jarayonda qadimgi jamiyatning ham o‘rni katta.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ENTRY OF BUDDHISM INTO CENTRAL ASIA, CATEGORIES OF EXISTENCE IN BUDDHISM AND ISLAMIC PHILOSOPHY

When talking about the spread of Buddhism, one should not forget the political position of the ancient Turkic peoples on the Great Silk Road, their past political, economic and cultural relations with the neighboring peoples of the East. The ancient Turks accepted Buddhism due to their religious and cultural ties with the Hindus, Tohars, and Sogdians, and later they themselves contributed to the development of this religion and its spread to other Asian countries. The ancient society has a great role in this popular process related to the spread and development of Buddhism.

Текст научной работы на тему «BUDDAVIYLIK DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI, BUDDAVIYLIK VA ISLOM FALSAFASIDA BORLIQ KATEGORIYALARI»

BUDDAVIYLIK DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI, BUDDAVIYLIK VA ISLOM FALSAFASIDA BORLIQ KATEGORIYALARI1

d https://doi.org/10.5281/zenodo.8020916

Jurayev Sherali Soibnazar o'g'li

TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi tayanch doktoranti e-mail: sherjon191@gmail.com

ANNOTATSIYA

Buddizmning yoyilishi haqida so Z borganda qadimgi turkiy xalqlarning Buyuk ipak yo'lidagi siyosiy mavqeyi, ularning qo'shni Sharq xalqlari bilan kechgan siyosiy-iqtisodiy, madaniy munosabatlarini unutmaslik kerak. Qadimgi turklar buddizmni hind, tohar, so'g'dlar bilan diniy, madaniy aloqalari tufayli qabul qilgan bo'lsalar, keyinchalik oZlari ham bu dinning taraqqiyoti va Osiyoning boshqa o'lkalariga yoyilishiga munosib ulushlarini qo'sha oldilar. Buddizmning yoyilishi va taraqqiyoti bilan bog'liq ushbu xalqasimon jarayonda qadimgi jamiyatning ham

0 'rni katta.

Kalit so'zlar: buddaviylik ta'limoti, islom falsafasi, kategoriya, borliq, islom falsafasida borliq masalasi.

ABSTRACT

When talking about the spread of Buddhism, one should not forget the political position of the ancient Turkic peoples on the Great Silk Road, their past political, economic and cultural relations with the neighboring peoples of the East. The ancient Turks accepted Buddhism due to their religious and cultural ties with the Hindus, Tohars, and Sogdians, and later they themselves contributed to the development of this religion and its spread to other Asian countries. The ancient society has a great role in this popular process related to the spread and development of Buddhism.

Key words: Buddhist teachings, Islamic philosophy, category, existence, the issue of existence in Islamic philosophy.

KIRISH

Mil. av. I asr va milodning IV asrlari oralig'ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo'nalishi davlat dini deb e'lon qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo'lsa-da, u yerda asosiy yo'nalish bo'lgan Xinayana

1 Jurayev, S. S. (2022). Buddaviylik dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi, buddaviylik va islom falsafasida borliq kategoriyalari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6),

654

ham bunday mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima Kadfiz va ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an'analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o'rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O'sh, Bolosog'un, Koshg'ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o'rganish, tarjima qilish va sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar.

Hozirgi Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddaviy musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O'rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg'ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.

O'rta Osiyoning janubida Sarvastivada maktabining ilk ko'rinishi -Vaybxashika maktabining ta'limoti yoyilgan. U buddizmning Xinayana oqimiga tegishli. Ammo Vaybxashika ta'limoti ba'zi jihatlari bilan Maxayana doirasidagi maktablarga yaqin turadi. Bunda, ayniqsa, Maxayana doirasiga kiruvchi Sarvastivadaning Vinaya maktabi muhim ahamiyatga ega. Manbalarning xabar berishicha, Xo'tanda Vaybxashika maktabi vakillari Maxayanani yoyish uchun zamin tayyorlaganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bu maktablarning ilmiy faoliyatidagi asosiy g'oyalari osmon jismlarini o'rganish; kun va tun o'rtasidagi harakat, quyosh harakatining sababi va kechasi quyosh qayerga ketdi, kunduzi yulduz nega ko'rinmaydi degan muammolarni o'rganish harakat qilgan.

Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar - Upanishadalarda yaxlit ma'naviy substansiya, o'lmas jon haqidagi g'oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o'z aksini topgan

Qadimdan borliq muammosi insonlarni qiziqtirb kelgan. Shu jumladan, buddaviylik ta'limotining asosiy go'yasi borliq tushunchasi bilan uyg'unlashgan. Buddaviylik falsafasida har qanday borliq, (moddiyunlik) barcha ko'rinish va shakllardagi har qanday hayot barcha mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi- insonning va barcha tirik mavjudotlarning

655

bu dunyoga qayta tug'ilish dunyosi (sansara)ga bog'langanligidir. Har qanday insoniy tuyg'u, hissiyot, extiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi. "Borliq girdobi"dan chiqib olish uchun g'aflatdan uyg'onish, dunyo mohiyatining hayotga chanqoqdlikdan ya'ni ko'ngilxushlikdan voz kechishi lozim. Faqat shundagina "baxtli hayot"ga kirish mumkin.

Shu bilan birga Sharq allomalaridan Abu Ali ibn Sino o'zining "Al-Ishorat va at-tanbihot" asari va undagi baxt-saodat haqidagi falsafiy qarashlarini ilgari surar ekan, unda ma'naviy borliqning timsoli aks etganini kuzatish mumkin. Mazkur asarning "Baxt-saodat" bobida inson hayotda farovon yashashi uchun baxt nima ekanligini anglab yetishi, ma'naviy borliqning mohiyatini inson kelajak kamolatining kaliti ekanligini e'tirof etadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abu Ali ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari keyingi faylasuf olimlaning falsafiy ta'limotlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sino ijodiga murojat etishning dolzarbligi shu bilan izohlanadiki, bugungi kunda hayotga borligicha qarash va uni jamiyat uchun to'g'ri talqin qilib berish muhim vazifa bo'lib kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016. - B 152.

2. Abu Ali ibn Sina. "el-I§arat ve't-Tenbihat" (Tahir Uluç Tercüme) Istanbul 2018. -§. 618.

3. Abu Ali Ibn Sino. "Al-Ishorat va at-Tanbihot" (Hasan Malikshahi tarjimasi va sharhi) Tehran 1988. - B 479.

4. Abu Ali ibn Sina. "el-I§arat ve't-Tenbihat" (Tahir Uluç Tercüme) Istanbul 2018. -§. 618.

5. Abu Ali Ibn Sino. "Al-Ishorat va at-Tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. - B 560

6. Parviz Morewedge. "The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)" New York 2004, -P 141

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.