Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA “INOYAT” (العناية) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI'

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA “INOYAT” (العناية) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
197
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Sino / Farobiy / Ibn Rushd / Sharq peripatitizmi / “Inoyat” (العناية). / Ибн Сина / Фараби / Ибн Рушд / восточный перипатизм / «Милость» (العناية).

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jurayev, Sherali Soibnazar O’G’Li

Ushbu tadqiqotda Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida “Inoyat” tushunchasi va bu Sharq peripatitik faylasuflarining izohlarida keltirilgan urg’ular tahlil qilindi. Inoyat tushunchasi Alloh, olam va inson o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oluvchi atamadir. Abu Ali ibn Sino inoyat tushunchasini Xudodan paydo bo’lgan ezgulik tartibi sifatida baholaydi. Faylasuf bu atama oraqali dunyodagi ezgulik tartibiga e’tibor qaratadi. Forobiy “Inoyat”ni emanatsiya, yaxshilik-yomonlik va saodat nazariyasi doirasida baholaydi. Faylasuf emanatsiya nazariyasini ilohiy inoyat bilan izohlaydi. Chunki emanatsiya bilan mavjud bo’lgan dunyo ham Xudoning borligidan ulushga ega va o’z mavjudligini davom ettirish uchun ilohiy ixtiyorga muhtojdir. Shuning uchun emanatsiya inoyat doimiy ekanligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, emanatsiya nazariyasi yovuzlikning mavjudligini tushunishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ibn Rushd esa inoyatni Allohning borligiga alohida dalil deb biladi. Butun olam Xudoning inoyati va saxiyligi bilan yaratilgan. Faylasuf bu g’oyani ifodalash uchun uzluksiz yaratilish atamasidan foydalanadi. Binobarin, Allohning olamga inoyati cheksiz va uzluksiz davom etadi. Faylasufning fikricha, inson olam bilan hamohangdir. Bu uyg’unlik Xudoning borligiga ishora qilishi inoyatning dalilidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОНЯТИЕ «МИЛОСТЬ» (العناية) И ЕЕ СУЩНОСТЬ В ФИЛОСОФСКИХ ВЗГЛЯДАХ АБУ АЛИ ИБН СИНЫ

В данном исследовании анализируется понятие «Милость» в философских воззрениях Абу Али ибн Сины. Анализируются акценты, сделанные в комментариях восточных философов-перипатетиков. Понятие Милость — это термин, который охватывает отношения между Богом, вселенной и человеком. Абу Али ибн Сина оценивает понятие благодати как порядок благости, происходящий от Бога. Через этот термин философ акцентирует внимание на порядке добра в мире. Фароби оценивает «Благодать» в рамках теории эманации, добра-зла и счастья. Философ объясняет теорию эманации божественной благодатью. Ибо мир, существующий эманацией, также причастен к бытию Бога и нуждается в божественной воле для продолжения своего существования. Следовательно, эманация показывает, что благодать постоянна. Более того, теория эманации — лучший способ понять существование зла. Ибн Рушд считает благодать особым доказательством существования Бога. Вся вселенная была создана по милости и щедрости Бога. Для выражения этой идеи философ использует термин «непрерывное творение». Поэтому благодать Божия к миру бесконечна и непрерывна. По мнению философа, человек находится в гармонии со Вселенной. То, что эта гармония указывает на присутствие Бога, свидетельствует о благодати.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA “INOYAT” (العناية) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI»

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA "INOYAT" (Uiüt) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI

JURAYEV Sherali Soibnazar o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi tayanch doktoranti

sherjon191@ gmail.com

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-1-43-47

Ushbu tadqiqotda Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida "Inoyat " tushunchasi va bu Sharq peripatitik faylasuflarining izohlarida keltirilgan urg'ular tahlil qilindi. Inoyat tushunchasi Alloh, olam va inson o 'rtasidagi munosabatlarni qamrab oluvchi atamadir. Abu Ali ibn Sino inoyat tushunchasini Xudodan paydo bo 'lgan ezgulik tartibi sifatida baholaydi. Faylasuf bu atama oraqali dunyodagi ezgulik tartibiga e 'tibor qaratadi. Forobiy "Inoyat"ni emanatsiya, yaxshilik-yomonlik va saodat nazariyasi doirasida baholaydi. Faylasuf emanatsiya nazariyasini ilohiy inoyat bilan izohlaydi. Chunki emanatsiya bilan mavjud bo 'lgan dunyo ham Xudoning borligidan ulushga ega va o 'z mavjudligini davom ettirish uchun ilohiy ixtiyorga muhtojdir. Shuning uchun emanatsiya inoyat doimiy ekanligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, emanatsiya nazariyasi yovuzlikning mavjudligini tushunishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ibn Rushd esa inoyatni Allohning borligiga alohida dalil deb biladi. Butun olam Xudoning inoyati va saxiyligi bilan yaratilgan. Faylasuf bu g'oyani ifodalash uchun uzluksiz yaratilish atamasidan foydalanadi. Binobarin, Allohning olamga inoyati cheksiz va uzluksiz davom etadi. Faylasufning fikricha, inson olam bilan hamohangdir. Bu uyg'unlik Xudoning borligiga ishora qilishi inoyatning dalilidir.

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: Ibn Sino, Farobiy, Ibn Rushd, Sharq peripatitizmi, "Inoyat" (<jLí*J).

В данном исследовании анализируется понятие «Милость» в философских воззрениях Абу Али ибн Сины. Анализируются акценты, сделанные в комментариях восточных философов-перипатетиков. Понятие Милость — это термин, который охватывает отношения между Богом, вселенной и человеком. Абу Али ибн Сина оценивает понятие благодати как порядок благости, происходящий от Бога. Через этот термин философ акцентирует внимание на порядке добра в мире. Фароби оценивает «Благодать» в рамках теории эманации, добра-зла и счастья. Философ объясняет теорию эманации божественной благодатью. Ибо мир, существующий эманацией, также причастен к бытию Бога и нуждается в божественной воле для продолжения своего

АННОТАЦИЯ

43

www.birunijournal.uz

существования. Следовательно, эманация показывает, что благодать постоянна. Более того, теория эманации — лучший способ понять существование зла. Ибн Рушд считает благодать особым доказательством существования Бога. Вся вселенная была создана по милости и щедрости Бога. Для выражения этой идеи философ использует термин «непрерывное творение». Поэтому благодать Божия к миру бесконечна и непрерывна. По мнению философа, человек находится в гармонии со Вселенной. То, что эта гармония указывает на присутствие Бога, свидетельствует о благодати.

Ключевые слова: Ибн Сина, Фараби, Ибн Рушд, восточный перипатизм, «Милость»

(Ьи*!).

KIRISH (Introduction)

Xalqimizning ulug'vor qudrati jush urgan zaminda O'zbekistonning rivojlanishi poydevorida qilingan harakat ilm-fan taraqqiyoti uchun qo'llangan "Uchinchi renessans" atamisining mohiyatini anglash va uni tadbiq etishning bosh maqsadi Sharq allomalarining falsafiy g'oyalarini yosh avlodga tadbiq etishdan iboratdir. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan say harakatlarining tub ildizi qomusiy allomalarimizning ilmiy asarlariga borib taqalishi asoslidir. Shu jumladan Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Beruniy, al-Xorazmiy va boshqa faylasuflarning ilmiy asarlarini tarjima qilib, yangi g'oyalar asosida tadbiq etish ilm-fan uchun salmoqli hissa bo'la oladi. Qadimdan insoniyatni bir narsa o'ziga jalb etib keladi. Bu tushunchaning o'zbek tilidagi izohi esa "Baxt" tushunchasidir. Ingliz tilida "happiness", rus tilida "счастье", arab tilida "S^IW kabi terminlar bilan izohlanadi. Aslida "baxt" o'zi nima? Bu savol butun insoniyat uchun qiziq va asoslidir. Insoniyat baxtga erishish yoki baxtli hayot kechirish uchun o'z maqsadini qo'yadi va shu asosida hayotini davom ettirishga qodirligini his qiladi. Biz "insoniyat" deb atayotgan tushunchamiz aslida bu o'zimizdir. Chunki biz baxtli hayot kechirishni va baxtga erishish uchun harakatda bo'lamiz, lekin bunga qanday qilib erishishimiz mumkinligi borasida to'siqlarga duch kelamiz, yo'ldan adashish holatiga ham olib keladi.

Shu borada mazkur maqolada "Inoyat" tushunchasiga qomusiy allomalarimizning bildirgan fikrlari asosida izohlashga harakat qilamiz. Inoyat bu -arab tilidan tarjima qilganda g'amxo'rlik, qiziqish degan ma'nolarni anglatadi.

Falsafada esa bu atama Alloh taoloning olamni bilishi va qadrlashi ma'nosida qo'llaniladi.

44

TAHLIL VA MUHOKAMA (Analysis and discussion)

Islom falsafasidagi inoyat atamasi aslida Aflotun va Aristotelning maqsadli dunyoni tushunishi to'g'risidagi nazariyasi asosida ko'chirilgan iboradir. Islom faylasuflarining fikricha, inoyat Alloh taoloning olamning borligi va ezguligi yo'lidagi umuminsoniy ilmi va idrokining namoyonidir. Alloh taolo mutlaq yaxshi ekan, ilm va qadrlashni eng yaxshi va mukammal tartib sifatida ifodalaydi va mavjudlik shu tarzda amalga oshadi. Darhaqiqat, Ibn Sino inoyatni "Allohning ilmi barcha mavjudotlarni qamrab oladi va mavjudlikning eng go'zal tartib bilan borligiga rozi bo'ladi", deb ta'riflaydi1.

Bu iboraning mohiyati shundan iboratki, Allohning abadiy bilimi borliqni to'ldirgan va paydo bo'lishi uchun yetarli bo'lgan sabablardir. Faylasuf Inoyatni qalb markazi ekanligini isbotlash uchun quyidagicha asoslaydi: "Barcha qonunlar, va tartiblar rejalashtirilgan vaqt bilan abadiy ilmga ega bo'lib, bu tartiblar asosida shakllangan fayz qachondir undan nur sochilishiga olib keladi. Bu nur inoyatdir"

Ibn Sino o'z falsafasida inoyat tushunchasiga alohida ahamiyat bergan. Aksariyat asarlarida inoyatga munosabat bildirgan va Ibn Sinoning inoyat tushunchasida evolyutsiya bor, deyish mumkin. Aslini olganda, u o'zining ilk asarlaridan biri "Mabda' va-'l-Maad" I j ^^ I "Dunyoning boshlanishi va oxirat"da inoyatni sabab-oqibat mazmunida ko'rib, uni tartib bilan bog'lagan bo'lsa; umrining o'rtalarida yozgan asarlaridan bo'lgan "Kitob ash-Shifo" va "Kitob an-Najot" asarlarida o'z falsafasida umumlashtirilgan ma'no berib, inoyatga har tomonlama ta'rif beradi. Uning so'nggi asarlaridan biri bo'lgan "al-Ishorat va at-tanbihot" va "Ta'likat" haqida so'z borganda, u mavzu asosida yanada aniqroq ta'riflar bergani ko'rinadi.2

Ibn Sinoning inoyat tushunchasini yaxshiroq tahlil qilish uchun ontologiya, gnoseologiya va axloqiy jihatdan uch xil tasnif qilish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi. Bunday tasnifda uning "Kitob ash-Shifo" va "Kitob an-Najot" asarida bergan ta'riflari samarali bo'lib, butun falsafasini qamrab olgan. U bu ikki asarida Inoyatga quyidagicha ta'rif bergan:

"Inoyat, Birinchi (al-Avval) borliqning tabiatan mavjud bo'lgan ezgulik tartibini bilishi, mumkin bo'lgan yaxshilik va kamolotning o'z tabiatiga sabab bo'lishi, undan belgilangan tartibda rozi bo'lishidir. U ezgulik tartibini eng mukammal tarzda anglashi va shu tariqa tartib va kamolotning eng mukammal tarzda nomoyon bo'lishiga yetaklaydi"3.

1 Kitob ash-Shifo al-Ilohiyot, 415-bet

2 Ibn Sinoning asarlarining xronologik tartibi. Dimitri Gutas, Avicenna and Aristotelian tradition: Introduction to Reading Avicenna's Philosophical Works, Brill, New York 2014, s.79.

3 Ibn Sina, Kitob ash-Shifo Metafizika II, Ekrem Demerli tarjimasi, Litera Yayinchilik. Istanbul 2005, s. 160

45

U borliqdagi ezgulik tartibi va u qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yurituvchidir... U borliqdagi ezgulik tartibini, bu tartib qanday bo'lishi va butunning mavjudligi eng yuqori darajada qanday bo'lishi haqida fikr yuritishi kerak. Chunki buning nazdida siz bilishingiz kerak bo'lgan bilim, kuch va iroda bo'lishi bu tushunarli haqiqatdir.

Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn Sinoning fikrlarida inoyat to'g'risida farqli jihatlarni ko'rish qiyin. Darhaqiqat, uning: "Buyuk Tangri butun olamning hukmdoridir, undan xantal donasi ham uzoq turolmaydi. Uning inoyati eng kichigidan tortib, butun dunyoga tarqaldi. Koinotning barcha qismlari va ularning holatlari eng mustahkam va eng munosib tarzda joylashtirilgan" (al-Jom', 103-bet).

O'z tizimida inoyat tushunchasiga eng ko'p ahamiyat beradigan mutafakkir Ibn Rushddir. Ibn Rushd Ollohning borligi haqida keltirgan ikki dalildan biri inoyat, ikkinchisi shahvatdir. Faylasuf Qur'oni karimda e'tibor qaratgan va uni shariatga eng mos yo'l deb ta'riflagan . Birinchisi, yer yuzidagi barcha mavjudotlar insonning mavjudligi uchun mos deb topilganligi, ikkinchisi esa, bu muvofiqlikni anglatuvchi irodaga ega bo'lgan vositachi tomonidan majburiy ravishda amalga oshirilishidir. Bu muvofiqlikning tasodifan paydo bo'lishi mumkin emas. Kecha va kunduzning, quyosh va oyning, fasllarning, to'rt element va jonsiz mavjudotlarning, o'simlik va hayvonlarning, tabiat hodisalarining ketma-ket kelishi inson ehtiyojlariga mosligiga misoldir. Ibn Rushd fikricha, borliqning mavjudligidagi hikmatni, ya'ni uning yaratilishini taqozo etuvchi sababdan nazarda tutilgan maqsadni tadqiq qilgan kishi fazl dalilini yaxshiroq tushunadi.

Ilohiyot olimlarining fikricha, inoyat Alloh taoloning dunyoga ta'sir etishi va uni ma'lum maqsadlarga yo'naltirishining umumiy ma'nosini hamda bandalariga amallarida yordam berish va muvaffaqiyatga erishish ma'nosini o'z ichiga oladi. So'fiylar ham inoyatni Alloh taoloning olam va bandalariga inoyati va rahmati deb tushunganlar.

Bundan tashqari, inoyat insoniyat tarixi davomida muhokama qilingan yovuzlik muammosini hal qilishda asosiy fikrning asosini tashkil etuvchi tushuncha sifatida namoyon bo'ladi.

Ushbu bo'limda yuqorida qayd etilgan tasnifning birinchisi bo'lgan ontologik nuqtai nazardan inoyat uchta sarlavha ostida ko'rib chiqiladi: Abadiylik (yaratilish) inoyati, mumkin bo'lgan eng yaxshi dunyo g'oyasi, inoyatning dalili va sababi.

XULOSA (Conclusion)

Abu Ali ibn Sino o'zining "^UJ I j IaiJ I ^i" (Dunyoning yaralishi va oxirati) nomli asarida butun borliqqa oid falsafiy g'oyalarni qamrab oluvchi "inoyat" tushunchasiga alohida urg'u berib, Allohning sabablarning sababi ekanligini, unda

46

www.birunijournal.uz

inson mohiyatining aks etishi natijasida baxtga erishish masalasini ochib beradi. Bu asarning davomi sifatida "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarida ham borliq, mantiq, kalom va tasavvuf g'oyalariga izoh berib, yakdil tushuntirib bergan.

REFERENCES

1. Emine Tashji Yildirim Islom falsafasida inoyat, Ibn Sino misolida. Gece Kitaplig'i. Istanbul 2020.

2. Alper, Umer Mahir. íbn Sino. Istanbul: ÍSAM Yayinlari, 2010

3. íbn Rushd. "El-Kef An Minhaci'l-Edille". Felsefe-Din íli§kileri. Haz. Süleyman Uludag. Istanbul: Dergah Yayinlari, 2015.

4. Gerbert A. Davidson. Farobiy, Ibn Sina va Ibn Rushdning Aqlga doir teoremasi. Istanbul -2020

47

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.