Научная статья на тему 'BOSHQARUV VA MENEJMENT'

BOSHQARUV VA MENEJMENT Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2918
188
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshqaruv / menejment / konsepsiya / makroiqtisodiyot / «Metod» / direktiva . / Management / administration / concept / macroeconomics / "Method" / directive

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — D. Eshqulova

Boshqaruv menejment usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta’minlashdir.Ushbu maqolada boshqaruv va menejment haqida fikrlar brerilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT AND GOVERNANCE

Methods of managerial management are ways of purposeful influence of the subject of management on the object of management, that is, ensuring the coordination of the activities of the manager in the process of achieving the goals set for the production team managed by him. management is discussed.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV VA MENEJMENT»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHQARUV VA MENEJMENT Eshqulova Dilorom Abduravupovna

TerDU ,Yo'nalish : '' Inson resurslarini boshqarish" https://doi.org/10.5281/zenodo.7437455

Annotatsiya. Boshqaruv menejment usullari bu boshqaruv sub'ektining boshqaruv ob'ektiga maqsadli yo'naltirilgan ta'sir o'tkazishning usullari, ya'ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo'yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta'minlashdir. Ushbu maqolada boshqaruv va menejment haqida fikrlar brerilgan.

Kalit so'zlar: Boshqaruv , menejment , konsepsiya , makroiqtisodiyot, «Metod» , direktiva .

МЕНЕДЖМЕНТ И УПРАВЛЕНИЕ

Аннотация. Методы управленческого управления - это способы целенаправленного воздействия субъекта управления на объект управления, то есть обеспечение координации деятельности руководителя в процессе достижения целей, поставленных перед управляемым им производственным коллективом. управление обсуждается.

Ключевые слова: Менеджмент, управление, концепция, макроэкономика, «Метод», директива.

MANAGEMENT AND GOVERNANCE

Abstract. Methods of managerial management are ways of purposeful influence of the subject of management on the object of management, that is, ensuring the coordination of the activities of the manager in the process of achieving the goals set for the production team managed by him. management is discussed.

Keywords: Management, administration, concept, macroeconomics, "Method", directive.

Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta'sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko'p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to'g'ri shakllanligi bilan uzviy bog'liqdir.Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o'rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog'liqdir. Mehnat jamoasiga ta'sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob'ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog'liqdir. Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Menejment boshqaruv tizimi va boshqaruv ob'yekti orasidagi o'zaro munosabat bo'lib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san'ati sirlarini o'rganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo'g'inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog'liq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo'llashga, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko'rsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bog'liqdir. O'zbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qo'shin va boshqalarni boshqarish san'ati to'g'risida o'z qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida to'plangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy g'oyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qo'riqlash, hisobkitob, ma'muriy)ga bo'lib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning ob'yekti korxona faoliyati, uning sub'yekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik ko'rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shug'ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), o'rta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, bo'lim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) bo'g'inlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, o'rta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga bo'linadi.

Ayrim tadqiqotlar menejment kishilardan nafli samaralar olish san'ati, deb hisoblaydilar. Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; iste'molchiga yaqinlik; unumdorlikni ta'minlashda insonning hal qiluvchi o'rni; tadbirkorlikni rag'batlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi e'tibor; hammadan ko'ra yaxshiroq tanish bo'lgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qo'llash.

Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda o'z ifodasini topdi. Masalan, XX asrning 50—60-yillarida asosiy e'tibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan bo'lsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga o'tish davri bo'ldi.

XX asrning o'rtalariga kelib menejment O'zbekistonda tez sur'atlar bilan rivojlandi. 1966-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy ilmiy tadqiqot ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos bo'ldi.

XX asr oxiri XXI asr boshlarida menejment O'zbekistonda maxsus fan sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitila boshladi, menejmentga doir tadqiqotlar yo'lga qo'yildi, darsliklar yozildi.

Boshqaruv usullari.Boshqaruv usuli - maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob'ektga usullar va qo'llanmalar yig'indisi orqali ta'sir etishdir. Usullar ko'pincha metodlar deb ham yuritiladi. «Metod» grekcha so'z bo'lib (methodos) -«qandaydir maqsadga yetish» ma'nosini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bildiradi. Boshqaruv metodlari (usullari) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi. Menejment usullarining (metodlarining) ko'pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko'pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo'llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi.

Shuning uchun ham mavjud bo'lgan barcha boshqaruv usullarini o'z tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning yo'nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo'lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta'minlaydi.

Tashkiliy shakllar usuli ko'p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o'zgara boshlaganida qo'llaniladi. Bu holatda ham o'sha vaziyatga mos bo'lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo'ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo'la qo'llaniladi. Bu holda qo'llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko'rsatma yoki tavsiyalar yo'q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko'rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko'rinadi.

Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste'molchilarning xohish-istaklari o'zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko'plab usullar bir-biriga qo'shilib, bir-birini ba'zida inkor qiladi, ba'zida qo'llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatlarda qo'shimcha usullarni qo'llash ham talab qilinadi.

Ta'kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta'minlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an'anaviy tarzda qo'llaniladi:

1. To'g'ridan-to'g'ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma'muriy usullar;

2. Iqtisodiy me'yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar;

3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo'llaniladigan ijtimoiy -psixologik usullar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 1992.

2. O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida»gi qonu - ni. — T. : «Adolat», 1998.

3. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tah- did, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — T.: O'zbekiston, 1997.

4. Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T.: O'zbekiston, 1995.

5. Y.Abdullayev. «Bozor iqtisodiyoti», 1996.

6. M.Rasulov. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». — Toshkent: O'z- bekiston, 1999.

7. M.Sharifxo'jayev, Y.Abdullayev. Menejment. Darslik. Tosh- kent: O'qituvchi, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.