Open access journal
www.in-academy.uz
Wf-ESE-
EURASIAN JOURNAL OF TECHN01:0GY AND INNOVATION
BOSHQARUV NAZARIYASINING IJTIMOIY NAZARIY
ASOSLARI Rahmanov Abdulvoris Qutfiddin o'g'li
Samarqand Davlat Universitetining Denov Tadbirkorlik va pedagogika Instituti Tarix (Mamlakatlar va yo'nalishlar) sirtqi talabasi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 24th January 2024 Accepted: 30th January 2024 Online:31th January 2024
KEY WORDS Boshqaruv, nazariya, jamiyat, ijtimoiy, ijtimoiy - iqtisodiy soha, ijtimoiy - siyosiy soha, ma'naviy soha, boshqaruv predmeti.
Ushbu maqolamda Boshqaruv nazariyasining ijtimoiy tuzilishi, uning nazariy asoslari, Boshqaruv nazariyasining alohida fan sifatida shakllanishi, davlat va jamiyat ishlarida boshqaruv nazariyasining o'rni haqida tavsiyalar berilgan.
Boshqaruv tushunchasi tor ma'noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur boMgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to'g'ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog'liq bo'ladi. Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o'z tanlagan yo'li maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta'sir etuvchi kuch hisoblanadi. Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim.Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste'mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, boshqaruv maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ulami ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta'minlash va aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Boshqaruv ishlab chiqarish Jarayonida ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan bo'lsa, u bu tun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilma elementlari va ulaming o'zaro aloqasini ta'minlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e'tiborga olgan holda
www.in-academy.uz
ularning jahon sahnasida o'z o'rniga ega bo'lishiga qaratilgan bo'ladi. Boshqaruvning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlami o'rganish va ulaming aniq vaziyatlarda namoyon bo'lishini hisobga olgan holda xo'jalik rahbarlari respublika iqtisodiyotini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.1991-yil 31-avgustda 0 'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilindi, shunday bir sharoitda davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan quyi- dagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchh demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat».Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga va boshqariladigan vazifalarga nechog'lik bog'liq bo'ladi.
Ijtimoiy siyosiy sohada. —ma'muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va tuzil- malaridan qutuhsh; —davlat qurilishining demokratik huquqiy tamoyil va me'yorlariga o'tish; —fuqarolik jamiyatiga o'tishning poydevorini qurish va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:
— Iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;
— Mulkchilikning xilma-xilligi;
— Narx erkinligini ta'minlash;
— Raqobat kurashiga o'tish,
— ko'p tarmoqli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o'tish va boshqalar. Ma'naviy sohada:
Mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o'ta siyosatlashgan mafkura hukmronligidan qutulish. Xalqaro munosabatlar sohasida:
— butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o'zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;
—jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo'1 ochish.
Bozor munosabatlariga o'tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o'zaro ta'sirini, davlat boshqaruvi va korxonalaring o'z-o'zini boshqarishning mutanosib nisbatda borishini ta'minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmini yaratishga yo'naltirilgandir.
Har qanday fan o'z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet fanning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro'y beradigan jarayon va hodisalarning ro'y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko'rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o'rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqishi lozim. Boshqaruv predmeti xo'jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabat- larini o'rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo'lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko'rinishlarda bormadi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo'l ostidagi xodimlar o'rtasidagi aloqa va o'zaro ta'siming murakkab majmuyini ifodalaydi, demak, boshqaruv bu, eng awalo, kishilarni boshqarishdir.Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya'ni mehnat
«
www.in-academy.uz
vositalari va predmetlariga ta'sir etiladi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari boshqaruv subyektlari hisoblanadi.
Boshqaruv ilmi Ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada olimlar guruhi fuqarolar mudofaasi va o't ochish pozitsiyalari inshootlarini optimal joylashtirish, kemaga qarshi bombalarni portlatish chuqurligini va transport karvonlarining konvoyini optimizatsiyalash kabi murakkab harbiy masalalarni yechish topshirig'ini olganda paydo bo'lgan. 50- 60-yillarda uslubiyot yangilanib, bir qator o'ziga xos usullarga aylanib sanoatda muammolarni echishda va har xil vaziyatlarda qaror qabul qilishda kengroq ishlatila boshladi.Bugungi kunda boshqaruv ilmining model va usullari quyidagi masalalarni hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish va aeroportlarda harakat jadvalini optimizatsiyalashda, universitetlarda sinf va auditoriyalar ish jadvallarini tuzishda, super market va univermaglarda g'amlangan mollarni boshqarishda, mahsulotlaring yangi turlarini ishlab chiqarishda, turli xil mahsulotlarning reklamasiga xarajatlarni taqsimlashda, moddiy ta'minlashni rejalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlami ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va mehnat resurslarini taqsimlashda, mavsumga beysbol bo'yicha oliy liganing o'yin jadvalini tuzishda va h.k.
Boshqaruv ilmining markaziy joyi tashkilot rahbarlarini tashkilotni bir butun holdagi narsa sifatida uning manfaatlari uchun tashkilot tarkibiy qismlarining o'zaro munosabatlari bilan bog'liq muammolami hal qihshda ilmiy asos bilan ta'minlashdan iborat. Bu hamma tashkilotlar
Uchun muhimdir, lekin bu tamoyilni yirik tashkilotlarda qoMlash ixtisoslashtirishning yuqori darajasi tufayli qiyin boMishi mumkin. Cherchmen, Akoff va Arnofflarning tasdiqlashicha: «Tashkilotda har bir funksional birlik (bo'linma, bo'lim yoki sektor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur. Shu har bir qism tashkilotning umumiy maqsadlariga erishish uchun zarurdir.Biroq, mehnatning bunday taqsimlanishining natijasi har bir funksional bo'linma o'ziga tegishli bo'lmagan maqsadlarini ishlab chiqishidan iborat.
Masalan, ishlab chiqarish bo'liimi, odatda, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bilan shug'ullanadi. Marketing bo'limi sotish hajmining birligi chiqimlarini minimumga keltirish va u hajmni maksimumga chiqarishga harakat qiladi. Moliya bo'limi tashkilotning sarmoya yo'naltirish siyosatini optimizatsiya qilishga urinadi. Kadrlar bo'limi yaxshi ishchilarni minimal chiqimlarda yollash va ulami tashkilotda ushlab qolishga bor kuchini sarflaydi. Bu maqsadlar har doim ham mohiyati bo'yicha bir-biri bilan kelishmasdan ko'pincha bir-biriga zid bo'ladi».Qaror qabul qilishni modellash va munosib usullar bo'yicha idora xizmatlari mutaxassislari maqsadlar farq qilishi munosabati bilan mumkin bo'lmagan murosalarni baholashga harakat qilib qarama-qarshi maqsadlarning balansini ta'minlab beradigan alternativ qarorlarni aniqlamoqdalar. Boshqaruv ilmi nuqtayi nazaridan yondashuvni tushunish sizga idora mutaxassislari bilan muomala qilishga va tashkilot muammolarining unumli yechimini aniq ifoda qilib, ular bilan ishlashga yordam beradi.
Boshqaruv tizimlangan ilm-fan va kasb-hunarga shakllanishidan avval, u qanday rivojlanganligi ko'rsatilgan. Boshqaruvni samarali qilish uchun, hech qanday universal usullar yoki qat'iy tamoyillar yo'qligini bilish hali oldimizda turibdi. Ammo, shunday yondashuvlar mavjudki, ular rahbarlarga tashkilot maqsadlarini samarali ravishda amalga oshirish ehtimolini orttirishga yordam berayapti. Keyinchalik bayon qilingan yondashuvlarning har biri
«
www.in-academy.uz
bizning boshqaruv va tashkilotni tushunib yetishimizga sezilarli darajada o'z hissasini qo'shgan. Shunday qilib, bu bobni keyinchalik qator masala- lami ancha jiddiy va batafsil ravishda ko'rib chiqishning kirish qismi va shuningdek, boshqaruvga bo'magan qarashlarning qisqacha tushunchasi deb hisoblash mumkin.Agar tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsa, boshqaruv funksiyalari bajarilishi shart. Boshqaruv amaliyoti ham tashkilotlarga o'xshab qadimiy. Sanasi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarni ko'rsatuvchi loydan qilingan taxtachalarda qadimgi Shumeriyaning savdo-sotiqga oid bilimlari va qonunlari to'g'risida ma'lumotlar yozilgan, bu esa, u yerda boshqaruv amaliyoti mavjud bo'lmaganligining aniq isbotidir. Arxeologik qazilmalarga qarab, bundan ham qadimroq tashkilotlar borligini ko'rsa bo'lmadi: hatto tarixdan ilgarigi insonlar tashkillangan guruhlar bo'lib yashaganlar.
Ammo, qadimgi boshqaruv kabi qadimgi tashkilotlar ham, bizning kitobimizda yoritilganlardan juda ham farqlanadi. Boshqaruv faoliyati mustaqil soha deb, faqatgina yigirmanchi asrda tan olingan. Keyinroq, biz qisman bo'lsa-da, buning sabablarini yoritishga harakat qilamiz.
Hozir esa, tashkilotlarning rivojlanishi va ularni boshqarish qadimda qanday bo'lmaganligini ko'rsatish uchun qisqacha to'xtalib o'tamiz. Qadimda yirik tashkilotlarning ro'yobga kelishi ular boshqaruv darajalarini ajrata olish mumkin bo'lmagan rasmiy tuzilmaga ega bo'lmaganliklarini aniq ko'rsatadi. Vavilon osma bog'lari va Misr piramidalari faqat muvofiqlashtirilgan, tashkillangan harakatlar natijasidagina olamda paydo bo'lmagan. Iso tug'ilishidan ancha oldin yirik siyosiy tashkilotlar ham mavjud bo'lmagan. Buyuk Aleksandr davridagi Makedoniya, Forsiya va keyinroq Rim Osiyodan Yevropagacha yoyilgan. Bu tashkilotlar rahbarlari qirollar va generallar edi. Albatta, mavjud boMgan tashkilotlar faoliyatini ta'minlashga yordam bcrgan leytenantlar, g'alla omborlari asrovchilari, podachilar va ish nazoratehilari, hududlar gubernatorlari va g'aznachilar ham bo'lmagan. Yillar o'tdi, ba'zi bir tashkilotlarni boshqarish ancha aniq bo'lmay boshladi va murakkablashdi, tashkilotlarning o'zi esa, borgan sari kuchli va borgan sari barqaror bo'may boshladi. Bunga yuzlab yillar mavjud bo'magan Rim imperiyasi yaxshi misol bo'lmadi. General va ofitserlardan iborat aniq boshqaruv tuzilmasiga, armiyalarining diviziyalarga bo'linishiga, rejalashtirishga va intizomga ega bo'lmagan Rim legionlari yomon tashkillangan Yevropa mamlakatlari, 0 'rta Sharq davlatlari ustidan g'alaba marshi bilan olishdi. Bosib olingan hududlar, Rimga bo'ysungan generallar boshqaruviga berilgan, Rim bilan aloqani tezlashtirish uchun yo'llar qurilgan. Aloqa bu tashkilot muvaffaqiyatining eng muhim tarkibiy qismidir. Hozir ham, ayrim joylarda ishlatilayotgan mashhur yo'llar imperator foydasiga soliq va tovarlar yigishga yordam bergan. Va undan ham muhimi, agar mahalliy aholi yoki mahalliy ma'muriyat Rim boshqaruviga qarshi bosh kotarsa, yo mamlakat ichida joylashgan legionlarga chetda joylashgan provinsiyalar bilan tezda bog'lanishga imkon bergan.
Zamonaviy boshqaruv ko'rinishlarining deyarli hamma turlari, shakllarini qadimgi yirik tashkilotlarda ko'rishimiz mumkin, ammo, umuman olganda, u vaqtdagi boshqaruv xarakteri va tuzilmasi bugungidan farqlanadi. Masalan, rahbarlar va norahbarlar orasidagi mutanosiblik ancha kamroq bo'lgan, o'rta bo'gindagi rahbarlar kamroq bo'lgan. Oldingi tashkilotlar muhim qarorlarning deyarli barchasini o'zlari qabul qiladigan yuqori bo'ginidagi rahbarlarning kam sonli guruhlariga ega bolishga intilganlar.
Open access journal
www.in-academy.uz
Xulosa qilib aytganda boshqaruv nazariyasining jamiyat va davlat ishlari o'rnida uning o'rni beqiyos ekanligini ko'rib chiqdik , demak hozirgi kundagi boshqaruv nazariyasi shakllarini qadimgi tashkilotlarda ko'rishimiz mumkin ekan.
Lekin u vaqtdagi boshqaruv harakteri va tuzilmasi bugungidan farqlanar ekan.
References:
1. Tojimurot o'g'li, Q. A. (2023). ZAMONAVIY RAHBAR QIYOFASI: MA'NAVIY KAMOLOTI, SHAXSIY MAS'ULIYATI, BOSHQARUVCHANLIK KO 'NIKMASI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(5), 33-3S.
2. Tojimurot o'g'li, Q. A. (2023). RAHBAR SHAXSIY MAS'ULIYATINI OPSHIRUVCHI KOMPONENTLAR BORASIDA JAMOATCHILIK FIKRI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(5), 29-32.
3. Qodiraliyev, A. T. O. G. L. (2Ü22). RAHBARNING BOSHQARUV FAOLIYATIDAGI INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1151-1155.
4. Qodiraliyev, A. T. O. G. L. (2022). BOSHQARUV FAOLIYATIDA RAHBAR MA'SULIYATINI OSHIRUVCHI KOMPONENTLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1127-1131.
5. Кодиралиев, А. (2021). ЖАМОАТЧИЛИК ФИКРИНИНГ ОИЛАВИЙ ДАЁТ ВА ЁШЛАР ТАРБИЯСИГА ТАЪСИРИ. МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА: ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 3(11), 249-254.
6. Qodiraliyev Abror Tojimurot O'G'Li (2021). HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (2), 172-178.
7. Qodiraliyev, A. (2Q22). Fuqarolik jamiyatini qurishda yosh avlodning ijtimoiy faolligini oshirishning roli. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 13-19.
8. Kodiraliev, A. T. U. (2Q22). CRITERIA FOR DEVELOPMENT OF LEADERSHIP SKILLS IN THE MANAGEMENT PROCESS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 519-525.