Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING TASHKILIY HUJJATLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING TASHKILIY HUJJATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5045
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maqolada boshlang‘ich ta’limning tashkiliy hujjatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING TASHKILIY HUJJATLARI»

BOSHLANG'ICH TA'LIMNING TASHKILIY HUJJATLARI

Dilorom Mukimovna Tashpulatova

CHDPU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Maqolada boshlang'ich ta'limning tashkiliy hujjatlari to'g'risida fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: milliy malaka, ramka, mexanizm, baholash tizimi, kasbiy bilim, kasbiy ko'nikma, komponent, standart, hujjat.

KIRISH

O'zbekison Respublikasi Milliy malakalar ramkasi va uning mazmuni. Milliy ta'lim va tarbiya tizimimiz tarixida ilk bor O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-son Qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi [1]. Bu o'rinda ramka tushunchasi qoida, tartib va intizom ma'nolarida ishlatilgan. Milliy malakalar ramkasi pedagogik milliy tajribamiz va YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan halqaro baholash ta'lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan. Uning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta'lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishning mexanizmlari, tarmoqlararo malaka talablari va kasbiy kompetensiyalarni baholash mezonlarini belgilashdan iborat. Mazkur hujjat asosida davlat ta'lim standartlari, davlat malaka talablari va kasbiy ko'nikmalarning me'yorlari belgilanadi. Shu sababli Milliy malakalar ramkasi quyidagilarni ta'minlashga yo'naltiriladi:

kasbga o'qitish natijalari va o'qitish natijasida olinadigan bilimlar, mahoratlar, ko'nikmalar va kompetensiyalarni uyg'unlashtirish;

kasbga o'qitish va mehnat bozorining malakalarga ehtiyojlari orasida o'zaro aloqadorlikning mustahkam tizimini shakllantirish;

kasbga o'qitish va mehnat tajribasi natijalarining malaka talablariga va kasb standartlariga mosligini baholash jarayonini amalga oshirish; milliy va halqaro darajalarda malakalarni tan olish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimiz ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan o'qitish, tarbiya va amaliyot jarayonining malakalarini belgilash mazkur hujjatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu sababli ushbu Qaror bilan tasdiqlangan "Kasbiy malakalar, bilim va

September, 2022

342

ko'nikmalami rivojlantirish milliy tizimi to'g'risida"gi Nizomda belgilangan quyidagi tushunchalarni o'zlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi [2]:

1) malaka - xodim yoki kasbga talabgorning bilimi, mahorati va ko'nikmalarining tegishli kasb va mutaxassislik bo'yicha aniq tayyorgarlik darajasi;

2) malaka darajasi - xodim yoki kasbga talabgorning tayyorgarligi va ko'nikmalari darajasi bo'yicha belgilanadigan toifalangan talablar majmuasi;

3) milliy malakalar tizimi - ta'lim, o'qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi yoki butun umr davomida muvofiqlikka ega bo'lgan mexanizmlar majmui.

E'tibor berilsa, bu tushunchalarni o'zlashtirish Milliy malakalar ramkasi bo'yicha bilimga ega bo'lishga olib keladi. Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, ta'lim tizimida malaka eng asosiy tushuncha bo'lib, u kasbiy bilim, kasbiy ko'nikma va kasbiy mahoratning majmui hisoblanadi.

Milliy malakalar ramkasida va ta'kidlangan Nizomda iqtisodiyot sohasining tarmoqlari bo'yicha muayyan malakalarning o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi belgilangan. Misol uchun, pedagoglik kasbiga qo'yiladigan malaka talablarida asosiy e'tibor talabgorning ta'lim va tarbiya bo'yicha nazariy bilim, metodologik ko'nikma hamda amaliy metodik mahoratga ega bo'lishiga qaratiladi. Yoki, psixologik kasbiga qo'yiladigan malaka talablarida asosan talabgorning shaxs ruhiyati bo'yicha amaliy bilim va metodik mahoratga ega bo'lishiga diqqat qilinadi. Shu jihatdan Milliy malakalar ramkasida belgilangan tushunchalarning oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining majburiy (pedagogik-mutaxassislik) fanlar va tanlov fanlari vositasida yoki mustaqil ta'lim asosida chuqur o'zlashtirishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki innovasion jamiyat sharoitida Milliy malakalar ramkasida belgilangan qoidalarga asosan kasbiy talablarga ko'ra malaka toifalari berib boriladi. Misol uchun, kelgusida oliy pedagogik ta'lim jarayonida ham professor-o'qituvchilarning malaka toifa asosida faoliyat yuritishi nazarda tutilgan. Shu sababli mazkur xujjatni bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan chuqur o'zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Milliy malakalar ramkasi va ta'kidlangan Nizomga asosan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvuchilari quyidagilar bo'yicha o'ziga xos ko'nikmaga ega bo'lishi kerak:

1) kasbiy kompetensiya - xodimning kasbiy faoliyatda bilimlar, ko'nikmalar, mahorat va tajribani qo'llash qobiliyati

September, 2022

343

hamda utoga qo'yiladigan talablaг. Bu o'rinda quyidagilaгga e'tiboг beгish lozim:

bilim - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining pedagogik, ilmiy, nazariy va metodik tushunchalari majmui;

ko'nikma - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining daTs berish, ta'limni amalga oshiгish va tartiyaviy tadbiгlaгni yo'lga qo'yish usullari;

mahorat - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ta'lim va taгbiya jarayonini amalga oshirish layoqatlari majmui;

tajriba - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'z faoliyatini amalga oshirish jarayonida egallanadigan bilimlar va mahoratlar majmui.

Mazkm tushunchalami o'zlashtirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyaga ega bo'lishini ta'minlaydi.

2) baholash usullari - kasbiy imtixonni o'tkazishda kompetensiyalarni baholash ma^azlari tomonidan qo'llaniladigan va talabgoming belgilangan mezonlar hamda kasb standartlariga mosligini aniqlashga qaratilgan usullar majmuasi. Mazkm o'гinda quyidagilaгga e'tibor beгish keгak bo'ladi:

kasbiy imtixon - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mutaxassislik va tanlov fanlari bo'yicha belgilangan kredit modul tizimi majmuini egallashi;

baholash usullari - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ta'lim oluvchilami bilimi, tartiyaviy ko'nikmasi va amaliy faoliyatga tayyorgarligini aniq baholay olish tizimi;

baholash markazlari - kasbiy imtixon natijalarini baholovchi hay'at, kafedra, fakultet yoki maxsus belgilangan tashkilotlar (masalan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash inspeksiyasi);

mezonlar - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasiga qo'yiladigan talabla^

kasb standartlari - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagogik faoliyati asoslarini belgilaydigan me^oriar

E'tibor berilsa, mazkm- tushunchalami o'zlashtirish zarnriyat hisoblanadi va ulami o'zlashtirishda Milliy malaklaг гamkasi hamda ta'kidlangan Nizomda berilgan ta'гiflaгga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Milliy malakalar ramkasida mazkur hujjat Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi hamda Rossiya Federasiyasining Milliy malaklar ramkasiga mosligi alohida ta'kidlangan. Buning ma'nosi shuki, ushbu hujjat asosida milliy ta'lim tizimimiz jahon mamlakatlari ta'lim tizimiga integrasiyalashib boradi. Shu sababli mazkur hujjatni nazariy va kasbiy jihatdan to'liq o'zlashtirish taqozo etiladi.

September, 2022

344

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, Milliy malaklar ramkasi mazmuni va uning vazifalari to'g'risida ilmiy-nazariy hamda amaliy-metodik ishlanmalar yaratish dolzarb bo'lib turibdi.

Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartlari va malaka talablari. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son Qarori bilan "Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limning davlat ta'lim standartlari" tasdiqlangan. Davlat ta'lim standarti - ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari va uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Shu jihatdan standart - bu tartibga solingan me'yoriy hujjatdir, aynan davlat ta'lim standartlari asosan o'quv rejalari, dasturlari, darsliklari va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqiladi [3].

Davlat malaka talablari - bu o'qitish, ta'lim va tarbiya berish jarayonida asoslaniladigan mezonlar majmuidir. Shu sababli davlat ta'lim talablari davlat ta'lim standartlarining uzviy qismi sifatida qaraladi va ta'lim-tarbiya jarayoni unda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va malaka talablari boshlang'ich sinf o'quv fanlari kesimida aniq ishlab chiqilgan. Bunda quyidagi tamoyillarga tayanilgan:

- davlat ta'lim standartining davlat va jamiyat talablari hamda shaxs ehtiyojiga mosligi;

- o'quv dasturlari mazmunining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog'liqligi;

- umumiy o'rta ta'lim mazmunining insonparvarligi va h.k.

Mazkur tamoyillar asosida boshlang'ich sinfning o'quv fanlari kesimida davlat ta'lim standartlari va malaka talablari belgilangan. Misol uchun, "Ona tili va o'qish savodxonligi" o'quv fani bo'yicha boshlang'ich sinflarda o'quvchilar quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi shart: a) O 'qish texnikasi bo 'yicha:

Boshlang'ich sinf o'quvchisi 1 daqiqada 80-90 so'zni o'qiy olishi kerak. Bunda quyidagi talablar qo'yiladi:

- harflarni to'g'ri talaffuz etish;

- so'zlarni to'g'ri o'qish;

- gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o'qish;

- gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish va h.k.

b) Matn mazmunini va o'zgalar fikrini anglash malakasi bo 'yicha:

Boshlang'ich sinflarda o'quvchi 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni o'qib, qayta so'zlab bera olishi kerak. Buning uchun quyidagi talablar qo'yiladi:

September, 2022

345

- og'zaki nutqning to'g'гi, гavon, aniq, tushunarii va ta'siгchan bo'lishi;

- monologik (yakka taгtibdagi) nutqning гavon bo'lishi;

- deologik (o'zara muloqot) nutqida ta'sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq bo'lishi.

v) Diktant yozish malakasi bo 'yicha: Boshlang'ich sinf o'quvchisi 75-85 so'zdan iborat diktant yoza olishi lozim. Buning uchun quyidagi talablar belgilangan:

- imlo xatola^a yo'l qo'ymaslik;

- ij odiy matnning mantiqiy j ihatdan izchilligi ;

- berilgan izohlarning aniqligi va h.k.

Mazkrn- keltirilgan misoldan ma'lum bo'ladiki, boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartlari va malaka talablarini o'quv fanlari kesimida oliy pedagogik ta'lim jarayonida chuqrn- o'zlashtirish taqozo etiladi. Chunki boshlang'ich sinf o'qituvchisi boshlang'ich ta'limning davlat ta'lim standartlari va malaka talablarining ijrasini ta'minlovchi asosiy shaxs hisoblanadi.

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, milliy ta'lim tizimimizning halqaгo baholash ta'lim dastuгlaгiga moslashtirish jaгayonida uning davlat ta'lim standartlari va malaka talablari takomillashtirilib borilmoqda. Shu sababli mazkur hujjatlarni o'zlashtirish uchun "Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi"da e'lon qilib boгiladigan eng so'nggi variantga asoslanish tavsiya etiladi.

Boshlang'ich ta'limning davlat ta'lim standartlari va malaka talablari oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'quv fanlari vositasida o'zlashtiriladi. Ayni paytda, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mustaqil ta'lim asosida ushbu hujjatlarni o'zlashtirishi tavsiya etiladi. Chunki bu hu^at^ bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi talab darajasida bo'lishi uchun asos hisoblanadi. Shuningdek, bizningcha ulami "Boshlang'ich ta'limda me'yoriy hujjatlarni yuritish" o'quv fanini chuquriashtirib o'qitilgan shaklda o'zlashtirish yanada kutilgan samarani beradi.

Boshlang'ich ta'limda hujjatlar shakllari. Hozirgi zamon mamlakatimiz boshlang'ich ta'limida Ыг qator me'yoriy hujjatlai shakllari amal qilmoqda. Bunday hujjatlaming asosiy shakllari quyidagilaráan iborat ekanligini eslatib o'tish joiz:

a) "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun;

b) Milliy malakalar ramkasi;

v) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vaz^^ Mahkamasining ta'limga oid Fai"monlari, Qaгoгlaгi hamda Farmoyishlari;

September, 2022

З46

g) boshlang'ich ta'lim davlat ta'litm standartlari va malaka talablari; d) boshlang'ich ta'limning o'quv rejalari va dasturlari.

Ushbu asosiy hujjatlar oliy pedagogik ta'lim jarayonida izchil ravishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan o'zlashtirilishi kerak. Shuningdek, boshlang'ich ta'limning quyidagi qo'shimcha hujjatlari ham mavjud:

a) O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining buyruqlari;

b) boshlang'ich ta'limda yuritiladigan jurnallar va o'quvchilarning elektron kundaliklari;

v) maktab Pedagogik kengashi tomonidan qabul qilingan hujjatlar; g) ota-onalar majlisining bayonnomalari.

XULOSA

E'tibor berilsa boshlang'ich ta'limning hujjatlari shakllarini chuqur o'zlashtirish muhim hisoblanadi. Chunki boshlang'ich ta'limni amalga oshirish jarayonida aynan ana shu hujjatlar qonuniylikni ta'minlaydi. Shu sababli bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari imkon qadar an shun hujjatlar shakllarining mazmunini o'zlashtirishi va hujjatlar yuritish ko'nikmasini egallashi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Pedagogik tajriba shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich ta'lim hujjatlarini muntazam ravishda rasmiy nashrlar orqali kuzatib borish kutilgan samarani beradi. Bundan tashqari, bunday hujjatlarni o'zlashtirishda ularga berilgan sharhlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompayetensiyasi eng avvalo boshlang'ich ta'limga oid hujjatlarni bilishi va shu hujjatlar asosida faoliyat yuritish ko'nikmasiga egaligi bilan belgilanadi. Mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta'kidlaganidek, "ta'limda huquqiylikka tayanish nafaqat ta'lim sifatining, balki ta'lim beruvchining mahorati negizini tashkil etadi".

Shunday qilib boshlang'ich ta'limning tashkiliy hujjatlari o'zigav xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularni o'zlashtirmasdan kasbiy kompetensiyaga ega bo'lish qiyin. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mazkur hujjatlarni chuqur o'zlashtirishi tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi. // www. ziyonet.uz

2. Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limning davlat ta'lim standartlari. // www.ziyonet.uz

3. Jabborova O. Boshlang'ich ta'lim metodikasining yangi nazariy masalalari. - Toshkent, 2022.

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

34?

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.