Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistik kompetensiya / nutq faoliyati / til materiali / fonetika / grafika va orfografiya / leksika / grammatika

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Haydarova Maftuna Murodilla Qizi

Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq faoliyati turlarini: tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozishni hamda til materiallarini: talaffuz, leksika, grammatika o'z ichiga olgan lingvistik kompetentsiya to‘g‘risida umumiy ma’lumot hamda uni rivojlantirish omillari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA OQUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

OMILLARI

Haydarova Maftuna Murodilla qizi

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Haydarova Maftuna Murodilla kizi

PhD-Student, Namangan State University https://doi.org/10.5281/zenodo.11000996

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 10-April 2024 yil Ma'qullandi: 15- April 2024 yil Nashr qilindi: 20- April 2024 yil

KEY WORDS

lingvistik kompetensiya, nutq faoliyati, til materiali, fonetika, grafika va orfografiya, leksika, grammatika.

ABSTRACT

Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq faoliyati turlarini: tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozishni hamda til materiallarini: talaffuz, leksika, grammatika o'z ichiga olgan lingvistik kompetentsiya to'g'risida umumiy ma'lumot hamda uni rivojlantirish omillariyoritilgan.

Dunyo miqyosida har bir sohada shiddat bilan borayotgan global o'zgarishlar, jumladan, integratsiyalashuv jarayoni umumiy o'rta ta'limda ustuvor yo'nalish sifatida chet tillarni o'qitish tizimini rivojlantirishni talab etmoqda. Chet tili, shu jumladan, ingliz tili darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lingvistik kompetentsiyasini rivojlantirish, shuningdek, dars jarayonlarini qiziqarli tashkil etish maqsadida integrativ texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish harakatlar strategiyasining "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" bo'limining "Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish" nomli to'rtinchi bandida " Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish , chet tillar, axborot texnologiyasi, matematika va boshqa talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'qitish"1 asosiy ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilanganligi chet tili o'qitishga zamonaviy va ilg'or texnologiyalar asosida yondashuvni, o'quvchilarning xorijiy tillar bo'yicha lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini yaratishni taqozo etadi.

Kompetensiya (layoqat, fazilat), ma'lumki, bilim, ko'nikma, malaka va shaxsiy belgilar majmuidan iborat. Lingvistik kompetentsiya - fonetik, orfografik, leksik, grammatik bilimlarni o'zlashtirishni o'z ichiga oladi va o'quvchilarda nutqiy qobiliyatni rivojlantiradi. Lingvistik kompetensiyaning asosini ikkita komponent tashkil qiladi: -o'rgatilgan qoidalarga asoslangan bilim; -nutqni tushunish va muloqot qilish qobiliyati.

Lingvistik kompetentsiyaga olimlar tomonidan turli davrlarda turlicha ta'riflar berilgan. Jumladan:

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi. http://strategy.regulation.gov.uz//document/2.

E.V.Tixomirova o'z tadqiqot doirasidagi dissertatsiyasida lingvistik kompetensiya chet tilidagi lingvistik shakllardan ya'ni fonologiya, morfologiya,sintaksis hamda lug'atlardan tog'ri foydalanishda namoyon bo'lishini ta'kidlab o'tgan.

I.L.Beam qarashlari lingvistik kompetensiya va sotsiolingvistik jihatlarni o'z ichiga oladi hamda uni "lingvistik vositalarga ega bo'lish , matnni yaratish va tushunish jarayoni " deya ta'riflaydi.

Yana bir olim R.K.Minyar Beloruchev lingvistik kompetensiyani "til tizimi va nutq faoliyati jarayonida lingvistik vositalardan foydalanish qoidalarini bilish " deb belgilashni taklif qiladi.

Yuqoridagi ta'riflardan lingvistik kompetensiya deganda grammatik jihatdan to'g'ri shakl va sintaktik konstruksiyalarni qurish, shu bilan birga, nutqdagi semantik bo'laklarni tilning mavjud me'yorlariga muvofiq tashkil eta olish va ulardan o'rinli foydalanish qobiliyati tushuniladi.

Lingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. Lingvistik kompetensiya til faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar to'plamini amalda qo'llash qobiliyatiga asoslanar ekan, o'z navbatida lingvistik kompetensiya quyidagi turlarga bo'linadi:

- Sintaktik kompetensiya- og'zaki va yozma nutqni grammatik jihatdan to'g'ri qurish qobiliyati.

- Pragmatik kompetensiya- muloqotda lingvistik tushunchalarni to'g'ri qo'llash qobiliyati.

- Semantik kompetensiya- nutqiy iboralarni izohlash qoidalaridan foydalanish qobiliyati.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari ingliz tili darslarida so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishi, grammatik jihatdan to'g'ri jumlalar tuzishi va muayyan atamalarni qo'llay olishi, shuningdek, muloqotda muammolar paydo bo'lish holatlarini oldini olish maqsadida lingvistik kompetensiyani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Ingliz tili o'qitishning amaliy maqsadiga erishish yo'lida nutq faoliyatining turlari uchun maxsus mavzular va til materiali tanlanadi, o'quv vaqtining asosiy qismi ularni o'rganishga bag'ishlanadi, ya'ni mashqlarning aksariyati ushbu nutq faoliyati tur(lar)ida bajariladi. Amaliy maqsadga lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarni egallash orqali erishiladi. 2

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish muammosini yoritishda "ta'lim mazmuni" tushunchasini tahlil qilishga ehtiyoj seziladi. "Ta'lim mazmuni" deganda, boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitish maqsad va vazifalariga mos keladigan, o'rganilayotgan tilni egallash darajasi uchun zarur o'quv materialni o'quvchilarga o'rgatish uchun lozim bo'lgan barcha vositalar, tilni egallash sifati hamda darajasi tushuniladi. Ta'lim mazmuni o'z ichiga:

-til materiali( talaffuz, leksika, grammatika);

- nutq malakalari (tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozuv);

- nutqiy muloqot (og'zaki suhbat va o'qish) mavzu va vaziyatlarini qamrab oladi.

2 Tajibayev G.Sh. Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitish .5112200 - Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili), 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Namangan — 2019. 32-b.

Page 59

Ingliz tili o'qitish metodikasida til materiali mufassal tadqiq etilgan. Fikrni ifodalash yoki ifodalangan fikrni tushunib olish uchun nutqda til materialini qo'llay bilish talab etiladi.

Til materiali borasida so'z yuritganda olim J.JJalolov,uch metodik tushunchani bir-biridan farqlashni tavsiya etadi: 1)ingliz tilini o'qitish mazmuni, 2)uning tarkibidagi til materiali va 3) undan ajratib olinadigan til materialini o'qitish mazmuni. Bunda leksik minimumdan leksikani o'rgatish mazmuni, Grammatik minimumdan grammatikani o'rgatish mazmuni, talaffuz materialidan talaffuzni o'rgatish mazmunini ajratib olish va ularni o'rganishda maxsus mashqlar bajarish, binobarin, tegishli vaqt hamda kuch sarflash shart bo'lgan til xodisalarini tanlash masalasi turadi.

Til materialini, bir tomondan, sezgilar yordamida aytish, eshitish, ko'rish va yozish mumkin, ikkinchi tomondan esa nutq faoliyati turlarida ularni qo'llash va idrok etib tushunish mumkin. Ma'lumki, ingliz tili o'qitishda har qaysi bosqich va tashkiliy qismlari uchun alohida-alohida leksik, Grammatik, talaffuz, imlo, so'z yasash minimumlari tanlanadi. Xulosa

Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitish o'qituvchi va o'quvchining maqsaddan natija sari intiluvchi hamkorlikdagi faoliyatdir. Boshlang'ich ta'limda maqsaddan natijaga erishish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:

- o'quvchiga ikki turda bilim, ya'ni nutqiy jarayonda ishtirok etish uchun kerakli til (fonetika, grafika va orfografiya, leksika, grammatika)ga oid algoritmik qoidalar va ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan o'quvchi hayoti davomida foydali bo'ladigan ma'lumotlar beriladi;

- o'quvchi ingliz tili sohibining nazari bilan dunyo manzarasiga yangicha qarashga va oqibatda, umumbashariy va milliy qadriyatlarni uyg'un his qilishga o'rgatiladi;

- o'qish va yozish, o'qish va tinglash, o'qish va gapirish, tinglash va o'qish, tinglash va yozish, tinglash va gapirish kabi mashqlar orqali nutq faoliyatining to'rt turi: tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozuv malakalari hamda til materiali: talaffuz, leksika, grammatika o'zaro bog'langan holda rivojlantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi. http://strategy.regulation.gov.uz//document/2.

2. Tajibayev G.Sh. Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitish .5112200 - Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili), 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Namangan — 2019. 32-b.

3. Haydarova, M.M (2023) "Content and structure of linguistic competence". EPRA International Journal of Multidisciplinary Research. Vol,9(5). 191-193 p.

4. Haydarova, M.M (2023) "Factors of development of linguistic competence". International conference on the topic" Innovative approaches to teaching foreign languages" 241-245 p.

5. Haydarova, M.M (2023) "Ingliz tili darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lingvistik kompetensiyasini integrativ texnologiyalar asosida rivojlantirish". Multidisciplinary Scientific Journal Scholar. ISSN: 2181-4147.Vol,1(32). 132-137b.

6. Jalolov J.J. Chet til o'qitish metodikasi,-Toshkent,2012.

7. Jalolov J.J, Makhkamova G.T, Ashurov Sh.S. English Language Teaching Methodology.-Toshkent,2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.