Научная статья на тему '“BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI” MAZMUNI'

“BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI” MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12260
664
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BOSHLANG'ICH / TA'LIM / PEDAGOGIKA / TUSHUNCHA / METODOLOGIYA / ZAMONAVIYLIK / TENDENTSIYA / BILIM / KO'NIKMA / YONDASHUV / MALAKA

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umarova Z.A.

Mazkur maqolada “Boshlang`ich ta’lim pedagogikasi” o`quv fanining mazmuni tahlil qilib berilgan va metodik tavsiyalar taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENTS OF “PEDAGOGY OF PRIMARY EDUCATION”

In these articles, the meaning of the new academic subject "Pedagogy of Primary Education" is analyzed and methodological recommendations are given.

Текст научной работы на тему «“BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI” MAZMUNI»

Umarova Z.A.

Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika institute

"Boshlanglch ta'lim" kafedrasi o^qituvchisi

"BOSHLANG'ICH TA'LIM PEDAGOGIKASI" MAZMUNI

Annotatsiya: Mazkur maqolada "Boshlang^ich ta'lim pedagogikasi" o^quv fanining mazmuni tahlil qilib berilgan va metodik tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so\lar: boshlang'ich, ta'lim, pedagogika, tushuncha, metodologiya, zamonaviylik, tendentsiya, bilim, ko'nikma, yondashuv, malaka.

CONTENTS OF "PEDAGOGY OF PRIMARY EDUCATION"

Umarova Z.A.

teacher of the "Primary education " chair Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Republic of Uzbekistan

Abstract: In these articles, the meaning of the new academic subject "Pedagogy of Primary Education" is analyzed and methodological recommendations are given.

Key words: primary education, pedagogy, concept, methodology, modern, trend, knowledge, skills, approach, skill.

O'zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;

- boshlang'ich ta'limni ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;

- boshlang'ich ta'lim samaradorligiga erishish.68

Mazkur vazifalar oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'qitilayotgan "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi" fanining mazmunini belgilaydi. Unga ko'ra, mazkur fanning mazmuni boshlang'ich ta'lim, tarbiya va uni o'qitish asoslari bo'yicha bo'lajak o'qituvchilarga nazariy bilim, ko'nikma hamda malaka berishdan iborat. Bunda quyidagilarga e'tibor berish lozim:

- boshlang'ich ta'lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:

1) inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o'quvchilarga bilim berish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitish va tarbiyalash jarayoni;

68 Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. //"Халк сузи"газетаси. 2020 йил 30 декабрь сони.

3) boshlang'ich ta'limning samarasiga erishish;

4) boshlang'ich ta'limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish.

- boshlang'ich ta'limda tarbiya tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilari shaxsini rivojlantirish;

4) boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash.

- boshlang'ich ta'limda o'qitish tushunchasining mazmuni quyidagilardan iborat:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilariga bilim, hayotiy tajriba, faoliyat ko'nikmasi berish va ularning tafakkurini shakllantirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malaka hislarini shakllantirish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining xotira, diqqat va fikr yuritish ko'nikmasini shakllantirish;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarining qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirish.

Ushbu uch muhim kategorial tushuncha "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" fani mazmunini tashkil qiladi. Bu fan vositasida O'qituvchi 7-11 yoshli shaxslarga dastlabki ta'lim va tarbiyani beradi, ularni o'qish ko'nikmasini shakllantiradi.

Ayni paytda mazkur fanning mazmuniga ko'ra, boshlang'ich sinf o 'quvchilari quyidagilarga amal qilishi shart:

1) o'qishi, ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilari aniq ma'lumotlarni va topshiriqlarni O'qituvchi yordamida sinfdoshlari bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda o'zlashtirishi;

2) kuzatish, qiyoslash va fikrlash ko'nikmalarini egallashi;

3) o'z fikri va qarashlarini ifodalay olishi kerak.

Bularning barchasi boshlang'ich ta'lim pedagogikasi mazmunini tashkil qiladi.

Boshlang'ich ta'lim metodologiyasi. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi" fani o'ziga xos metodologik asoslarga tayanadi. Mazkur metodologiyaning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi:

- boshlang'ich ta'limga oid normativ-huquqiy hujjatlar;

- boshlang'ich ta'lim nazariyasi va amaliyoti;

- boshlang'ich ta'limga oid SHarq va G'arb pedagogik tajribalari;

- boshlang'ich ta'limga oid ilmiy tadqiqotlar.

Ushbu metodologik asoslarini bo'lajak o'qituvchilar aniq o'zlashtirishi lozim.

- boshlang'ich ta'limga oid normativ-huquqiy hujjatlar. O'zbekiston Respublikasida boshlang'ich ta'limga oid normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

a) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bilim olish va kasb-hunar egallashga oid belgilab qo'yilgan huquqlar;

b) O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi yangi Qonuni (2020 yil 23 sentyabrb);

v) yagona "Milliy o'quv dasturi";

g) boshlang'ich ta'lim davlat standartlari va davlat talablari;

d) boshlang'ich ta'limga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda Farmoyishlari.

- boshlang'ich ta'lim nazariyasi va amaliyoti; O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim nazariyasi va amaliyoti quyidagilarga asoslanadi:

a) boshlang'ich ta'limda bilim berish, tarbiyalash va o'qitish asoslari;

b) boshlang'ich ta'lim bo'yicha milliy tajriba;

v) boshlang'ich ta'lim bo'yicha ilg'or mamlakatlarning an'analari;

g) boshlang'ich ta'lim metodlari, vositalari va texnologiyalari.

Bo'lajak o'qituvchilar boshlang'ich ta'limning mazkur nazariyasi va amaliyoti asoslarini o'zlashtirishlari taqozo etiladi.

-boshlang'ich ta'limga oid SHarq va G'arb pedagogik tajribalari mazkur masala bo'yicha SHarq va G'arb pedagogik tajribalari o'ziga xos tarzda mavjud. Unga ko'ra, SHarq va G'arb pedagogikasi tajribalari quyidagi uyg'unlikka ega:

a) 6-7 yoshli o'quvchilarga bepul boshlang'ich ta'lim berish;

b) boshlang'ich sinf o'quvchilarini bilim olamiga olib kirish;

v) boshlang'ich sinf o'quvchilarini davr va jamiyat talablari asosida tarbiyalash;

g) boshlang'ich sinf o'quvchilarini keyingi ta'lim olishga tayyorlash.

Ayni paytda, SHarq boshlang'ich ta'lim tajribasida quyidagi o'ziga xosliklar mavjud:

- Ustoz-shogird an'anasiga tayanish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarini jamoaviy (o'qituvchilar, murabbiylar, psixologlar, maktab jamoasi va ota-onalar ishtirokida) tarbiyalash;

- boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini O'zbekiston sharoitida Prezident va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida o'qish uchun tayyorlash;

- boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini oila va milliy qadriyatlar asosida voyaga yetkazish.

G'arb boshlang'ich ta'lim tajribasida quyidagi o'ziga xosliklar mavjud:

- bolaga individual yondashish;

- bolaning ijodiy layoqatlarini shakllantirish;

- bolani mustaqil fikrlash va faoliyatga o'rgatish;

- bolaning kasb-hunar negizlari bilan dastlabki bosqichda tanishtirish.

Bizning yondashuvimizga ko'ra, oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak

o'qituvchilar boshlang'ich ta'limga oid SHarq va G'arb tajribalarini uyg'un o'zlashtirish kerak.

- boshlang'ich ta'limga oid ilmiy tadqiqotlar. O'zbekistonda boshlang'ich ta'limga oid ilmiy-tadqiqotlar XX asrdan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori va Abdulla Avloniyning ilmiy ishlanmalavri, shuningdek, yuzlab o'zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlari mavjud.

Mazkur ilmiy tadqiqotlarda izchil ravishda quyidagi muammoldar o'rganilib kelinmoqda:

a) boshlang'ich ta'limning asoslari, funktsional vazifalari, metodlari va texnologiyalari;

b) boshlang'ich singf o'qituvchisiga qo'yiladigan kasbiy talablar va ularning individual metodlari, texnologiyalarini ommalavshtirish;

v) boshlang'ich ta'limga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish;

g) boshlang'ich ta'lim samaradorligini monitoring qilib borish asoslari.

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilar boshlang'ich ta'limga oid ilmiy tadqiqotlarning ana shu yo'nalishlarini o'zlashtirishi tavsiya etiladi.

Boshlang'ich ta'limning zamonaviy tendentsiyalari. "Tendensiya" tushunchasi lotincha bo'lib, an'ana, takomil va namuna ma'nolarini anglatadi. SHu jihatdan hozirgi zamon boshlang'ich ta'limining o'ziga xos va muhim tendentsiyalari quyidagilardan iborat:

1) boshlang'ich ta'limga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

2) boshlang'ich ta'limning madaniy kontekstini kuchaytirish;

3) boshlang'ich ta'limga oid xalqlarning ilg'or tajribalarini tadbiq etish.

Boshlang'ich ta'limga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda

kompbyuter, Internet tarmog'i imkoniyatlaridang oqilona foydalanish masalasiga asosiy e'tibor berilmoqda. Bunda texnologik ta'lim asoslari kuchayib bormoqda va ayni paytda, texnologik ta'lim rivojlanish hamda shakllanish jarayonida bo'lgan boshlang'ich ta'lim o'quvchilarining insoniy, jismoniy hamda estetik tuyg'ularini texnokratik tarzda shakllantirmasligi kerak.

Boshlang'ich ta'limning madaniy kontekstini kuchaytirish jarayonida 7-11 yoshli o'quvchilarga xalqning milliy va oilaviy qadriyatlari asosida bilim berish, ularning axloqiy va faoliyat ko'nikmasini umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishnga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Misol uchun, O'zbekisto nda xalq an'analari, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, oilaparvarlik kabilar milliy qadriyatlar, bag'rikenglik, demokratlik, birodarlik singarilar umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi. SHu sababli boshlang'ich ta'limning madaniy kontekstini kuchaytirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga asoslanish taqozo etiladi.

Butun dunyoda boshlang'ich ta'limga xalqlarning ilg'or tajribalarini tadbiq etish tendentsiyasi davom etmoqda. Unga ko'ra, muayyan xalqlarning boshlang'ich ta'limda erishgan yutuqlari o'zga xalqlar tomonidan qabul qilinmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasining boshlang'ich ta'limdagi xalqparvarlik konteksti, Finlandiya qirolligining boshlang'ich ta'limidagi xususiy ta'lim konteksti va O'zbekiston boshlang'ich ta'limidagi dunyoviylik konteksti xalqaro tajribalar sifatida e'tirof etiladi.

Zero, boshlang'ich ta'lim pedagogikasi mazmuni quyidagicha idrok etiladi:

1-rasm. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi mazmuni

SHunday qilib boshlang'ich ta'lim pedagogikasining mazmuni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilar tomonidan o'zlashtirilishi kerak.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //"Xalq so'zi"gazetasi. 2020 yil 30 dekabr soni.

2. Mardonov Sh.Q. Pedagogika fanidan o'qitishning electron didaktik ta'minoti texnologiyasini ishlab chiqish.-Toshkent, 2021.

3. Умарова З.А. Бошлаетич таълим дидактикаси. Academic Research In Educational Sciences Volume 2 | ISSUE 2 | 2021. ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723. 556-562-бет

4. Mamadaliyev K.R, Jabborova. O.M, Umarova Z.A., Abdullayeva B.P. Creation of a New Generation of Teaching Literature - A Requirement of Modernity // SCOPUS International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Special Issue 1, 2020,

5. Jabborova Onaxon Mannapovna, Umarova Zuhra Abduraxmanovna. Pedagogical conflicts in primary school students - as an important social-pedagogical problem. Solid State Technology, Great Britain, 2020, Issue 6, pp.235241.

6. Quzmanova G. B, Beketov.N. A Use Of Historical Materials In Teaching Mathematics In Continuous Education. The american journal of social science and education innovations, Volume 2 Issue 9, 2020, ISSN 2689-100X, 2(09), 531-537.

7. Jabborova Onahon Mannapovna. (2019). Psycholocial and pedagogical foundations of the formation of the artistic perception of students in secondary schools. European journal of research and reflection in educational sciences, 7(10), 9-14.

8. Наримбетова З.А. Использование интерактивные методы обучения в учебном процессе. электронное научно-практическое периодическое издание. "Экономика и социум" №3(82) 2021

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Наримбетова З.А., Сытина Н. Учитель-нравственный пример для ученика. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

10. Narimbetova Z.A. The Study Of The Elements Of Fractal Geometry As A Means Of Integrating Knowledge In Mathematics And Computer Science In The Educational Process Of A Secondary School Students. International Journal Of Scientific & Technology Research Volume 9, Issue 04, April 2020

11. Жабборова О.М., Умарова З.А. "Тарбия" фанини кластер усулида укитишда педагогик конфликтларни бартараф этиш. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723.

12. Умарова З.А., Сайлиева М.М. Конфликтология назарияси хусусиятлари. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

13. Kuzmanova G. B. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matnli masalalarning ta'limiy ahamiyati. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 1154-1159

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.