Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TABIIY FANLAR” HAMDA “TABIATSHUNOSLIK” FANLARINING O‘QITILISHI HOLATI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TABIIY FANLAR” HAMDA “TABIATSHUNOSLIK” FANLARINING O‘QITILISHI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
243
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ma’lumot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Elmuratova Dilrabo

Hozirgi kunda zamonaviy fikrlaydigan, yuqori saviyali, o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan kadrlarni yetishtirish hozirgi kun talabidir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilingan. Konsepsiyaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi tizimi sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro dastur va tadqiqotlarda ishtirok etishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. O‘z navbatida, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish uchun o‘quvchilarning bilim darajasini talab darajasida rivojlantirish kerak. Bu jarayonda darsliklarning zamonaviy, innovatsion tarzda tayyorlanishi muhum ahamiyatni kasb etadi QR-kod belgisi orqali internet tizimiga ulangan veb-saytidagi belgilangan ma’lumot bilan tanishish imkoniyatlari beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TABIIY FANLAR” HAMDA “TABIATSHUNOSLIK” FANLARINING O‘QITILISHI HOLATI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BOSHLANG'ICH SINFLARDA "TABIIY FANLAR" HAMDA "TABIATSHUNOSLIK"

FANLARINING O'QITILISHI HOLATI Elmuratova Dilrabo

Guliston Davlat pedagogika instituti, PhD, dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10036216

Hozirgi kunda zamonaviy fikrlaydigan, yuqori saviyali, o'zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo'llay oladigan kadrlarni yetishtirish hozirgi kun talabidir. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" qabul qilingan. Konsepsiyaga ko'ra O'zbekiston Respublikasining xalq ta'limi tizimi sifatini oshirish hamda o'quvchilarning bilim darajasini baholashda PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro dastur va tadqiqotlarda ishtirok etishini ta'minlash ko'zda tutilgan. O'z navbatida, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish uchun o'quvchilarning bilim darajasini talab darajasida rivojlantirish kerak. Bu jarayonda darsliklarning zamonaviy, innovatsion tarzda tayyorlanishi muhum ahamiyatni kasb etadi QR-kod belgisi orqali internet tizimiga ulangan veb-saytidagi belgilangan ma'lumot bilan tanishish imkoniyatlari beradi.

QR-kod mazmun mohiyatiga asosan ingliz tilidan olingan bo'lib "QuickResponse" so'zlarining qisqartirmasidir. Uning mazmuni "tezkor javob" ma'nosini beradi. Bu kodning afzalligi shundaki, u skanerlovchi uskuna (mobil telefon, fotoapparat yoki qo'l skaneri) yordamida oson va tez o'qish hamda kodlash imkonini beradi.

Tabiatshunoslik darslarida darsliklarda mavzulariga joylashtirilgan ushbu QR-kod belgilarini skaner qilish orqali mavzularga oid internet ma'lumotlaridan foydalanish orqali yuqori natijaga erishish mukin.

Boshlang'ich sinflarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» darslarini zamon talablariga javob beradigan holda o'qitishda «Sahnalashtirilgan», «O'yin — musobaqa», «Test-sinov», «Sayohat» darslaridan foydalanish samarali natija beradi.

Zamonaviy dars o'tish usullarining o'ziga xos xususiyatlari: mavzuni muxokama qilish; erkin fikrlash; xamkorlikda ishlash; juft bo'lib guruhlarda ishlash; davra suhbatlari, bahs-munozaralar; rollarni ijro etish; muammolarni birgalikda hal etish uchun fikrlash.

Zamonaviy usullar o'quvchilarning o'z fikrini himoya qilish ko'nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlashni o'rgatib, ularni hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda engish tajribasini singdiradi. Zamonaviy usullardan foydalanish: sinf muhitini o'zgartiradi; mavzu qanday o'quvchilarning o'rganilishi kerakligini belgilab beradi; har bir o'quvchini faollashtiradi.

Bugungi kunda o'qituvchi o'qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va o'quvchini bevosita mustaqil bilim olishga o'rgatmog'i lozim. Bu jarayonda o'qituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimi, insoniy odob-axloqi muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o'qituvchi mohirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan ta'lim sohasini rivojlantirishga hissa qo'shmog'i talab etiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashda noan'anaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarda o'z kuchlariga ishonch hosil qilishlari uchun imkon yaratish, sinfdagi o'quvchilar o'rtasida do'stlik, o'zaro hamkorlik tuyg'ularini shakllantirishga erishish nazarda tutiladi.

Pedagogik texnologiya ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun qulay shakl va usullardir. Demak, pedagogik texnologiya insonga odindan belgilangan maqsad bo'yicha ta'sir o'tkazish

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

faoliyatidan iborat. Muammoli o'qitishning asosi — o'quvchilar bilish faolligini rivojlantirishdir. Muammoli o'qitishni o'z ichiga olgan darslarda o'quvchilarga yangi ma'lumotlarni o'zida saqlagan masalalarni hal qilish taklif qilinadi, toki, ular bilimlarni o'zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo'llanish usullarini egallab olsinlar.

Muammoli dars quyidagi bosqichlarga bo'linadi: muammoli vaziyat yaratish; muammoli ifodalash; muammo echimini izlash; echimning to'g'riligini tekshirish. Dars shunday tarzda tuzilishi kerakki, unda qo'yilgan muammoga o'quvchilarda qiziqish uyg'onsin, bilim olish tizimidagi ahamiyati ko'rsatilsin, yangi bilimlar olishga ehtiyoj tug'ilsin. Darslarda dasturlashtirilgan o'qitish, ya'ni amaliy ishlardan, qiziqarli topshiriqlardan foydalanish muammosi o'ta dolzarbdir.

Hozirgi paytda o'quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularning atrof-olam va ekolgik bilimlar bilan tanishtirish darslarida olgan bilimlarini tekshirish maqsadida har bir o'quvchining o'quv jarayonida mustaqilligini ta'minlovchi va o'quv materialini o'zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi qo'llanilmoqda.

REFERENCES

1. Абдурахманова М.А. Применение инновационного опыта в педагогической деятельности (теоретико-сравнительный анализ) // Проблемы современного образования. -Москва, 2017. - № 2. - С. 104-109. Электроный ресурс: http://www.pmedu.ru.

2. Elmurotova D.M. Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash// Xalq ta'limi jurnali. -Toshkent, 2011. - 3. - B. 45-47. (13.00.00; № 17).

2. Elmurotova D.M. Bo'lg'usi o'qituvchilarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning tarkibiy komponentlari// Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Axborotnomasi. -Nukus, 2017. - 4. - B 44-46. (13.00.00; № 13).

3. Elmuratova D. M. Theoretical Basis of Training Future Techers to Innovative Professional Activities// Eastern European Scientific Journal. - Germaniya, 2017. - Ausgabe 1. -B. 194-197. (13.00.00; № 1).

4. Elmurotova D.M. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichlari// TDPU Ilmiy Axborotnomasi, ilmiy-nazariy jurnal. -Toshkent, 2019. - № 1. - B. 63-68. (13.00.00; № 1).

5. Elmurotova D.M. Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi muammolar// Mustaqil O'zbekiston - innovatsion taraqqiyot yo'lida: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. - Toshkent: TDPU, 2018. - B. 136-137.

6. Elmurotova D.M. Boshlang'ich ta'lim talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash// Boshlang'ich ta'limda integratsiyaviy - innovatsion yondashuvlar: Resp. miqyosida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman material. -Toshkent: TDPU, 2019. - B. 26-29.

7. Norbo'tayev X.B. Boshlang'ich sinf tabiatshunoslik darslarida innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalanish metodikasi // Zamonaviy ta'limi. -Toshkent, 2016. -№6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.