Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA STEAM -TA’LIMINI JORIY ETISHNING HUSUSSIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA STEAM -TA’LIMINI JORIY ETISHNING HUSUSSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Steam / tabiiy fanlarni o‘qitish / matematika / integratsiya / ijodkorlik / tarbiya / mehnat faoliyati / olchov birliklari / harakat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamasaidova Muhabbat, Sobirova Saydiniso

Ushbu maqolada matematika fanini tabiiy fanlar bilan integratsiyalashuvi yoritib berilgan. O‘quvchilarda maktab ta’limida STEAM texnologiyasini yo’lga qo’yish,aloqadorlik o’quvchilarning bilimlarini ongli o’zlashtirish,matematika fanidagi geometrik shakillar, harakat va o‘lchov birliklari, sig‘im kabi tushinchalardan foydalanib fanlar aro integratsiyalashuv jarayoni kuzatilayotganini yaqqol ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA STEAM -TA’LIMINI JORIY ETISHNING HUSUSSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA STEAM -TA'LIMINI JORIY ETISHNING

HUSUSSIYATLARI 1Mamasaidova Muhabbat, 2Sobirova Saydiniso

1FarDU, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2FarDU magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11060036

Annotatsiya. Ushbu maqolada matematika fanini tabiiy fanlar bilan integratsiyalashuvi yoritib berilgan. O'quvchilarda maktab ta'limida STEAM texnologiyasini yo'lga qo'yish,aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarini ongli o'zlashtirish,matematika fanidagi geometrik shakillar, harakat va o'lchov birliklari, sig'im kabi tushinchalardan foydalanib fanlar aro integratsiyalashuv jarayoni kuzatilayotganini yaqqol ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Kalit so'zlar: Steam, tabiiy fanlarni o'qitish, matematika, integratsiya, ijodkorlik, tarbiya, mehnat faoliyati, olchov birliklari, harakat.

Annomamu,^. В данной статье освещается интеграция математики с естественными науками. Понятно, что учащиеся наблюдают процесс междисциплинарной интеграции, используя такие понятия, как внедрение технологии STEAM в школьное образование, общение, сознательное приобретение знаний учащимися, геометрические фигуры в математике, единицы движения и измерения, емкость. , мы сможем увидеть.

Ключевые слова: обучение естественным наукам, математике, интеграция, творчество, образование, трудовая деятельность, единицы измерения, движение.

Abstract. This article highlights the integration of mathematics with natural sciences. It is clear that students are observing the process of inter-disciplinary integration using concepts such as the implementation of STEAM technology in school education, communication, the conscious acquisition of students' knowledge, geometric shapes in mathematics, units of movement and measurement, and capacity. we will be able to see.

Keywords: Steam, teaching natural sciences, mathematics, integration, creativity, education, labor activity, units of measurement, movement.

Hozirgi paytda dunyo miqyosida raqobat qanday keskin tus olib borayotganini hammamiz ko'rib turibmiz. Bu shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob bera olamiz. Dunyodagi rivojlangan.mamlakatlar o'z oldiga nafaqat mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish va ularni bozorga olib chiqishni, balki chuqur bilim va ilmiy yutuqlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o'tish vazifasini qo'ygan. Bu yutuqqa qanday erishyapti? Albatta, yoshligidanoq bolalarning ta'lim va tarbiyasiga chuqur e'tibor berish orqali. "2022-2030-yillarda O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim va tarbiya sohasini gumanitarlashtirish strategiyasi" yaratilishi va amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Chindan ham, bugun biz ulug' niyatlar bilan poydevorini qo'yayotgan yangi Uyg'onish davri mamlakatimizda mana shunday ulkan boylik yaratishga, xalqimiz hayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga o'zimizdan munosib meros qoldirishga xizmat qiladi.

STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o'quvchilarga ta'limtarbiya berishda umumta'lim fanlari bo'yicha fanlararo bog'lanish va amaliy yondashuvga e'tibor qaratiladi; -o'quvchilarni o'quv loyiha va o'quv-tadqiqotchilik rivojlantiriladi; -

umumiy o'rta ta'lim fanlari bilan o'zaro integratsiyasi orqali o'quvchilar kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini tashkil etiladi; -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

matematika fani o'qituvchilarining fan bo'yichha bilim, ko'nikma va mahoratini uzluksiz yangilab borish maqsadida, o'qituvchining shaxsiy va kasbiy axborot maydoni yaratiladi hamda malaka oshirish tizimi zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida tubdan yangilanadi; -

ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilib, yagona virtual muhit - axborot ta'lim platformasi ishga tushiriladi, va unga matematika fani bo'yicha electron kutubxona, darslarning o'quv-uslubiy ta'minoti bilan bog'liq bo'lgan barcha electron resurslarni, video darslarni, virtual laboratoriya, multimediali interaktiv animatsion ilovalar joylanadi;

Maktablar zamonaviy o'quv sinflari va laboratoriyalari, yangi turdagi o'quv mebellari, jihozlari va asbob-uskunalari, ko'rgazmali qurollar, kompyuter texnikasi va boshqa o'qitishning texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda —Zamonaviy maktab davlat dasturi doirasida umumiy o'rta ta'lim maktablari bosqichma-bosqich SMART sinflari, STEAM mashg'ulotlarini o'tkazishga mo'ljallangan o'quv sinflari va ustaxonalari tarmog'i joriy etiladi..Bunday qiziqishlarni amalda sinab ko'rish uchun yanada murakkabroq bilim,ko'nikma, malakalarni egallash va kompetensiyalarni shakllantirish zarur bo'ladi.Bu o'rinda nafaqat bilish va uddalay olish balki, tadqiqot olib borish va ixtiro qilish talab etiladi.

Ko'pchilik mamlakatlarda STEAM-ta'limi quyidagi sabablarga ko'ra o'rganiladi: STEAM o'quvchilarning ilmiy-texnika yo'nalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib, ish va o'qish jarayonlarida duch keladigan muammo va qiyinchiliklarga yechim topish ko'nikmalarini shakllantiradi. STEAM yondashuvining asosiy xususiyati bunda o'quvchilar ko'pchilik fanlarni samarali o'rganishda aqli hamda qo'llaridan foydalanishadi, bilimlarni mustaqil "egallashadi". O'quvchilar o'quv mashg'ulotlarida tajribalar o'tkazishadi, Modellarni konstruksiyalaydi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishadi, robotlarni yasashadi, ya'ni o'z g'oyalarini amalga oshiradilar va mahsulot yaratishadi. Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta'lim jarayonida qo'llash natijasida o'quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi. Ota-onalaming hamda davlatning o'qish jarayoniga sarflaydigan mablag'ini iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi; mavzulararo integratsiya asosida o'quv-bilish jarayoni natijalarini istiqbolli qilish mexanizmlari yaratiladi; integratsiyalashtirilgan ta'lim jarayonini boshqaradigan o'qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirishni yo'lga qo'yish uchun huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi; integral dasturlar asosida o'quv biluv jarayonining iqtisodiy jihatdan samaradorlik darajasi aniqlanadi; o'quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug'iladi.

Bugungi kunda boshlang 'ich ta'limda o'qitilayotgan fanlar orasidagi aloqaning ta'minlanganligi, mavzuga yondosh mavzuning qo'yilishini ko'rishimiz mumkin.Boshlang 'ich sinflarda matematika fanini o'qitishda bunday integrativ yondoshuv muhim ahamiyatga egadir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Tadqiqotli dars

(gipoteza, tajriba-siriov, dalil, argument,

xulosa, natijalarni qayd etish

3-sinf tabiiy fanlar o 'qitilishida "Har xil aralashmalar" mavzusini o 'tishda suyuqliklar,ularning o'lchami haqida fikr bildirishda matematik o'lchov sig'im tushinchasi bilan bog'lanadi.

Idishdagi suyuqlikning miqdori undagi aralashmani qanday tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mahsulotlarning tarkibini o'rganishda ham sonli

ma'lumotlardan foydalanish amallar bajarish jarayonini kuzatish mumkin.Masalan, sutda yog' va oqsil borligini isbotlashga yordam beradigan tajribalar tavsiflarini daftaringizdan o'qing. Tajriba o'tkazish uchun qanday bilimdan foydalanilgan? Ushbu tajribani uyda kattalar nazorati ostida o'tkazing.Bunda tajriba jarayonidagi kuzatishlar ketma-ketligi tartib bilan qayd etib boriladi.

Shuningdek tabiiy fanlarni o'qitishda 3-sinfda harakatga doir ma'lumotlar ham berib boriladi.

Harakat nima?

Harakatga doir ma'lumotlarni berishda dastlabki boshlang'ich nuqta, va harakatni davomiyligi vaqt bilan, jismning tezligi bilan bog'liq ekanligi misollar orqali tushintiriladi. Bu esa matematikadan harakatga doir asosiy tushinchalar: jismning tezligi, harakatning boshlang'ich nuqtasi, bosib o'tgan yo'li va sarf qilingan vaqtni orasidagi masalalarni o'z ichiga oladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

Agar siz hozir o'tirgan bo'lsangiz,sizni harakatlanyapti deyish mumkinmi? Rasmda yana nima harakatlanyapti? Bu jism nimaga nisbatan harakatlanyapti? Yuqoridagi savollar orqali harakat haqidagi dastlabki tushinchalar mustahkamlanadi. Aynan tabiiy fanlarni o'qitishda 3-sinf darsligidan qadimgi o'lchov birligi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, bu o'z navbatida matematika darslarida o'rgatiladigan miqdorlar va ularning o'lchov birliklari bilan bog 'lanadi va mustahkamlanadi. Qadimgi uzunlik o'lchovlari.

Ushbu rasimlar nimani anglatadi? Gap qanday kattalik haqida boryapti?

Duym va fut kabi ba'zi qadimgi ingliz uzunlik o'lchovlari bugungi kunga qadar ishlatiladi. Duym-bosh barmoqning bir bo'g'ini uzunligicha bo'lib,u 2 sm 54 mm ni tashkil etadi.

Kalkulyatordan foydalanibjadvalni to'ldiring. Ertak qahramonlarining o'lchamini santimetirda aniqlang.

STEAM-ta'limining an'anaviy ta'limdan farqi shundaki, Umumta'lim maktablarida an'anaviy ta'lim o'quvchilarda muayyan fan yo'nalishida DTS asosida belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.STEAM-ta'limi DTS asosida beriladigan bilim, ko'nikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatish orqali sinfdagi dars mashg'ulotlari va maktabdan tashqari ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarib ko'rish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.Tabiiy va aniq fanlaridan ta'lim berishda avval ham

1 duym

1 fut

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

konstruksiyalashtirish, dasturlash masalalarida o'quvchilar bilan maktabda va maktabdan tashqari ta'limda samolyotsozlik, yosh texnik yo'nalishlaridagi ishlar tashkil qilingan. Mehnat ta'limi darslarida turli kasblar bilan tanishtirilib, ayrim yo'nalishlar bo'yicha zarur ko'nikmalar shakllantirilgan bo'lsa, hozirda insonlar mehnatini yengillashtirishga qaratilgan turli texnika asboblari va uskunalarning takomil lashib borayotganligi misol qilish mumkin.

Hulosa qilob aytganda STEAM -ta'limini joriy etishdan asosiy maqsad - o'quvchi yoshlarning qiziqishlarini maktab yoshidan erta aniqlash va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga yo'naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali ilmiyizlanuvchan, yaratuvchan kadrlarni tarbiyalash.

REFERENCES

1. O'sarov.J. Matematika o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma .-FDU nusxa ko'paytirish bo'limi, 2020. - B 237 .

2. Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 (Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 )

3. Jumayev.M.E.boshlang'ich sinflarda matemtika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi,2006. - B 256

4. Jumayev.M.E.boshlang'ich sinflarda matemtika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi,2006. - B 256

5. Matematika 2 - sinf [ Matn ]: darslik/ L.O'rinboyeva [va boshq.]. - Toshkent.. Respublika ta'lim markazi , 2021. - 192b

6. Matematika 3 - sinf [ Matn ]: darslik/ L.O'rinboyeva [va boshq.]. - Toshkent.. Respublika ta'lim markazi , 2022. - 192b

7. Gafurova, M. A. (2022). Improving Mental Skills Of Students By Analyzing And Solving Problems. Current Research Journal Of Pedagogics, 3(01), 40-44.

8. Gofurova, M. A. (2020). Development of students' cognitive activity in solving problems. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 677-681.

9. Asimov, A. (2019). USING PROBLEMS AND TRAINING STUDENTS TO PROBLEM. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 348-352.

10. Gafurova, M. A., & Muhammadiyeva, Z. I. (2023). Scientific Research in Elementary Mathematics Classes Using Methods. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 19, 97-100.

11. Gafurova, M. A., & Xursanova, Z. M. (2023). ON MODERN APPROACHES TO MATHEMATICAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(4).

12. Gafurova, M., & Mamatova, Y. (2023). Necessity of Teaching Information Security and Cyber-Security in Primary Education. CENTRAL ASIAN JURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 4(6), 18-23.

13. Gofurova, M. A. (2020). Развитие познавательной деятельности учащихся при решении задач. Theoretical & Applied Science, (1), 677-681.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.