Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
51
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / interfaol / samaradorlik / didaktik vazifa / xotira / ta’lim sifati / bilim / axborot vositalari / kompyuter.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Axmedova Umidaxon Yodgorjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH Axmedova Umidaxon Yodgorjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim uslibiyoti kafedrasi o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11059825

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda interfaol metodlardanfoydalanish haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, interfaol, samaradorlik, didaktik vazifa, xotira, ta'lim sifati, bilim, axborot vositalari, kompyuter.

Аннотация. В данной статье представлена информация об использовании интерактивных методов в обучении математике в начальных классах.

Ключевая слова: инновации, интерактивный, эффективность, дидактическое задание, объем памяти, качество образования, знание, средства массовой информации, компьютер.

Abstract. This article provides information on the use of interactive methods in teaching mathematics in the primary grades.

Key words: innovation, interactive, pedagogical skills, efficiency, didactic task, memory, quality of education, knowledge, media, computer.

Interfaol metodlar deganda- ta'lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar orqali o'quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o'quvchi darsga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi va ta'lim sifati yaxshilanadi.

Interfaol usullar orqali o'tilgan darslar o'quvchini ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali o'tiladigan darslarda an'anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni o'zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya'ni o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi o'zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi bo'lgani kabi interfaol usullarni qo'llashdan maqsad bo'ladi.Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham mazmunli o'tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang'ich sinf o'quvchilar juda o'yinqaro bo'lishadi. Shuning uchun ham darslarni rangbarang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun "Ko'paytirish jadvali"ni tushunishida o'quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o'quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo'ladi.Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o'qituvchilar interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz.Oddiygina o'qitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko'pchiligida o'qitish metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo'lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar,malaka va ko'nikmalarga erishiladi, o'quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi.Darsda o'quvchilar faolligini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

oshiruvchi vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi:

-Dars va mavzuning maqsadlari to'g'ri aniq tanlanganda;

-Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;

-Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa;

-Tanlagan metod o'quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa,o'quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi.

Ushbu fikrlash turi, shubha bilan bog'liq, insoniyat o'ziga xosligini yaratishga yordam beradi, rivojlanish davomida paydo bo'ladi va ayniqsa o'spirinlik davrida va u erdan ko'rinadi. Gap dunyoga qarshi turish haqida emas, balki ma'lumotlarni tekshirish va qarama-qarshilik asosida o'z nuqtai nazarimizni ishlab chiqish imkoniyatida. Tanqidiy fikrlash bilan ko'zda tutilgan narsa, tekshirilayotgan ma'lumotlarning ob'ektivligini buzadigan xato va noaniqliklarni yo'q qilishdir.

Tanqidiy fikrlashning muhim afzalligi shuki, u e'tiborsiz bildirilgan fikrlarni, noaniq tushunchalarini va yolg'on argumentlarni aniqlashtiradi va fosh etadi. Lekin uning kamchiligi yaratuvchi va konstruktiv kuchga ega emasligidir. Tanqidiy fikrlash g'oyamizni mustahkamlaydi, ammo konstruktiv, yaratuvchi fikr bilan ta'minlamaydi. Matematik ta'lim jarayonida masalalardan foydalanish qadim zamonlardan beri qo'llanib kelinadi.

Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan individual yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan) o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir.Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g'oyasiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.Amaliyotda o'qituvchilar ko'pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san'atkorona tuzilgan bo'lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g'oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o'rgatuvchi mashina o'qituvchining intuisiyasini, ya'ni hissiyotini almashtira olmaydi.Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. O'quvchilarni matematika kursini o'rganishga tayyorlash.

Matematikaning boshlang'ich sinflarda o'rgatilayotgan boshqa o'quv fanlari bilan o'zaro aloqadorligi hamda ushbu fanlararo aloqadorlik jihatlarini aniqlash, boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil faollikni, fikrlashni shakllantirishda fanlararo aloqadorlik mexanizmidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Matematikadan tasavvur va bilimlarni o'zlashtirgan holda bosha fanlar bilan o'zaro aloqadorlik komponentlari qo'llanilganda, ko'nikma va malakalarni shakllantirish hamda nazariya va amaliyot uyg'unligi asosida ta'lim-tarbiya jarayonini nazariymetodologik va didaktik jihatdan ta'minlash, zamonaviy pedagogik, kompyuter, axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va amalda qo'llash ijobiy natijlarni beradi.

Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham mazmunli o'tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang'ich sinf o'quvchilar juda o'yinqaro bo'lishadi. Shuning uchun ham darslarni rangbarang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun "Ko'paytirish jadvali"ni tushunishida o'quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o'quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo'ladi.

Boshlang'ich sinfda matematika bolalarning ongi, nutqi va savodxonligi rivojlanishiga yordam beradi. Matematika darslarida o'quvchilar yakka holda, juft- juft va guruhlarda talim oladilar va tarbiyalanadilar. Ushbu jarayonda o'quvchilar matematikadan dastlabki boshlang'ich bilimlarni egallaydilar. Bu bilimlarni egallash bolalarda hayotiy tasavvurlarini va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Tanqidiy fikrlash - bu qo'llab-quvvatlash nuqtasi, tabiiy g'oyalar va ma'lumotlar bilan o'zaro aloqa qilish usuli.

Tanqidiy fikrlashning eng batafsil ta'rifi R. Pol tomonidan keltirilgan. U o'zining ilmiy izlanishlarida tanqidiy fikrlash atamasini talqin qildi va quyidagi fikrlarni ta'kidladi:

1) tanqidiy fikrlash - bu fikrlash jarayoni haqida o'ylash;

2) dunyo haqidagi ma'lumotlarning ko'payishi natijasida fikrlash usullari ham o'zgaradi, ular fikrlarni aniq bayon qilish kerak bo'lgan joyda paydo bo'ladi va aql doimiy ravishda rivojlanib boradi.

3) tanqidiy fikrlash - XXI asrda ta'lim sohasidagi o'zgarishlarning asosi sifatida shakllandi.

Tanqidiy fikrlash ko'plab olimlar (M. Veksler, A. I. Lipkina, L. A. Rybak, U. M. Mungal, A. S. Bayramov) tomonidan fikrlashning boshqa turlari bilan o'zaro bog'liq holda ko'rib chiqiladi (samarali, mantiqiy, ijodiy, muammoli). Shaxsiy sifat shaxsning mentalitetini qanday aks ettiradi.

Suqrot tanqidiy fikrlash an'anasi uchun kun tartibini belgilab beradi, ya'ni umumiy e'tiqod va taxminlarni aks ettirish va oqilona va mantiqiy e'tiqodlarni izchil dalillar yoki mantiqiy asosga ega bo'lmagan e'tiqodlardan ajratish-ular bizning tabiiy egosentrizmimizga murojaat qiladimi yoki bizning manfaatimizga mos keladimi. Ular qanchalik mos bo'lishidan qat'i nazar, qanchalik qulay va qulay bo'lishidan qat'i nazar, ularni diqqat bilan ajratib ko'rsatish kerak.

REFERENCES

1. M.Ochilov, N.Ochilova "Oliy maktab pedagogikasi" T.-2008.

2. B.X.Xodjayev "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti" T.-2017.

3. R.Mavlonova, N.Voxidova va N.Raxmonqulova "Pedagogika nazariyasi va tarixi" T.-2010.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

4. Sidiqova D. Sh. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda interfaol metodlaridan foydalanish"

5. Matematika. 3-sinflar uchun darslik. Toshkent-2013-y.

6. Matematika. 4-sinflar uchun darslik. Toshkent-2013-y.

7. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. kutubxona.adu.uz.

8. Homidova G. "Boshlang'ich sinf matematika darslarida interaktiv usullardan foydalanish metodikasi" SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ISSN: 2181-3337 2022 № 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.