Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10873
715
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / o‘qish savodxonligi / fan / boshlang‘ich sinf / ahamiyat / savodxonlik / dars samaradorligi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boltayeva Adolat Erkinovna, Bekmetova Kamola Botirxonovna

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan ona tili va o‘qish savodxonligi fanining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINING AHAMIYATI»

4M > ") ]> <N>

; H Ätalqin va

ipTADQIQOTLAR №2 2Q22

*

*

j j - - Hmiy-usJubiy JumaM

BOSHLANG'ICH SINFLAKDA ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI

>

m

FANINING AHAMIYATI

11; *

Boltayeva Adolat Erkinovna Bekmetova Kamola Botirxonovna

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 50-son maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari https://doi.ora/10.5281/zenodo.7239391

> > r"

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda o'tiladigan ona tili va o'qish savodxonligi fanining ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, o'qish savodxonligi, fan, boshlang'ich sinf, ahamiyat, savodxonlik, dars samaradorligi.

i

IV ' 1t i \ rt «vinlt-^-n mlrtk/^rk /-v ' -t 4--t l s\ -t rv r» v» un«* 1 -fn-m tt/\nvi r»t ti/>

Ma'lumki, maktablarda o'quvchilarga o'qitiladigan har bir fan yosh avlodning

>*

''TP*"

har tomonlama komil, bilimli, jamiyatga foydali shaxs bo'lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshlang'ich sinf yosh avlodning kelajagi uchun muhim poydevor vazifasini o'taydi. Poydevorning qay darajada mustahkam bo'lishi

*

>*

esa bevosita boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlarga bog'liq. Boshlang'ich sinflarga o'qitiladigan fanlar orasida ona tili va o'qish savodxonligi fani muhim o'ringa ega. Ushbu fan ilgari alohida fanlar sifatida o'qitilgan bo'lsa, hozirda bir fan hisoblanadi.

T^QrVlQninQt Klimirifri Vlinrlci rriQmlQVQtimivrlQ V\Qrr»VIQ Cr^VldldrHii Y Q1 n Q m

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda xalqaro

........ . .... _ ......

standartlarga tayangan holda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar * V ta'lim tizimini ham chetlab o'tmaganligini ona tili va o'qish savodxonligi fanlarining

V\ir*1 QcVifivilrrani rriiorvliHa V»Q-m ^rcxnnrA Vr\4ricViimi7 mnmVin T Tmnmoti nliK nararra^rxAa

birlashtirilgani misolida ham yaqqol ko'rishimiz mumkin. Umuman olib qaraganda, bu ikki fan bir-biriga nihoyatda yaqin fanlar hisoblanadi. Ularni alohida o'qitish esa o'zini oqlamasdi. Bu ikki fanning birlashtirilishi boshlang'ich sinflardagi fanlarni ixchamlashtirgan, albatta.

Ona tili va o'qish savodxonligi fani boshlang'ich sinf o'quvchilarining og'zaki va yozma savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan darslar o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra taflim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-talimiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim darslariga o'quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki bolalar

*

>

boshlang'ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so'zdan bezib qolmasliklari lozim.

O'qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. Asosiy e'tibor, tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan

^^^^ -SS

; H Ätalqin va

ipTADQIQOTLAR №2 2Q22

*

*

r j . - ilmiy-uslubiy JumaM

' 1- ML

ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish

qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. Boshlang'ich sinf darslarida o'quvchini qalban yuksak, ma'naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish darsi alohida ajralib turadi. Ona tili va o'qish darslari orqali o'quvchining savodi chiqadi. U yozishni va o'qishni o'rganadi.

m

Bu o'quvchilarga keyinchalik ham boshqa fanlarni yaxshi o'zlashtirishiga yordam beradi. Bunda asosiy rolni albatta boshlang'ich sinf o'qituvchisi egallaydi. Chunki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodini chiqarish o'qituvchidan kasbiy mahorat va bilim talab etadi. Bu vazifa o'qituvchining zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. O'qituvchi har doim ushbu mas'uliyatni his qilgan holda dars jarayonini tashkil etishi lozim. Bunda o'qituvchidan ijodkorlik, izlanish, ilg'or va innovatsion

>

texnologiyalarni, ilg'or o'qituvchilaming tajribalarini o'z darsida mahorat bilan

jm i 1 r»t t 1 -i 1*» 1 r» k i rt/-li rvnu'l'fmriurlr» n 4--* i -t ttr»

qo'llay olish talab etiladi. O'quvchilarning savodxonligini oshirishda ona tili va

>*

o'qish fani muhim ahamiyatga ega.

O'quvchilarning, eng awalo, savodxonligini oshirishda to'g'ri o'qish, so'z boyligini oshirish, keng fikrlashga o'rgatish, nutqini, ongini oshirish kabi bir qator

*

>*

11

xususiyatlarni o'rganishda ona tili va o'qish savodxonligini to'g'ri tashkil eta bilish lozim. Fikrini o'stirish, fikrlashga o'rgatish, kelajakka sog'lom fikrli bolani tarbiyalash ona tili va o'qish savodxonligining asosiy vazifalaridan biridir. Ayniqsa,

»3 i

#

bola fikrining kengayishida sodda so'zlardan murakkab so'zlarga o'tib borishi yosh xususiyatlariga moslab davlat ta'lim standartlari asosida joylanganligi o'ta muhimdir. Darslarni to'g'ri va samarali tashkil qila olish o'qish samaradorligini oshiradi, ma'naviy ozuqa olishning yana bir yo'li hamdir.

Boshqa fanlarda bo'lgani kabi ona tili va o'qish darslarida ham axborot texnologiyalaridan foydalanib dars olib borish ta'lim sifatini oshirishga va o'quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini o'stirishga yordam beradi. Shu sababli ona tili va boshqa darslarda axborot texnologiyalarini qo'llash asosida dars o'tish davr talabi deb aytishimiz mumkin. Ona tili va o'qish darslarida multimedia vositalaridan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishda ham ta'limiy, ham 3* tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan, axborotning xilma-xillligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi. O'quvchilarga ta'lim olishda ijodiy munosabatni uyg'otadi va bu o'quvchilarda o'zlariga bo'lgan ishonchni shakllantiradi; o'quvchilarning tafakkurini

*

>

rivojlantiradi; o'z-o'zini namoyish etish imkonini beradi; o'quvchi mavzu bo'yicha yangi fikrlarni bildirishga va o'ziga o'zlashtirishga ruhan tayyor bo'ladi. Ushbu jihatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy o'qituvchi butun dunyo ta'lim

~ Eggö ;

1>M №2 2022

*

*

Hmiy-usJubiy JumaM

tizimida bo'layotgan o'zgarishlardan doimo xabardor bo'lishi va ularni o'zlashtirib

>

o'z faoliyati davomida qo'llay olishi lozim.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi ona tili va o'qish savodxonligi fanining ahamiyatini chuqur anglagan holda o'quvchilarga zarur bilimlarni va ko'nikmalarni bera olishi zarur. Shundagina o'quvchilar kelgusida og'zaki va yozma savodxonligi yuqori shaxslar bo'lib yetishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "O'qish madaniyatini oshirish" ilmiy-amaliy seminari materiallari. 2018

2. Ona tili va o'qish savodxonligi. 1-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun /K. Mavlonova [va boshq.]. -Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.

3. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Shukurova H. - O'qituvchi. 2021.

d > 0- *4 >

> 1

< j> v>| »i >

! >j»! № >

! > r>| >

*

M J : >>

ivrN J^ s

\ > 3 P

cH > q

j J>v>= '+£>

m)> : im

>t> m >

> : ]>€>

i >>Vi m >

hm

Ä iil*

:H> hm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.