Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QUVCHILARNING OG’ZAKI VA YOZMA HISOB MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QUVCHILARNING OG’ZAKI VA YOZMA HISOB MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
4K modeli / innovatsion metodlar / interfaol / “Tengini top” / “Hozirjavob qalpoqchalar” metodi / kreativlik / kritik fikrlash / kommunikativlik / Kenguru / TIMS.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azimova Umida Latipovna

Maqolada ta’lim texnologiyalari va 4K modeliga asoslangan interfaol metodlarning o’quvchilarning og’zaki va yozma hisob malakalarini rivojlantirishdagi ahamiyati, darsda o’quvchilar faolligini oshirib ular orasida do’stona muhitni yuzaga keltiruvchi omil ekanligi, ularning komil inson bo’lib yetishishlarida hayotiy ko’nikma va axloqiy sifatlarning shakllantirishdagi o’rni va mohiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QUVCHILARNING OG’ZAKI VA YOZMA HISOB MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING OG'ZAKI VA YOZMA HISOB MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Azimova Umida Latipovna

Buxoro shahar 20-son umumta'lim maktabining oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi "Xalq

ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni sohibasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11098819

Annotatsiya. Maqolada ta'lim texnologiyalari va 4K modeliga asoslangan interfaol metodlarning o'quvchilarning og'zaki va yozma hisob malakalarini rivojlantirishdagi ahamiyati, darsda o'quvchilar faolligini oshirib ular orasida do'stona muhitni yuzaga keltiruvchi omil ekanligi, ularning komil inson bo'lib yetishishlarida hayotiy ko'nikma va axloqiy sifatlarning shakllantirishdagi o'rni va mohiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: 4K modeli, innovatsion metodlar, interfaol, "Tengini top", "Hozirjavob qalpoqchalar" metodi, kreativlik, kritik fikrlash, kommunikativlik, Kenguru, TIMS.

O'sib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash azal- azaldan milliy pedagogikamiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelgan. Bu mas'uliyatni ado etish esa birinchi navbatda boshlang'ich sinf o'qituvchilari zimmasiga yuklangan. Barchamizga ayonki, boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z kasbining chin fidoyisi, bilimdoni, jonkuyar, ijodkor ustoz bo'lsagina, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yosh avlod ta'lim- tarbiyasining poydevori pishiq va mustahkam bo'ladi.

Poydevor qanchalik mustahkam bo'lsa, imoratning umri shunchalik uzun bo'lganidek, o'quvchilarga 1-sinfdayoq puxta bilim berilsa, shu o'quvchi keyinchalik har qanday murakkab dasturlarni qiynalmay o'zlashtira oladi. Buning uchun shu poydevorni yaratuvchisi ya'ni boshlang'ich sinf o'qituvchisi tinmay o'z ustida ishlashi, izlanishi kerak bo'ladi. Boshlang'ich ta'limning muhim jihatlaridan biri o'quvchilarda og'zaki hisoblash malakalarini shakllantirishdan iborat.

Hammamizga ma'lumki, 2023-2024- o'quv yilida umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflari uchun 4 K modeliga asoslangan matematika fanidan yangi, avvalgiga qaraganda bir muncha murakkab mavzularni o'z ichiga olgan darslik joriy qilindi. Lekin, biz bilamizki, o'quvchilarning hammasi ham iqtidorli emas. Bu darslikda berilgan materiallarni sinfdagi barcha o'quvchilar birdek o'zlashtira olishmaydi. Darslikdan o'rin olgan murakkab tenglamalar, kasrlar, murakkab masalalar, fazoviy jismlar va geometrik mazmundagi masalalar ba'zi o'quvchilar uchun murakkablik qiladi. Noto'g'ri kasrlar, o'nli kasrlar va ular ustida amallar bajarish mavzulari esa 5-sinf dasturlaridan joy olgan edi.

Ushbu mavzularni o'quvchilar yaxshi o'zlashtirishlari uchun o'quvchilarning mantiqiy fikrlashi, dunyoqarashi, ularning tafakkurini kamol toptirish, og'zaki hisob malakalarini rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratish lozim.

O'quvchilarning og'zaki va yozma hisoblash qobiliyatlari yuqori darajada bo'lishi esa darslarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish, ilg'or metod va usullar, hisoblashning oson va qulay usullari yordamida, o'yinlar orqali o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini orttirishga erishishga bog'liq.

Men o'z darslarimda o'quvchilarimning og'zaki va yozma hisob malakalarini rivojlantirishda quyidagi pedagogik texnologiyalardan va usullardan foydalanaman.

" Tengini top " metodi.

Bu metod men foydalanadigan va o'quvchilarimni qiziqtirib qo'ygan metodlardan biri bo'lib, darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkinligi bilan ahamiyatlidir. Bu metoddan foydalanishda men futbol to'pini andaza qilib olganman. Chunki futbol o'yiniga ham o'g'il bolalar, ham qiz bolalar birdek qiziqishadi. Undagi rang- barang topshiriqlar esa undanda qiziqarli. Bu usuldagi topshiriqlarni o'qituvchi o'z o'quvchilarining bilim salohiyatini hisobga olgan holda murakkab yoki yengilroq variantda tayyorlashi mumkin. Bu topshiriqni har bir o'quvchi uchun individual tarzda har xil variantda ham tayyorlashi mumkin, butun sinf uchun bir xil variantda tayyorlab, topshiriq mazmuni bilan monitor orqali tanishtirishi yoki A 3 qog'ozida ham tayyorlashi mumkin.

Quyida " Tengini top " metodining sinflar kesimida tayyorlangan variantlarini namuna tariqasida keltirmoqchiman.

Futbol to'pining har bir ajratib ko'rsatilgan xonasiga misollar yoziladi va o'quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi.

" Tengini top " metodi 3- sinf uchun.

1. Javobi 1/2 ga teng bo'lgan sonlarni qizil rangga bo'yang.

2. Javobi 1/3 ga teng bo'lgan sonlarni sariq rangga bo'yang.

3. Javobi 1/5 ga teng bo'lgan sonlarni yashil rangga bo'yang

Tengini top " metodi 4-sinf uchun.

a)

b) c)

belgilang.

Sonlar koordinatasida 1/2 ga teng bo'lgan sonlarni qizil rangli, Sonlar koordinatasida 1/3 ga teng bo'lgan sonlarni sariq rangli, Sonlar koordinatasida 1/5 ga teng bo'lgan sonlarni yashil rangli diagrammada

O'quvchilar misollarni yechadilar va topshiriqni bajarib koptokni belgilangan ranglarga bo'yaydilar, koordinata o'qida diagrammalarda aks ettiradilar. Topshiriq tekshirilgach o'qituvchi tomonidan uch xil rang svetofor ranglarini eslatishi va yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlari lozimligi, mashinalar qatnaydigan ko'chada o'ynash mumkin emasligi va koptok o'ynaganda maxsus belgilangan maydonda o'ynash lozimligi uqtiriladi.

"Hozirjavob qalpoqchalar" metodi.

Bu metoddan barcha fanlarda foydalanish mumkin. Ayniqsa, matematika fanida masalalarni yechish jarayoniga juda mos keladi. Masalalarni yechishning bosqichma- bosqich amalaga oshirilishi, a'lo natijalar garovidir. Bu metoddan ayni shu maqsadda foydalaniladi. Bunda qalpoqchalarning soni 6 ta bo'lib, ranglari har xil, oq, qizil, qora, sariq, yashil va ko'k ranglarda bo'ladi. Har bir qalpoqcha o'quvchilar zimmasiga ma'lum bir vazifani yuklaydi. Qalpoqni kiygan o'quvchi o'sha qalpoqqa tegishli bo'lgan shartni bajarishi lozim bo'ladi.

1. Oq qalpoqchani kiygan o'quvchi masalaning shartini o'qiydi.

2. Qizil qalpoqchani kiygan o'quvchi masalada nima haqda gap ketayotganligi haqida fikr bildiradi.

3. Qora qalpoqchani kiygan o'quvchi masalada nimalar ma'lum, nimalar noma'lum ekanligini aniqlab beradi.

4. Sariq qalpoqchani kiygan o'quvchi masalaning qisqa shartini tuzadi va chiqib xattaxtaga yozadi.

5. Yashil qalpoqchani kiygan o'quvchi masalaning yechimini aytadi va yozadi,

6. Ko'k qalpoqchani kiygan o'quvchi esa masalaning javobini aytadi va yozadi.

Bu metod o'z nomi bilan o'quvchilardan hozirjavoblikni talab qiladi. Ushbu metoddan foydalanilganda sinfdagi har bir o'quvchi "Balki, qalpoqni kiyish menga topshirilar?" - degan fikr bilan qalpoqlardagi har bir savolga tayyor bo'lib turadi. Shu orqali sinfdagi barcha o'quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi oshiriladi.

Ushbu metod "Algoritm" metodining davomchisi bo'lib, o'quvchilarning masala yechish malakalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Har bir qalpoqcha qanday vazifani bajarishi o'quvchilar ongida muhrlanib qoladi. Bu esa masalani bosqichma- bosqich, tahlil qilib bajarish ko'nikmasini hosil qiladi. Bu esa ayni damda masalani tez, oson va to'g'ri yechishning garovi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, umumta'lim maktablari matematika dasturiga taalluqli masalalar boshlang'ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o'zlashtirilishi kerakki, o'quvchilar ongida uzoq vaqt saqlanib qolsin.Shu bois boshlang'ich sinf o'qituvchisi ayniqsa birinchi va ikkinchi sinflarda mas'uliyatni har qachongidan ko'ra chuqurroq his qilishi, hamda qunt va sabr bilan ishlashiga tog'ri keladi.

Yuqoridagi metodlar o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va mavzularni chuqur o'zlashtirib, uzoq vaqt bolalar yodida saqlanib qolishida, ularning og'zaki va yozma hisob malakalarini rivojlantirishda, kreativlikni shakllantirishda, kritik fikrlash va kommunikativlikka o'rgatishda, motivatsiya berishda, o'quvchilarni xalqaro yo'nalishdagi Kehguru va TIMS tanlovida ishtirok etish malakalarini hosil qilishda turtki bo'ladi.

REFERENCES

1. Ishmuhamedov R, Abduqodirov A, Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. Amaliy tavsiyalar.-T.:"Iste'dod jamg'armasi,2008.-180-b.

2. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar.-T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2011.- 275 b.

3. Matematika darsligi 4- sinf I.V.Repyova "Novda edutainment" nashriyoti 2023.

4. WWW. Google. com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.