Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
499
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy / innovatsiya / boshlang‘ich ta’lim / metodika / texnika / o‘quvchi / Pedagogika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmatullayeva Muxlisa Joniqul Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari, fanlar bilan bog‘liqligi, o`qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISH METODIKASI

Raxmatullayeva Muxlisa Joniqul qizi

Samarqand viloyat Oqdaryo tumani 23-maktab boshlangich sinf oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7324375

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari, fanlar bilan bog'liqligi, o'qitish samaradorligini oshirish bo'yicha fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang'ich ta'lim, metodika, texnika, o'quvchi, Pedagogika

Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o'quvchilarni umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi.

Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi. Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi. g'

Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir.

1) O'qitish asosi bo'lgan matematika bilan;

2) Pedagogika;

3) Psixologiya;

4) Boshqa o'qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).

Boshlang'ich matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan. Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari:

1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,

2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi kerak;

3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak;

4) ta'limni insonparvarlashtirish;

5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadrqimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi;

6) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishni ko'rsatadi.

Boshlang'ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo'yilgan "o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan

foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo'naltirish, kasblarni ongli tanlashga o'rgatish" kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-ahloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi.

Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan individual yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan) o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir.

Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g'oyasiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.

O'quvchilarni matematika kursini o'rganishga tayyorlash.

I-IV sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifasi bo'lgan ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo'yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog'liq.

Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o'quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya'ni past bilimga ega bo'lgan o'quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o'quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O'qituvchi quyidagi tartibda o'quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi:

1. Nechagacha sanashni biladi?

2. Nechagacha sonlarni qo'shishni biladi?

3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.

4. >,<,= belgilarni ishlata oladimi?

5. Noma'lumlar bilan berilgan qo'shish va ayirishda bu noma'lumlarni topa oladimi?

6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?

7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?

8. O'ngga, chapga, kam, ko'p, og'ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi?

9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og'irlik o'lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?

Bolalarni o'qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bunday ishlar o'quvchilarnig og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. Quyida amaliyotida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.

"Fikriy hujum " metodi

Mazkur metod o'quvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish uchun xizmat qiladi.

"Fikriy hujum" metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mashg'ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" / Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni. 1997.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan) /Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni. 1997.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori (1999 yil 16 avgust)/Xalq ta'limi j. 1999. № 5

4. Features of educational materials in primary school Bekmurodova, J. A. Features of educational materials in primary school / J. A. Bekmurodova.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.