Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISHDA INTERAKTIV O‘YINLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISHDA INTERAKTIV O‘YINLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
191
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik / axborot / texnologiya / ta`lim / fikr / jamoa.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismoilova Oksana Tursunovna, Abduraxmanova Roza Urazbekovna

Mazkur maqolada interaktiv vositalaridan foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini shakllantirishga ko‘maklashishda foydalaniladigan ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISHDA INTERAKTIV O‘YINLARDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISHDA INTERAKTIV O'YINLARDAN FOYDALANISH

Ismoilova Oksana Tursunovna Abduraxmanova Roza Urazbekovna

Navoiy viloyati Konimex tumani 16- umumiy o'rta talim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7386868

Annatotsiya: Mazkur maqolada interaktiv vositalaridan foydalanish, o'sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini shakllantirishga ko'maklashishda foydalaniladigan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'z: Pedagogik, axborot, texnologiya,talim, fikr, jamoa.

Talim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib,shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti,uning malumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.Darslarda o'qituvchi o'z bilimi,ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi,o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni yo'lga qo'yishga qaratilayotgan e'tibor samarasi o'laroq, bugun jamiyatning barcha sohalari va xalqimiz turmush tarziga kompyuter texnalogiyalari chuqur kirib borayapti. Boshlang'ich sinfda o'yin ijodiy faoliyatnihg bir shaklidir.Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bilimini oshirishda interaktiv o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.Bunda o'quvchilar o'yinlar orqali harflarni tez o'rganishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

"Harflarni esda saqlash" o'yini.

O'yinning maqsadi: o'quvchilarni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga va esda saqlab qolishga o'rgatish.

Qo'llanmalar: o'quvchilarga tanish bo'lgan turli predmetlarning rasmlari shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan unli harf namunalari (kartochkalar) ko'rsatiladi. O'yinning borishi: O'yinda sinf o'quvchilarining bir guruhi qatnashadi. O'yin boshqaruvchi o'yinning o'tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darsda o'rganilgan o, a, l, n harflar yozilgan kartochkalarni olib qoladi.

Bir guruh o'quvchilarga oy, olma, olxo'ri, olcha, ot, ari, anor, ayiq, archa, lola kabi predmetlarni rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi.

O'yin boshqaruvchi o harfi va predmet rasmi tasvirlangan kartochkalarni olib qo'yadi. So'ng boshqa a harfi yozilgan boshqa bir kartochkani stol ustiga qo'yadi. O'yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkalarni ko'rsatadilar.

O'yin shu tartibda davom etadi.Agar o'quvchi berilgan harfni rasmli kartochkadan topa olmasa, u o'z rasmli kartochkasini ochib qo'yadi.

O'yin ishtirokchilaridan kimda - kim harf bo'yicha rasm kartochkani topib ayta olsa, shu o'quvchi kartochkasini hammaga ko'rsatb, keyin uni teskari qilib qo'yadi.

"Pochtachi o'yini" O'yinning borishi: O'quvchilardan biri pochtachi qilib tayinlanadi. Pochtachi sumkasida kartochkalar bo'ladi. Ular quyidagicha tuziladi:

1 .So'zlardagi unli harflar yoki bo'g' in tushirib qoldiriladi: .. ,+ta, .. ,+na, bo+..., sho+....

2.Tushirilgan harflarni qo'yib so'z hosil qilish, ya'ni bo'g'inlarga harflarni qo'shish: lim.n, tom.n, .. .lim.

3.Ikki, uch so'zdan tuzilgan gaplar yozilgan kartochkalar. Bu gaplarda, biror so'z tushurib qoldiriladi.

O'quvchilar nuqtalar o'rniga shu so'zlarni topib yozadilar:

Lola mana. Nabi ana. Iqbol... ol Dono. o'ynadi.

"Quruvchilar" o'yini - bu o'yinda berilgan so'zlarni o'z o'rniga qo'yib, chiroyli va to'g'ri gap tuza olgan o'quvchi g'olib hisoblanadi. Masalan: otdi, tong, sakkiz, soat, ketdi, Ravshan kabi gaplardan to'g'ri gap tuzdiriladi. Kim chiroyli va to'g'ri gaplar ko'p tuzsa, u yaxshi quruvchi hisoblanadi.

"Bu qanday so'z" o'yini -so'z uch harfdan iborat. Birinchi harf alfavitda o'n 16-o'rinda, keyingisi 15-o'rinda va oxirgisi 1-chi o'rinda turadi. Bu so'zni topib daftarga yozish. O'yin shu tariqa davom etadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki,talim-tarbiya jarayonida ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda o'quvchilar muammoli vaziyatlarni aniqlash, va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shodiyeva M., Ne'metova F. Muammoli o'qitish // Boshlang'ich ta'lim, 2009.

2. Xoliqova M. Ta'lim texnologiyalaridan foydalanish // Boshlang'ich ta'lim, 2009.

3. Sharipova N. Boshlang'ich sinfda o'yinlar vositasida o'quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish yo'llari. Buxoro -2022 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.