Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SXEMALAR ORQALI TENGLAMALAR VA MASALALARNI YECHISHNI O‘RGATISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SXEMALAR ORQALI TENGLAMALAR VA MASALALARNI YECHISHNI O‘RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Matematika / sxema / masala / tenglama / noma’lum son / harfiy ifoda / sonli ifoda / darslik / o`quvchining fikri.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Adinamatova Dono

Maqolada matematik sxemalar haqida tushuncha, boshlang`ich sinf darsliklarida berilgan sxemalardan foydalanib tenglama va masalalar tuzish va yechishni o`rgatish haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SXEMALAR ORQALI TENGLAMALAR VA MASALALARNI YECHISHNI O‘RGATISH METODIKASI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIK SXEMALAR ORQALI TENGLAMALAR VA MASALALARNI YECHISHNI O'RGATISH

METODIKASI

Adinamatova Dono Ilxom qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi

Annotatsiya: Maqolada matematik sxemalar haqida tushuncha, boshlang'ich sinf darsliklarida berilgan sxemalardan foydalanib tenglama va masalalar tuzish va yechishni o'rgatish haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Matematika, sxema, masala, tenglama, noma'lum son, harfiy ifoda, sonli ifoda, darslik, o'quvchining fikri.

Annotation: The article gives information about mathematical schemes and ideas of teach solving by drawing up an equation and a problem using the schemes given in elementary school textbooks.

Keywords: Mathematics, scheme, mathematics examples, equation, unknown number, literal expression, numerical expression, textbook, children's opinion.

Ma'lumki, matematika fani aniq fanlar sirasiga kiradi. Shubhasiz, ushbu fansiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Chunki hayotimizdagi deyarli hamma sohalar, savdo-sotiq yoki moliyaviy ishlar, bichish-tikish, qurilish kabi faoliyatlar borib matematikaga taqaladi. Akademik olim Toshmuhammad Qori-Niyoziy ham matematika haqida shunday fikr bildirgan: "Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo'lingiz ogoh!"

Fan va texnika rivojlangani sari ta'lim mazmuni yangilanib boradi. Buning natijasida maktab darsliklarida o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. 2023-24-o 'quv yilidan boshlab boshlang'ich sinf o'quvchilari yangi darsliklar asosida o'qitila boshlandi. Matematika darsliklarining har bir sahifasida mantiqiy masalalar, bir necha turdagi topshiriqni o'z ichiga olgan arifmetik amallar bajarishga oid misollar, diagrammali,

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

jadvalli va sxemali topshiriqlar, mashqlar mavjud. Shunday ekan, hozirgi kunda matematik sxemalar, chizmalar asosidagi topshirqlar nafaqat yuqori sinflarda, balki boshlang'ich sinflarda, ayniqsa 4-sinf darsliklarida ko'p uchrayapti. Boshlang'ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. 5-11-sinflarda o'qitiladigan matematikaning eng asosiy va o'quvchilar yoshiga mos bo'lgan elementar tushunchalari boshlang'ich sinflarda beriladi. Chunki yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o'qitiladi. Demak, boshlang'ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining poydevorini belgilab beradi.

Jadval, diagramma, grafik, sxemalar grafik ob'yekt turlari hisoblanadi. Bularning barchasi misol-masalalarni oson yo'l bilan yechishga va yaqqolroq tasavvur qilishga yordam beradi.

Keling, avval sxema tushunchasi haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lsak, sxemaning umumiy ma'nosi bino, inshootlarning va boshqa mexanizmlarning umumiy chizmasi hisoblanadi. Lekin, sxemaning har bir fanga mos keladigan sxematik turlari mavjud. Masalan, fizika va matematika fanlari misolida ko'radigan bo'lsak, fizikada elektr toklarining yoki biror asbobning ishlash sxemalari beriladi, matematikada esa turli misollarning sxemasini tuzish yoki sxemalarga mos misol, masalalar tuzish kabi topshiriqlar beriladi. Matematik sxemalar matematik ma'lumotlarni vizual shaklda namoyish etishda yordam beradi. Bu, o'quvchilar uchun o'rganishni osonlashtiradi. Matematik sxemalar uchun eng umumiy shakllar grafiklar, diagrammalar, va algoritmik sxemalardir. Grafiklar va diagrammalar o'quvchilarga sonli va nisbatli munosabatlarni tushuntirishda yordam beradi.

Matematik sxemalarning ham o'ziga xos bo'lgan tuzilish va yechimlari mavjud. Masalan, har bir tenglamaga mos sxema tanlang va tenglamani yeching, topshirig'ini ko'raylik. (4-sinf, II qism, 6-bet)

x:2=620-280 x:2=620+280 x-2=620-280

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

620 280 620 620

Ushbu sxemalarni ko'rib chiqadigan bo'lsak, O'quvchilar birinchi navbatda e'tibor qaratadigan narsa bu berilgan tenglama hisoblanadi. O'quvchi tenglamani avval tushunib oladi va tarkibiy qismlarga ajratib, qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlaydi. 1-tenglamani ko'raylik, x:2=620-280, Bunda o'quvchi tenglamani tahlil qiladi va x ning yarmi 620 bilan 280 ning ayirmasiga tengligini tushunadi. Unga mos sxemani topish uchun x ning yarmi va 620-280 ayirma tasvirlangan sxemani qidiradi va u 3-sxema ekanligini aniqlaydi. Tenglamani yechib, tekshirib ko'rish mumkin: x:2=620-280 x:2=340 x=680

2-tenglamani tahlil qilsak, x:2=620+280, o'quvchi 620 va 280 ning yig'indisi x ning yarmiga tengligini biladi va unga x ni teng ikkiga bo'lingan, 620 bilan 280 ketma-ket tasvirlangan birinchi sxema mos keladi, degan fikrga keladi.

Sxema bo 'yicha tenglamalar tuzishga bog'liq misollarga keladigan bo 'lsak, 4-sinf, I qism, 110-betdagi topshiriqni olaylik. Bu yerda sxemaga mos tenglama tuzish talab qilinadi. O 'quvchi sxemani ko'rib chiqadi. Sxemadagi harfiy va sonli kattaliklar orasidagi bog'lanishni aniqlaydi va tenglama strukturasi bo'yicha qo'yib chiqadi. Noma'lum son sifatida b berilgan va 2ta b bilan 64 904 soni birgalikda qaralyapti. Demak bu kattaliklar qo'shish amali bilan bog'lanadi va natijaga 118 329 soni hosil bo'ladi. Ya'ni

2b+64 904=118 329 tenglamani yozib, yechimini topadi. Sxema bo'yicha masalalar tuzishda esa, sxema beriladi va o'quvchi unga qarab masala syujetini tuzadi va yechim topadi. Masalan, (4-sinf, I qism, 20-bet)

118 329

b b 64 907

International scientific journal "Interpretation and researches

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

52 300

Ushbu sxema bo'yicha yechiladigan xaridga oid masala o'ylab toping va uning yechimini toping.

104 600

? marta kam

II

J

?

Ushbu sxema orqali o'quvchi masala tuzayotganda 2 ta mahsulot turini misol qilib oladi. Birining narxini 52 300 so'm deb olsa, ikkinchisiga qimmatroq mahsulotni oladi. Masalan,

Tovuq go'shti - 52 300 so'm Mol go'shti-?, 104 600 so'm ko'p Mol go'shtining narxi qancha?

Tovuq go'shtining narxi mol go'shtining narxidan necha marta arzon? Kabi masala shartini tuzadi va uni yechadi.

Bundan tashqari darslikda "Sxemalar orasidan xatosini toping", - kabi topshiriqlar ham berilgan. Bu orqali o'quvchilarda berilgan sxemalarni tahlil qilish va xatosini topish ko'nikmasi shakllanadi. Masalan, qaysi sxemada xato borligini toping. (4-sinf, II qism, 75-bet)

a) Bu sonlarning har biri son o'qida bitta nol bilan tugaydigan qaysi sonlar orasida j oylashgan?

Ushbu sxemada o'quvchi sxemani ko'rib sonlarga e'tibor qaratadi. Bunda u 741 soni 740 va 750 orasida joylashganini, 740 va 750 ning oxiri 0 bilan tugayotganini aniqlaydi. 2-sxemada esa 8 638 soni 8 600 va 8 640 orasida joylashganini, 8 600 ikkita 0 bilan 8 640 esa bitta 0 bilan tugayotganini aniqlaydi. Shu orqali, 2-sxema xatoligini topadi.

Umuman olganda, sxema o'quvchilarga masala, tenglama va misollarni oson usulda yechishga, ularni tushunishga yordam beradi. Boshlang'ich sinfdan boshlab o'rgatilishiga sabab shundaki, o'quvchi misolni boshqacha yo'l bilan ko'rib, yangi savol, tushunchalarni kashf etadi va yuqori sinflarda ularning murakkab turlari bilan tanishganda qiyinchilik sezishmaydi.

740 741 750

8 600 8 638 8640

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bikbayeva N.U.; Sidelnikova R.I.; Adambekova G.A.- "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi"

2. Harold R. Jacobs - "Mathematics: A Human Endeavor.

3. Karen C. Fuson; Sybilla Beckmann - "Math expressions: Homework and remembering. Grade 1".

4. Jumayev M.E. "Matematika o'qitish metodikasi praktikum" 2004

5. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G'. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" 2005-yil

6. Matematika darsligi. 4-sinf. I va II qism. Repyova I.V. T 2023-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.