Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINFDA TABIIY FANLARNI O’QITISHDA STEAM YONDASHUV'

BOSHLANG`ICH SINFDA TABIIY FANLARNI O’QITISHDA STEAM YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3431
340
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
STEAM / STEM / STREAM / Science / kreativ / innovatsion yondashuv / 3D / IVEN. / STEAM / STEM / STREAM / creative / innovative approach / 3D / IVEN

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qo'Ychiyeva Zarnigorxon Abdumannob Qizi

Bugungi davr dunyo ta`limi oldiga ham katta vazifalarni qo`ymoqda. Bunda qo`yilgan asosiy talab yosh avlodni ma`naviy –axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarish, tez o`zgarayotgan dunyoga moslashishni o`rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o`quv-tarbiya jarayoniga ta`limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. Ushbu fikrlarning tasdig`i sifatida, bu maqolada boshlang`ich ta`lim fanlari uchun STEAM ta`limini joriy etish maqsadida motivatsion va innovatsion yechimlarini qo`llash, ta`lim resurslaridan samarali foydalanish bo`yicha tavsiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STEAM APPROACH TO TEACHING NATURAL SCIENCES IN PRIMARY CLASSES

Today`s world also poses great challenges to world education. The main requirement is to raise the spiritual, moral and intellectual development of the younger generation to a qualitatively new level, to teach them to adapt to a rapidly changing world. At the same time, it aims to introduce innovative forms and methods of education into the educational process. In support of these views, this article discusses recommendations for the use of motivational and innovative solutions for the introduction of STEAM education in primary education, the effective use of educational resources.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINFDA TABIIY FANLARNI O’QITISHDA STEAM YONDASHUV»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BOSHLANGICH SINFDA TABIIY FANLARNI O'QITISHDA STEAM

YONDASHUV Qo'ychiyeva Zarnigorxon Abdumannob qizi

Andijon davlat universiteting Pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.6727157

Annotatsiya. Bugungi davr dunyo ta'limi oldiga ham katta vazifalarni qo ymoqda. Bunda qo yilgan asosiy talab yosh avlodni ma naviy -axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga kotarish, tez o zgarayotgan dunyoga moslashishni orgatishdan iboratdir. Shu bilan birga oquv-tarbiya jarayoniga ta limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. Ushbu fikrlarning tasdigi sifatida, bu maqolada boshlangich ta lim fanlari uchun STEAM ta limini joriy etish maqsadida motivatsion va innovatsion yechimlarini qo'llash, ta lim resurslaridan samarali foydalanish bo yicha tavsiyalar yoritilgan.

Kalit so^zlar: STEAM, STEM, STREAM, Science, kreativ, innovatsionyondashuv, 3D,

IVEN.

ПОДХОД STEAM К ОБУЧЕНИЮ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ

Аннотация. Современный мир ставит большие задачи перед образованием, главное требование - поднять духовно-нравственное и интеллектуальное развитие подрастающего поколения на качественно новый уровень, научить их адаптироваться в быстро меняющемся мире. В то же время она направлена на внедрение в учебный процесс инновационных форм и методов обучения. В подтверждение этих взглядов в данной статье приведены рекомендации по использованию мотивационных и инновационных решений по внедрению STEAM-образования в начальное образование, эффективному использованию образовательных ресурсов.

Ключевые слова: STEAM, STEM, STREAM, Science, креативный, инновационный подход, 3D, IVEN.

STEAM APPROACH TO TEACHING NATURAL SCIENCES IN PRIMARY

CLASSES

Abstract. Today^s world also poses great challenges to world education. The main requirement is to raise the spiritual, moral and intellectual development of the younger generation to a qualitatively new level, to teach them to adapt to a rapidly changing world. At the same time, it aims to introduce innovative forms and methods of education into the educational process. In support of these views, this article discusses recommendations for the use of motivational and innovative solutions for the introduction of STEAM education in primary education, the effective use of educational resources.

Key words: STEAM, STEM, STREAM, creative, innovative approach, 3D, IVEN.

KIRISH

Ta lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida 2018-yil 5-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq talimi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qoshimcha chora-tadbirlar togrisida"gi PF-5538-son Farmoni qabul qilindi. Unda xalq talimi tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari sifatida:

1. Xalq talimi tizimiga ilg'or xorijiy tajribani, o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan talim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ushbu Farmon ijrosini taminlash maqsadida qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq talimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi № PP-3931-son qarori bilan tasdiqlangan "2018-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasi xalq ta limi tizimini yanada takomillashtirish boyicha chora-tadbirlar dasturi" ning II bo'lim, 11-bandida: Umumiy orta talimning yangi davlat talim standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan.

Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo talim ishtirokchilari-pedagoglar, metodistlar, o'quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta lim sifati yo'nalishida otkaziladigan xalqaro tadqiqotlar xaqida ma lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qollashi uchun malakalarga ega bolishlari zarur boladi.

STEM / STEAM / STREAM yangi yondashuvlari rivojlangan davlatlarda keng qollanilib, jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda.

STEAM yondashuvi o'quv samaradorligiga qanday ta'sir qiladi? Uning asosiy g'oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya'ni, o'rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o'rganish tez o'zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o'rganish uchun ham miyani, ham qollarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni ozlari "uqib oladilar". STEAM talimi nafaqat o'qitish usuli, balki mantiqiy fikrlash talimidir.

Ta lim berishni o'quv fanlari bo'yicha emas, balki "mavzu"lar bo'yicha integratsiyalab olib borish. STEM -ta limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo'lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog'liq kasblarga bo'lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Boshlangich sinflarda "Science" tabiiy fanlarni oqitishda STEAM texnologiyasini qollasak, bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam organishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, oz-ozini namoyon qilish asoslarini o'rganishadi, oz navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta'minlaydi.

Shunday ekan, «Globus-Yerning kichraytirilgan shakli» mavzusini STEAM texnologiyasi asosida ishlab chiqamiz.

STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o'quvchilar nazariy malumotlar bilan tanishtiriladi.

Nazariy malumot: Yer shari va uning ichki tuzilishi Yer sharining diametri - 12 800 km. Ekvatorning uzunligi, yani Yer shari belbogining uzunligi 40 000 km ga teng.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

T harfi texnologiyani bildiradi. Yadro, mantiya, Yer po'sti, globus, shimoliy qutb, janubiy qutb, ekvator haqidagi malumotlar umumlashtirilib quyidagi savollarga javob topish topshiriladi:

1. Yerning diametri va ekvatorining uzunligi qancha?

2. Yer sharining ichki tuzilishini tushuntirib bering.

3. Yer yadrosida harorat qancha?

4. Globus nima, qanday maqsadda foydalaniladi?

5. Beruniy globusi haqida nimalarni bilasiz?

E harfi muhandislikni bildiradi. Oquvchilarga qogoz va loy, plastilindan yerning modelini yasash topshiriladi.

A harfi san'atni bildiradi. Oquvchilar berilgan malumotlar asosida she'r, hikoya, esse yozadilar. Daftarlariga globusning rasmini chizish topshiriladi.

M harfi matematikani bildiradi. Globusning aylanish o'qini, shimoliy va janubiy qutblarni hamda ekvatorni olchamlarini matematik nuqtai nazardan hisob-kitob qilishlari zarur boladi.

Yerning kichraytirilgan shakli globusni modellashtirish:

Kerakli jihozlar: Qaychi, rangli qalam, shar, bo'yoq, skoch, yelim, qog'oz, karton. Sharni shishirib og'zini mahkamlab olamiz va uchini qayirib skochlab qo'yamiz, ustiga qogoz parchalarini yopishtirib ustidan xaritani bolaklab globusga yopishtirib chiqamiz va ustun uchun karton qogozdan foydalanamiz. O quvchilarga yer haqida qisqacha malumotlar beriladi. MUHOKAMA

STEAM -talimini joriy etishdan asosiy maqsad - o'quvchi yoshlarning qiziqishlarini maktab yoshidan erta aniqlash va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga yo'naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali ilmiy izlanuvchan, yaratuvchan kadrlarni tarbiyalash.

STEAM o'quvchilarni ilhomlantiradi, o'quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va albatta bolalar zavqlanib o'ynashadi. XULOSA

Xulosa qilib aytmoqchimanki, orta maktabda STEAM yondashuvi bolalarga tajribalar o'tkazish, dizayn modellarini yaratish, mustaqil musiqa va kino yaratish, oz g'oyalarini haqiqatga aylantirish va yakuniy mahsulotni yaratishni rag'batlantiradi. Ushbu talim yondashuvi bolalarga nazariy va amaliy konikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va oliy talimda oqishni yanada osonlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro^yxati

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq talimi boshqaruv tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida"gi PFRQ - 5538-son farmoni. "Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2018-yil 10-sentyabr, 36-son, 722-modda.

2. Ivanova O. L. Gigiena polosti rta. Razdel «Pravilnaya chistka zubov» - M.: «Sofiya», Moskva, 2003.

3. X.M.Baybayeva "STEAM ta'limi mazmun-mohiyati,ahamiyati" ma'ruza matni.

4. STEM for all edicational leadership, december 2014/ january 2015.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

5. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining elektron sayti: www.edu.uz

6. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining elektron sayti: www.uzedu.uz http://www.rtm.uz - Respublika talim markazi sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.