Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O`QITISH MUAMMOLARI'

BOSHLANG`ICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O`QITISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
471
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
estetik tarbiyalash / hozirjavoblik / o’quv mashg´ulotlari / "Kid´s English " / "Deutsch macht spab" / "Hirondelle" / aesthetic education / responsiveness / training / Kids English / Deutsch macht spab / Hirondelle.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Poziljanov Xumoyunmirzo G’Ayratjon O’G’Li

Ushbu maqolada boshlang´ich sinflarda xorijiy tillarni o’qitish muammolari yoritib berilgan.Xususan, xorijiy tillarni o’qitishda yangi metodika va dars ishlanmalarini joriy etish va shu bilan birga o´quv jarayoniga pedagogik texnologiyalar, dars o’tishning noan’anaviy usullarini joriy etish ko’zda tutilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN PRIMARY SCHOOLS

The article deals with the problems of teaching foreign languages in primary school. In particular, it is planned to introduce new methods and developments in teaching foreign languages, as well as the introduction of pedagogical technologies, non-traditional teaching methods in the educational process.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O`QITISH MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

BOSHLANGICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI OQITISH

MUAMMOLARI

PoziljanovXumoyunmirzo G'ayratjon o'g'li Andijon Davlat Universiteti Ijtimoiy-Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabasi poziljanovxumoyunmirzo@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda xorijiy tillarni o'qitish muammolari yoritib berilgan.Xususan, xorijiy tillarni o 'qitishda yangi metodika va dars ishlanmalarini joriy etish va shu bilan birga o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalar, dars o 'tishning noan 'anaviy usullarini joriy etish ko 'zda tutilgan

Kalit so zlar: estetik tarbiyalash, hozirjavoblik, o'quv mashg'ulotlari, "Kid's English ", "Deutsch macht spab", "Hirondelle"

Аннотация: В статье рассматриваются проблемы обучения иностранным языкам в начальной школе. В частности, планируется внедрение новых методов и разработок в преподавании иностранных языков, а также внедрение педагогических технологий, нетрадиционных методов обучения в учебный процесс.

Ключевые слова: эстетическое воспитание, отзывчивость, тренинг, «Kids English», «Deutsch macht spab», «Hirondelle».

Abstract: The article deals with the problems of teaching foreign languages in primary school. In particular, it is planned to introduce new methods and developments in teaching foreign languages, as well as the introduction of pedagogical technologies, non-traditional teaching methods in the educational process.

Key words: aesthetic education, responsiveness, training, Kids English, Deutsch macht spab, Hirondelle.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi oldida turgan dolzarb vazifa har tomonlama kamol topgan sog'lom, qobiliyatli, oz Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir . Bu ulug' maqsadni ro'yobga chiqarish xalq talimi tizimiga qarashli barcha xodimlar va keng o'qituvchilar ommasidan oz ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish xilma-xil metodik usullarni o'ylab topish hamda uni maktab hayotiga tadbiq etishni talab qiladi. Bugun maktablarda talim olayotgan o'quvchilar ilm-fan, texnika taraqqiyoti erishgan bir qator yutuqlardan bahramand bo'lgan malum darajada bilimli kishilardir.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Farzand dunyoga kelishi bilan ota-ona va qarindosh-urug'lari kundan-kun o'sib borayotgan yosh inson faoliyatida odamlarga xos har xil harakatlarni ko'rgisi keladi va tez orada bu orzularining ro'yobga chiqayotganligining guvohi bo'ladi. Dastlabki davrlardan boshlab ona oz bolasining qo'l-oyoq va gavda harakatlarini o'yin sifatida shakllantiradi. Keyinchalik bolaning butun faoliyati o'yin bilan bog'liq bo'ladi. Asta-sekin o'yin yosh bola hayotining asosiy mashg'ulotiga aylanadi. Oyin bolani aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash vositalaridan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazku maqolada boshlang'ich sinflarda xorijiy tillarni o'qitish muammolari va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Maktabga ilk qadam qo'yayotgan kunda ota-onaning hayajoni birinchi sinfga chiqqan dilbandidan-da ko'proq bo'ladi. Farzandining jajji qo'llaridan tutib maktabga yetaklayotgan kattalar ko'nglining bir chetida bolajonim shu talim dargohiga qanday konikarkan, darslarni o'zlashtirishda qiynalmasmikan, degan hadik bo'ladi. Bugun maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchining kechagi mashg'uloti o'yin edi. Bolada boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan materiallarni o'zlashtirib olishga yordam beradigan epchillik, hozirjavoblik, voqealarni bir-biriga taqqoslash, sinchkovlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanish davri bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan bilimlarning o'zlashtirib olinishiga erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim. Bu o'rinda Samarqandlik pedagog A. Umarovaning quyidagi fíkrlari diqqatga sazovordir: "Tasavvur qiling, o'quvchi malum amaliy va ruhiy tayyorgarlikdan keyin maktab o'quvchisi bo'ladi. Uning vazifasi o'zgaradi. Bir kecha- kunduzda o'rtacha 4 soat talim oladi. Kechagi o'yinqaroq bola bugun 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir joyga joylab... o'qituvchi bilan muloqatda bo'ladi. Oquv axborotini qabul qiladi va idrok etadi. Ana shu vaqtda o'qituvchi loqayd, mas'uliyatsizlik qilsa, uning bu holati ota-onalarning holati bilan hamohang bo'lib qolsa, ota-ona ham yordam berishdan ojiz, nazorat qilishga "vaqti yo'q" bo'lsa, o'sha o'quvchilar bo'sh o'zlashtiruvchi, tartibsiz yomon o'quvchilarga aylanadilar. Oz kasbining mohir ustasi bo'lgan fidokor o'qituvchi ana shu paytda o'quvchilarni qo'lga oladi, ularning mehrini, ishonchini qozonadi: o'quv mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otadi1.

1Umarova A. Oyin musobaqa darsi // Boshlangich talim. 1992. 1-son , 48-bet.

608

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

0

VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Har bir xorijiy tili darslari xuddi zina kabi yuqoriga qarab qo'yilgan qadam misoli bo'lmog'i o'qituvchidan yangicha usul, ijodiy yondashuvni talab qilmoqda. Bugungi xorijiy til o'qituvchisi zamon bilan hamnafas, taraqqiyot robitlaridan boxabar, olamda kechayotgan jarayonlar haqida oz fikriga ega shaxs bo'lishi kerakligini davrning o'zi taqozo etmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatda xorijiy tillarning o'rganilishi ko'p omillarga bog'liqdir. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy salohiyati va uning xalqaro miqyosdagi munosabatlari hamda hududiy va global tarmoqqa aloqadorlik darajasi xorijiy tillarni o'qitish masalalariga hamda ularning o'rganish ketma-ketlik tartibiga ham tasir etadi. Xorijiy tillarni o'rganish jarayonida birinchi chet tili markazda umumta lim maktablari boshlang ich sinf o quvchilari uchun chet tillarni o'rganish bo'yicha turli qollanmalar ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qaror asosida ishlab chiqilgan yangi o'quv rejaga ko'ra, 1 - 4 sinflarga haftasiga ikki soatdan chet tili fani kiritildi va uni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilandi. Shu maqsadda yangi davlat talim standartlari va o'quv dasturlari asosida 1-sinflar uchun ingliz "Kid's English", nemis "Deutsch macht spab", fransuz "Hirondelle" tillaridan darslik majmualari yaratildi. Bu majmualar o'quvchi kitobi, o'qituvchi uchun metodik qollanma va multimediali ilovalar (DVD diskdan) iborat. E'tiborli jihati shundaki, qollanmalarni farzandlariga yordam berish bahonasida ota-onalar, buvijon-u buvajonlar ham o'qishlari, jiddiyroq harakat qilishsa, ozlari ham o'zlashtirishlari mumkin.

Boshlang'ich talimda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Oquv jarayoniga pedagogik texnologiyalar, dars o'tishning noananaviy usullari, xususan, interfaol usul keng joriy etilayapti. Dars o'tishning zamonaviy pedagogik uslublariga doir ko'plab qollanmalar mavjud. Xususan, "Chet tilidagi yangi so'zlar qanday bayon qilinganda uning necha foizi o'quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o'zlashtiriladi?." Degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o'tkazilgan tajribalar yakuni "xotirada saqlash" degan nomni oldi. Unga ko'ra o'quvchi yangi so'zlar sonini:

- faqat eshitganda uning 10-20% i;

- eshitsa va so'zlarga oid ko'rsatmali materiallar bilan tanishsa, uning 30-50% i;

- eshitsa, yangi so'zlar bo'yicha amaliy mashg'ulotlar bajarsa, so'zlarni tarjimalari bilan o'rtoqlariga aytib bersa, tushuntirsa, ular bilan mazkur so'zlardan foydalangan holda muloqatda bolsa, yangi so'zlarning 60-90%i yodda qoladi, o'zlashtiriladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

0

VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Binobarin, o'qituvchi sinfga kirib o'quvchiga faqat maruza o'qib chiqib ketishining foydasi kam bo'ladi. Oquvchi har bir o'rgangan mavzusi yuzasidan o'rtoqlari, o'qituvchisi bilan o'zi muloqotga kirishishi, dars davomida olgan bilimlarni gapirib bera olishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustahkam boladi.

l.Abdullayeva Q., Nazarov K., Yoldosheva Sh. Savod o'rgatish. T. "Oqituvchi" 1996 y.

2. Mardonova. Boshlang'ich sinflarda talim-tarbiyani takomillashtirish. "Sharq"-

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: REFERENCES

1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.