Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING SAMARALI USULLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)'

XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING SAMARALI USULLARI (NEMIS TILI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

881
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nemis tili / ta’lim / pedagogika / interaktiv metodlar / innavotsion texnologiya. / German language / education / pedagogy / interactive methods / innovative technology

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. U. Sobirova

Mazkur maqolada xorijiy tillarni o’qitishning samarali usullari (nemis tili misolida) masalasida so’z boradi. Shu bilan birga mamlakatimizda ta’lim borasida olib borayotgan islohotlar ham qisqacha ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES (ON THE EXAMPLE OF GERMAN)

This article discusses effective methods of teaching foreign languages (for example, German). At the same time, the reforms in the field of education in our country will be briefly considered

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING SAMARALI USULLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)»

XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING SAMARALI USULLARI (NEMIS TILI

MISOLIDA)

Sh. U. Sobirova

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada xorijiy tillarni o'qitishning samarali usullari (nemis tili misolida) masalasida so'z boradi. Shu bilan birga mamlakatimizda ta'lim borasida olib borayotgan islohotlar ham qisqacha ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: nemis tili, ta'lim, pedagogika, interaktiv metodlar, innavotsion texnologiya.

EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES (ON THE

EXAMPLE OF GERMAN)

ABSTRACT

This article discusses effective methods of teaching foreign languages (for example, German). At the same time, the reforms in the field of education in our country will be briefly considered.

Keywords: German language, education, pedagogy, interactive methods, innovative technology.

KIRISH

Yurtimiz mustaqilikka erishgandan so'ng, demoklratik -huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida bormoqda. Bu yo'lda qat'iy turish uchun ko'p chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biri esa kadrlar tayyorlash tizimining mukkammal bo'lishi va shaxsning har tomonlama rivojlanishidir. Ta'lim sohasida bo'layotgan har bir o'zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta'sir qilishiga shubha yo'q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta'lim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Qaysi sohada bo'lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - talaba faoliyatining ta'lim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o'qib, bilim orttirish asosi hisoblanadi. Ta'lim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil ta'lim olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil ishlashga, erkin,

ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim.

METODOLOGIYA

Ta'lim jarayonida interaktiv metodlar innavotsion texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishning sabablaridan biri shu vaqtgacha a'nanviy talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga urgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyada esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga mustaqil urganib tahlil qilishlariga hato hulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlantirishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yunaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.

Shuning uchun oliy o'quv yurtlari malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar innavotsion texnologiyalarni o'rni va roli benihoyat kattadir. Bundan pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli , yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Innovation texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik , o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar -bu jamoa bo'lib fikrlashdan iborat deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunini tarkibiy qismi hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bu metodlarni oziga hosligi shundaki, ular faqat pedagok va talabalarning birligida faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bundan pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga hos husisiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bolishini ta'minlashi ; talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijobiy yondashishgan holda kuchaytirishi; pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatrini tashkillanishi; shu o'rinda muammoli o'qitish texnologiyasida to'xtalib o'tsak. Muammoli o'qitish bu takomillashgan va samarador o'qitish texnologiyasidir. Uning mohiyati, o'qituvchi tomonidan talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarini o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish

faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Darsni to'g'ri tashkil etish, turli o'yin va topishmoqlardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Nemis va ispan tili darslari misolida beradigan bo'lsak, masalan; nemis tilida "Yil fasllari" (Die Jahreszeiten) und ispan tilida esa (estaciones del año) mavzusi utilmoqda. Avvalo, talabalar xonaga kirishlari bilan ular uchun fan muhitini yaratib berishimiz kerak bo'ladi. Salomlashish, yangiliklar, uy vazifalarini so'rab bo'lganimizdan so'ng, yangi mavzu nomini aytmasdan turib, mavzuga yaqinlashtiruvchi misollar keltirish kerak. Masalan: nemis tilida Welche Jahreszeiten gibt es in einem Jahr? Welche Jahreszeit ist jetzt? Welche Jahreszeit gefällt Ihnen? Mavzuga doir yangi so'zlarni odatda talabalarga yodlash uchun beramiz. Agar ularga shu so'zlar tez aytish, topishmoq tarzida aytilsa, qiziqarli bo'ladi va o'quvchining o'zlashtirishi oson kechadi. Nemis tilida fasllarga misol keltiradigan bo'lsak, masalan: Im Sommer ist kalt. Im Winter ist warm. Im Herbst ist reich. Im Frühling ist arm. Topishmoqni tarjima qilish jarayonida uni talaba oson yodida olib qoladi, shu bilan birga yil fasllarining nomlari nemis tilida(Winter-qish, Frühling-bahor, Sommer-yoz, Herbst-kuz) va antonim (kalt-sovuq, warm -iliq, reich-boy, arm-kambag'al) so'zlarni ham o'rganadi. Javob topish barobarida talaba topishmoqni bir necha bor o'qiydi hamda ixtiyorsiz ravishda xotirasida saqlab qoladi, mustaqil fikrlashni va topishmoqda keltirilgan so'zlar bilan boshqa gaplar tuzishni xam o'rganadi. Demak, topishmoqni tarjimasi: Yozda sovuq. Qishda issiq. Kuzda boy. Bahorda kambag'al - bu nima? Chuqur o'ylab, fikrlagan talaba bu topishmoqning javobi "Yer to'la" ekanini oson topadi. Bu usul o'qituvchidan ham, talabadan ham ijodkorlikni talab qiladi. "Yer to'la" so'zini tarjimasini topish uchun o'quvchi lug'atdan foydalanadi. O'ylaymizki, bu usul yaxshi samara beradi. Albatta, barcha mavzularda ham bu kabi topishmoq va tez aytishlarni topish mushkul. Lekin hammasi pedagogning mahorati va ijodkorligiga bog'liq. Bunday vaziyatlarda turli o'yinlardan ham foydalanish mumkin. O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy faoliyatini rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo'llaniladi hamda o'z samarasini beradi.

O'yin jarayonida o'quvchi o'zini erkin xis qiladi, o'ziga bo'lgan ishonchi va tilga qiziqishi ortadi. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan shunday xulosalarga kelish mumkin: 1. Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta'minlash maqsadida o'qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga quyilmoqda. 2. Ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik

texnologiyani tadbiq etish kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o'zgarishini ta'minlaydi. 3. Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining sifat ko'rsatkichiga ega bo'lishiga olib keladi.

XULOSA

Yuqorida sanab o'tilgan texnologiyalarning barchasi o'ziga xos. O'qitish jarayonida bu texnologiyalardan foydalanib turlicha natijalarga erishish mumkin. Demak, har bir texnologiya o'qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Faqat texnologiyalarni dars jarayonida qo'llayotganda, ularni darsning qaysi qismida foydalanish kerakligini va qaysi qismida foydalansa ko'proq samara berishi mumkinligini aniqlab olish mumkin.

REFERENCES

1. Хайдаров, М., Алламуратов, М., & Хайруллаева, Н. (2021). Сравнительная оценка физического состояния подростков 11-16 лет с нарушением интеллекта. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

2. Сафарова, Д. Д., Пулатова, М. Д., & Султанова, Ю. А. (2017). Взаимоотношения показателей гемодинамики с проявлением физической работоспособности у спортсменок-дзюдоисток. Наука и спорт: современные тенденции, 14(1).

3. Пулатова, М. Д. (2020). Применение восстановительных комплексов после травматических повреждений квалифицированных борцов. Интернаука, (8-1), 22-23.

4. Шукурова, С. С., Пулатова, М. Д., & Серебряков, В. В. (2021). Изменения показателей макроэлементов в крови у футболистов после физической нагрузки. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

5. Шукурова, С. С., Сейдалиева, Л. Д., & Шарипова, С. Н. (2021). Анализ гемодинамики игроков во время тренировочного процесса. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

6. Кутлимуратов, И. Х. (2021). Футболчиларнинг турли йуналишлардаги тупни ошириб бериш хдракатларини урганиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

7. Nazirov, B. S. (2020). Master who devoted his life to sports. Theoretical & Applied Science, (6), 78-82.

8. Алиев, И. Б. (2020). Курашчиларнинг мусобака олди тайёргарлик боскичларидаги толикиш белгиларини турли х, ажмдаги таъсирига караб юкламаларни таксимлаш. Фан-спортга,(2), 42-45.

9. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

10. Bakhtiyorovich, O. B. Improvement of methodology of development of technical and tactical methods with rapid power of belbog wrestlers.

11. Madraimov, H. K., & Aliyev, I. B. (2020). Distribution of training loads, taking into account the pre-competition training of freestyle wrestlers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(9), 348-351.

12. Назаров, Н. Н., & Юсупов, Н. М. (2012). Философские особенности и развитие футбола в республике узбекистан. Педагогические науки, (3), 93-96.

13. НАЗАРОВ, Н. (2020). Мутафаккирлар илмий меросларидан фойдаланган хрлда спортчи ёшларнинг ахлокдй ва эстетик кдрашларини шакллантириш. Фан^портга, (3), 38-41.

14. Egamberdiyev, I. O. (2021). Unconventional development of balance on land in young kayakers. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Geyger, A. I. (2021). Immunity of swimmers in the conditions of modern training. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Собирова, Ш. У. (2019). Использование рекламных текстов в обучении иностранному языку. Молодой ученый, (18), 48-50.

17. Норбоева, Ф. Р. (2020). Перевод маркетинговых терминов в сфере спорта с английского языка на русский. Интернаука, (26-2), 27-28.

18. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.

19. Rakhmatullayevna, N. F. (2020). The role of modern pedagogical technologies in the education system. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)).

20. Xolisov, B. A. (2017). Yangi iqtisodiy siyosatning turkiston xalq xo'jaligiga ta'siri. УзМУ хабарлари, 129-132.

21. Avlaev, O., & Maripov, E. (2020). The problem of emotional situations like childhood, anxiety and fear. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR), 9(3), 24-28.

22. Jurayev, I. B. (2021). Futzal hakamlarining jismoniy tayyorgarlilarini yaxshilash hamda mavsumiy topshiriladigan fifa fitness testiga tayyorlash. Internauka, 4(180), 75-77.

23. Mengliboyev, A. X. (2020). Tarixiy shaxslarning milliy manfaatlar uchun kurashi tarixidan. Утмишга назар, 215-219.

24. Xojiyev, S. S. (2021). Yosh xokkey darvozabonlarining shaybani to'sish harakatlari samaradorligini oshirish. Internauka, 5(181), 99-101.

25. Шукуров, М. Н. (2021). Курашшиларнинг организмига кластерланган махсус тайерлов техник машкларининг таъсири. Наманган Давлат Илмий Ахборотномаси, 366-369.

26. Ёкубова, Д. Т. (2020). Сурхондарё вилоятида ингичка толали пахтадан юкори хосил олиш агротехникасининг ривожланишида м.с. истоминнинг фаолияти. Хоразм маъмун академияси ахборотномаси, 120-123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.