Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILAR MULOQOTCHANLIGINI OSHIRISH USULLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILAR MULOQOTCHANLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Immersiv texnologiyalar / rus tili / muloqotchanlik / virtual haqiqat / kengaytirilgan haqiqat / o‘quvchilar / ta'lim jarayoni / interaktiv muhit / kommunikativ ko‘nikmalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rakhmonova Vazira

Ushbu maqolada rus tili darslarida immersiv texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning muloqotchanlik darajasini oshirish usullari o‘rganiladi. Immersiv texnologiyalar, jumladan, virtual va kengaytirilgan haqiqat, o‘quvchilarga real vaziyatlarda tilni amaliy qo‘llash imkonini beradi va ularning og‘zaki nutq qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maqolada immersiv texnologiyalarning ta'lim jarayonidagi o‘rni, o‘quvchilarni interaktiv muhitga jalb etish orqali ularning kommunikativ ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, immersiv texnologiyalar orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuchaytirish, natijalarni baholash va o‘quv jarayonini individualizatsiyalash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILAR MULOQOTCHANLIGINI OSHIRISH USULLARI»

BOSHLANG'ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QUVCHILAR MULOQOTCHANLIGINI

OSHIRISH USULLARI

Rakhmonova Vazira Kaimovna

Buxoro davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada rus tili darslarida immersiv texnologiyalar yordamida o'quvchilaming muloqotchanlik darajasini oshirish usullari o'rganiladi. Immersiv texnologiyalar, jumladan, virtual va kengaytirilgan haqiqat, o'quvchilarga real vaziyatlarda tilni amaliy qo'llash imkonini beradi va ularning og'zaki nutq qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maqolada immersiv texnologiyalarning ta'lim jarayonidagi o'rni, o'quvchilarni interaktiv muhitga jalb etish orqali ularning kommunikativ ko'nikmalarini oshirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, immersiv texnologiyalar orqali o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqani kuchaytirish, natijalarni baholash va o'quv jarayonini individualizatsiyalash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Immersiv texnologiyalar, rus tili, muloqotchanlik, virtual haqiqat, kengaytirilgan haqiqat, o'quvchilar, ta'lim jarayoni, interaktiv muhit, kommunikativ ko'nikmalar.

Аннотация. В данной статье будут рассмотрены способы повышения уровня коммуникативности учащихся с помощью иммерсивных технологий на уроках русского языка. Иммерсивные технологии, включая виртуальную и дополненную реальность, позволяют учащимся практиковать язык в реальных ситуациях и развивать свои навыки устной речи. В статье анализируется роль иммерсивных технологий в образовательном процессе, возможности повышения коммуникативных навыков учащихся за счет вовлечения их в интерактивную среду. Также обсуждаются возможности усиления взаимодействия учителей и учащихся с помощью иммерсивных технологий, оценки результатов и индивидуализации учебного процесса.

13

Ключевые слова: иммерсивные технологии, русский язык, коммуникабельность, виртуальная реальность, дополненная реальность, учащиеся, образовательный процесс, интерактивная среда, коммуникативные навыки.

Annotation. this article will study the methods of increasing the level of communication of students using immersive technologies in the lessons of the Russian language. Immersive technologies, including virtual and augmented reality, allow students to practice language in real-world situations and develop their verbal skills. The article analyzes the role of immersive technologies in the educational process, the possibilities of enhancing their communicative skills by engaging students in an interactive environment. Also, through immersive technologies, the possibilities of enhancing interaction between teachers and students, evaluating results and individualizing the educational process are discussed.

Keywords: immersive technologies, Russian language, communication, virtual reality, augmented reality, learners, educational process, interactive environment, communicative skills.

Ta'lim jarayonining zamonaviy talablariga javob berish, o'quvchilarni samarali o'qitish va ularning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish zaruriy hisoblanadi. Rus tili darslarida immersiv texnologiyalarning qo'llanilishi, ayniqsa, til o'rganishda interaktivlikni kuchaytirib, o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.

Immersiv texnologiyalar - bu virtual va kengaytirilgan haqiqat kabi texnologiyalarni qo'llash orqali o'quvchilarni ta'lim jarayoniga chuqurroq jalb etishga imkon beruvchi innovatsion metodlar majmuasidir. Bugungi kunda immersiv texnologiyalar global miqyosda ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Rus tili darslarida bunday texnologiyalar o'quvchilarni jonli muloqot muhitiga olib kirib, ularga haqiqiy vaziyatlarda tilni qo'llash imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv orqali o'quvchilar til o'rganishda ko'proq ishtirokchi bo'lib, ularning og'zaki va yozma nutq qobiliyatlari mustahkamlanadi.

Muloqotchanlik til o'rganish jarayonining markaziy komponentlaridan biri hisoblanadi. Bu o'quvchilarning o'zaro suhbatlarda faol qatnashishi, to'g'ri ifoda topishi va kommunikativ vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun muhimdir. Immersiv texnologiyalar aynan shu jihatlarni rivojlantirishda o'quvchilarga yordam beradi. Virtual muhit orqali yaratilgan interaktiv vaziyatlar, masalan, suhbat davomida turli ro'l va vaziyatlar bilan ishlash, o'quvchilarning real hayotdagi muloqotga tayyorgarligini oshiradi. O'quvchilar immersiv texnologiyalar yordamida jonli tarzda yaratilgan virtual vaziyatlarda rus tilini qo'llashni mashq qiladilar. Ushbu texnologiyalar orqali o'qituvchi o'quvchilarga turli xil muloqot vaziyatlarini taqdim etishi va ularni haqiqiy hayotdagi kabi vaziyatlarga jalb qilishi mumkin. Masalan, o'quvchilar virtual do'kon, restoran yoki sayohat muhitida rus tilida muloqot qilishlari mumkin. Bu holatda o'quvchilar o'z qobiliyatlarini real vaqtda sinab ko'radilar va shu orqali muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Kengaytirilgan haqiqat (AR) texnologiyalari o'quvchilarning bilim olish jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli qiladi. AR texnologiyalari yordamida o'quvchilar ko'z oldida real muhitga qo'shimcha bo'lgan vizual va audio elementlarni ko'rishadi. Rus tili darslarida bunday texnologiyalardan foydalanish tilni o'rganishni o'quvchilar uchun yanada qiziqarli va samarali qilish imkonini beradi. Misol uchun, o'quvchilar virtual moslamalar yordamida ruscha so'zlar va ularning ma'nolarini ko'rishlari, tovushlashlari, jumlalar tuzishlari va interaktiv tarzda muloqot qilishlari mumkin. Kengaytirilgan haqiqat texnologiyalari orqali o'quvchilar o'rganayotgan so'zlarni nafaqat ko'radilar, balki ularni turli kontekstlarda qo'llashni o'rganadilar. Bu esa ularning matnni tushunish va ifodaviy nutq qobiliyatlarini mustahkamlaydi. AR texnologiyalarining yana bir afzalligi shundaki, u o'quvchilarga til o'rganishni turli o'yin elementlari orqali interaktiv tarzda taqdim etib, ularda motivatsiya va qiziqishni oshiradi.

Virtual haqiqat (VR) texnologiyalari o'quvchilarga butunlay yangi tajribalar taqdim etish orqali ularning o'zaro muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. VR yordamida yaratilgan virtual muhitlar o'quvchilarga real hayotdagi kabi vaziyatlarda tilni amalda qo'llash imkoniyatini beradi. Misol uchun,

15

VR texnologiyalari yordamida o'quvchilar rus tilida interaktiv suhbatlarda qatnashishi, turli ro'l o'yinlari va muhokamalarda ishtirok etishi mumkin. VR texnologiyalarining asosiy afzalligi shundaki, u o'quvchilarga cheklangan sinf muhiti o'rniga cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi. O'quvchilar virtual dunyoda har xil madaniyatlar va odamlar bilan o'zaro muloqot qilishlari, turli muloqot shakllarini sinab ko'rishlari mumkin. Bu yondashuv orqali o'quvchilar nafaqat til o'rganadilar, balki ularning ijtimoiy va kommunikativ qobiliyatlari ham rivojlanadi.

Immersiv texnologiyalar o'quvchilarning o'zaro muloqotini kuchaytirish bilan birga, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro aloqani ham samarali qiladi. O'quvchilarning virtual muhitdagi harakatlarini kuzatish va ularga fikr-mulohazalar berish orqali o'qituvchi ularning qayerda xatoga yo'l qo'yayotganini aniqlashi va shu bo'yicha ko'rsatmalar berishi mumkin. O'qituvchilar immersiv texnologiyalar yordamida o'quvchilarning individual ehtiyojlariga mos keladigan mashg'ulotlarni tashkil qilishi, ularga yordam berishi va ularning rivojlanishini kuzatib borishi mumkin.

Masalan, VR yoki AR texnologiyalari orqali o'qituvchilar o'quvchilarga individual vazifalar yaratishi, ularning qobiliyatlarini sinab ko'rishi va rivojlantirishi mumkin. Bu yondashuv har bir o'quvchi bilan individual tarzda ishlash imkonini beradi va ularning o'quv jarayonidagi faol ishtirokini ta'minlaydi.

"Muloqotchanlik" tushunchasi o'ziga xos keng ma'noga ega bo'lib, u insonning boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini belgilab, u faqatgina so'zlashishni emas, balki hissiyotlarni ifodalash, tinglash, tushunish va hamkorlik qilish qobiliyatini ham o'z ichiga oladi.

Muloqotchanlik ochiqlik, hurmat, to'g'ri muloqot, faol tinglash, his tuyg'ularni ifodalash, hamkorlik, tashabbuskorlik kabi shaxsiy sifatlarga asoslanadi.

Muloqotchanlik biz odamlarni bog'laydi, turli madaniyatlarni birga qo'shadi va jamiyat rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarning muloqotchanlik darajasini oshirish va bu boradagi natijalarni baholash immersiv texnologiyalarning samaradorligini ta'kidlashda muhim o'rin tutadi. Immersiv texnologiyalar yordamida o'quvchilarning rivojlanishini real vaqtda kuzatish va ularning o'zaro muloqot

16

ko'nikmalarini baholash osonlashadi. Masalan, VR texnologiyalari orqali o'quvchilar bilan o'tkazilgan muloqot davomida ular to'g'ri ifoda qilayotgan jumlalar, suhbat davomida foydalanayotgan lug'at boyligi va ularning muloqot jarayonidagi faol ishtiroki qayd etilishi mumkin. Bunday tarzda o'quvchilar o'z rivojlanishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shuningdek, immersiv texnologiyalar yordamida o'quvchilarning og'zaki nutq qobiliyatlari va yozma ko'nikmalari ham tahlil qilinishi mumkin. O'quvchilarning virtual muhitdagi harakatlarini yozib olish va ularni tahlil qilish orqali o'qituvchilar ularning qayerda xato qilayotganliklarini aniqlashlari va ularning muloqot qobiliyatlarini oshirish uchun kerakli choralarni ko'rishlari mumkin.

Immersiv texnologiyalar rus tili darslarida o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini oshirishda innovatsion va samarali vositalardan biri hisoblanadi. Bu texnologiyalar o'quvchilarning ta'lim jarayonidagi ishtirokini faollashtiradi va ularning real hayotdagi kommunik ativ ko'nikmalarini mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi. Immersiv texnologiyalar, jumladan, virtual va kengaytirilgan haqiqat, o'quvchilarga real muhitda rus tilida muloqot qilish tajribasini taqdim etib, ularni turli vaziyatlarga moslashishga o'rgatadi. Bu esa o'quvchilarni tilni faqat nazariy o'rganishdan chiqarib, amaliyotga yaqinlashtiradi. Shuningdek, immersiv texnologiyalar o'quvchilarning o'zaro hamkorlik va fikr almashish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Virtual muhitlarda guruh bo'lib ishlash, ro'l o'yinlari o'ynash yoki birgalikda loyihalar yaratish o'quvchilarni yanada ochiq va muloqotchan qiladi. Bu texnologiyalar orqali o'quvchilar muloqot jarayonida sodir bo'ladigan nozikliklarni o'zlashtiradilar, tilning so'zlashuv va madaniy jihatlarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Umuman olganda, immersiv texnologiyalar yordamida o'quvchilar ta'lim oluvchi passiv rolidan chiqib, o'quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadilar. Bu texnologiyalar ta'limni shunchaki eshitish va ko'rish jarayonidan chiqarib, uni interaktiv, ijodiy va qiziqarli qiladi. Natijada, o'quvchilar tilni o'rganishda ko'proq motivatsiyaga ega bo'lib, o'z bilim va ko'nikmalarini hayotda qo'llashga tayyorlanadilar. Shu bilan birga, immersiv texnologiyalarning qo'llanishi kelajakda ta'lim jarayonida texnologik yondashuvlarning o'rni qanchalik muhim ekanligini ko'rsatib, til o'rganish metodologiyasida yangicha qadamlarni shakllantiradi.

17

Tadqiqotlar davomida rus tili darslarida immersiv texnologiyalardan foydalanib, o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini oshirishda qo'llagan ayrim usullarni tahlillar asosida keltirib o'tamiz (1-rasmga qarang).

Virtual muhokama: VR muhitida o'quvchilar turli

mavzularni muhokama qilib, o'z fikrlarini ifodalash va boshqalarning fikrlarini tinglash ko'nikmalarini rivojlantiradilar

Virtual muhitda muloqot:VR yordamida o'quvchilar virtual shaharga, muzeyga yoki boshqa joylarga sayohat qilib, u yerdagi odamlar bilan rus tilida muloqot qilishlari mumkin.

1. VR (Virtual Reallik) texnologiyasi:

Rol o'yini: VR o'yinlarida o'quvchilar turli rollarni

o'ynashlari mumkin, masalan, do'konga borib xizmat olish, restoranga kirib taom buyurtma qilish, yoki turist sifatida yo'l so'rash. Bu ularning rus tilini kundalik hayotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

AR orqali muloqot o'yini: AR yordamida o'quvchilar turli o'yinlar orqali rus tilida muloqot qilishni mashq qilishlari mumkin.

AR orqali muloqot: AR qo'llanmalari yordamida o'quvchilar turli vaziyatlarda rus tilini qo'llashni o'rganadilar, masalan, do'konga borish, restoranga kirish, yoki ko'chada yo'l so'rash.

2. AR (Kengaytirilgan Reallik) texnologiyasi:

AR orqali teatrlash: AR texnologiyasi yordamida o'quvchilar rus tilida teatr qo'yishlari mumkin. Ular virtual muhitda turli rollarni o'ynab, dialog qurishlari mumkin.

Virtual konferensiyalar: XR texnologiyasi yordamida o'quvchilar turli konferensiyalarda qatnashib, rus tilida taqdimotlar qilishlari mumkin.

2. 3. XR (Kengaytirilgan Reallik) texnologiyasi:

Virtual muloqot maydonchasi: XR texnologiyasi yordamida o'quvchilar virtual muloqot maydonchalarini yaratib, turli mavzularni muhokama qilishlari mumkin

1-rasm. Rus tili darslarida o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini immersiv texnologiyalar asosida oshirish usullari

Boshlang'ich sinf rus tili darslarida o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini aniqlashda mavzuga oid immersiv texnologiyalardan foydalanib namoyish etilgan

multimedia so'ng muloqot vaziyatlarini tahlil qilish, suhbatlar va kuzatishlardan foydalandik.

Muloqotchanlik darajasi har bir insonning shaxsiy xususiyatlariga, ta'lim va tajribasiga bog'liq bo'ladi. Muloqotchanlikni rivojlantirish uchun o'z ustida ishlash, muloqot qilish ko'nikmalarini mashq qilish va boshqalarning fikrlarini tinglash va qadrlash muhimdir.

Xulosa qilib aytganda, immersiv texnologiyalar orqali rus tili darslarida o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini oshirish imkoniyati o'quvchilarni ko'proq mustaqil va faol o'rganuvchi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalar ta'lim jarayonini nafaqat zamonaviy, balki interaktiv va ta'sirchan qilishi bilan ajralib turadi. Shu sababli, immersiv texnologiyalarning ta'lim jarayonida keng qo'llanilishi o'qituvchilar va ta'lim tizimi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Natijada, o'quvchilarning rus tilini o'zlashtirish darajasi oshadi va ulardagi muloqotchanlik hayotda muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun xizmat qiladi. Chunki ijtimoiy jamiyatda erkin muloqotga kirisha oladigan insonlar hayotda o'z o'rniga ega, ish bozorida muvaffaqiyatli, hayotda baxtli va maqsadli shaxs sifatidagi mavqeni egallaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mulaydinov, F., & Solidjonov, D. Virtual va to'ldirilgan reallik texnologiyalari. Tamaddun-2022.

2. Solidjonov, D. (2022). Immersive augmented reality and virtual reality technology for education.

3. Umrbek, M. (2023). AR/VR texnologiyalarni rivojlantirish muammolari va jahon bozori xususiyatlari. Лучшие интеллектуальные исследования, 10(5), 8488.

4. Karimova, Z. (2023). Zamonaviy ta'limda raqamli texnologiyalar. Научный Фокус, 1(1), 1125-1129.

5. Huang, T. K., Yang, C. H., Hsieh, Y. H., Wang, J. C., & Hung, C. C. (2018). Augmented reality (AR) and virtual reality (VR) applied in dentistry. The Kaohsiung journal of medical sciences, 34(4), 243-248.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.