Научная статья на тему 'Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar'

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16246
691
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim metodlari / bayon qilish metodi / suhbat metodi / analizsintez metodi / deduksiya metodi / induksiya metodi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulbaxor Atabayevna Nazarova, Zuxra Aminovna Primova, Firuza Qadirovna Qadirova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitishda qo’llanadigan metodlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar»

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida qo'llaniladigan metodlar

Gulbaxor Atabayevna Nazarova Zuxra Aminovna Primova Firuza Qadirovna Qadirova Xorazm viloyati, Xonqa tumani, 38-maktab

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitishda qo'llanadigan metodlar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim metodlari, bayon qilish metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, deduksiya metodi, induksiya metodi

Methods used in primary school mother tongue classes

Gulbakhor Atabaevna Nazarova Zuhra Aminovna Primova Firuza Kadyrovna Kadyrova Khorezm region, Khanka district, School №38

Abstract: This article provides detailed information about the methods used in teaching mother tongue in primary grades.

Keywords: educational methods, presentation method, interview method, analysis-synthesis method, deduction method, induction method

Ona tilini o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta'lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.

XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta'limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelindi.

Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo'llangan asosiy metodlardan biri bo'lgan. Bunda o'qituvchi bayon qilishdan oldin o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o'quvchilarni o'qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo'lishga undagan. O'qituvchining bayoni, ya'ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o'qituvchi ma'lumotlarni o'z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o'qituvchi zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o'rinlarini aniq, lo'nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon

qilish metodi o'quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo'ljallangan. Bayon qilish metodini qo'llash holatlari hozir ham uchraydi.

Suhbat metodi boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng qo'llaniladigan va shu bosqich o'quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o'qituvchidan mavzuning xususiyatini o'zida aks ettirgan o'quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o'xshash va farqli jihatlarini ajratish, o'xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo'naltirilgan savollar tuzishni, ularni o'quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.

Boshlang'ich sinflarda suhbat metodining muammoli o'qitish metodi sifatida qo'llanilishi ta'limda o'quvchilarni faollashtirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Muammoli o'qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o'quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining topshirig'i bilan o'quvchining oldiga biror muammo qo'yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o'quvchi hal qila olmasa, uni o'qituvchining hal qilishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun boshlang'ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o'qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo'llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metod "Tovush va harf" mavzusini o'rganayotganda tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, "So'z ma'nosi", "Nutq va gap" mavzularini o'rganishda ham qo'llanadi. Masalan, "So'z ma'nosi" mavzusini o'rganish uchun xat taxtaga turli ma'nodagi, ya'ni turli so'z turkumiga kiradigan so'zlar aralash holda yozib qo'yiladi.

So'zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o'qidi, yashil, binokor, o'nta, o'qituvchi, sakkiz.

O'quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi:

So'zlarni o'qing.

- Birinchi so'z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi?

- Bu so'zga qanday so'roq beramiz?

Ikkinchi so'z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?

- Bu so'zga qaysi so'roqni beramiz?

- Qaysi so'zlar sanoqni bildiryapti?

- Bu so'zlarga qaysi so'roqni beramiz?

Qaysi so'zlar rangni bildiryapti?

- Bu so'zga qaysi so'roqni beramiz?

So'zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so'zlarni topib, bir ustun qilib yozing.

- Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so'zlarni topib yozing.

- Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so'zlarni topib yozing va hokazo.

O'quvchilar topshiriqni o'qituvchi yordamida bajarib bo'lgach, muammoli savol

o'rtaga tashlanadi:

Yuqoridagi so'zlar nimasiga ko'ra farqlanyapti?

O'quvchilar "ma'nosiga ko'ra" degan fikrni ayta olmasalar, o'qituvchi bu muammoni hal qiladi:

Bu so'zlar ma'nosiga ko'ra va so'roqlariga ko'ra farq qiladi. O'ylang, so'zlarni qaysi xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratamiz? So'zlarni nechta guruhga ajratish mumkin?

Savol-javoblardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o'quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma'lumotlarni egallab bormoqdalar. 3-4-sinflarga o'tganda bunday suhbatlar oxirida o'quvchilarning o'zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o'quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o'quvchilar charchab qoladilar, o'zlashtirish darajasi ham susayadi.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi. O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida txnjarishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sintdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda "Yozgan so'zlaringizni lug'atdan tekshiring "Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing", "Rasmni kuzating" Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda "O'lkamda bahor" mavzusida sujetli rasm berilgan. O'quvchilar rasmni kuzatib narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o'quvchi 5 ta, ikkinchi o'quvchi 10 ta va hokazo so'z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog', osmon, bulut, qor, terak, tol, o'rik, ko'ylak shirt, tufli, lenta, soch, bosh, qir, dala, o't, gul, qo'l, oyoq, quloq, burun, yuz, og'iz, barmoq, bo'yin, qorin, yubka, jemper daraxt va hokazo. Bu o'quvchilarning e'tibor bilan kuzatishga yatuvchanlikka o'rgatadi.

Analiz-sintez metodi savod o'rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o'qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta'limi jarayoniga analiz -tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o'rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida

tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo'lishdir. Sintez qismlarga bo'lib o'rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe'l, son kabi so'z turkumlari o'rganilayotganda ularga oid so'zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so'zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo'ladi. Analiz-sintez metodida ham o'quvchilarni faollashtirish o'qituvchining o'quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog'liq bo'ladi.

Induksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta'riflar keltirib chiqaradi.

Deduksiya metodida o'quvchi tayyor qoida - ta'rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.

Bu metodlarning samarasi o'qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo'naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o'quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug'atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog'liq bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o'qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog'liq. Yo'l-yo'lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o'quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.

So'nggi yillar davomida ta'lim tizimiga an'anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta'limi jarayonida foydalanish bo'yicha yutuqlar qo'lga kiritildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.Qosimova, Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish, T.: 1964.

2. R.Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne'matova, Ona tili (2-sinf uchun darslik). T.: Cho'lpon, 2005.

3. K.Qosimova, A. Ne'matova. 2-sinfda ona tili darslari. Cho'lpon, 2004

4. M.Xudoyberganova, M.Muxtorova. 3-sinfda ona tili darslari T.: „O'qituvchi", 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.