2022
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION METODLAR
Ollayorova Shoira Azamat qizi
UrDU Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi Sobirova Gulzoda Xudayar qizi
UrDU Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6931192
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabda ona tili darslarini tashkil qilishda turli xil interfaol metodlardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlari: mustaqil ish metodi, yangi so'zlar, topshiriq, guruhlarda ishlash, sujetli
rasm.
ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДИКИ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация. В данной статье рассматриваются способы использования различных интерактивных методов в организации уроков родного языка в школе.
Ключевые слова: метод самостоятельной работы, новые слова, задание, групповая работа, предметная картинка.
INNOVATIVE METHODS IN THE LESSONS OF THE NATIVE LANGUAGE IN
PRIMARY SCHOOL
Abstract. This article discusses ways to use various interactive methods in organizing mother tongue lessons at school.
Keywords: independent work method, new words, task, group work, subject picture.
KIRISH
Ona tilini o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta'lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi. Boshlang'ich sinflarda morfologiyadan "ot", "sifat", "son", "fe'l", "olmosh" tushunchalarini; siktaksisdan "gap", "ega", "kesim", "ikkinchi darajali bo'lak", "uyushiq bo'lak", "undalma" kabi tushunchalarni; so'z yasalishidan "o'zak", "qo'shimcha", "o'zakdosh so'zlar" kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.
O'qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o'quvchilar aqliy faoliyatini to'g'ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o'zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo'lishini ko'z oldiga aniq keltirishi lozim.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o'quvchilarda tushuncha juda ko'p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma'lum darajada rivojlangan bo'lishi lozim. Mavhum tafakkur ta'lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko'nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig'indisini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi zarur. Ko'pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib
2022
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
olish jarayoni ham hisoblanadi. O'quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o'sganligiga bog'liq. TADQIQOT NATIJALARI
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o'quvchilar so'zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko'ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo'l qo'yadilar. Masalan, fe'l o'rganilganda o'quvchilar fe'l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o'qimoq, olmoq kabi fe'llarda leksik ma'no grammatik ma'noga mos keladi. Ko'p fe'llarda bunday moslik bo'lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o'zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o'ylamoq, sevmoq, o'smoq, ko'karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma'noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o'rgana boshlagan o'quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko'proq yurish, siljish ma'nosida aniq tasavvur qiladilar. Shuning uchun fe'lni o'rganishning boshlang'ich bosqichidayotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so'zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o'rganishda ham uchratish mumkin.
O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ma'nodagi, ya'ni turli so'z turkumiga kiradigan so'zlar aralash holda yozib qo'yiladi.
So'zlar. kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o'qidi, yashil, binokor, o'nta, o'qituvchi, sakkiz.
O'quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi: -So'zlarni o'qing.
-Birinchi so'z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi?
-Bu so'zga qanday so'roq beramiz?
-Ikkinchi so'z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
-Bu so'zga qaysi so'roqni beramiz?
-Qaysi so'zlar sanoqni bildiryapti?
-Bu so'zlarga qaysi so'roqni beramiz?
-Qaysi so'zlar rangni bildiryapti?
-Bu so'zga qaysi so'roqni beramiz?
-So'zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so'zlarni topib, bir ustun qilib yozing.
-Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so'zlarni topib yozing.
-Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so'zlarni topib yozing va hokazo.
O'quvchilar topshiriqni o'qituvchi yordamida bajarib bo'lgach, muammoli savol o'rtaga tashlanadi:
-Yuqoridagi so'zlar nimasiga ko'ra farqlanyapti?
O'quvchilar "ma'nosiga ko'ra" degan fikrni ayta olmasalar, o'qituvchi bu muammoni hal qiladi. -Bu so'zlar ma'nosiga ko'ra va so'roqlariga ko'ra farq qiladi. O'ylang, so'zlarni qaysi xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratamiz? So'zlarni nechta guruhga ajratish mumkin?
Savol-javoblardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o'quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma'lumotlarni egallab bormoqdalar. 3-4-sinflarga o'tganda bunday suhbatlar oxirida o'quvchilarning o'zlari xulosa chiqaradilar. Bunday
2022
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
suhbatlarda o'quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o'quvchilar charchab qoladilar, o'zlashtirish darajasi ham susayadi.
MUHOKAMA
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jaravonida qo'llaniladi. O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 1-sinfda "Yozgan so'zlaringizni ("Lug'atdan tekshiring", "Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing", "Rasmni kuzating". Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing, kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda ,"O'lkamda bahor" mavzusida sujetli rasm berilgan. O'quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o'quvchi 5 ta, ikkinchi o'quvchi 10 ta va hokazo so'z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: bulut, qor, terak, tol, o'rik, ko'ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala. ot, gul, qo'l (oyoq, quloq, ko'z, yuz. og'iz, barmoq, bo'yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o'quvchilarning e'tibor bilan kuzati shga-kuzatuvchanlikka o'rgatadi.
Bu metodlarning samarasi o'qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo'naltirilganligiga, izchilligiga. faoliyatni tashkil etish shakllariga. o'quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug'atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog'liq bo'ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning rnuvaffaqiyati o'qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog'liq. Yo'l-yo'lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o'quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So'nggi yillar davomida ta'lim tizimiga an'anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta'limi jarayonida foydalanish bo'yicha yutuqlar qo'lga kiritildi.
REFERENCES
1. S. Matchonov va boshq. 4-sinfda o'qish darslari. — Т.: „Yangiyul poligraph service", 2007.
2. S. Matchonov va boshq. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. — Т.: „Yangiyul poligraph service", 2008.
3. S. Matchonov, X. G'ulomova. Nutq madaniyati. //„B oshi. ta'I". jurnali. - Toshkent, 2000. — 1. 8 — 10-betlar.