Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIK MASHQLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIK MASHQLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fonetik mashq / innovatsion texnologiya / tovush tuzilishi / nutq / yozma nutq / to‘g‘ri yozuv / pedagogik texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Rasulova Ruxshona, Ne’Matullayeva Sevinch, Xudoyberganova Mohiza

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf ona tili darslarida fonetik mashqlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyoj, uning ahamiyati va o‘rni hamda qo‘llash borasidagi tushuncha va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu maqola orqali o‘quvchi zaruriy bilim, ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Shu jumladan, boshlang‘ch sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning fonetikaga oid bilimlarini innovatsion texnologiyalar orqali shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini ham o‘z ichiga olgan. Maqoladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, shu yo‘nalishda tahsil oluvchi talaba va magistrantlar hamda erkin izlanuvchi tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIK MASHQLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIK MASHQLARNI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

1Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Rasulova Ruxshona, 3Ne'matullayeva Sevinch,

4Xudoyberganova Mohiza

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2'3'4Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11217216

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf ona tili darslarida fonetik mashqlarni o'qitishda innovatsion texnologiyalarga bo'lgan ehtiyoj, uning ahamiyati va o'rni hamda qo'llash borasidagi tushuncha va ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bu maqola orqali o'quvchi zaruriy bilim, ko'nikmaga ega bo'ladi. Shu jumladan, boshlang'ch sinf ona tili darslarida o'quvchilarning fonetikaga oid bilimlarini innovatsion texnologiyalar orqali shakllantirishningyo'l-yo'riqlarini ham o'z ichiga olgan.

Maqoladan boshlang'ich sinf o'qituvchilari, shu yo'nalishda tahsil oluvchi talaba va magistrantlar hamda erkin izlanuvchi tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

Tayanch so'z va iboralar: fonetik mashq, innovatsion texnologiya, tovush tuzilishi, nutq, yozma nutq, to'g'ri yozuv, pedagogik texnologiyalar.

Аннотация. В этой статье представлены идеи и информация о необходимости, важности и роли инновационных технологий в преподавании фонетических упражнений на уроках родного языка в начальной школе. Благодаря этой статье читатель получит необходимые знания и навыки. Он также включает рекомендации по развитию фонетических знаний учащихся с помощью инновационных технологий на уроках родного языка в начальной школе.

Статья может быть использована учителями начальных классов, студентами и аспирантами, а также внештатными исследователями.

Ключевые слова и словосочетания: фонетические упражнения, инновационная технология, звуковой строй, речь, письменная речь, правильное письмо, педагогические технологии.

Annotation. This article presents ideas and information about the need, importance and role of innovative technologies in teaching phonetic exercises in native language lessons in primary school. Thanks to this article, the reader will gain the necessary knowledge and skills. It also includes recommendations for the development of phonetic knowledge of students through innovative technologies in their native language lessons in primary school.

The article can be used by primary school teachers, students and postgraduates, as well as freelance researchers.

Keywords and phrases: phonetic exercises, innovative technology, sound system, speech, written speech, correct writing, pedagogical technologies.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni hamda Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasida ta'kidlanganidek, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo'llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang'ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun

esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang'ich sinf o'quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi ta'lim jarayoni vaqtida interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv darslari jarayoni mobaynida foydalanishga bo'lgan intilish, e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. O'qituvchi ushbu jarayonda o'quvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga muhit yaratadi va shuning bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini ham bajaradi.

Ma'lumki, ona tili ta'limi o'quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki, butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi.

Boshlang'ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o'zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so'zlarning o'zgarishi va gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi, so'zlarning morfemik tarkibi va so'z yasalishi, so'zlarning leksik - semantik guruhi haqidagi, o'zbek tilining to'g'ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarini tashkil qilish va o'tkazish masalasi onatili o'qitish metodikasiga doir T.Ashrapova va M.Odilovalarning, K.Qosimovaning hamda K.Qosimova, S.Matchonov singarilarning darslik va o'quv qollanmalarida, ommaviy matbuot nashrlarida o'z aksini topgan. Shuningdek, ona tili o'qitish metodikasining u yoki bu masalasini o'rganishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash masalasiga bag'ishlangan ishlar ham mavjud.

Xususan, Q.Abdullayevaning "Yangi pedagogik texnologiyalar", J.Tolipovaning "Modulli dars", R.Ubayxo'jayevaning "Ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash", M.Xoliqovaning "Ta'lim texnologiyalaridan foydalanish", T.G'afforovaning "Erkin, ijodiy fikrlashga o'rgatish" nomli maqolalarida ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash masalasi o'rganilgan. Shunday bo'lsa ham boshlan'gich sinf ona tili darslarida fonetik mashqlarni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo'llari yaxlit holda o'z tadqiqini topmagan masalalardan hisoblanadi.

Maktablarda boshlang'ich sinf ona tili fonetikaga o'rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo'ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko'pqirrali bo'lib, ularpi bajarish o'quvchilar ongini o'stirishga, ularga g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yo'naltirilgan. Ta'lim maskanlarida ona tilini o'rgatish natijasida o'quvchilarda o'z fikrini grammatik to'g'ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to'g'ri yoza olish ko'nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o'quv predmeti sifatida o'zbek tilining o'ziga xos xususiyati bo'lib, o'quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo'naltirilgan umumta'lim vazifalari bilan bog'liq holda amalga oshiriladi.

Boshlang'ich ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali innovatsion, ilg'or texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, innovatsion texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur.

Shaxsni tarbiyalash " -Ta'lim to'g'risida"gi qonunda Respublika ta'lim xodimlari zimmasiga o'ta ma'suliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o'quvchilarni o'qitishga yangicha yondashish, o'qituvchilarni o'z kasbiga va o'zgalarga, yani ta'lim oluvchilarga talabchanlik bilan munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonining

eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning, innovatsion texnologiyalarning loyhasini tadbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.

Hozirgi kunda innovatsion texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o'tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o'z isbotini topmoqda. Bu borada tajriba to'plagan tatqiqotchilar bugungi kunda innovatsion texnologiya darsning muvaffaqiyatlarini kafolatlovchi omil ekanligini ta'kidlab, ommaning diqqat e'tiboriga havola etmoqdalar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, innovatsion texnologiya boshlang'ich sinf ona tili darslarida fonetik mashqlarni o'qitishda ma'lum maqsadga yo'naltirilgan shakl, usul va vositalar tizimidir. Bundan dars jarayonlarida to'g'ri va o'rinli foydanalanish natijasida darsning maqsadiga yetish mumkin. Shuningdek, o'quvchilarda dars jarayonlarida faollik, tezkorlik, izlanuvchanlik bilan bilim olishga bo'lgan intilishini oshirishga erishiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi o'quv dasturi//Boshlang'ich ta'lim. - Toshkent, 2005. 5-son, 21-33-betlar

2. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

3. Mirhaitova S. Modulli texnologiya // Boshlang'ich ta'lim, 2004, 1-son, 16-18-betlar.

4. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, 0ct.(2023) https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/4440

5. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O'zbek adabiyotini o'qitishda yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash. - T.: Science and innovation, 2022. - 531-533-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.