Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI FIKRLASHINI XALQ O‘YINLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (ona tili darslari misolida)'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI FIKRLASHINI XALQ O‘YINLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (ona tili darslari misolida) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinf / maktab / tafakkur / mezon / kategoriya / axloq / tarbiya. / класс / школа / мышление / критерий / категория / мораль / воспитание.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R.S. Xurramov

ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida xalq o‘yinlariga oid mavzularni qo‘shib dars o‘tish bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligi haqida so‘z boradi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni fan va mavzularga qiziqtirish uchun turli xalq o‘yinlari haqida ma’lumot berish va darsda xalq o‘yinlaridan namunalar aytish samarali sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF DEVELOPING THE THINKING OF YOUNGER SCHOOLCHILDREN THROUGH FOLK GAMES (using the example of native language lessons)

в данной статье речь пойдет о том, что проведение урока на уроках родного языка в начальной школе с добавлением тем, связанных с народными играми, является одним из актуальных вопросов сегодняшнего дня. На уроках родного языка в начальных классах эффективным считается информирование учащихся о различных народных играх и рассказывание на уроке примеров народных игр, чтобы заинтересовать их предметами и предметами.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI FIKRLASHINI XALQ O‘YINLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (ona tili darslari misolida)»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© R.S. Xurramov1^_

1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada boshlang'ich sinf ona tili darslarida xalq o'yinlariga oid mavzularni qo'shib dars o'tish bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligi haqida so'z boradi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarni fan va mavzularga qiziqtirish uchun turli xalq o'yinlari haqida ma'lumot berish va darsda xalq o'yinlaridan namunalar aytish samarali sanaladi.

MAQSAD: milliy xalq o'yinlari azaldan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida e'zozlangan. Ularning inson ma'naviyatini boyitishga, ongu tafakkuri va his-tuyg'ularini teranlashtirishga xizmat qilishdagi ahamiyatini ko'rsatishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatuv va intervyu usullaridan foydalanildi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan suhbatlar o'tkazildi va xalq o'yinlari qo'llanilgan dars jarayonlari kuzatildi. Shu bilan birga, o'quvchilarning darsga nisbatan munosabati va faoliyati o'yinlardan oldin va keyin tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo'lish tarixi va taraqqiyotini tadqiq qilishda shu kungacha saqlanib qolgan (yunon, rim, arab-fors mualliflarining qo'lyozmalari, turkiy bitiklar) qadimiy me'morchilik obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazilmalarning natijalari, shuningdek, xalq og'zaki ijodi namunalari (epos, doston, rivoyat, afsona, topishmoq, o'yin, raqs, musiqa va boshqalar) g'oyat muhimdir.

XULOSA: boshlang'ich sinf ona tili darslarida xalq o'yinlarini qo'llash orqali o'quvchilar nafaqat til ko'nikmalarini, balki keng qamrovli rivojlanishni ham qo'lga kiritadilar. Bu o'yinlar dars jarayonini qiziqarli, samarali va mazmunli qiladi. Shuning uchun xalq o'yinlarini darslarda keng qo'llash tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: sinf, maktab, tafakkur, mezon, kategoriya, axloq, tarbiya.

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ ЧЕРЕЗ НАРОДНЫЕ ИГРЫ (на примере уроков родного языка)_

© Р.С. Хуррамов1Н

1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан_

Iqtibos uchun: Xurramov R.S. Boshlang'ich sinf o'quvchilarni fikrlashini xalq o'yinlari orqali rivojlantirish metodikasi (ona tili darslari misolida). // Inter education & global study. 2024. №5. B.162-167.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье речь пойдет о том, что проведение урока на уроках родного языка в начальной школе с добавлением тем, связанных с народными играми, является одним из актуальных вопросов сегодняшнего дня. На уроках родного языка в начальных классах эффективным считается информирование учащихся о различных народных играх и рассказывание на уроке примеров народных игр, чтобы заинтересовать их предметами и предметами.

ЦЕЛЬ: национальные народные игры издавна почитались как неотъемлемая часть культурной жизни наших предков. Состоит в том, чтобы показать их важность в служении обогащению человеческой духовности, углублению сознательного мышления и чувств.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в этом исследовании использовались методы анализа литературы, наблюдения и интервью. Проводились беседы с учителями начальных классов и отслеживались ходы уроков, в которых применялись народные игры. При этом анализировалось отношение и активность учащихся на уроке до и после игр.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в исследовании истории возникновения и развития узбекских народных игр представлены сохранившиеся до наших дней (рукописи греческих, римских, арабо-персидских авторов, тюркские Писания) Памятники древнего зодчества и результаты проведенных археологических раскопок, а также образцы устного народного творчества (эпос, Былина, повествование, легенда, загадка, игра, танцы, музыка и т. д.) чрезвычайно важно.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: применяя народные игры на уроках родного языка в начальных классах, учащиеся приобретают не только языковые навыки, но и всестороннее развитие. Эти игры делают процесс урока интересным, продуктивным и содержательным. Поэтому рекомендуется широко использовать народные игры на уроках.

Ключевые слова: класс, школа, мышление, критерий, категория, мораль, воспитание.

Для цитирования: Хуррамов Р.С. Методика развития мышления младших школьников через народные игры (на примере уроков родного языка). // Inter education & global study. 2024. №5. С. 162-167.

METHODS OF DEVELOPING THE THINKING OF YOUNGER SCHOOLCHILDREN THROUGH FOLK GAMES (using the example of native language lessons)_

© Rustam S. Xurramov1H

1Termez State University, Termez, Uzbekistan_

Annotation INTRODUCTION:

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: in this article we will talk about the fact that conducting a lesson in the lessons of the native language in elementary school with the addition of topics related to folk games is one of the topical issues of today. In primary school native language lessons, it is considered effective to inform students about various folk games and tell examples of folk games in the lesson in order to interest them in subjects and subjects.

AIM: national folk games have long been revered as an integral part of the cultural life of our ancestors. The aim is to show their importance in the service of enriching human spirituality, deepening conscious thinking and feelings.

MATERIALS AND METHODS: This study used methods of literature analysis, observation, and interviews. Conversations were held with primary school teachers and the course of lessons were monitored, in which folk games were used. At the same time, the attitude and activity of students in the lesson before and after the games were analyzed.

DISCUSSION AND RESULTS: the study of the history of the origin and development of Uzbek folk games presents preserved to this day (manuscripts of Greek, Roman, Arab-Persian authors, Turkic Writings) Monuments of ancient architecture and the results of archaeological excavations, as well as samples of oral folk art (epic, epic, narrative, legend, riddle, game, dancing, music, etc.) is extremely important.

CONCLUSION: by using folk games in the lessons of their native language in elementary grades, students acquire not only language skills, but also comprehensive development. These games make the lesson process interesting, productive and meaningful. Therefore, it is recommended to widely use folk games in the classroom.

Keywords: class, school, thinking, criterion, category, morality, education.

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda yoshlarimizni tashqi mafkuraviy ta'sir va tahdidlardan himoya qiblishda ham vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki, mafkuraviy tahdid shakllari xilma-xil bo'lib, ularda ko'pincha jozibali shior va g'oyalar niqobi ortida ish ko'rilib, turli-tuman usullardan foydalaniladi. Bunday yovuz kuchlar ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurs va imkoniyatlar mavjud bo'lib, ular puxta o'ylangan hamda davomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu harakatlardan asosiy ko'zlangan maqsad esa avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror xalqning ongiga ta'sir o'tkazish, uni o'z dunyoqarashiga bo'ysundirish, mafkuraviy jihatdan zaif va tobe' qilishdan iborat.

O'zbek xalqining milliy o'yinlari boy tarixga ega bo'lib, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o'tib kelayotgan ma'naviy qadriyatlarimiz sarchashmasidir. Hayot davom etar ekan, insoniyat hamisha yangilikka, taraqqiyotga intilib yashaydi.

For citation: Rustam S. Xurramov. (2024) 'Methods of developing the thinking of younger schoolchildren through folk games (using the example of native language lessons)', Inter education & global study, (5), pp. 162-167. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan xalq jismoniy madaniyati, yangi avlodni shakllantirish, sog'lom turmush tarzini yaratishda alohida o'rin tutadi. O'rganilgan ilmiy-uslubiy va maxsus adabiy manbalarning tasdiqlashicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va rnaishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Bu esa o'yinlarni xalqimizning madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg'unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Lekin ajdodlarimiz o'yinlarining tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy tuzum davrlaridagi madaniyati, ma'rifati, tarixiy voqealari hamda an'analaridan alohida ajratib o'rganib bo'lmaydi.

Ibtidoiy odamning e'tiqod va tasavvurlari olamni bila borish va idrok etish darajasi bilan bog'liq bo'lgan. Darhaqiqat, Z.Husaynovaning yozishicha: "O'tmishda tabiat va tabiat hodisalarining o'zi bir jumboq bo'lganki, odamlar uning sirini bilmaganlar va yecha olmaganlar, ularga u sirli bir mo'jizadek bo'lib ko'ringan. Shaxs o'zini qurshab turgan tashqi obektiv olamni taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalarning qaysi yo'l bilan yaratilishini anglash, bilish istagida narsa va hodisalarni bir-biriga solishtirish, qiyoslash va ba'zan qarama-qarshi qo'yish bilan o'rgana boshlangan.

Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqmoq chaqishi, ko'k guldurashi, bulut kelishi, shamol esishi, qor-yomg'ir kabilarning mohiyatini to'la anglab yetmaganlar va animistik tushunchalarga asoslanib, ularning hammasida jon bor deb tasavvur qilganlar.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quv faoliyatini oshirishda xalq o'yinlarining ahamiyati juda katta. Bu o'yinlar o'quvchilarning qiziqishini oshiradi, ularni dars jarayoniga faolroq jalb qiladi va til o'rganish jarayonini qiziqarli qiladi. Mazkur tadqiqot ishimizda turli metodlardan foydalanib, ular ichidan samaralilarini tanlab oldik. Kuzatuvlar va intervyular natijasida xalq o'yinlari qo'llanilgan darslarda o'quvchilarning qiziqishi va faoliyati sezilarli darajada oshgani aniqlandi. Dars jarayonida interaktiv va qiziqarli usullar orqali o'quvchilar ona tilini o'rganishga faolroq jalb qilindi. Quyida asosiy natijalar keltirilgan:

1. **Motivatsiya va qiziqishning oshishi**: Xalq o'yinlari qo'llanilgan darslarda o'quvchilarning darsga nisbatan qiziqishi oshdi. O'yinli darslar orqali o'quvchilar o'zlarini erkin his qilishdi va faol ishtirok etishdi.

2. **Til o'rganishning qulayligi**: O'yinlar orqali yangi so'z va iboralarni o'zlashtirish osonlashdi. O'quvchilar o'zaro muloqot qilish orqali so'z boyligini oshirishdi.

3. **Ijtimoiy ko'nikmalarning rivojlanishi**: Jamoaviy o'yinlar bolalarda ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirdi. O'quvchilar bir-birlari bilan hamkorlik qilishni, bir-birlarini tushunishni o'rgandilar.

4. **Madaniy merosning saqlanishi**: Xalq o'yinlari orqali bolalar o'z milliy madaniyati va an'analarini o'rganishdi. Bu orqali milliy o'zlikni anglash va madaniy merosni saqlashga ko'maklashildi.

"Kurash", "Botmon-botmon", "Oq terakmi-ko'k terak", "Qushim boshi", "Mindi-mindi", "O'g'ri keldi", "Bekinmachoq" degan o'yinlarimiz bor. G'afur G'ulomning "Shum bola" qissasida keltirilgan ushbu satrlardan ham anglash mumkinki, xalqimiz qadimdan o'zining ko'plab qiziqarli milliy o'yinlariga ega bo'lgan. Bolalar o'ynayotgan bu o'yin esa "xo'roz

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

urishdi" deb nomlanadi. Milliy o'yinlarning yaxshi tomoni shundaki, birinchidan bolalarni hamjihatlikka o'rgatadi.

Birgalikda, guruh-guruh bo'lib, birdamlik, do'stlikka chorlaydi. Ikkinchi sababi bolalarda jismoniy sog'lomlik, baquvvatlikka yordam beradi. Chunki, birgina misol uchun quvlashmachoq o'yinini oladigan bo'lsak, mana shu o'yin orqali shu o'yinda ishtirok etgan har bir bolada qancha ko'p harakat.. bo'lsa, bolalarning miyasiga kislorod shunchalik kirib boradi. Bu ularning aqliy rivojlanishiga, yaxshiroq fikrlashga, teran fikrlashga, jismonan baquvvat bo'lishiga yordam beradi.

Darhaqiqat, ilm-fan sohasi tez sur'atlarda rivojlanayotgan, axborot almashuv jarayonlari takomil lash ayotg a n XXI asrda televideniye, radio va matbuotdan tashqari yana bir mukammal tizim Internet shiddat bilan hayotimizga kirib keldi. Telekommunikatsiya sohasidagi qulay, tezkor va zamonaviy usullardan biri bo'lgan bu tarmoq - imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Undan istalgan ma'lumotni qisqa fursatda olishimiz, foydalanishimiz, bilimlarimizni mustahkamlashimiz va yangiliklardan juda tez xabardor bo'lishimiz mumkin. Ammo, hozirgi kunda uning afzalliklari bilan birga ko'pgina xatarli tomonlari ham fosh etilmoqda. Yoshlar hayotidagi virtual olamning salbiy jihatlari tarmoq orqali milliy madaniyatimizga yot bo'lgan g'arbona hayot tarzini targ'ib etuvchi turli jangari film va multfilm, shou dastur hamda video roliklar, ayniqsa, kompyuter o'yinlari orqali yanada yaqqolroq namoyon bo'lmoqda.

Milliy xalq o'yinlari ham farovon turmush tarziga bo'lgan harakat jarayonida paydo bo'ldi va shakllanib, rivojlandi. Ajdodlarimiz donishmandligining mevasi sifatida kashf etilgan ushbu madaniy merosimizni ko'plab turlarga ajratish mumkin. Dastlab harakatli o'yinlar vujudga kelgan bo'lsa, keyinchalik, ularning safi ma'naviy va aqliy o'yinlar bilan yanada kengaydi. Azaldan ota-bobolarimiz xalq o'yinlarini inson hayotidagi bo'shliqni to'ldiradigan, tanasidagi ortiqcha kuchni sarflashga, yetmaganini esa to'plashga yordam beruvchi vosita deb bilganlar. Shu bois, bolalarga ham yoshligidan milliy o'yinlarni o'ynash tanani chiniqtirishi bilan bir qatorda, irodani ham mustahkam qilishi haqida uqtirishgan. Taniqli adiblarimizning ko'plab asarlaridan ham bunga yorqin misollar keltirish mumkin. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarning qiziqishini oshirish va ularni faol ishtirok etishga jalb qilish muhim masalalardan biridir. Xalq o'yinlari bu jarayonda samarali vosita sifatida qaralmoqda. Ushbu maqola boshlang'ich sinf ona tili darslarida xalq o'yinlarining o'quv faoliyatini oshirishdagi ahamiyatini tadqiq qilishga bag'ishlanadi.

Olingan natijalar xalq o'yinlarining boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quv faoliyatini oshirishda katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiqladi. Xalq o'yinlari o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini oshiradi, ularni faol ishtirok etishga undaydi va til o'rganish jarayonini osonlashtiradi. Shuningdek, ijtimoiy va madaniy ko'nikmalarni rivojlantiradi. Xalq o'yinlari bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'yinlar orqali ular koordinatsiya, reflekslar, ijodkorlik va muammo yechish kabi ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Misol uchun, "Oq terakmi, ko'k terak?" o'yini bolalarning tez fikrlash, so'z boyligini oshirish va bir-birlariga e'tiborli bo'lish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yoki "Chumchuq va tovuq" o'yini orqali bolalar qiyosiy taqqoslash, mulohaza qilish va

tezkorlik ko'nikmalarini mustahkamlaydilar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: - "O'zbekiston" 2016.

2. Karimov. I. A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T: "Ma'naviyat", 2008.

3. Ochilov M. O'qituvchi qalb me'mori. - T.; "O'qituvchi". 2004.

4. Azizova, N. (2020). "Xalq o'yinlari va ularning ta'lim jarayonidagi roli". Ta'lim jarayoni, 12(4), 45-49.

5. Usmonova, L. (2019). "Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish". Ta'lim va tarbiya, 11(2), 28-31.

6. Хуррамов Р.С. Укувчиларда эвристик фикрлашни ривожлантиришда синфдан ташкари ишлардан фойдаланишнинг методик имкониятлари // Наманган давлат университети илмий ахборотномаси - Наманган, 2022. - №9-сон. ISSN2181 -1458 - б.434-440.

7. Хуррамов Р.С. Оfзаки машклар ёрдамида бошлан^ч синф укувчилари эвристик фикрлашини ривожлантиришнинг методик асослари// Таълим ва инноватсион тадкикотлар - Бухоро, 2022. - №9-сон.ISSN2181-1717(E) - Б.153-163.

8. Хуррамов Р.С. Эвристические задания как средство развития творческой деятельности учащихся начальной школы // (2017) Среднее профессиональное образование - Российская Федератсия, СПО 6(334) ^023. - №6 С.50-53.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HXurramov Rustam Sayfiddinovich, doktorant, [Хуррамов Рустам

Сайфиддинович, докторант], [Rustam S. Xurramov, doctoral student]; manzil:

O'zbekiston, 117036, Surxandaryo, Termiz, Baxt ko'chasi 14/5 uy [адреа Узбекистан,

117036, Сурхандарьинская, Термез, ул. Бахт 14/5], [address: Uzbekistan, 117036,

Surkhandarya, Termez, Baxt Street 14/5 House];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.