BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING O'QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Nasiba Rustamovna Mamatqulova
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh mutaxassisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv faoliyati samaradorligini oshirish yo'llari hamda zamonaviy ta'lim mazmuniga qo'yilayotgan talablar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, o'quv faoliyati, innovatsion taraqqiyot, samaradorlik, sinf jamoasi.
СПОСОБЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ
ШКОЛЫ
Аннотация: В статье рассматриваются пути повышения эффективности учебной деятельности младших школьников и требования к современному содержанию образования.
Ключевые слова: начальная школа, учебная деятельность, инновационное развитие, эффективность, классный коллектив.
WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF EDUCATIONAL
ACTIVITIES OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Abstract: The article discusses ways to improve the effectiveness of educational activities of primary schoolchildren and the requirements for the modern content of education.
Keywords: primary school, educational activities, innovative development, efficiency, classroom team.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish muhim ahamiyatga egadir.[1]
Maktab ta'limi bolaning turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o'rnini o'zgartiradi. Ya'ni maktabgacha bo'lgan davrdagi o'yin faoliyati o'qish faoliyati bilan almashib, o'quvchida mas'uliyat hissini uyg'otadi. Bunda boshlang'ich ta'limning mazmuni o'quvchining bilimlarini egallashga qiziqishi o'z aqliy mehnat natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan, o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini muntazam nazorat qilib borish, hamda hayotda qo llay olish qobiliyatini shakllantirish, o'quvchilarning olayotgan bilimlaridagi bo'shliqlarini o'z vaqtida to'ldira borish, iqtidorli o'quvchilardagi intellektual potensialni muntazam rivojlanishiga shart-sharoit yaratish, o'quvchilarni kattalar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga qiziqtirish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish va mustahkamlashga qaratilgan pedagogik yondashuvlar hamda tajribalarni boyitish, sinfdan tashqari pedago gik tadbirlar rejasini ishlab chiqish, o'quv tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, pedagogika fanining eng ilg'or yutuqlaridan muntazam foydalanish, o'qituvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyat yuritishlarini yo'lga qo'yish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini qayta tayyorlash va malakalarini muntazam oshirib borishda zamonaviy usullardan foydalanish kabi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. [2]
Bugungi kunda boshlang'ich ta'lim konsepsiyasida mazkur tizimning maqsad va vazifalari aniq belgilab berilgan bo'lib, bolaning ongi va tafakkuri mavjud bo'lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash hamda rivojlantirish kichik maktab yoshidagi bolalarda ta'limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarning o'quv materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlaydi, o'quvchilarda o'rganish va ta'lim jarayoniga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Mazkur masalaga oid aniq vazifalar qo'yidagilarda o'z aksini topgan:
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish, o'rganish, o'zlashtirgan bilimlarni qo'llash va ko'nikmalarni shakllantirish;
2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish.
Demak, yuqoridagi vazifalardan shu narsa yaqqol namoyon bo'lmoqdaki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv faoliyatiga qiziqish va moyilliklarini shakllantirish, shuningdek, intilishlarini oshirish muhim omillardan biri bo'lib, mazkur jarayonda o'quvchining individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olish uning asosi hisoblanadi, ya'ni boshlang'ich
ta'limning mazmun mohiyatini kashf etadi. Bunday yondashuvsiz ta'limning boshlang'ich pog'onasini sifat-samaradorligini oshirishga erishish mushkuldir.[3]
Bu borada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv faoliyatiga qiziqishlarini shakllantirish maqsadida, o'quv jarayoniga boshlang'ich ta'lim mazmunini integratsiyalashni targ'ib qilish, yangi innovatsiyalarni kiritish, axborot kommunikativ texnologiyalardan unumli foydalanish natijasida ta'lim sifatini oshishiga erishiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'quv jarayoniga tayyorlashda o'quvchilarning shaxsiy individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish, o'quv jarayoniga jalb etishning pedagogik-psixologik asosini tashkil etib, ularda o'ziga ishonch hissini shakllantiradi.
O'quvchining irodasi o'z psixik jarayonlarini sharoit talabi bilan ongli ravishda tormozlantirishda ayniqsa keraksiz his-tuyg'ularni bosib turishda ko'rinadi. Ba'zan bolaning xulqi o'qituvchida qonuniy ravishda g'azab tug'diradi. Lekin, bunday vaziyatda o'qituvchi o'zini tutishi, vazmin bo'lishi kerak.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati ko'p jihatdan o'qituvchining pedagogik qobiliyatiga va qiziqishiga bog'liqdir. F.N.Gonobolinning ta'kidlashicha, o'quvchining ba'zi psixik jarayonlari va xususiyatlari unda o'qituvchi shaxsiga xos sifatlarning shunday kompleksini tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat desak mubolag'a bo'lmaydi[4].
Pedagogik-psixologik ta'sir ko'rsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatni pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo'lib, bolalarning xulq-atvorini rag'batlantiradi, ularning qiyin va murakkab vazifalarini quvonch, ijodiy zavq-shavq manbaiga, har bir tarbiyalanuvchi o'quvchining shaxsiy muddaolariga aylantiradi. Fan, u qanday fan bo'lishidan qat'iy nazar, o'z usullarini yo'q narsadan yaratmaydi, ularni o'ylab topmaydi. U hayotdan, kishilar xulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik-psixologik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi, ta'limiy va tarbiyaviy ishda pedagogik-psixologik ta'sir ko'rsatish usullari sifatida qo'llaydi. Xulosa o'rnida aytish joizki, o'qituvchi o'quvchining ichki dunyosini tushinishi uchun psixologik bilimlarga yaxshi ega bo'lishi zarur. Bu o'quvchining darsga qiziqtira olishi, o'quv materiallarini tushuntira bilishi, o'quvchining bilimlarini to'g'ri baholay olishi, bolalarga ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi, o'quvchilar jamoasining mehnatini tashkil etib, ularga rahbarlik qila bilishi, pedagoglarga xos
odobga ega bo'lishi, har bir o'quvchi bilan individual muomalada bo'la olishidir. Shundagina u o'quvchilarni o'quv jarayoniga jalb eta oladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-sonli farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
3. Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi saytlari. E-mail: [email protected] Veb-sayt: http://www.markaz.tdi.uz/ Telegram: https: //t.me/milliymarkaz
4. М.ФДурбонова, С.БДораев, Узлуксиз таълимда укувчиларнинг укув-билиш компетенциясини шакллантириш йуллари // Узлуксиз таълим, 2020. Махсус сон. 57-62 бет
5. Kurbonova Maftuna, Samariddin Korayev, Problems and ways to improve student learning competencies in primary education // Academic research in educational sciences, Tashkent, 2020. Volume 1, ISSUE 4, pp 795-801.
6. Qurbonova Maftuna, Formation of learning and educational competences of students in primary classes // EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) - Peer Reviewed Journal, 2020 (June). Volume: 6, pp 266-269.