BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING
O'RNI
1Toshpulatova Durdona Komiljon Qizi, 2Samandarova Nozima Ilhom Qizi
1Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi) kafedrasi
v.b.dosenti (PhD) 2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10802483
Annotatsiya. Bugungi kunda integrasiya fenomeni ta'limda innovasiyalarning yetakchi pozitsiyasi sifatida ta'riflanadi. Bu umumilmiy kategoriyani didaktik realizasiyalarga moslashtirish imkonini beradigan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Integratsiya - o'qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish. Integratsiyalash — lotincha «integer» — umumiylik, «integerara» - umumiylikni to'ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta'lim mazmunidagi uyg'unliklarni ta'minlash muammolari ham integratsiyalashning shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. U tushunchalarni umumlashtirishni o'rgatish.
Kalit so'zlar: Integratsiya, "Pedagogik integrasiya", "yaxlitlik, tizimlilik, o'zaro bog'liqlik, komplekslik"; "prinsip, jarayon va natija"; "tarqoq qismlarni bir butunga birlashtirish", "komplekslash va summalash"; "sintezlangan kurslar va fanlararo aloqadorliklar".
Аннотация. Сегодня явление интеграции определяется как лидирующее положение инноваций в образовании. Проводятся научно-педагогические исследования, которые позволят адаптировать эту общенаучную категорию к дидактическим реализациям.
Интеграция - объединение целей и факторов образования в единое целое. Интеграция - от латинского «integer» - целостность, «integerara» - наполнение, создание, восстановление целостности. Проблемы обеспечения гармонии содержания образования также являются полем интеграции. Это обучение обобщению понятий.
Ключевые слова: Интеграция, «Педагогическая интеграция», «целостность, системность, взаимозависимость, сложность»; «принцип, процесс и результат»; «объединение разрозненных частей в целое», «комплексирование и суммирование»; «синтезированные курсы и междисциплинарные связи».
Abstract. Today, the phenomenon of integration is defined as the leading position of innovations in education. Scientific-pedagogical researches are being carried out that will allow adapting this general scientific category to didactic realizations.
Integration - to combine the goals andfactors of education into a whole. Integrating - from the Latin "integer" - totality, "integerara" - filling, creating, restoring the totality. The problems of ensuring harmonies in the content of education are also a field of integration. It is to teach generalization of concepts.
Keywords: Integration, "Pedagogical integration", "integrity, systematicity, interdependence, complexity"; "principle, process and result"; "combining scattered parts into a whole", "complexing and summing up"; "synthesized courses and interdisciplinary connections"
O'zbek tilining izohli lug'atida «Integrasiya (lot. integratio) - tiklash, qaytadan boshlash, to'ldirish. 1. Ayrim qismlarning, elementlarning bog'liqlik holatini, ularni qo'shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Fanlarning yaqinlashishi va o'zaro bog'lanish jarayoni. 3. Ikki va undan
ortiq davlatlarning iqtsodiyotini o'zaro muvoflqlashtirish va birlashtirish», «Integral (lot. integer - bir butun, buzilmagan, qayta tiklangan) - mat. Oliy matematikada cheksiz kichik sonlar yig'indisi sifatida qaraladigan butun miqdor. Integrallash - mat. berilgan funksiyaning, matematik ifodaning integralini topish, aniqlash».
O'zbekiston milliy ensiklopediyasida qayd etilishicha, «Integral [lot, integer-butun] -matematik analiz (tahlil) ning asosiy tushunchalaridan biri. Integrallash- matematikada aniqmas integralni izlash amali. Integrasiya (lot. Integration - tiklash, to'ldirish, integer-butun so'zidan), fanlarning yaqinlashishi va o'zaro aloqa jarayoni, differensiasiya bilan birga kechadi».
«Macmillan English Dictionary for Advanced Learners» lug'atida esa quyidagicha izohni uchratish mumkin: Integral (integral) - 1. to'liq bo'lishi uchun biror bir qismni yaxlitlash; Integrasiyalash (Integrate) - 2. Ikki yoki undan oshiq narsalarni to'liq tizim yoki bo'lak bo'lishi uchun birlashtirish. Integrasiya (Integration)-narsalarni, odamlarni yoki turli xil fikrlarni bitta qilib jamlash, jamlab olmoq.
"Pedagogik integrasiya" termini-tushunchasi, olimlarning fikricha, integrasiyaning muayyan ko'rinishlarini tushuntirish, prognozlash va ularni pedagogika predmetliligi doirasida uning vazifalariga muvofiq tarzda boshqarishni nazarda tutadi. V.Bezrukova bu qoidani tasdiqlab, uni ilmiy integrasiyaning pedagogik nazariya va amaliyot doirasida amalga oshiriladigan turi sifatida ta'riflaydi.
Pedagogik tadqiqotlarda integrasiya "yaxlitlik, tizimlilik, o'zaro bog'liqlik, komplekslik"; "prinsip, jarayon va natija"; "tarqoq qismlarni bir butunga birlashtirish", "komplekslash va summalash"; "sintezlangan kurslar va fanlararo aloqadorliklar" nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Biroq bu xarakteristikalar integrasiyaning pedagogik hodisa sifatidagi o'ziga xosligini to'liq aks ettirmaydi. Buning sabablarini A.Y.Danilyuk quyidagilarda deb biladi: 1) integrasiyani idrok qilish cheklanganligi; 2) hodisaning texnologik jihatdan ishlanmaganligi; 3) integrasiyani dialektik, o'zini o'zi tashkil qiladigan jarayon sifatida tushunish mavjud emasligi; 4) integrasiya va differensiasiyaning qarama-qarshi qo'yilishi. Tadqiqotchi bu hodisalar o'zaro aloqadorligi dialektikasini ta'kidlaydi: bilim avval boshidan turli o'quv fanlari bo'yicha differensiasiyalangan, aslida bu integrasiya zaruratini keltirib chiqaradi, differensiasiya integrasiyaning boshlanishidir. Ikkita dialektik tarzda kesishgan hodisani mutlaqo qarama-qarshi qo'yish to'g'ri emas: differensiasiya aniqlik bilan integrasiyaning boshlang'ich nuqtasi ekan, demak integrasiya natijasi differensiasiyaning boshlanishi bo'lishi lozim.
Ta'limda integratsiya keng o'rganilgan. Bugungi kunda integratsiyalashgan ta'lim muammosiga boshlang'ich ta'limda ham jiddiy e'tibor qaratilayotganligining sababini professorlar R.Mavlonova va N.Rahmonqulovalar [90] "Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi", fanlararo aloqa orqali matematika o'qitish samaradorligini ta'minlashning metodologik - didaktik asoslari (B.Abdullaeva), boshlang'ich ta'limning ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari B.Adizov, boshlang'ich sinf o'quvchilarida tafakkur tezligining pedagogik shartsharoitlarini O.Aslonova, o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish foaliyatini shakllantirishning didaktik asoslari R.Ibragimov ishlarida tadqiq qilingan.
M.Gulyamova[74] insonning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olishi, jamiyatda o'z o'rnini egallay olishi, duch keladiganmuammolarni yecha olishi, har tomonlama keng dunyoqarashga va bilimga ega bo'lishi uchun, avvalo, fanlarni o'qitishni integratsiyalash, jamiyatda o'zaro muloqotga kirishish uchun esa tilni mukammal o'zlashtirish va muloqotda samarali foydalana olish kompetensiyasini, ya'ni muloqot kompetensiyani rivojlantirish zarur.
I.Podlas tomonidan taklif qililgan ta'rifga ko'ra, "integratsiya - bu nisbatan mustaqil qismlar", alohida ilmiy fanlar "o'rtasidagi muhim aloqalarni aniqlash asosida bir butunlikni shakllantirish jarayoni va natijasidir". Integratsiyaning maqsadi "bilimlarni unifikatsiya qilish" (bir xillashtirish), bilimlarning turli sohalarini birlashtirib, shuningdek, ma'lumotlarni ma'lum bir siqiq holga keltirish, shuningdek eng qimmatli va muhim tushanchalarni ajratish, deb tushuniladi. Tadqiqotchilar ta'lim jarayoniga integratsiyalashtirilgan fanlarni kiritish natijasida "umumlashgan bilimni" shakllantirish va rivojlantirish mumkinligini ta'kidlaydilar, bu esa o'z navbatida "yaxlit tafakkur va ongni shakllantirishga yordam beradi"
Integratsiya qilishning maqsadi "bilimlarni unifikatsiya qilish" (bir xillashtirish) bo'lib, bilimlarning turli sohalarini birlashtirib, shuningdek, axborotni ma'lum ma'noda siqish, eng qimmatli va muhim jihat, tomonlarini ajratib olishdan iborat. Integratsiyalashgan fanlarni ta'lim jarayoniga joriy etish natijasida "umumlashtirilgan bilimlarni" rivojlantirish imkoniyati paydo bo'ladi, bu esa, o'z navbatida, "yaxlit tafakkur va ongni shakllantirishga yordam beradi".
A.Y.Danilyuk integrasiya tushunchasi pedagogika kontekstini kiritilayotgani, ammo yetarlicha mazmunli bo'lmagan pedagogik to'ldirish hozircha u haqida yetarlicha asoslangan ilmiy-pedagogik tushuncha sifatida gapirish imkonini bermayotganini qayd etadi.
Ilmiy bilimlarni tabaqalashtirish va integratsiya bilishning ikki yagona jarayonini aks ettiradi. Mavhum va aniqning o'zaro aloqadorligi ikkita darajada ifodalanadi: aniqdan mavhumga o'tish (tabaqalashish) va mavhumdan aniqqa o'qitish (integratsiya). Aniq ko'pgina ta'riflarning sintezi bo'lganligi, shunga ko'ra ko'p qirraligining umumiyligi bo'lganligi sababli aniqdir. Fikrlashda u shuning uchun ham sintez jarayoni, natija sifatida xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklardan foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta'lim tizimiga qo'yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib chiqqan holda integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda Chunonchi, Buyuk Britaniya ta'lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo'lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar yoki alohida o'quv predmetlari, Avstraliyada integratsiyalashtirilgan fanlar, Yaponiya. Shimoliy Irlandiya, Uels. Gong-Kong va Germaniyada ham alohida fanlar, Vengriyada madaniyat yo'nalishidagi o'quv predmetlari, inson va tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o'quv predmetlari, Irlandivada fan va texnika kabi bloklarda barcha o'quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi.
Boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishga doir integratsiyalashgan texnologiyaning didaktik xususiyatlari (o'quvchi shaxsiga yo'nalganlik, o'quv-bilish faoliyatining boshqarish, konsentrizm, hamkorlik, ijodkorlik) o'quv fani mavzusi, tayanch tushuncha va bilimlar, ko'nikma, malakalar kompetensiyalarni ta'lim maqsadlari (ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) bilan ichki integratsiyasining dinamikligini ta'minlash asosida aniqlashtirish N.Abdullaeva ishlarida amalga oshirilgan.
"Mavhumdan aniqqa o'tish"ning integrativ mohiyati o'qitish jarayonida fan integratsiyasining asosiy yo'nalishlarini mexanik ravishda ko'chirish bilan aniqlana olinmaydi. Maxsus didaktik tizim zarur bo'lib, uning doirasida integratsiya jarayonining didaktik ekvivalentlari amalga oshirilishi kerak. Dialektika, bilish jihatlarining mazmunini ochib berib, haqiqatni anglash davomidagi ularning o'zaro aloqadorliklarini o'rnatadi. U bilishning ijtimoiy tabiatini, insonlar bilishga oid faoliyatining faol xususiyatini ochib beradi.
Integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlarini to'g'risida so'z borganida, fanning nazariya va metodning umumiyligidagi mazmunda, fanning ijtimoiy ong va amaliyotning boshqa
shakllari bilan munosabatlari tizimida yaxlit aks etishi tamoyili (M.Skatkin, va boshqalar) inson faoliyati tarmog'i, fanni o'rganish jarayonida shakllanadigan bilimlar, metodlar va munosabatlarning umumiyligi sifatida o'quv fani tushunchasi mohiyatini ochib berishini ta'kidlash muhim.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishda bilimning umumlashgan modelini o'rganish (G.Suxobskaya va boshqalar) unda uchta tashkil etuvchilarni ajratish imkonini beradi: epistemik, instrumental, motivatsion-baholash, ulardan har biri integratsiyalashning asosi bo'lishi mumkindir.
O'quv faoliyatida ong va faoliyatning integratsiyasi to'g'risidagi qoida va xatti-harakatlar usullarining o'quvchilar bilimlarining mazmuniga muvofiqligi muhim o'rin egallaydi. Faoliyat turlarini ajratish asosida harakatlarning maxsus usullari yotadi va ular o'qitish jarayonida integrativ ko'nikmalarga aylanadi.
REFERENCES
1. Ahmedova N. Integrativ yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. Toshkent 2020. 161 b.
2. Aslonova O. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. Qarshi, 2020
3. Axmedova L.B. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.Toshkent 2022
4. Botirova N. L. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'quv-bilish faoliyatini rivojlantirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent - 2022 y.