Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LUG'ATI USTIDA ISHLASH METODIKASI
Zokir Sharop o'g'li Muminov
ChDPU Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabasi
Fariddun Izatulloyevich Ochilov
ChDPU "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti v.b., p.f.f.d. (PhD)
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada lug'at ustida ishlash orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z boyligini rivojlantirish usullari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: lug'at, so'z, o'quvchi, rivojlantirish, ma'nodosh so'zlar, o'qish, ta'lim, yozish.
ABSTRACT
This article discusses ways to develop the vocabulary of primary school students through vocabulary work.
Keywords: dictionary, word, reader, development, synonymous words, reading, learning, writing.
So'z tilning ma'no bildiradigan asosiy birligidir. So'z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi lug'at tarkibi yoki leksika deyiladi [2; 17-b]. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlarning nutqda ma'no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba'zi so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, ma'no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, mazmunga mos so'z va so'z birikmalarining ma'lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug'ati qanchalik boy va rivojlangan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo'ladi; o'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lu g'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Masalan, besh jildlik "O'zbek tilining izohli lug'ati" [1]da 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladigan so'zlardir.
Bulardan tashqari, juda ko'p so'zlar ko'p ma'noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug'atda bosh so'zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog'langan ma'noda ishlatilishi berilgan. Maktabda nutq o'stirishning muhim vazifalaridan biri lug'at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, o'quvchilaning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
429
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim
Lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:
1. O'quvchilar lug'atini boyitish, ya'ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida bo'lmagan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona tilining lug'at boyligini bilib olish uchun o'quvchi o'z lug'atiga har kuni 8-10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so'zni qo'shishi, ya'ni shu so'zlar ma'nosini o'zlashtirishi lozim.
2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu o'z ichiga quyidagilarni oladi:
1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish;
2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish;
3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirish;
4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.
3. Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. [5]
Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol lug'atidan chiqib keta boshlaydi.
O'quvchilar lug'ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:
1. Atrof-muhitni: tabiat, kishilar hayoti va mehnat faoliyati, bolalarning o'yini va o'qish faoliyati, kattalar bilan munosabat va boshqalarni kuzatish. Tabiat qo'yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko'pgina yangi nom va iboralarni o'rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o'tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
2. O'quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O'qish darslarida o'quvchilar Oybek, H.Olimjon, M.Shayxzoda, H.Hakimzoda, Zulfiya, X.To'xtaboyev, P.Mo'min, Q.Muhammadiy, Sh.Sa'dulla, Z.Diyor, N.Fozilov, T.Adashboyev, A.Obidjon kabi ko'pgina so'z ustalarining asarlarini o'qib tanishadilar. [3]
Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish kitobida uchraydigan o'quvchilar uchun tushunarsiz so'zlar mazmun xususiyatiga ko'ra turlichadir. Shuning uchun bu so'zlarning ma'nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu o'rinda bir necha darslikdagi so'zlar misolida so'z ma'nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz. Boshlan g'ich sinf "Ona tili" va "O'qish kitobi" darsliklarida o'quvchilarga ma'nosi tushunarsiz bo'lgan so'zlar ancha
April 23-24, 2024
https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference
430
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
uchraydi [2, 4, 5]. Masalan, quyidagi so'zlaming ma'nosini ularga sinonimini keltirish orqali tushuntirish mumkin: muborakbod etmoq - tabriklamoq; samo - osmon, ko'k; gulshan - gulzor; sabo - shabada; munosabat - bog'lanish; dorivor - shifobaxsh; yaproq -barg; hadya etmoq - bermoq, sovg'a qilmoq; javon - shkaf; dastyor - yordamchi; alloma -olim; muhlat - vaqt; darg'azab bo'lish - g'azablanish; shu'la - nur; ehtirom - hurmat; badavlat - boy; darz - yoriq; ranj - qiyinchilik; ganj - boylik, xazina; sust - sekin; bol -asal; tabassum - kulgi; muddat - vaqt; tasalli - yupanch; musaffo - sof, toza; mutolaa -o'qish; do'kon - magazin kabi sinonimlarni qo'llagan holda o'rgatilsa, kutilgan samarani beradi.
Xulosa qilib aytganda, so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlantiradi. Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida "O'qish savodxonligi" fani bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir. Boshlang'ich sinf o'qish darslarining bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o'rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til - aloqa vositasi, chunki so'zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan fikrni anglaydi. Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi o'qish darslarida qo'llangan har bir so'zning va ta'limiy jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.
REFERENCES
1. O'zbek tilining izohli lug'ati (5 tom). Mualliflar jamoasi. - T.: 2006.
2. G'ulomov A. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - T.: O'qituvchi, 1992.
3. Ma'qulova B., Adashboyev T. Kitobim - oftobim (1-sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). - T.: O'qituvchi, 1999.
4. Umarova M., Hakimova Sh. O'qish darslari (3-sinf o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma). - T.: Cho'lpon, 2008.
5. Matchonov va boshq. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. - T.: Yangiyo'l poligraph servis, 2008.
431
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference