Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA IZOHLI HAMDA IFODALI O`QISHNI O`RGATISH TAMOYILLARI'

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA IZOHLI HAMDA IFODALI O`QISHNI O`RGATISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
17
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Boshlang`ich sinf / o`qish / texnologiya / metod.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Abdullaeva Gulmira Abdullaevna

Ushbu tezisda ifodali o`qishni o`rgatishga oid bir qator metodologik qarashlar ko`rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA IZOHLI HAMDA IFODALI O`QISHNI O`RGATISH TAMOYILLARI»

BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIGA IZOHLI HAMDA IFODALI OQISHNI

ORGATISH TAMOYILLARI Abdullaeva Gulmira Abdullaevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi assistent

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10871346

Annotatsiya. Ushbu tezisda ifodali o'qishni orgatishga oid bir qator metodologik qarashlar ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Boshlang 'ich sinf, o qish, texnologiya, metod.

KIRISH

O'zbek pedagogikasi tajribalari, ifodali o'qishni quyi sinflardan boshlab mashq qilishni va uni keyinchalik asta-sekin takomillashtirib borishni taqozo etadi. Bu tasodif emas, albatta. Chunki ifodali o'qish san'ati bolalarning badiiy didini shakllantiribgina qolmay, ularning ma'naviy chiniqishida, xotirasining mustahkamlanishida ham yetakchi o'rin egallaydi.

ASOSIY QISM

Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so'z ijrochiligi san'atining voizlik(notiqlik), qissaxonlik, badihago'ylik, bazlago'ylik (latifago'ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g'azalxonlik san'ati shakllanib yetilganligi haqida mufassal ma'lumot beradi.

Husay Voiz Koshifiy, Muin Voiz Hiroviy, Xoja Muayyad Mehnagiy, Mulla Kalom Voiz Samarqandiy, Qozi O'shiy, Mavlono Riyoziy, Bahoviddin Valad, Jaloliddin Rumiy kabi zabardast so'z san'atkorlari badiiy so'z ijrochiligining bu davrida Sharqda mashhur bo'lgan vakillaridir.

O'zbek badiiy so'z ijrochiligi san'atga xos bo'lgan bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago'ylik, hikoyago'ylik, latifago'ylik, navhagarlik, ertakchilik,kulgili hikoyago'ylikning taraqqiyoti bu san'atning juda qadimiy va boy tarixga, ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi.

Hozirgi davrda ya'ni 21 asr fan va texnikaning rivojlangan davrida texnika orqali inson ovozini har-xil turlarga o'zgartirishi mumkin,shuningdek ifodali o'qishni har-xil texnik vositalar orqaliamalga oshirish mumkin.Masalan: allani, ertakni, yaxshi ko'radigan she'r yoki qo'shiqni telefonga, diskka yozdirib olib, o'zlari, bolalari, nevaralariga eshittirish urfga kirgan. Kattalar ham bolalar ham shunga o'rganishgan, bu yaxshi albatta, lekin hamma narsaning tabiiy bo'lgani inson uchun foydalidir.Onaning allani jonli ijro etishi har qanday kishini sehrlab qo'yadi, ertaklarni kitobdan o'qib berish bolalarga boshqacha ta'sir qiladi.

Hikoya epik turning kichik janri bo'lib, kishi hayotidagi ma'lum bir voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo'lgan va undan keyin ro'y beradigan voqealarni batafsil bayon etmaydi.Hikoyada qahramon hayotidan kichik bir epizodni olib, unda hayotning muhim,tipik ko'rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.

Hikoyada muallif nutqi, tabiat tasviri, diologlar hamdaqahramonning ichki kechinmalarini puxta o'rganishi va uni tinglovchiga tushunarli tarzda yetkaza olishi lozim.

Quyida Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyasining o'qilishini namuna sifatida ko'rib chiqamiz.

Turobjon eshigidan hovliqib kirar ekan(qisqa pauza),qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi(pauza).Uning shashti qaytdi(pauza).Jo'xori tuyayotgan xotini(qisqa

pauza),uning qo'lidagi tugunchani ko'rib (qisqa pauza) ,kelisopni kelining ustiga qo'ya chopdi (pauza). Keli lapanglab ag'nadi(qisqa pauza),chala tuyilgan jo'xori yerga to'kildi(qisqa pauza).

Turobjon tugunchani orqasiga bekitib(qisqa pauza),tegishli:

-Akajon, degin! (qisqa pauza),

-Akajon(qisqa pauza),! Jo-on aka! (pauza).

-Nima berasan? (qisqa pauza),

-Umrimning yarmini beraman! (pauza)

Turobjon tugunchani berdi. (qisqa pauza).Xotini shu yerning o'zida(qisqa pauza), eshik oldida o'tirib tugunchani ochdi-da (qisqa pauza), birdan bo'shashib ketdi va sekin boshini ko'tarib eriga qaradi (qisqa pauza).O'z qilmishiga gerdayib turgan Turobjon(qisqa pauza), ko'zida jiqqa yosh ko'rib:

- Nima ekanini bildingmi?-dedi(qisqa pauza). -Asalarining uyasi!(qisqa pauza). Turgan - bitgani asal! (qisqa pauza). Mana,mana, siqsang asal oqadi. (pauza). Bunisi oq mum (qisqa pauza), harom emas - shimsaham bo'ladi (qisqa pauza),chaynasa ham bo'ladi (qisqa pauza).

Shu tariqa hikoyani davom ettirib o'qish maqsadga muvofiqdir.

Har qanday badiiy asarni o'qiyotganda avvalo o'zi va atrofdagitinglovchilarga mazmun mohiyati yetib borishi kerak.

1. Asar mazmun mohiyatini qanday usullar vositasida o'zlashtirish mumkin?

2. Ifodali o'qish tushunchasini qanday izohlaysiz?

3. Adabiy-estetik tahlil qanday bosqichlarga bo'linadi?

Adabiy ta'lim tarixi - adabiy ta'lim tarixi garchi hozirgi tarzda shakllanmagan bo'lsada, ming yillar davomida adabiyotni o'zlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan baxs yuritib keladi.

Izohli o'qish - badiiy asardagi tushunilishi murakkab bo'lgan o'rinlarni, tarixiy joy nomlarini, tarixiy shaxslarni izohlab o'rgatish usuli.

Asar kompozitsiyasi - badiiy asarning syujeti quritilishidagi muhim holatlar ifodasidir.

Adabiyot - so'z san'ati va obrazli san'at. Undagi obrazlilik badiiy asar matnini ifodali o'qishni takozo etadi. Adabiyot adabiyot sifatida yaralganidan buyon ifodali o'qish orkali o'zlashtiriladi. Ona alla aytar yoki baxshi doston kuylar ekan, o'zi ifoda etayotgan fikr-g'oyaga, voqea-hodisaga shaxsiy munosabatini qo'shib kuylaydi, ya'ni matnni ifodali tarzda ijro etadi.

Adabiy ta'lim tarixida ifodali o'qish ming yillar davomida asar mazmunini o'zlashtrishning muhim sharti sanalib kelinadi. Jumladan, madrasa va maktablardagi qiroatxonlik, Navoiyxonlik, bedilxonlik, mashrabxonlik sifatida xalq orasiga chuqur kirib borishiga zamin hozirlagan.

Ilg'or rus metodistlari ifodali o'qishni izoxli o'qish bilan yanada boyitdilar. Izohli o'qish asar voqeasi va madaniy qahramonlarga yozuvchi munosabati, asarda tasvirlangan tarixiy vokealar, shaxslar izohi tarzida asar mazmunini o'zlashtirishga yo'l ochadi.

Hajmi kichik asarlar matni sinfda ifodali o'qilsa, katta hajmli asarlar uyda o'qishga topshiriladi. Har ikki holatda ham o'quvchilar asar qismlari yuzasidan reja tuzishga o'rgatilsa, uning mazmun - mohiyatini o'zlashtirish oson kechadi. O'quvchi reja tuzish ustida bosh qotirar ekan, muhimni nomuhimdan ajratishni va mantiqiy, izchil fikrlashni o'rganadi.

Asar kompozitsiyasi bo'yicha tuzilgan reja o'quvchilarni qayta hikoya qildirishda ham qulaylik tug'diradi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa shuki, o'qituvchi asarni ifodali o'qishga tayyorlashdan oldin uning janriy xususiyatlarini atroflicha o'rganishi, asarni o'qishi yuzasidan o'quvchilarga beriladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish kerak.

REFERENCES

1. Mallaev N.M. O'zbek adabiyoti tarixi. "O'qituvchi" nashrtyoti.Toshkent.2013yil.

2. A.Qahhor.Anor.G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toshkent - 2012.

3. Q.Oripov, (qisqa pauza),M.Obidova. Ifodali o'qish. "O'qituvchi" nashrtyoti .Toshkent.2012yil.

4. O'zbek xalq og'zaki ijodi. 2012 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.