Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1827
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tanqidiy / mantiqiy / mustaqil fikrlash / matematika / texnologiya / vazifa / masalalar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akramjon O’Ktamjonovich Mirzayev, Nigora Oripova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga o’rgatailadigan topshiriqlarning ahamiyati va zarurati keltirib o’tilgan. O’quvchilarning mantiqiy fikrlashi bilan birgalikda muammolarga tanqidiy yondashishni o’rgatish usullari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNING MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI

RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga o'rgatailadigan topshiriqlarning ahamiyati va zarurati keltirib o'tilgan. O'quvchilarning mantiqiy fikrlashi bilan birgalikda muammolarga tanqidiy yondashishni o'rgatish usullari berilgan.

Kalit so'zlar: tanqidiy, mantiqiy, mustaqil fikrlash, matematika, texnologiya, vazifa, masalalar.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatishda topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish, asosli xulosa chiqara olish har bir o'qituvchi oldidagi muhim vazifalardan biri. Bu vazifalarni amalga oshirishda qiziqarli topshiriq, mantiqiy va nostandart masalalarning o'rni katta. Boshlang'ich sinf matematika kursida qiziqarli mantiqiy topshiriqlardan foydalanilsa, bu o'quvchilarning (xatto past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni ham) darsga bo'lgan qiziqishlari va faolligini oshiradi. Agar o'quvchilarning yosh xususiyatiga moslab mantiqiy masalalar berilsa, ularda ijodkorlik, hayotiylik, maqsadga intilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Chunki bunday qiziqarli va mantiqiy masalalar yechimini to'g'ri amal bilan aniqlab bo'lmaydi va ular ustida ishlash, yechimni topish uchun topshiriqdagi har bir so'zga, e'tibor berib, uning hayotga amal qilgan o'rnini bilib, unga asoslanib yechgan o'quvchigina to'g'ri yechimni aniqlashi mumkin. Agar o'quvchi masala o'qilayotganda topshiriqdagi biror detalga e'tibor bermasa bu uni noto'g'ri yechim yo'liga olib boradi. Qiziqarli mantiqiy masalalar o'quvchilarni mana shu noma'lumni topishga intilish davrida hayotiy hodisalar bilan bog'lanishga, masala yechimini topishga qiziqishga majbur qiladi. Agar masalada gap borayotgan fikr yoki mulohaza chuqur mushohada qilinsa, o'quvchi masala yechimini to'g'ri aniqlaydi. Ya'ni u masalada fikri yuritilayotgan predmet hayotda qayerda ishlatiladi, qanday ishlaydi, qanaqa foyda va zarari bor va qanday tuzilganligini bilib, ular ustida erkin fikrlay olishi kerak. Oddiy ko'ringan bunday masalalar yechimi hech qachon birdaniga aniqlab bo'lmaydi. U o'zida sirli jumboqni yashiradi. Buni yechish uchun o'quvchi ijodkor va bilimdon

Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev

AndDU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi v.b. dotsenti

Nigora Oripova

Andijon davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

255

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bo'lishi kerak. Masalada yashiringan ajoyib sirni o'quvchi topsagina uni aniq va to'liq yecha oladi.

So'ngi yillarda ta'lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha farmon va qarorlar qabul qilindi va bunga asosan deyarli barcha dastur hamda darsliklar asosiga o'zgartirishlar kiritildi. Bunga sabab bo'lgan eng katta omil shunda ediki, bizning milliy o'quv dasturimiz xalqaro talablarga hamda chet elning ko'zga ko'ringan ta'lim jarayonlari natijalariga tenglasha olmasligi edi.1

Darsliklarda o'quvchilarrni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undaydigan misol va masalalar bilan boyitilish hozirda amalga oshirilayotgan jarayonlardan biri bo'lib kelmoqda. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini shakllantirish masalasi bilan ularda to'g'ri, aniq, qisqa matematik nutqni o'stirish masalasi uzviy ravishda bo'glangan bo'ladi. Bu boshlang'ich ta'limning muhim vazifalaridan biri. Mantiqiy masalalarni yechish o'quvchilarda uzviy ravishda mustaqillikni o'stirish bilan birga o'qitish jarayonida qiziqishlarini oshiradi. Bunda tavsiya etilayotgan savol va topshiriqlar o'quvchilardan ma'lum darajada izlanish talab qilsa-da, u bola kuchi yetadigan darajada bo'lishi kerak. Matematik mashg'ulotlarda bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg'ulotlar o'quvchilardan mustaqil kuzatishlar o'tkazishni, qaralayotgan hodisalar narsalar va shu kabilarni taqqoslash, solishtirishni talab qiladi. Matematika fani boshlang'ich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni ekanligi ko'rsatib boriladi. Matematika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalari haqidagi fandir. Matematikadan masalalar yechish o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Darsda o'quvchilarni qiziqtiruvchi mantiqiy topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki o'quvchilar bunday topshiriqlarni katta qiziqish bilan tahlil qila oladilar. O'quvchilarni ko'proq faollashtirish uchun ko'pgina o'quvchilar foydalana oladigan, ular sevgan ertak qahramonlarini "jalb qilish" usuli katta ahamiyatga ega.

O'quvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarar ekan, topshiriq yuzasidan mushohada yuritib, ma'lum hukm va xulosalarni chiqaradi. Mulohazaning real (chin) yoki yolg'on ekanligini aniqlaydi, ya'ni ham mantiqiy ham tanqidiy fikr yuritadi.

Shu o'rinda o'quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bilan bir qatorda tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantirib borish muhim ekanligini aytib o'tish kerak. Tanqidiy fikrlashga o'rgatish o'quvchilarning muvaffaqiyatlarga erishishidagi asosiy omil bo'lib, boshlang'ich sinf matematika darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda yangi pedagogik texnalogiyalar va didaktik o'yinlardan,

1 Akramjon O'Ktamjonovich Mirzayev, Ozodaxon Ikromali Qizi Toshtemirova. Boshlang'ich sinflarda eski va yangi darsliklarni qiyosiy tahlili. Scientific progress. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022. P. 1053-1057.

2 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining o'rni. Scientific Progress. Volume 3 I ISSUE 4 I 2022. P 77.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

muammoli savol va topshiriqlardan, turli xil rasm va boshqotirmalardan dars davomida oqilona hamda bolaning yosh va individual xususiyatlariga e'tibor bergan holda foydalanish o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq. Hozirgi kunda o'qituvchilarimizning raqamli texnologiyalardan dars mashg'ulotlarida to'g'ri foydalana olishi va o'quvchilarga bilim berishida raqamli ta'lim muhitini tashkil eta olishi kerak. Buning natijasida o'quvchilarning o'zlari mustaqil o'rganishi, shaxsiy o'rganishga

"5

moslashishi va o'zini ustida ishlashi kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Zamonaviy inson uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni tasniflashga urinayotgan xalqaro tashkilotlar raqamli, axborot va ilmiy savodxonlikning ahamiyati haqida gapirishadi. Ko'pincha bu turdagi savodxonlik bir -birini to'ldiradi.4

Tanqidiy fikrlash texnalogiyasining g'oyalari o'quvchilarni tabiatan izlanuvchanligi, dunyoni o'rganishga intilishi, jiddiy masalalarni ko'rib chiqish va o'ziga xos g'oyalarni ilgari sura olishidir. Bu borada o'qituvchining vazifasi o'quvchilarni tinimsiz o'rganishga undaydigan samarali fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan o'ychan yordamchi bo'lishdir.

Tanqidiy fikrlashning muhim afzalligi shuki, u e'tiborsiz bildirilgan fikrlarni, noaniq tushunchalarini va yolg'on argumentlarni aniqlashtiradi va fosh etadi. Lekin uning kamchiligi yaratuvchi va konstruktiv kuchga ega emasligidir. Tanqidiy fikrlash g'oyamizni mustahkamlaydi, ammo konstruktiv, yaratuvchi fikr bilan ta'minlamaydi.

Quyidagi mantiqiy topshiriqlarni I-IV sinf o'quvchilari bilan matеmatika darslarida bajarish tavsiya etiladi. Bunday turdagi mantiqiy topshiriqlar o'quvchilarni mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

1-topshiriq: Xo'roz tarozida ikki oyog'ida turgan holda o'lchanganda 3 kg chiqdi. Xo'roz bir oyoqda turgan holda o'lchanganda ^cha kilogramm kеladi? (Javob: 3 kg)

2-topshiriq: Daraxt shoxida 9 ta chumchuq qator turibdi. To'rtinchi chumchuq uchib kеtdi. Daraxt shoxida ^chta chumchuq qoldi? (Javob: 8 ta)

3-topshiriq: 500 mеtr masofaga yugurish musobaqasida 5 ta sportchi qatnashdi. Har bir sportchi qancha masofaga yugurgan? (Javob: 500 m)

4-topshiriq: Stolda 70 dona qog'oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog'ozni sanash mumkin. Bu xolda 50 ta qog'oz sanab olish uchun necha soniya vaqt ketadi? (20 soniya. 10 soniyada birinchi o'ntasi, keyingi o'n soniyada ikkinchi o'ntasi sanaladi. Stolda esa 50 ta qog'oz qoladi.)

5-topshiriq: Bitta tayoqning 2ta uchi bo'lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bo'ladi?

3 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

4 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 I 2021.P.832

(4ta)

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

6-topshiriq: Nodirning opa-singillari nechta bo'lsa, shuncha akalari bor. Uning singlisi Umidaning akalari opalaridan uch marta ko'p. Oilada nechta o'g'il va qiz bor?

Ushbu ijodiy topshiriqni o'quvchi faqatgina mantiqan fikrlab yecha oladi. Bunda o'quvchi quyidagicha mushohada qilishi mumkin: Nodirning opa-singillari soni uning akalari soniga teng. Uning singlisi Umidaning akalari soni opasi sonidan uch marta ko'p. Demak, Umidaning 1 ta opasi va 3 ta akasi bor ekan. Oilada 3 ta o'g'il va 2 ta qiz bor.

Xulosa qilib aytganda, hayotdan olingan turli mantiqiy masala-topshiriqlar o'quvchiga zavq bag'ishlaydi. O'quvchi topshiriqni yechish yo'llarini qidiradi. Bunday topshiriqlar o'quvchining nafaqat matematik bilim va malakalarini mustahkamlaydi, balki uning mantiqiy tafakkurini o'stiradi, o'quvchini izlanishga, topqirlikka, maqsad sari intilishga da'vat etadi.

Bunga o'xshagan mantiqiy topshiriqlar darslikda ko'p uchraydi. Ular o'quvchilar diqqatini darsga qaratishga va ularning ijodiy faoliyatlarini oshirishda katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 I 2021.

2. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

3. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. . Scientific Progress. Volume 3 . ISSUE 3 I 2022.ISSN:2181-1601. P.140

4. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining o'rni. Scientific Progress. Volume 3 I ISSUE 4 I 2022. P 77.

5. Akramjon O'Ktamjonovich Mirzayev, Ozodaxon Ikromali Qizi Toshtemirova. Boshlang'ich sinflarda eski va yangi darsliklarni qiyosiy tahlili. Scientific progress. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022. P. 1053-1057.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.