Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY, TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY, TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
renessans / Yangi O’zbekiston / mantiqiy fikrlash / dunyoqarash / mantiqiy masala / kreativ / ijodiy fikrlash / tanqidiy fikrlash.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ashurova Go’Zalxon Komil Qizi

Ushbu maqolada matematik nutqning ahamiyati, mantiqiy masalalarning o’quvchilar uchun muhimligi, o’quvchilarning tafakkurini, dunyoqarashini kengaytirishda mantiqiy masalalarning o’rni, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda qo’llaniladigan usullar,boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mantiqiy masalalarni o’rgatishdagi vazifalari, tanqidiy fikrlash haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY, TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH»

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNING MANTIQIY, TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH

Ashurova Go'zalxon Komil qizi

Buxoro davlat pedagogika institute Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213463

Annotatsiya. Ushbu maqolada matematik nutqning ahamiyati, mantiqiy masalalarning o'quvchilar uchun muhimligi, o'quvchilarning tafakkurini, dunyoqarashini kengaytirishda mantiqiy masalalarning o'rni, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda qo'llaniladigan usullar,boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mantiqiy masalalarni o'rgatishdagi vazifalari, tanqidiy fkrlash haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: renessans, Yangi O'zbekiston, mantiqiy fikrlash, dunyoqarash, mantiqiy masala, kreativ, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash.

Maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalar uchinchi renessansning to'rt uzviy halqasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunga yaqqol misol sifatida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin: "Ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy drayveriga aylantirish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion faoliyatini tizimli yo'lga qo'yish, ijobiy natijalarni amaliyotga joriy etish O'zbekistonda- uchinchi Renessans davriga qadam qo'yish talablaridan biridir". Yangi O'zbekistonni qurish jarayoni ilmli, dunyoqarashi keng, tezda qayta quradigan va g'oyalar yaratishi bilan qiyin vaziyatdan chiqish yo'lini topadigan shaxslarni talab qilmoqda. Bunday shaxslarni yetishtirish uchun esa harakatni boshlang'ich sinfdan boshlash kerak. O'quvchilarda boshlang'ich sinfdan boshlab mantiqiy fikrlashga jalb etib, vaziyatga to'g'ridan to'g'ri emas, balki keng qamrovda yechim izlashga o'rgatish, o'quv topshiriqlarini mustaqil bajarib, xulosa chiqarishga o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldidagi eng katta, muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz bejizga Matematika hamma aniq fanlarga asos bu fanni yaxshi bilgan bola aqilli, keng tafakkurli bolib osadi istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi deb ta'kidlamaganlar.

Matematik nutq umumiy nutqimizning tarkibiy qismidir. Matematik nutq ham o'quvchilarning nutqini rivojlantirib, so'z boyligini oshirishda alohida o'rin tutadi. Matematik mantiqiy masalalarni bajarishda, mantiqiy fikrlashini o'stirishda matematik nutqning o'rni kattadir. Chunki masalani bajarishda matematik terminlarni tushuna olishi, masalalarning matematik modelini tuzib uni tasavvur qila olishi kerak. Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida nutq madaniyatini to'g'ri shakllantirish, o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam beradi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

Matematika darslarida o'quvchilarning chuqur bilim egallashlari uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda istalgan fan o'qituvchisining pedagogik dasturiy vositalarni yarata olishi va ularni mashg'ulotlarda unumli qo'llay olishi davr talabidir. Hozirgi yangi avlod darsliklari 4K modeli asosida bo'lishi talab qilinadi. Kreativ fikrlash ana shu 4K modelining asosiy qismi desak mubolag'a bo'lmaydi. Kreativ fikrlash o'quvchilarning tafakkurini

o'stirishda muhim ahamiyatga ega. Ta'limda ijodiy fikrlash- bu mavzuning ma'nosini tushunishga yo'naltirilgan, o'quvchilarning yangi g'oyaga va xulosaga kelishini ta'minlaydigan fikrlash hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativlik sifatlariga ega bo'lishi uning shaxsiy qobiliyatlarini,kasbiy faoliyatini sifatli va samarali tashkil etishga yo'naltiradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etishga faqat an'anaviy yondashish emas, balki yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Kreativlik sifatlariga ega bo'lgan boshlang'ich sinf o'quvchilari ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish va tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo'ladilar.

Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda o'qituvchilar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:

✓ Didaktik o'yinlar va loyihalar;

✓ Mustaqil topshiriq va vazifalar;

✓ Real-jahon applikatsiyasi;

✓ Guruh bilan ishlash va hamkorlik;

✓ San'at va matematikaning integratsiyasi

Imom al-Buxoriy ta'kidlaganidek "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay". Insonning eng katta qudrati bu ilmdir. Ilmning asosini esa tafakkur qilish tashkil qiladi. Ijodiy-tanqidiy fikrlash ham tafakkur olamining mahsulidir. Aynan ijodiy-tanqidiy fikrlash orqali barcha fanlarni yaxshi o'zlashtirish, zarur ma'lumotlarni eslab qolish, vaziyatlarni turlicha tahlil qilish, tushuna olish va xulosa chiqarish kabi imkoniyatlarga erishish mumkin.

Boshlang'ich sinfdanoq o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga jalb etish, o'quv topshiriqlarini mustaqil bajarib, xulosa chiqarishga o'rgatish har bir boshlang'ich sinf o'qituvchilarining oldida turgan vazifalardan biridir. Hozirgi yangi avlod darsliklaridagi topshiriqlar ham o'quvchilarni o'ylashga undaydigan, mantiqiy fikrlashlariga majburlaydigan, dunyoqarashini kengaytirishiga yordam beradigan topshiriqlar bilan boyitilgan. Bu ham boshlang'ich sinflarga alohida e'tibor qaratilayotganining yaqqol misolidir.

O'quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini shakllantirish uchun ko'plab matematik kitoblar, metodik qo'llanmalar ishlab chiqilgan. Bunday metodik qo'llanma va kitoblar turli mantiqiy masalalar, matematik rebuslar, krassvorlar, o'quvchilarni tanqidir fikrlashlaini oshiruvchi tanqidiy masalalar, mantiqiy savollar va ularning bajarilish metodikasidan iborat bo'ladi. Bunday kitob va metodik qo'llanmalardan o'qituvchi dars jarayonida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda to'g'ri foydalana olsa, u orqali juda yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Bunday kitob va darsliklar orqali darslash tashkil etilsa, matematikaga qizimaydigan o'quvchilarda qiziqish uyg'onadi va darslarda faol qatnashishni boshlaydi. Bundan tashqari o'quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, tafakkuri o'sadi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi, bilim doirasi yanada kengayadi, o'quvchilarni bitta mavzuga turlicha tomondan yondashishga undaydi.

Tanqidiy fikrlash haqida so'z yuritar ekanmiz, birinchi o'rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak". Tanqidiy fikrlashdan foydalanish uchun inson quyidagi 7 xususiyatni o'zlashtirishi kerak boladi: 1) Aks ettirmoqchi bo'lgan jarayonlarni aniqlash uchun vaziyatdan xabardor bo'lish, 2)Ma'lumotlarni tartibga solish, 3)Vaziyatlarni anglay olish uchun yetarlicha ma'lumot to'plash, 4)To'plangan ma'lumotlarni yashirin ma'nosigacha tushuna olish, 5)Haqiqiy va haqiqiy bo'lmagan

ma'lumotlarni ajratib olish, 6)Ma'lumotlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibli va izchil izohli holda topish, 7)Vaqt o'tishi bilan olingan tajriba va ma'lumotlar asosida o'z fikrlarini o'zgartira olish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Kreativ pedagogika asoslari moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Toshkent-2016

2. Qazibekov M., & Muhlisa O. (2022). Matematika darslarida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish vositalari. Журнал математики и информатики.

3. Sh.M.Mirziyoyev, Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza. 2017-yil 14-yanvar.

4. Tanqidiy fikrlashning 7 xususiyatlari" RN Central. 2018-yil 10-aprel, rncentral.com

5 I.Ubaydullayev. Boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda innavatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.