Научная статья на тему 'O‘QUVCHILAR MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA SINFDAN TASHQARI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILAR MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA SINFDAN TASHQARI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
150
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sinfdan tashqari ishlar / fikrlash / mantiqiy fikrlash / ijodiy fikrlash / fikr / aql / sezgi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xudoynazarov Egambergan Madraximovich, Urazova Nasiba Urazboyevna

Ushbu maqolada o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari bayon qilingan. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish boshlang‘ich ta'lim maktablarining dolzarb masalalaridan biridir. Shaxsning o‘z imkoniyatlarini, o‘zligini namoyon qila olish, qobiliyatlarini yuzaga chiqara olishi, erkinlikka intilishi inson hayotining turli davrlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jarayon bo‘lib boshlang‘ich sinf davrida sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda asosiy omil deb hisoblaymiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILAR MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA SINFDAN TASHQARI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING AHAMIYATI»

O'QUVCHILAR MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA SINFDAN TASHQARI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING AHAMIYATI

1Xudoynazarov Egambergan Madraximovich 2Urazova Nasiba Urazboyevna

1PhD, Ma'mun universiteti NTM Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti katta o'qituvchisi, Urganch 2A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o'rgatish milliy-tadqiqot instituti magistranti, Toshkent 1egambergan@gmail.ru 2nasiba_urazova@gmail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10115928

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari bayon qilingan. O'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish boshlang'ich ta'lim maktablarining dolzarb masalalaridan biridir. Shaxsning o'z imkoniyatlarini, o'zligini namoyon qila olish, qobiliyatlariniyuzaga chiqara olishi, erkinlikka intilishi - inson hayotining turli davrlarida ro'y berishi mumkin bo'lgan jarayon bo'lib boshlang'ich sinf davrida sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda asosiy omil deb hisoblaymiz.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari ishlar, fikrlash, mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash, fikr, aql,

sezgi.

Abstract. This article describes the methodological possibilities of using extracurricular activities in the development of students' logical thinking. The development of students' logical thinking is one of the most pressing problems in elementary school. We believe that extracurricular activities in elementary school are a key factor in the development of students' logical thinking.

Keywords: extracurricular activities, thinking, logical thinking, creative thinking, thinking, intellect, intuition.

Аннотация. В данной статье описаны методические возможности использования внеурочной деятельности в развитии логического мышления учащихся. Развитие логического мышления учащихся является одной из наиболее актуальных проблем в начальной школе. Мы считаем, что внеурочная деятельность в начальной школе является ключевым фактором развития логического мышления учащихся.

Ключевые слова: внеклассная деятельность, мышление, логическое мышление, творческое мышление, мышление, интеллект, интуиция.

Kirish. Ma'lumki, hozirda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning diqqat markazida birinchi o'rinda bola ta'lim va tarbiyasi turadi. Hurfikrlilik, insonparvarlik, yuksak axloqiy va ijodkorlik fazilatlari inson madaniyatining darajasini belgilovchi fazilatlardir. Har bir inson shaxs sifatida shakllanar ekan, unda o'z kuchiga ishonadigan, o'zida mavjud bo'lgan potensial imkoniyatlarni amalga oshira oladigan ijodkorlik fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi holatlar sodir bo'ladi.

Hozirgi ijtimoiy-madaniy hayotda ta'limni insonparvarlashtirish jamiyatimizda yashayotgan insonlarning pedagogik-psixologik fikrlashlariga bog'liqdir. Shaxsning fikrlashi - bu insonga xos tushuncha bo'lib, jamiyatda sodir bo'layotgan yangiliklar va o'zgarishlarga faol kirisha olish munosabati bilan belgilanadi. Inson faqat erkin fikr egasi sifatida qadrlanadi. Bolaning oldindan shakllanmagan dunyoqarashi asta-sekin uning irodasi, tasavvuri, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi nozik mexanizmlari rivojlana borishi asosida tarkib topadi.

Shaxsga yo'naltirilgan o'quv vaziyatlarining ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u insonning moddiy-ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtirishga, madaniyat darajasini rivojlantirishga

chorlaydi. Ta'lim va tarbiyaga ijodiy yondashuv asosida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish uchun har bir inson sub'ekt sifatida qaralib uning hayotiy faoliyati ehtiyojlari qondiriladi. Hozirgi vaqtda shaxs ijodkorligiga e'tibor, ijtimoiy talab kuchaymoqda. O'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish umumta'lim maktablarining dolzarb masalalaridan biridir.

Shaxsning o'z imkoniyatlarini, o'zligini namoyon qila olish, qobiliyatlarini yuzaga chiqara olishi, erkinlikka intilishi - inson hayotining turli davrlarida ro'y berishi mumkin bo'lgan jarayondir. Taraqqiyotga intilish, o'z dunyoqarashini kengaytirish, bo'layotgan voqea va hodisalarga o'z munosasabatini bildira olish qobiliyatini oshirish har bir insonga xos bo'lgan xususiyatdir. Chet el pedagog va psixologlari: Dj. Gilford, Y.P. Torrans, L. Termen, R. Sternberg, M.Vollax, V.L.Danilova, P.Y.Galperin o'quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish sohasida tadqiqot ishlarini olib borib nazariy jihatdan asoslaganlar va bu tadqiqot jarayoni davom ettirilmoqda. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning ijodiy faoliyati, ya'ni ijodiy fikrlash olamiga qaratiladi.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda o'quvchilarning muntazam mustaqil izlanuvchan faoliyatini tashkil qilish bilimlarni o'zlashtirish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Barcha o'qitish metodlari aniq va tashxislanuvchi o'quv maqsadlarini qo'yish va muammoli ta'lim tamoillari asosida shakllantiriladi. O'qituvchi va o'quvchining o'zaro munosabatlarini vujudga keltirish jarayoni ta'lim oluvchilarning fikrlashini rivojlantirishga yo'naltirilib ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanadi.

Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda qiziqarli topshiriqlardan foydalanish ta'lim jarayoni sub'ektlari uchun foydali bo'lib, ularni muayyan muammo ustida mustaqil fikrlash, masalalarni tahlil qilish, mas'uliyatni his etish, ularni yechish ustida mustaqil faoliyat ko'rsatish, mazkur muammo ustida shaxsiy nuqtai nazarini shakllantirish, guruh va jamoa bo'lib ishlash, faoliyatni rejalashtirish va rivojlantirishga o'rgatadi. Ta'limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish orqali o'quvchi oldiga muammoli vaziyatlar xosil qilinadi.

Muammoli vaziyat o'quv yoki amaliy vaziyat orqali hosil qilinib, u ikki guruhdagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: ma'lum va noma'lum elementlar. Muammoli vaziyat - intellektual zo'riqish holatini ifodalaydi, bunda inson bu holatdan chiqib ketishga, unga yechim topishga extiyoj sezadi. Muammoli vaziyat, bu insondan tanlash zaruriyatini, qaror qabul qilishni talab etadi. Bu "muammoli vaziyatdagi fikrlashning boshlanishidir" - deb ta'kidlaydi S.L.Rubinshteyn.

Shuning uchun muammoli vaziyat o'quvchilarni mantiqiy fikrlashini faollashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Muammoli vaziyat ko'pincha axborot, berilgan ma'lumotlar cheklangan va bunday holda bir nechta yechim variantlari mavjud bo'lganda vujudga keladi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi: Muammoli vaziyat qanday hosil qilinadi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Umumiy qoida: axborotdagi, xarakat usullaridagi qarama-qarshiliklar, sabab oqibat aloqalari aniqlanadi. Bir nechta qarama-qarshiliklarni keltiramiz, masalan:

- dalillarning mavjudligi va uni izohlash zaruriyati;

- kundalik hayotdagi tasavvurlar va dalillarning ilmiy talqini o'rtasidagi nomutanosiblik;

- matematik bilimlarni aniq sharoitlarda qo'llash zaruriyati bilan bog'liq qarama-qarshiliklar;

- dastlabki ma'lumotlarni cheklanganligi kabilar.

Muammoli vaziyatlar quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:

- axborotlarni oydinlashtirish (tayanch bilimlar);

- dalillarni o'zaro taqqoslash, ularni tahlil qilish, o'quvchilar oldiga savol va topshiriqlar qo'yish.

"O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da "Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish" vazifasi belgilandi. Mana shu vazifani amalga oshirish maqsadida boshlang'ich ta'limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda boshlang'ich sinf o'quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan takomillashtirilgan mashqlar to'plamini tuzib chiqdik. Bunda asosiy yo'nalish qilib o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda maqsadga yo'naltirilgan og'zaki mashqlar va savollar belgilandi. Ya'ni, o'quvchi nutqini rivojlantirish, bilimlarni osondan qiyinga tamon tizimli o'rgatish, o'rganilgan ma'lumotlarni qayta-qayta takrorlatish orqali bilish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish. Endi boshlang'ich sinqf o'quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda sinfdan tashqari ish turlarini metodik imkoniyatlarini qarab chiqamiz.

To'garak ishi, tanlovlar. sehrli kvadratlar tuzish, integratsiyalashgan topshiriqlar, gugurt cho'plari orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar, o'zbek xalq maqollarini o'rganish, boshlang'ich ta'limda she'riy yondashuvdan foydalanish, matematik boshqotirmalar, topishmoqlar kabi sinfdan tashqari dars mashgulotlaridan foydalanishimiz mumkin.

Xulosa. Falklorlar, labirint, miqdorlar bilan bog'liq qiziqarli topshiriq va ma'lumotlar, 3x3 kubik rubikni yig'ishni o'rganish, ommaviy tadbirlar, ekskursiyalar, tarixiy mantiqiy masalalar, fokuslar, o'yinlar, sofizmlar, ertaklar, yasash va o'lchashga oid mantiqiy masalalar, buyuk kishilarning ibratli fikrlari kabi ko'plab mashqlar mavjudki bularni boshlang'ich ta'limda to'laqonli va o'rinli o'rgatish o'quvchilarda mantiqiy fikrlashini rivojlantirish muammosini samarali yechimi bo'ladi hamda kommunikativ kompetensiyasining rivojlanishga asos bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda uzviylik tamoiliga asoslangan tizimli yondoshuvni oqilona qo'llash zarur. Biz mantiqiy rivojlantirish maqsadiga yo'naltirilgan boshlang'ich sinflar uchun sinfdan tashqari ish topshiriqlar to'plamini ishlab chiqdik. Bu topshiriqlar o'zimiz tanlagan muammoning samarali yechimini ta'minlovchi manba deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Выготский Л.С. Педагогическая психология. - М.: Педагогика,1991. 479 с. 28

2. Кайковус. ^обуснома. - Тошкент: Истиклол, 1994. -60 бет. 60

3. Педагогика. Энциклопедия. III жилд. жамоа // Тошкент: «Узбекистан миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2017. - 400 б.

4. Савенков А.И. Маленькие исследователи в реальной жизни // Дошкольное образование. № 7-2004. С. 6 -19.

5. Xudoynazarov E.M., Yarmetov J.R. Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar /O'quv qo'llanma/ - Т: Nodirabegim, 2021. - 182 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.