BO'LAJAK INFORMATIKA O'QITUVCHILARINING MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR ORQALI IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
Abdulxalim Xamidovich Maxmudov
O'zPFITI, bo'lim mudiri, p.f.d.
Sherali Abdulaziz o'g'li Ziyayev
Qo'qon DPI tayanch doktoranti
АШОТАТ81УА
Ushbu maqola ijodiy íikrlash, mustaqil topshiriq, mustaqil isЫash ko'nikmasi, ijodiy qobiliyat, о^иу jarayonida mustaqil topshiriqlarni bajarish ощаН o'quvchilarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish шкотуайап haqidagi so'z boradi.
Kalit so'zlar: ijodiy mustaqil topshiriq, mustaqil ishlash ko'nikmasi,
ijodiy qobiliyat, hayotiy ko'nikmalar.
АННОТАЦИЯ
В статье речь идет о развитие творческих способностей и творческого мышления студентов при выполнении самостоятельных заданий.
Ключевые слова: творческое мышление, самостоятельное задание, навыки самостоятельной работы, творческие способности, жизненные навыки.
ABSTRACT
This article is about creative thinking, independent task, independent work skills, creative ability, opportunities to develop creative ability in students by performing independent tasks in the educational process.
Keywords: creative thinking, independent task, independent work skills, creative ability, life skills.
Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo'lgan ma'naviy jihatdan yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yoshlarni mustaqil fikr tarbiyasi zarurligiga e'tibor qaratib: "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" [1],- deb ta'kidlaydi.
June 3
176
Shuning uchun ham ta'lim tizimiga O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo'nalish deb yondashiladi. Mustaqil ta'lim olish jarayonida talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish dolzarb masala ekanligini e'tirof etar ekanmiz, ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, boshlang'ich ta'lim ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan barcha hukumat qaror, farmonlari mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilganligini e'tirof etish mumkin.
O'quv jarayonida o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammolarini hal etish doimiy dolzarb hisoblangan masala hisoblanadi. Shu bois, "Ta'lim to'g'risida" gi Qonunda mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi aks ettirilgan. Shuningdek, mazkur muammolarni tizimli hal qilish borasida Respublikada huquqiy me'yoriy asoslar yaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847 - sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi, 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi, qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi va hayotga tatbiq etilishi, shuningdek, talabalarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalarni rivojlantirish va hayotiy kompetensiyalarni tarkib toptirishga oid bo'lgan yondashuvlarni tahlil qila turib, shuni aytish mumkinki, o'quv jarayonida mustaqil ishlarni tashkil etish zarurligining ahamiyatini avvaldan anglab yetganlarini ko'rish mumkin.
F.A.Disterveg o'quvchilarni aqliy kuchlarini rivojlantirish g'oyasini ko'rib chiqib, shuni ta'kidlagan: "rivojlanish va ta'lim hech bir insonga berilishi va yetkazilishi mumkin emas. Har kim bunga shaxsiy faoliyati bilan erishishi kerak. Inson o'zining mustaqil yo'l bilan egallamagani - uniki hisoblanmaydi" deb fikr bildirgan. Buyuk mutafakkirimiz Abdulla Avloniyning fikricha, - «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan taqdir (orzu) qilib kelingan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan va vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonni sharofatlik, g'ayratlik bo'lishiga sabab bo'lur»- deb yozadi o'zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida. Yana shu asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning takidlashicha, fikr tarbiyasi "muallimning yordamiga so'ng darajada muxtojdir" va inson hayotida muhim ahamiyatga ega: "Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo'lur o'tkur. Fikrning oynasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o'iur benur" deb aytib
June 3
o'tganlar. L.V.Golish va D.M.Fayzullayevalar o'zining olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida ta'lim oluvchilar tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko'rsatilgan har bir elementlarning muvaffaqiyatli rejalashtirish, tashkillashtirish, monitoring va baholash zarar ekanligini asoslab berishgan. M.Barakayevning ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlarini o'rganib, "Mustaqil ta'lim - ta'lim tizimida ta'limning shunday bir shaklidirki, bunda texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan barcha hukumat qaror, farmonlari mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilganligini e'tirof etish mumkin.
O'zbekiston Respublikasida boshlang'ich ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, dars va darsdan tashqari jarayonlarda o'quvchilarning mustaqil ishta'lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, o'quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o'quv jarayonini amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirish, bu borada o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogic texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv uslubiy materiallarni keng joriy etish masalalarida o'quvchilarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini uzluksiz ta'minlash orqali ulardagi zaruriy kompetensiyalar, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Bugungi kundagi ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o'quvchilarni mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual ta'lim trayektoriyalariga asoslangan, ularda kreativ fikrlash, amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Dars jarayonlarida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich o'tish rejalashtirilgan. O'quv jarayonida o'quvchilarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o'quv jarayonini amaliy ko'nikmalarni shakllantirishgayo'naltirish, bu borada o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv uslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va
June 3
178
unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda.
O'quvchilarning fikrlash darajasini faol rivojlantirish, tabiiy tsikl mavzulariga qiziqish uyg'otish va o'quvchilarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishga men dars uslublariga eng yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish orqali erishaman. Hatto Ushinskiy: "Bilimlar to'planmasdan rivojlanish - bu sovun pufag", degan. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga ko'maklashish uchun darsni o'qitishning shakllari va usullarini o'zgartirish, ularni diversifikatsiya qilish va o'quvchini o'quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish zarur. O'qituvchi va talabaning darsdagi birgalikdagi ishi bu darsni interaktiv qiladi. Shunday qilib, ta'limning yangi, nostandart (interaktiv) shakllari, o'quvchilarga shaxsiy yondashuvta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal qilishga, o'quvchilarning kognitiv faolligini oshirishga va har bir o'quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim faoliyatini takomillashtirish usullari.
Har qanday dars qiziqarli va ma'lumotli bo'lishi uchun, men har bir mavzuni rejalashtirishda, noma'lum, sirli joy qoldirishni muhim deb hisoblayman, shunda har bir dars katta fan olamiga kichik oyna bo'ladi. Buning uchun har qanday vazifaga mantiqni rivojlantirish, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash bilan bog'liq elementlarni kiritaman. Va bu yerda eng qiyin narsa - bu reproduktiv emas, balki rivojlanuvchi va dars turidan qat'i nazar, hatto darsda ham, men dars beradigan vazifalarni o'z ichiga oladigan vazifalarni tanlash - bu nafaqat o'rgatibgina qolmay, balki "diqqatga sazovor joylarni" ham o'z ichiga oladi. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo'shadi.
Ijodiy fikrlash - insonning o'z oldida turgan muammoni aniq maqsad va vazifalarni belgilagan holda o'z bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o'z intellektual imkoniyati darajasida turli yo'l, usul, vositalar yordamida, ijodiy ravishda hal qilishdan iborat bo'lgan aqliy faoliyatidir. Ushbu faoliyatning aynan boshlang'ich sinflardan boshlab o'quvchilarda shakllantirish ularda kelajakdagi ta'lim olish va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi.
Oliy ta'lim jarayonida mustaqil topshiriqlar berish orqali o'quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish shartlari quyidagilardan iborat:
■ tanqidiy fikrlash;
■ sifatni tahlil qilish qobiliyati;
■ noan'anaviy munosabatlarni shakllantirish qobiliyati, voqealarning mumkin bo'lgan rivojlanishini tushunish;
■ mantiqiy zanjir yaratish qobiliyati, yangi g'ayrioddiy g'oyalarni taqdim etish;
■ an' anaviy sxemalar, qarorlar, harakatlar bilan chegaralanib qolmaslik;
■ muammoli vaziyatlarni tezda hal qilish;
■ yetarli yechimni tanlash;
■ muaininoga tinch yondoshish.
June 3
Oliy ta'lim jarayonida mustaqil topshiriqlar berish orqali talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish natijasida talabada mustaqil ishlash, ijodkorlik, tadbirkorlik, faollik kabi xislatlar tarkib topadi. Mustaqil ishni muvafaqqiyatli bajarish talabadan sabr-toqat va mashaqqatlardan qo'rqmay o'z ustida ishlashni talab etadi.
Ushbu muammo Sharq muttafakkirlarining ta'limiy-tarbiyaviy merosida ham o'z aksini topgan bo'lib, ularning asarlarida o'quvchiga sifatli ta'lim-tarbiya berishda ustozning muloqot madaniyati va munosabati ham alohida ahamiyatga egadir.
Yuqordagilarni inobatga olgan holda shuni ta'kidlash joizki, oliy ta'lim muassasalarida dars va darsdan tashqari jarayonlarda talabalarga mustaqil topshiriqlar bajartirish orqali ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun o'qituvchilardan yuqori pedagogik mahorat va kasbiy kompetenlik talab etiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, hozirgi paytda ham nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega, o'zgarishlarga moslanuvchan, erkin fikrlaydigan, kasbiy hamda hayotiy muammolarini mustaqil hal qila oladigan mutaxassislarga, kadrlarga ehtiyoj katta. Shu bilan birga, bugungi davr yoshlardan har tomonlama bilimdonlik, mustaqil fikrlay oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega shaxs darajasini talab etadi. Bunday talablarning bajarilishi albatta ularni butun hayoti davomida bilim olishga o'rgatish orqali ta'minlanadi. Faol ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim, egallangan ko'nikma va malakalar mazmunan tizimli va mantiqan tugallangan tarzda shakllantirilib turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo'llashga imkon beradi.
Ta'lim oluvchilarni faollashtirish ularning mustaqil ishlash va o'rganish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Mustaqil topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi muammoni yechimi sifatida o'qitishni innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, ta'limga yangicha munosabatda bo'lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatish zarur.
Bu borada oliy ta'lim tzimida ta'limida quyidagi metodik ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
- bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta'lim tizimidagi islohotlar negizida ta'lim oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun o'qitish jarayoni shunday tashkil etish kerakki, bunda o'quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo'llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq texnikasini rivojlantirishga xizmat qilishini ta'minlashga e'tibor qaratish;
- novator o'qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, tajriba almashish ishlarini yo'lga qo'yish ishlab chiqish;
- bugungi kunda raqamli iqtisodiyot davrida talabalarning mustaqil ishlarini fanlar kesimida metodik ta'minotini yaratish
June 3
- ta'lim olish jarayonida mavzuga oid mustaqil topshiriqlarni tashkillashtirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini yo'lga qo'yish zarur.
REFERENCES
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини бир галикда барпо этамиз. Тошкент - «Узбекистан». 2016. 13-14 b.
2. Махмудов А. Х., Фефелов В. С., Камилова А. Б. Инновационные пути педагогического прорыва //Современное образование (Узбекистан). - 2019. - №. 6 (79). - С. 3-9.
3. Махмудов А. Х. Интегративная дисциплина как эффективный механизм формирования и развития компетентности у студентов //Вестник Донецкого педагогического института. - 2017. - №. 3. - С. 88-94.
4. Махмудов А. Х. Методологические и дидактические аспекты разработки учебно-творческого плана для подготовки компетентностных магистров //Ученые записки университета им. ПФ Лесгафта. - 2016. - №. 5 (135). - С. 152-156.
5. Sh.Ziyayev.Internet ta'lim resurslari va ulardan o'quv jarayonida foydalanish // Fizika, matematika va informatika Ilmiy uslubiy jurnal. - 2022 №. 3 (3). - С. 129-135.
6. Sh.Ziyayev Ta'limda internet texnologiyalaridan foydalanishning afzaliklari va kamchiliklari // Таълим жараёнига ра^амли технологиялар ва замонавий усулларни жорий этишда таълим сифатини бош^ариш муаммолари мавзусидаги хащаро илмий-амалий анжуман .-2022. B. 382-385
7. Sh.Ziyayev, development of future it teachers' skills based on internet technologies//galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) vol. 10, issue 12, dec.(2022).-c.314-317.
8. Future mathematics and informatics to their teachers network technologies science training // international journal of innovations in engineering research and technology [ijiert] volume 9, issue 12, dec. -2022. -c.64-67
1 .Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9. 2. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).
June 3
181
June 3
182