Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O‘RGATISHNING XALQARO BAHOLASH TIZIMIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O‘RGATISHNING XALQARO BAHOLASH TIZIMIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
240
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
PISA / TIMSS / PIRLS / BOSHLANG‘ICH SINF / MIQDOR / MATEMATIKA DARSI / XALQARO TADQIQOTLAR / BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI / TOPSHIRIQ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Artikbayeva Z.A., Jurayeva S.T.

Boshlang‘ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘rgatish shuningdek, xalqaro baholash dasturlari, xalqaro baholash dasturlari ahamiyati ochib berildi. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘rgatishning xalqaro baholash tizimidan foydalanish samarali yo‘llari ko‘rsatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING THE INTERNATIONAL ASSESSMENT SYSTEM OF QUANTITY TEACHING IN PRIMARY CLASS MATHEMATICS LESSONS

The importance of teaching quantities in elementary mathematics classes as well as international assessment programs and international assessment programs was revealed. Effective ways of using the international assessment system for teaching quantities in primary grade mathematics lessons were shown.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O‘RGATISHNING XALQARO BAHOLASH TIZIMIDAN FOYDALANISH»

Artikbayeva Z.A. Toshkent davlatpedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim"fakulteti dotsenti

Jurayeva S. T.

Toshkent davlat pedagogika universiteti "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim)"yo'nalishiIIkurs magistranti

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA

MIQDORLARNI O'RGATISHNING XALQARO BAHOLASH TIZIMIDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o'rgatish shuningdek, xalqaro baholash dasturlari, xalqaro baholash dasturlari ahamiyati ochib berildi. Boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o'rgatishning xalqaro baholash tizimidan foydalanish samarali yo'llari ko'rsatildi.

Kalit so'zlar: PISA, TIMSS, PIRLS, boshlang'ich sinf, miqdor, matematika darsi, xalqaro tadqiqotlar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, topshiriq.

Artikbayeva Z.A. associate professor "Primary Education " Faculty of Tashkent State Pedagogical University

Jurayeva S.T. second year master's student Theory and Methodology of Education and Training (Primary Education)

Tashkent State Pedagogical University

USING THE INTERNATIONAL ASSESSMENT SYSTEM OF QUANTITY TEACHING IN PRIMARY CLASS MATHEMATICS

LESSONS

Abstract. The importance of teaching quantities in elementary mathematics classes as well as international assessment programs and international assessment programs was revealed. Effective ways of using the international assessment system for teaching quantities in primary grade mathematics lessons were shown.

Key words: PISA, TIMSS, PIRLS, primary grade, quantity, mathematics lesson, international studies, primary grade students, assignment.

O'zbekiston innovatsion taraqqiyot yo'lida rivojlanib borayotgan davrda kelajagimiz davomchilari bo'lgan o'quvchilarning ijodiy fikrlash g'oyasi, ijodkorligi har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda. So'zimning isboti sifatida

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirishni o'rinli deb topdim: "Mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o'rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo'la olishimiz bilan uzviy bog'liq". Shunday ekan, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilm-fan tajribasini o'rganib, Respublikamiz o'quv maskanlarida PISA, TIMSS, PIRLS dasturlarini qo'llash muhimdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Farmonida O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro miqyosda o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishga erishish hamda xalq ta'lim tizimida ta'lim tizimini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan bo'lib, kelgusida mamlakatimiz ta'lim sifatini baholash bo'yicha quyidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi ko'zda tutildi:

- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) -boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash;

- TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;

- PISA (The Programme for International Student Assessment) - 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;

- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy o'rta ta'lim maktablari rahbarlari va o'qituvchilari bilan so'rovnoma o'tkazish orqali maktabda o'qitish va ta'lim olish jarayonlari samaradorligini baholash.

Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilari o'zlarining mantiqiy fikrlashlari, ijodiy qobiliyatlari hamda atrof- muhitda sodir bo'layotgan jarayonlarga tanqidiy fikrlash olishlarini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham pedagoglarga, ayniqsa boshlang'ich sinf o'qituvchilari zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilmoqda. Ushbu jarayonda yangicha yondashuvlar, pedagogik metodlar, multimedia ilovalaridan foydalanib, o'quvchilarni ham faollikka chaqirib dars jarayonini olib borishlari lozim.

Mamlakatimizda boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'tiladigan har bir mavzu bolaning aqliy rivojlanishiga tafakkuri hamda dunyoqarashi kengayishiga ta'sir ko'rsatishi lozimdir. Boshlang'ich sinf matematikadan o'rin olgan mavzulardan biri — bu

л о

boshlang'ich sinflarda miqdor o'ichamlarini o'rganish usullari hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqaro baholash dasturlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarning matematik bilim darajalarini baholashda miqdorlarga doir topshiriqlar ham ko'plab keltirilgandir.

Boshlang'ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog'liqlikda turli kattaliklarni ham o'rganish nazarda tutiladi. Kattaliklarsiz tabiatni, borliq olamni o'rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Matematikada kattaliklar miqdorlar deb ham ataladi. Miqdorlarni kattalik tushunchasi bilan ham atashimiz mumkin. Miqdorlar — bu aniq obyekt yoki hodisalarning maxsus xossalaridir. Masalan, buyumlarning oraliqqa ega bo'lish xossasi uzunlik deyiladi. Aniq obyektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so'zni ishlatamiz.

Har bir shaxs, albatta, kundalik turmushlari uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari yoki boshqa narsalarni xarid qiladilar, yoki bir kunlik vaqtini taqsimlagan holda rejalashtiradilar. Bu jarayonda miqdorlardan foydalanish lozim bo'ladi.

O'quvchilarimiz ham ertalab soat nechida dars boshlanishi, dars qancha vaqt davom etishini biladilar. Shuning uchun ham "miqdor" tushunchasi boshlang'ich sinf matematika dasturida asosiy o'rinni egallaydi. Miqdorlar mavzusi o'quvchilarga kundalik turmushda tanish bo'lgani uchun ham darsni amaliy dars jarayoni sifatida olib borish yaxshi samara beradi.

Dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarining ta'lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda va Respublikamizda ham bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday xa lqaro baholash dasturlarida ham massa, hajm, uzunlik, vaqtga doir ko'plab topshiriqlar mavjud. O'quvchilarimizning xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijaga erisishlari hamda o'z bilimlarini dunyo mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan sinov jarayonlarida miqdorlarga doir bilimlarni puxta egallashlari talab etiladi.

Bilamizki, miqdorlarni o'lchash uchun maxsus birliklar mavjud. Qadimda ota-bobolarimiz mana shunday birliklar hali bo'lmagan vaqtda ham o'zlari qarich (bosh barmoq bilan jimjiloqning barmoq yoyilmasiga teng, ya'ni 19-20 santimetrga teng), yig'och (masofa o'lchov birligi - 5985 metr, ba'zi joylarda 8-9 km.ga teng), tanob (maydon o'lchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan to yarim gektarigacha bo'lgan), paysa (50 grammga teng og'irlik o'lchovi), tegirmon (tegirmon toshini aylantiradigan miqdordagi ariq suviga teng) kabilardan foydalanishgan. Bugungi kunda esa darsliklardagi o'lchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 10-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida o'lcham birliklarini qo'llash to'g'risida"gi 21-sonli qarori asosida o'lchov birliklari xalqaro o'lchov standartlariga muvofiqlashtirilgan. Qarorga ko'ra, endilikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, o'quv, o'quv-metodik va turli ma'lumotlar beradigan

уо^тсЫ adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan o'lcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qo'llaniladi. Shunga ko'ra, nashr etilgan darsliklardagi sentner, santimetr каЫ o'lchov belgilari xalqaro o'lchov birliklariga muvofiq, "q" va "ст" tarzida belgilangan.

Xalqaro baholash dasturlaridagi topshiriqlarni yechish jarayonida, xalqaro va jahon olimpiadalarida o'quvchilarimiz xalqaro o'lchov birliklaridan foydalanadilar. Ви esa o'quvchilarimiz uchun ham, tekshiruvchi xodimlar uchun ham tushunarli, qulay hamda oson

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019 dagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 10-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida o'lcham birliklarini qo'Пash to'g'risida"gi 21-sonli qarori.

3. Jumayev М.Е., Tadjiyeva Ъ. "BosЫang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005.

4. "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash". "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.