Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARNI HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARNI HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
877
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / matematik kompetensiya / matematik savodxonlik / kundalik faoliyat / elektron platforma / competence / mathematical competence / mathematical literacy / daily activities / inspection / electronic platform

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Axmadaliyev Murodjon Ulug‘bek O‘g‘li

Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish uchun asos hisoblangan qonunlar va farmonlar, TIMSS xalqaro baholash dasturida raqamli texnologiyalarni ahamiyati hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalarni o‘qitishning dolzarbligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS AND DIGITAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION.

This article highlights the laws and decrees that are the basis for participation in international assessment programs, the importance of digital technology in the TIMSS international assessment program, and the relevance of teaching digital technology to primary school students.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARNI HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI»

UDK 370.12:681.142.37 TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARNI HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O'RNI Axmadaliyev Murodjon Ulug'bek o'g'li

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.6605983

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish uchun asos hisoblangan qonunlar va farmonlar, TIMSS xalqaro baholash dasturida raqamli texnologiyalarni ahamiyati hamda boshlang'ich sinf o'quvchilariga raqamli texnologiyalarni o'qitishning dolzarbligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, matematik kompetensiya, matematik savodxonlik, kundalik faoliyat, elektron platforma,

РОЛЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОЦЕНОЧНЫХ ПРОГРАММ И ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ.

Аннотация. В этой статье освещаются законы и постановления, составляющие основу для участия в международных программах оценивания, важность цифровых технологий в международной программе оценивания TIMSS и актуальность обучения цифровым технологиям учащихся начальных классов.

Ключевые слова: компетентность, математическая компетентность, математическая грамотность, повседневная деятельность, электронная платформа

THE ROLE OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS AND DIGITAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION.

Abstract. This article highlights the laws and decrees that are the basis for participation in international assessment programs, the importance of digital technology in the TIMSS international assessment program, and the relevance of teaching digital technology to primary school students.

Keywords: competence, mathematical competence, mathematical literacy, daily activities, inspection, electronic platform

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora -tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori qabul qilingandan so'ng ta'lim tizimida yangi davr boshlandi. Ushbu qaror O'zbekistonni xalqaro baholash dasturlarida o'z ishtirokini boshlashi uchun asos bo'lib hisoblanadi. Ushbu qaror asosida ta'lim tizimini takomillashtirish uchun ko'plab ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son formonida Davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda o'quvchilarning bilim darajasini baholash bo'yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta'lim muassasalari o'quvchilarining ishtirokini tashkil etsin deya belgilangan. Ushbu qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712 sonli farmoni ham qabul qilindi. Ushbu

Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O'zbekiston Respu blikasining xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishda xalq ta'limi tizimida o'quvchilaming bilim darajasini baholashda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da O'zbekiston Respublikasining doimiy ishtirokini ta'minlansh ko'rsatkichiga erishish nazarda tutilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi vaqtga kelib O'zbekistonda xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish uchun dastlabki qadamlar tashlanmoqda. Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan Xalq ta'limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda 2022 -yil 16-martdan 1-aprelgacha TIMSS (Matematika va tabiiy fanlar bo'yicha tendensiyalarni xalqaro baholash) dasturining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazildi. Ushbu tadqiqotning tajriba-sinov jarayonida ishtirok etgan jami 29 ta maktab xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olinib, barcha hududlardan kamida ikkitadan maktab, shuningdek, har bir maktabda ikkitadan sinf o'quvchilari ishtirok etdilar.

TIMSS dasturi doirasidagi topshiriqlar endilikda raqamli tarzda berib borilishini inobatga olib boshlang'ich sinf o'quvchilarini ham kompyuter savodxonligini oshirib borishimiz zarur. O'quvchilarning aqliy salohiyatlari yuqori bo'lishi mumkin lekin texnik tomonlama topshiriqlarni qanday bajarishni bilmasalar bu albatta yakuniy natijalarga salbiy ta'sir ko'rs atmay qolmaydi. O'quvchilar berilgan topshiriqning javobini, qanday ishlanishini bilsalar lekin raqamli formatda berilgan topshiriqlarni kompyuterda qanday qilib belgilashni tushunmasalar bu TIMSS dasturida yuqori natijalarga erisha olmaslikdan dalolat beradi. Bu muammoni yechimi sifatida boshlang'ich sinflarda o'tiladigan texnologiya darslarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalarini o'rgatishga qaratish lozim. Hozirda o'qitilayotgan texnologiya darslari o'quvchilarni mehnat sevarlikka o'rgatishda ahamiyati katta hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda texnologiya darslariga qo'shimcha soatlar ajratgan holda o'quvchilarni kompyuter texnologiyalari bilan ishlashga ham o'rgatish zarur. O'quvchilar qo'l mehnati orqali bajargan topshiriqlarini endilikda kompyuterlarda ham bajarib ko'rsalar ularda zamonaviy kasblaridan hisoblangan IT texnologiyalarni o'rganishga qiziqish uyg'onishi tabiiy. Daraxt nihol ekanida egiladi deb bejizga aytishmagan.

TADQIQOT NATIJALARI

TIMSS dasturi kelajakda to'liq raqamli formatda o'tkaziladigan bo'lsa o'quvchilarda shu jarayonga moslashish ko'nikmalarini shakllantirib borish kerak. Hozirgi kunda ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarni bilmaslik insonni bir qanotli qushga oxshatib qo'yadi. Bir qanotli qush albatta ko'klarga ucha olmaydi [Axmadaliyev. 2022: 76-b.].

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlarni ta'lim tizimimizga joriy etish hamda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim ahamiyatga ega. Ta'lim tizimida ham yuqori natijalarga erishish uchun, albatta, raqamlashtirilgan formatdagi mahsulotlardan foyladanish kerak. Raqamli texnologiyalar ta'lim sohasida ko'plab ijobiy natijalar berishini xalqaro tajribalardan ham ko'rib turibmiz. Ta'lim tizimiga tadbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar avvalo, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kerak. Ta'lim tizimiga raqamli texnologiyalarni olib kirish borasida xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati yuqori.

Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishni boshlaganimizdan so'ng avvalgi sikllarda olingan natijalarni tahlil qilish, ta'limdagi yutuqlarni taqqoslash hamda ta'lim tizimida yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan davlatlarning ta'lim tizimini o'rganish imkoni bo'ldi.

MUHOKAMA

Shunday davlatlardan biri Finlandiya hisoblanadi. Finlandiya xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishni boshlaganidan so'ng o'z ta'lim tizimi yutuqlari bilan butun dunyoni o'ziga qarata boshladi. O'zbekistonda ham Finlandiyaning ta'lim tajribasini o'rganish va uni keng joriy etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilib ushbu uchrashuvlarda Finlyandiyaning 418 yoshli bolalarga matematikani o'rgatishga ixtisoslashgan Skillgrower platformasini o'zbek tilidagi ko'rinishini ishga tushirish borasida kelishuvlarga erishildi. Hozirda ushbu platforma quyidagi link orqali ishlab turibdi. https://www.skillgrower.com/uz

Ushbu elektron platforma o'quvchilar uchun juda qiziqarli hisoblanadi. O'quvchilar platformadagi topshiriqlarni bajarish orqali matematik kompetensiyalarini oshirib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu platformaning yana bir afzallik tomoni shundaki, platformaga raqamli texnologiyalar orqali kiriladi. O'quvchilar platformadagi topshiriqlarni bajarish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalalish ko'nikmalari rivojlantirib boradilar. Yuqorida ta'kidlaganimizdek TIMSS 2023da O'zbekiston baholashning raqamli ko'rinishidan foydalanadi. Ushbu jarayonda o'quvchilardan nafaqat matematik bilimlarni balki raqamli texnologiyalar (kompyuter, telefon va boshqalar)dan foydalanishni ham bilishlari zarurdir. Ushbu platformadan foydalanish TIMSS 2023da yaxshiroq natijaga erishish uchun xizmat qiladi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston TIMSS 2023 dan boshlab elektron tarzda o'z ishtirokini boshlaydi. Bu jarayonda o'quvchilarning elektron qurilmalardan foydalana olishlari muhim ahamiyatga egadir. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga hozirda dars sifatida kommunikatsiya texnologiyalarini o'rgatmaganmiz. Finlandiyaning 4-18 yoshli bolalarga matematikani o'rgatishga ixtisoslashgan Skillgrower platformasida trenajor mashg'ulotlarini tashkil qilib o'quvchilarga elektron qurilmalardan foydalanishni o'rgatish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora -tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son formoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712 sonli farmoni

3. Mullis, I.V.S., Martin, M.O., Goh, S., & Cotter, K. (Eds.). (2016). TIMSS 2015 encyclopedia: Education policy and curriculum in mathematics and science. Retrieved from Boston College, TIMSS & PIRLS International Study.

4. Axmadaliyev M.U. (2022). TIMSS TADQIQOTINING eTIMSS DASTURIGA TAYYORGARLIK KO'RISHNING AHAMIYATI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2022. № 2(225). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/225

5. Allayarovna , A. Z. (2022). Using a Competency-Based Approach to Conducting Circle Classes in Mathematics Lessons. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(5), 57-60. Retrieved from https://cajmtcs.centralasianstudies.org/index.php/CAJMTCS/article/view/183

6. Mamadaliyevna , S. U. (2022). Training of Future Primary School Teachers on the Basis of Developmental Education. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(5), 38-42. https://doi.org/10.17605/QSF.IQ/X5VHZ

7. Bahodirovich, M. J. (2021). Development of practical activity skills of students in mathematics in e-learning environment. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal, 77(10), 1873-1877.

8. Isakulovich, T. N., & Bahodirovich, M. J. (2020). Innovative approach to teaching mathematics in schools of the republic of Uzbekistan. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(5), 293-298.

9. Тошпулатова, М. И. (2013). МЕТОДИКА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. SCIENCE AND WORLD, 78.

10. Jumaev, M. I. (2021). Some psychological and pedagogical principles of mathematical education. Professional education in the modern world, 70(4), 4310-4320.

11. Джумаев, М. И. (2021). Некоторые психолого-педагогические принципы математического образования. Профессиональное образование в современном мире, 70(4), 4310-4320.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.